Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

Ichki
nazorat
va
ichki
auditning
o‘zaro
asosiy
farqlari
Ichki nazorat asosan ichki auditdan farqli tomoni shundan iboratki, 
u rahbarlikning barcha darajasida amalga oshiriladi. Bundan farqli 
ravishda, ichki audit mustaqil auditorlar tomonidan amalga oshiriladi, 
ular faqat tashkilot rahbariga hisob beradi va ichki nazorat tizimini 
to‘g‘ri tuzilganligini ham tekshiradi. 
Ichki nazorat tizimi samarali ichki audit funksiyasi uchun dastlabki 
shartlardan hisoblanadi. 
Ichki nazorat tizimi hech qachon taftishning muhimligini 
pasaytirmaydi. Odatda taftish funksiyasi davlat mablag‘larini noqonuniy 
o‘zlashtirish, suiste’molchilik, kamomad, qallobliklarga qarshi samarali 
himoya vositasini bajaradi. Lekin ichki nazorat bilan rahbariyat 
tomonidan har qanday ichki audit o‘rnini qoplash (kesishish)ni amalga 
oshirilishi mumkin emas. 
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, budjetning 
ijrosi jarayonida g‘aznachilikdan foydalanish alternativ usullaridan 
biridir. G‘aznachilik asosida budjet mablag‘laridan foydalanishda ularni 
iqtisod qilish, nazoratni kuchaytirish, soliq to‘lovchilarning pulini talon-
taroj qilish hollarining oldini oladi. 
O‘zbekiston Respublikasi davlat sektorida ichki audit bo‘yicha 
nizom Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi 
auditni instituttsional rivojlanishi va takomillashtirish” loyihasi 
doirasida, ushbu loyiha xalqaro maslahatchisi P.Mordak tomonidan 
tayyorlangan, unga ko‘ra davlat sektorida xalqaro audit standartlari 
talablari asosida va amaldagi budjet qonunchiligi doirasida, Nazorat-
taftish bosh boshqarmasi va Moliya vazirligi boshqa boshqarmalari 
mutaxassislari hamda Moliya vazirligi G‘aznachiligi mutaxassislari 
bilan 
birgalikda, 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
G‘aznachiligi ichki audit xizmatining kontseptsiyasi bo‘yicha tegishli 
hujjatlar to‘plami ishlab chiqildi. Shu jumladan, ushbu hujjatda ichki 
audit tushunchasi aniqlangan: “O‘zbekiston Respublikasida davlat 
moliyasini boshqarishning yangi instrumenti sifatida moliya bo‘yicha 
davlat strategiyasida, eng avvalo G‘aznachilikda qo‘llash maqsadida 
ichki audit kiritildi.” Shunday qilib, unda davlat sektorida ichki auditni 
tashkil etishning asoslari berilgan va u mustaqil ichki bo‘linma 
vazifasini bajaradi, G‘aznachilik rahbariyati oldida javobgardir. 
Ichki nazoratning 5 komponentiga asoslangan ichki audit 


45 
funksiyasining tegishli tavsifini keltirish mumkin: 
Nazorat
muhiti
“Ichki nazorat muhiti” tushunchasi juda oddiy va aniq. U tashkil 
etishning hamma umumiy xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, nazorat 
tizimini engil harakatga keltirish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Haqiqatda 
esa tegishli yo‘lga qo‘yilgan “muhitsiz” hech qanday ichki nazorat va 
audit tizimini hayotga tatbiq etib bo‘lmaydi. 
Uning asosiy xususiyati Davlat moliyasini boshqarish islohotlarini 
samarali joriy etish hisoblanadi. Unga tegishli qo‘shimchalar kiritiladi
1) tashkiliy strukturani ishonchli tashkil etish deganda, javobgarligi va 
rahbariyatga bo‘ysinishi tushuniladi va 2) yaxshi boshqarish amaliyoti, 
shu jumladan, inson resurslari siyosatiga taalluqli va davlat xizmati 
statusi, hisobotlarning shaffofligi, to‘g‘riligi va asosliligini o‘z ichiga 
oladi. 
Riskni
baholash
Riskni baholash (yoki riskni aniqlash) riskni tahlil qilish asosida 
tashkilot yoki idoralarning maqsadga erishishlarini ta’minlash uchun 
ichki nazorat hususiyatiga asoslanadi. Rahbariyat riskni pasaytirish 
maqsadida nazoratni joriy etish yo‘li bilan riskni baholaydi. 
Riskni bholash bilan bog‘liq tushuncha davlat sektori uchun yangi 
hisoblanadi. Haqiqatda esa rahbariyatni yashirin amaliyotidagi 
rasmiyatchilik hisoblanadi. Lekin bunday rasmiyatchilik daromad usuli 
bilan ichki nazorat va auditorlik ishlari amaliyotlari uchun katta yordam 
beradi. 
Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasining ko‘rsatishicha, bunday 
vazifa yechimini topish uchun boshqaruv risklari amaliyotidan 
foydalanish lozim. 
Risk deganda, budjet tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda 
negativ hodisalarni paydo bo‘lishi ehtimoli tushuniladi. Risklarni 
klassifikatsiyasi turli xil bo‘lishi va ko‘p jihatdan budjet tashkilotlarining 
faoliyatiga bog‘liqdir. Bizning fikrimizcha, risklarni operatsion va 
auditorlik risklariga bo‘lish mumkin. 
Operatsion risk deganda, davlat funksiyasi va davlat xizmatlarini 
taqdim qilishda budjet tashkilotlarida operatsiyalarni bajarishdagi 
belgilangan jarayon va amaliyotlarining buzilishini paydo bo‘lishi 
tushuniladi. O‘z navbatida, auditorlik risklari deganda, xato yoki 
noto‘g‘ri fikr bildirish, aniqlash, identifikatsiya va xato hamda 
kamchiliklarni baholash tushuniladi. 
Risklarni boshqarish protseduralari risklarni identifikatsiyalash, uni 


46 
miqdori va sifatini baholash, risklarni kamaytirishga yo‘naltirilgan 
tadbirlarni qabul qilish va risklarni doimiy monitoring qilishni o‘z ichiga 
oladi. 
Budjet tashkilotlari risklarini boshqarishda protseduralarni amalga 
oshirishda analitik va amaliy metodlardan foydalaniladi. Analitik metod 
risklarning ta’sirini aniqlash instrumenti hisoblanadi va quyidagilarni 
o‘z ichiga oladi: 
- risklarni prognozlashtirish tizimini joriy qilish; 
- risklarning oldini oluvchi ogohlantiruvchi mexanizmlarni joriy 
qilish; 
- risklarning ustuvorligini aniqlash; 
- risklarning doimiy monitoringini amalga oshirish. 
O‘z navbatida, amaliy usullar risk bilan bog‘liq operatsiyalarni 
amalga oshirishda paydo bo‘ladigan negativ holatlarni kamaytirish 
uchun mo‘ljallangan va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
- sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan negativ holatlarni operativ bartaraf 
etish mexanizmini ishlab chiqish; 
- sug‘urta risklari tizimini yaratish.
Nazorat
bo‘yicha
tadbirlar
Nazorat bo‘yicha tadbirlar INTOSAI bo‘yicha “siyosat va 
jarayonlar, muassasa belgilagan risk masalalarini echish va muassasa 
maqsadlariga erishish” sifatida aniqlanadi. Ular ma’lum muassasa 
moliyaviy yoki operatsion faoliyati sifatida o‘rnatiladi va muassasa 
hamma funksiyasi hamda barcha darajasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Lekin 
ichki nazoratni umumiy xususiyatlari bo‘lib, ular ichki nazoratning har 
qanday tizimiga taalluqli bo‘ladi: 
Tizim
va
siyosat:
- Axborotlarni boshqarishni ishonchli tizimi, ketma-ketlikda 
“Davlat moliyasini boshqarishni axborot tizimi”ni (keyinchalik - 
ISUGF) amaliyotga joriy etish hisoblanadi; 
- Hisobot tizimi, boshqaruv zanjirining har bir darajasida aniq 
javobgarliklari aniqlangan va operatsiyalarning obzori, jarayonlar va 
faoliyatni xamda rahbariyatni o‘z ichiga oladi ; 
- Qoida: vazifalarni ajratish (ruxsat berish, qayta ishlash, yozuv, 
obzor faqat bir agent yoki bir bo‘lim tomonidan bajarilmasligi kerak); 
Protseduralar:
Ijobiy baho berish va ruxsat berish protsedurasi; Resurs va 
yozuvlarga ruxsat berishning nazorati; Tekshirish, muvofiqlashtirish;
Moliyaviy holat, protseduralarni qamrab olish va mablag‘lar 


47 
saqlanishini 
hujjatlashtirish 
hamda 
moliyaviy 
yozuvlarning 
ishonchliligi; 
Hamma tizim, qoida va protseduralar hujjatlashtirish protsedura, 
qoida, jaryonlar ketma-ketligi bo‘yicha chizma, guruhlashtirish va 
boshqalar. 
Har bir asosiy moliyaviy yoki operatsion protsesslar yoki tsikllar 
bo‘yicha operatorlar yoki operatsiyalar aniqlanadi va kuzatib boriladi. 
Shunday qilib, “auditor izi” yaratiladi, natijada ichki audit funksiyasini 
samarali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. 
Almashinuv
va
axborot
Almashinuv va axborotni samarali jarayonlari yaxshi ichki nazorat 
tizimining kaliti hisoblanadi. Haqiqatda ishonchli, o‘rinli va muhim 
axborot identifikatsiya qilinadi, qayta ishlanadi va shakl hamda 
muddatlarda beriladi, natijada odamlarga o‘zining ichki nazorati va 
boshqa vazifalarini amalga oshirish imkonini beradi. 
Monitoring
Monitoring rahbariyat tomonidan nazorat tadbirlarini doimiy 
o‘tkazish imkonini beradi. 
Monitoring jarayoni, tegishli nazorat jarayonlari hamma biznes 
tadbirlari bo‘yicha amalga oshirilishi va ushbu protseduralarga rioya 
qilinishi rahbariyat tomonidan doimiy amalga oshiriladigan nazorat 
tadbirlaridan direktor hamda rahbariyatga ishonchli kafolat beradi. 
Rasmiy protseduralar zaif tomonlarini aniqlash uchun talab qilinadi 
va tegishli tuzatish tadbirlari bilan ta’minlaydi hamda ular maqsadga 
erishish uchun qo‘shimcha nazorat tadbirlarini amalga oshirish imkonini 
beradi. Monitoring auditor tavsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat 
qilishni o‘z ichiga oladi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish