152
153
Yuqori darajada kuchaytirilgan dvigatellar uchun past
haroratlarda qotadigan Ì–4
3
/6Ã
2
; Ì–4
3
/8Ã
2
; Ì–4
3
/6Â
2
;
Ì–8ÄÌ; Ì–4
3
/8Ä markali moylarni, shuningdek, yagona
motor-transmission moylarni ishlab chiqarish ko‘zda
tutilgan. Benzinli va dizelli dvigatellarda barcha mavsumlarda
ishlatiladigan universal moy sifatida M–63/10B markali
moydan foydalanish mumkin. Bu moyning ish muddati
odatdagi tavsiya etilgan moylarga nisbatan 2–3 barobar ortiq
bo‘lishi bilan birga, bu muddatda dvigatelning texnik-iqtisodiy
ko‘rsatkichlari yomonlashmaydi. M–63/10B moyini 10 ta
mar kadagi moy o‘rnida ishlatish mumkin. Bu moy odatdagi
moylarga nisbatan qimmatbaho bo‘lishiga qaramay, iqtisodiy
jihatdan samaralidir.
Sintetik moylardan foydalanish muhim yangi yo‘nalish
bo‘lib, ular moyning ish muddatini 3,5 barobargacha oshiruvchi
yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ularni
benzinli va dizelli dvigatellarda ishlatishdan tashqari, tarkibiga
tegishli qo‘shilma qo‘shib gidravlik tizimlarda va gidromexanik
transmissiyalarda foydalanish mumkin.
Sintetik moylar yuqori qovushoqlik indeksiga ega (150–
170), oquvchanlik xususiyatini yo‘qotish harorati mineral
moylarga nisbatan past (minus 65°C gacha). Sintetik moylarni
almashtirmay 20 ming km gacha masofani bosib o‘tish mumkin,
alohida olingan navlaridan foydalanilganida esa bu ko‘rsatkich
80–100 ming km ni tashkil etadi.
Sintetik motor moylari bir tomondan, mashinalarning
ishonchli ishlashini ta’minlasa, ikkinchi tomondan moylarni
unifikatsiya qilinishini yaxshilaydi.
Moylash materiallarining ekspluatatsion xususiyatlarini
baho lash pasport ma’lumotlarining Davlat standarti talablariga
mosligini tekshirishdan boshlanadi va moyning umumiy holdagi
ish sharoiti yoki ma’lum bir agregat yoki uzelda ishlashga
yaroqli ligini aniqlash bilan tugallanadi. Bunda dvigatelni
qizdirmay ishga tushirishga ruxsat etilgan kritik qovushoqlik
miqdoriga binoan eng past harorat (motor moylari uchun) yoki
avtomobilning ravon harakatlana olishini ta’minlovchi harorat
(transmission moylar uchun) aniqlanishi talab etiladi.
Motor moylari va boshqa moylash materiallarining tarkibi,
xu susiyatlari va ishlatilish sharoitlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar
zarur bo‘lganida maxsus (spravochnik) adabiyotlardan foy-
dalaniladi.
Keyingi yillarda respublikamizda zamonaviy talablar asosida
ishlab chiqarilgan motor moylaridan keng foydalanilmoqda.
«Uz-Prista» qo‘shma korxonasi (sobiq «Uz-Texako» qo‘shma
korxonasi) tomonidan bir qator nomdagi motor moylari ishlab
chiqarilmoqda (5.8-jadval).
5. 8-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: