Avtomobil indd


Respublikamizda «Uz-Prista» qo‘shma korxonasi tomonidan



Download 5,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/222
Sana20.07.2022
Hajmi5,52 Mb.
#827683
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   222
Bog'liq
avtomobillarda ishlatiladigan ashjola

Respublikamizda «Uz-Prista» qo‘shma korxonasi tomonidan
ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar uchun motor moylari 
to‘g‘risida ma’lumot
Moyning 
nomlanishi
Tarkibi
SAE 
bo‘yicha 
qovu-
shoqligi
Qo‘llanilishi
Serti

kat-
siyalan-
ganligi
Havoline 
Synthetic
Yuqori texnolo giya-
lar asosida qo‘shil-
malar 
qo‘shil gan 
p o l i al f ao le

n la r 
negi zidagi sintetik 
mo y
SAE 
0W–30
Benzinli, dizelli 
va suyultirilgan 
gazda ishlaydigan 
dvigatellar uchun 
universal moy
ACEA A5/
B5–04
SAE 
0W–40
ACEA A3/
B3–98
API SJ/CF
SAE 
5W–40
ACEA A3/
B3–04
Havoline 
Synthetic 
DS
To‘liq sintetik moy
SAE 
0W–30
Benzinli, dizelli 
va suyultirilgan 
gazda ishlaydigan 
dvigatellar uchun 
universal moy
ACEA A3/
B3–04
A3/B4–04


154
155
Havoline 
505. 01
Qo‘shilmalar paketi 
aralashtirilgan sin-
tetik negizdagi moy 
SAE 
5W–40
Dizelli dvigatel-
lar uchun barcha 
mavsumlar uni-
versal moy
Havoline 
Synthetic 
506.01
Qo‘shilmalar paketi 
aralashtirilgan to‘liq 
sintetik negizdagi 
moy
SAE 
0W–30
Benzinli, dizelli 
va suyultirilgan 
gaz da ishlaydigan 
dvigatellar uchun 
universal moy
ACEA A5/
B5–04
Havoline 
Energy
Qo‘shilmalar paketi 
aralashtirilgan issiq-
lik ta’siriga chidam-
li yuqori indeksli 
moy negizida
SAE 
5W–30
Benzinli va dizelli 
dvigatellar uchun 
ACEA A1/
B1–04
ACEA A3/
B3–04
Havoline
Ultra 5W–40
To‘liq sintetik moy
SAE 
5W–40
Benzinli, dizelli 
va gaz yonilg‘i-
sida ishlaydigan 
dvigatellar uchun 
API SL/CF
ACEA
A3/B4–04
Havoline 
Extra
Qo‘shilmalar pake ti 
aralashtirilgan gid-
rosintetik va mine-
ral moylar negizida
SAE 
10W–40
SAE 
15W–50
Barcha 
marka-
dagi benzinli va 
dizelli yengil va 
yuk avtomobil lari 
uchun
ACEA A3/
B4–04
ACEA A3/
B3–04
Havoline 
Diesel Extra
Ko‘p 
funksiyali 
qo‘ shil malar 
pa-
keti 
aralashtiril-
gan 
gidrosintetik 
va neftdan olingan 
moylar 
negizida
SAE 
10W–40
Dizelli yengil va 
kichik klassdagi 
yuk 
avtomobil-
lari uchun barcha 
mavsumlarda ish-
latiladigan moy
ACEA A3/
B4–04
ACEA A3/
B3–04
5. 1. 11.
 Dvigatelning ishlash jarayonida moylarning
boshlang‘ich xossalarining o‘zgarishi
Har qanday mexanizm yoki ishqalanish jufti ishlaganida, 
surkov moylarining xossalari o‘zgaradi: ular mexanik 
aralashmalar, suv bilan ifloslanadi, ularda erigan va erimagan 
oksidlanish mahsulotlari to‘planadi. Bu holda ish jarayonida 
moy «eskirdi» deyiladi. Ozgina vaqt ishlaganida dvigatel 
karteridan olingan moy tashqi ko‘rinishi va xossalari jihatidan 
yangi moydan ancha farq qiladi. 
Moyning sifati oksidlanish jarayoni va undagi uglevodorodlar-
ning issiqlik ta’sirida parchalanishi hisobiga anchagina 
o‘zgaradi. 
Ba’zi oksidlanish mahsulotlari (smolalar, organik kislotalar) 
moyda erigan holda bo‘ladi. Ular moyning qovushoqligini va 
kislota sonini oshiradi. Asfalt birikmalari ko‘rinishidagi boshqa 
oksid lanish mahsulotlari loklar, yopishqoq cho‘kindilar hosil 
qiladi. Bu lok va cho‘kindilar porshen halqalariga yopishib, 
ularni kuydiradi va katta zarar yetkazadi. Oksidlanish 
mahsulotlarining anchagina qismi erimagan barqaror juda 
mayda mexanik aralashma ko‘ri nishida bo‘lib, qurum hosil 
bo‘lishida qatnashadi. Filtrlash yo‘li bilan moyni ulardan 
batamom tozalab bo‘lmaydi, shuning uchun dvigatel ishlaganida 
uglerod zarralarining miqdori ortadi. 
Motor moylari ifloslangan yonilg‘idan foydalanilganida, 
shu ningdek, yonilg‘i yonishi uchun havo so‘rilganida u bilan 
birga kiradigan changlar hisobiga ham ifloslanadi. 
Ishqalanish natijasida sirtlardan qirilib tushadigan metallar 
hisobiga mexanik aralashmalar miqdori ko‘payadi. 
Metalldan ham qattiq bu abraziv mexanik aralashmalar 
detallar ning yeyilishini tezlashtiradi. Ularning asosiy qismi 
dvigatelning moy tozalash qurilmalarida ushlanib qoladi, lekin 
juda maydalari moylash tizimida uzoq vaqt aylanib yurishi 
natijasida detallar jadal yeyiladi. Moyning haddan tashqari 
ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun dvigateldagi moy tozalash 
qurilmalari holatini sinchiklab tekshirib turish, mayin tozalash 
filtrlarini o‘z vaqtida almashtirib turish zarur. 
Ishlayotgan moylarda hamisha suv to‘planadi. U ko‘pincha 
yonish kamerasidan kiradigan gazlar bilan birga tushadi. 
Bundan tashqari, suv dvigatel karteriga ba’zan suv bilan 
sovitish tizimidagi nozichliklar orqali, harorat pasayganida 
havo bug‘lari kondensatsiyalanishi hisobiga ham tushishi 
mumkin. Suv moyning korroziyalash xususiyatini oshiradi. Shu 


156
157
sababli suv to‘planmasligi uchun karter ventilatsiyasi tizimining 
benuqsonligini kuzatib turish zarur. 
Ishlatilgan moylarda sulfat va sulfit kislotalari ham uchrashi 
mumkin. Ular yonilg‘idagi oltingugurt yonganida hosil 
bo‘ladi. Bu kislotalar korrozion yeyilishni tezlashtiradi. Aytib 
o‘tilgan o‘zga rishlar har qanday dvigatellarda ishlatiladigan 
moylar uchun xosdir. Lekin ulardan har birining o‘ziga xos 
xususiyatlari ham bor. Masalan, benzinli dvigatellarda moyning 
xossalari ifloslanish va oksidlanish hisobiga yomonlashishidan 
tashqari, ularda og‘ir benzin qoldiqlari to‘planishi tufayli 
ham yomonlashishi mumkin. Bu ning natijasida moyning 
qovushoqligi pasayadi, moylash xususiyati yomonlashadi va 
suyuqlikli ishqalanish buziladi. 
Yonilg‘ining chala yonish mahsulotlari (qurum zarralari), 
shuningdek, oltingugurt oksidlari bilan ifloslanish natijasida ham 
moyning sifati ancha o‘zgaradi. Mineral kislotalar to‘planishi 
natijasida bu yerda moyning korroziyalash xususiyati ortadi. 
Dvigatelning texnik holati ham moy xossalarining o‘z-
garishiga ancha ta’sir ko‘rsatadi. 
Moy eskirishi va ifloslanishi natijasida uning tashqi 
ko‘rinishi ham o‘zgaradi – u qorayadi. Ishlatilgan moy 
tomchisini kattalashtirib qaraganda, erimagan turli o‘lchamdagi 
ko‘plab zarralar ko‘rinadi. Dvigatelda ancha iflos moydan 
foydalanilganida unda tezda qurum va loklar hosil bo‘ladi va 
ular dvigatelning ish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Dvigatel ishlayotganida moyning kuyishi oqibatida moyga 
qo‘shilgan qo‘shilmalar kamayadi. Qo‘shilmalarning kamayishi 
natijasida moyning ko‘pgina ko‘rsatkichlari o‘zgaradi: ishqor 
soni kamayadi, yuvish xossalari yomonlashadi, korroziyalash 
xususiyati ortadi va hokazo. 
Shunday qilib, ishlatilgan moyda katta o‘zgarishlar bo‘ladi: 
moydagi uglevodorodlarning o‘zgarish mahsulotlari to‘planadi, 
ha vo va yonilg‘i bilan birga kiradigan begona moddalar 
hisobiga ifloslanadi, agressiv birikmalar miqdori ko‘payadi. 
Agar dvigatel uchun moy noto‘g‘ri tanlangan bo‘lsa va uning 
sifati tegishli standart talab lari ga javob bermasa, moyning sifati 
tezroq yomonlashadi. 
Dvigatellarda ishlatilgan moy sifatida katta o‘zgarishlar 
bo‘lishiga qaramasdan, uning asosiy uglevodorod tarkibi juda 
kam o‘zgaradi. Moydan umumiy miqdorda 4–6 foiz dan 
oshmaydigan barcha mexanik aralashmalar va oksidlanish 
mahsulotlarini chiqarib tashlab, yana yaxshi sifatli baza moy 
olish mumkin. 
5.1.12.

Download 5,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish