148
149
Yuqori darajada kuchaytirilgan yengil avtomobillarning
benzinli dvigatellarida ishlatiladigan M–6
3
/10Ã
1
markali
moyning yeyilishga qarshi xususiyati yetarli emasligi va
ko‘p
miqdorda kul hosil qilishi tufayli 1987-
yildan boshlab
Ì–5
3
/10Ã
1
va M–6
3
/12Ã
1
moylari ishlab chiqarilmoqda.
Ì–5
3
/10Ã
1
moyini minus 35°C dan 35°C gacha bo‘lgan
haroratlarda, Ì–5
3
/10Ã
1
moyini esa minus 25°C dan 40°C
gacha bo‘lgan haroratlarda samarali ishlatish mumkin. Bu
moylar yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘lib, ular
xorij da ishlab chiqariladigan SE-SF moylarini almashtirishi
mumkin.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun
ishlab chiqaruvchi tomonidan eng samarali moylarni ishlatish
bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
«Damas» avtomobili uchun motor moyi sifatida SA/SS
klassidagi SAE 10W–30, SAE 5W–30 (havo harorati uzoq
vaqt minus 20°C dan past bo‘lganida) moylaridan foydalanish
tavsiya etiladi.
«Nexia» avtomobili uchun motor moyi sifatida SAE 5W–30,
SAE 10W–40, SAE 15W–40 moylaridan
foydalanish tavsiya
etiladi.
«Matiz» avtomobili uchun
motor moyi sifatida API SL
klassidagi SAE 5W–30, SAE 10W–30, SAE 10W–40, SAE
10W–40 (sovuq mintaqalarda SAE 5W–30, issiq mintaqalarda
SAE 15W–40/ 10W–30) moylaridan foydalanish tavsiya
etiladi.
«Spark» avtomobili uchun motor moyi sifatida ACEA A3/
B3, API SM moyidan foydalanish tavsiya etiladi. Talab qilingan
sifatdagi moy bo‘lmagan hollarda, avtomobil dvigateli moyini
quyishda A3/B3 moyidan (bir marta moy almashtirish davrida
bir marta) 1
l
gacha aralashtirishga ruxsat etiladi. ACEA A1/
B1 yoki A5/B5 moylaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
«Lacetti» avtomobili uchun motor moyi sifatida API SL
(ILSAC GF-IV) SAE 5W–30 moyidan ( issiq iqlim sharoitida
SAE 10W–30) foydalanish tavsiya etiladi.
«Captiva» avtomobili uchun Dexoc 1 sifat ko‘rsatkichli
moylarni ishlatish tavsiya etiladi. Ushbu avtomobilga
qovushoqligi bo‘yicha SAE 5W–30
moyi eng mos keladigan
moy hisoblanadi. SAE 10W–30, 10W–40 va 20W–50 kabi
motor moylaridan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Avtomobil
juda past haroratlar (minus 29°C)da ishlatilganida SAE 0W–
30 moyidan foydalanish tavsiya etiladi. Bu moy juda past
haroratlarda dvigatelni ishga tushurishni osonlashtiradi. SAE
0W–40 va SAE 5W–40 moylaridan ham foydalanishga ruxsat
etiladi.
«Malibu» avtomobili uchun Dexoc 2 sifat ko‘rsatkichli
moylarni ishlatish tavsiya etiladi. Ushbu avtomobilga
qovushoqligi bo‘yicha SAE 5W–30 moyi eng mos keladigan
moy hisoblanadi. SAE 10W–30, 10W–40 va 20W–50 kabi
motor moylaridan foydalanishga ruxsat etilmaydi. Avtomobil
juda past haroratlar (minus 25°C)da ishlatilganida SAE 0W–
30 moyidan foydalanish tavsiya etiladi. Bu moy juda past
haroratlarda dvigatelni ishga tushurishni osonlashtiradi. Talab
qilingan sifatdagi moy bo‘lmagan hollarda, avtomobil dvigateli
moyini quyishda ACEA A3/B4 yoki A3/B3 moyidan (bir marta
moy almashtirish davrida bir marta) 1
l
gacha aralashtirishga
ruxsat etiladi. ACEA A1/B1 yoki A5/B5 moylaridan foydalanish
qat’iyan taqiqlanadi.
«Cobalt» avtomobili uchun motor moyi sifatida GM Dexoc
SAE 5W–30 moyidan foydalanish tavsiya etiladi.
Keyingi yillarda «Lukoyl»ning
barcha mavsumlar uchun
universal Lukoyl-sintetik SM/SL/SJ/CF, Lukoyl-luks SL/
SJ/CF, Lukoyl-avangard CG/–4/SJ, Lukoyl-super SG/CD,
Lukoyl-super CF–4/SG va Lukoyl-standart SF/CC seriyali,
Shell firmasining Helix Ultra, Helix Super va Helix Plus seriyali
sintetik va polisintetik motor moylaridan foydalanilmoqda.
Mannol firmasining Legendqester, Elite, Extreme, Energy
Combi Ll seriyali sintetik va Classic, Molibden benzin seriyali
polisintetik va Favorit, Safari,
Standard, Universal seriyali
mineral motor moylaridan foydalanilmoqda.