50
asoslangan boshqaruvni joriy etishga imkoniyat yaratiladi va tashqi
nazoratni amalga oshirishga zaruriyat qolmaydi.
2. G‘aznachilik tizimida amaldagi ichki nazorat tuzilmasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 28-fevraldagi
PQ-594 qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G‘aznachiligi tarkibi va uning viloyat bo‘limlarida “G‘aznachilik
operatsiyalari nazorati” tegishli ichki tarkibiy bo‘linmasi tashkil qilindi.
Ushbu bo‘limning asosiy maqsadi davlat budjetining g‘aznachilik
ijrosini hamma bosqichlarida, shu jumladan,
kelgusi ichki tizim
nazoratini amalga oshirish tadbirlari va ogohlantirish hisoblanadi.
G‘aznachilik operatsiyalari nazoratini amalga oshirish amaliyoti
ikkinchi bobda batafsil yozilgan. Ichki nazorat obyekti – biznes
jarayonda foydalanilayotgan boshlang‘ich hujjatlar hisoblanadi. Ular
quyidagi maqsadlar uchun tekshiriladi:
a) Belgilangan hujjatlarni to‘ldirish tartibiga mos kelishini aniqlash
uchun;
b) Budjet klassifikatsiyasi ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri aniqlash uchun;
v) Rejali belgilangan tartibda budjetdan mablag‘ ajratish uchun;
g) Boshqa nazorat ko‘rsatkichlari.
Ichki nazoratning maqsadi:
1. Budjetni tasdiqlangan chegarada parametr (limitlar) doirasidagi
ijrosi;
2. Budjet tashkilotlari tomonidan suiiste’molchilik holatlarini
ogohlantirish.
Jahon amaliyotida xalqaro tan olingan
ichki nazorat va audit
bo‘yicha standartlarda quyidagi maqsadlar uchun tayyorlangan:
1) Xususiy sektorga ikkita organ tomonidan, Ichki Auditorlar
Instituti (IAI) audit uchun va Tredueyya sponsor tashkilotlar
Komissiyasi Qo‘mitasi (COSO) ichki auditorlar uchun;
2) Alohida davlat organlari uchun INTOSAI (Oliy Auditorlar
Instituti Xalqaro Tashkiloti) va turli davlatlarning
ichki hamda tashqi
audit instituti. Yuqorida aytilganlardan xulosa qilib shuni aytish
mumkinki, unda davlat sektori tizimida ichki nazorat va audit
masalalarini qo‘shgan holda hozirgi vaqtda davlat moliyaviy nazorati
tizimini rivojlantirishning yagona kontseptsiyasini ishlab chiqish
zaruriyati paydo bo‘ldi. Masalan, bir
variant sifatida yuqoridagi
maqsadni amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasining “Budjet
tizimi to‘g‘risidagi” qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yoki
O‘zbekiston Respublikasining alohida qonuni loyihasini “Davlat
51
sektorida davlat moliyaviy nazorati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasining 24-dekabr 1998-yil №717-1 “Xo‘jalik subyektlari
faoliyati davlat nazorati to‘g‘risida” qonuni asosida alohida ishlab
chiqish lozim. Davlat moliyaviy nazoratini aniqlanish uchun qonunchilik
asoslarini ishlab chiqish hamda ichki nazorat va auditni amalga oshirish
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi “Budjet tizimi to‘g‘risidagi”
qonuniga o‘zgaritirishlar kiritish, davlat sektorida ichki audit tegishli
standartlari, ichki nazoratni amalga oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar
va boshqa ko‘plab o‘zgartirishlar ishlab chiqish, tasdiqlash lozim.
Jahon amaliyoti ko‘rsatishicha, ichki
nazorat va audit tizimini
yo‘lga qo‘yish – davlat resurslaridan samarali foydalanishning
o‘sishining to‘g‘ri yo‘li hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: