68
Ayrim hollarda bir turdagi va narxi bir xil Xo‘jalik
inventarlari,
asboblar, stanoklar olinganda asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish
umumiy dalolatnomasi tuzilishi mumkin. Bunda ushbu dalolatnoma
ma’lumotlari, unga ilova qilingan pasportlar, ishlatish tartibi,
yo‘riqnomalar ham tekshirilishi zarur.
Hisobga qabul qilingan har bir asosiy
vosita obyektiga inventar
raqam berilgan bo‘lishi lozim. Masalan, 001 dan 099 gacha inventar
raqamlar binolarga, 100 dan 199 gacha inshootlarga, 200 dan 299 gacha
bo‘lgan raqamlar uzatish qurilmalariga beriladi va hokazo. Berilgan
inventar raqami asosiy vositalar obyektiga metall jeton bilan biriktirib,
uchmaydigan bo‘yoq bilan yozib yoki boshqa usullarda belgilab
qo‘yilishi lozim. Bu belgilar obyekt foydalanishda bo‘lgan jami davr
ichida
saqlanib, buxgalteriya hisobining barcha tegishli dastlabki
hujjatlarida va hisob registrlarida ko‘rsatiladi. Obyekt hisobdan
chiqarilganidan so‘ng, uning inventar raqami yangi kirim qilingan asosiy
vositalarga berilmaydi.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi (ilova
qilingan hujjatlar bilan birga) buxgalteriyaga o‘z vaqtida topshirilgan
bo‘lishi lozim. Subyekt buxgalteriyasida asosiy vositalarning analitik
hisobi, ularning har bir turi bo‘yicha ochiladigan AV-6
shakldagi
inventar kartochkalar yuritiladi. Bu kartochkada obyekt haqidagi barcha
ma’lumotlar (dastlabki yoki tiklanish qiymati, amortizatsiya ajratmalari
me’yori, kirim qilingan paytdagi eskirish darajasi) qayd etilgan bo‘lishi
kerak.
So‘ngra inventar kartochkalar ma’lumotlarining asosiy vositalarni
hisobga olish bo‘yicha inventar kartochkalar ro‘yxati (AV-7 shakl) ga
asosiy vositalarning tasnifiy guruhlari bo‘yicha o‘tkazilganligi
tekshiriladi.
Ro‘yxatga olingan kartochkalar asosiy vositalar kartotekasida
tarmoqning tasnifiy guruhlariga,
guruh ichida esa turgan joyi,
foydalanish joyi va turlari bo‘yicha guruhlangan bo‘lishi kerak.
Ishlatilmayotgan asosiy vositalarning inventar kartochkalari alohida
guruhlangan bo‘lishi kerak.
Asosiy vositalar hisobdan chiqarilganida dalolatnoma tuzilib, uning
ma’lumotlari tegishli inventar kartochkalarda qayd qilinadi, so‘ngra bu
kartochkalar kartotekadan olib qo‘yiladi. Amaliyotda, asosiy vositalar
obyektlarining qiymati quyidagi Xo‘jalik
operatsiyalari natijasida
subyekt aktivlari tarkibidan chiqib ketadi:
- sotilganda;
69
- foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra
hisobdan chiqarilganda;
- boshqa subyekt va shaxslarga beg‘araz berilganida;
- boshqa subyektlarning ustav kapitalini shakllantirish uchun ulush
sifatida qo‘shilganida;
- kamomad yoki yo‘qotish aniqlanganda va.h.k.
Audit jarayonida qayta baholash natijasida narxlar oshgan yoki
kamaygan summalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi
ham tekshiriladi. Qayta baholanib oshgan summa 0100 - «Asosiy
vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» ning debeti va 8510 – «Mulklarni
qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotining kreditiga yoziladi.
Qayta baholangan asosiy vositalar obyektlari bo‘yicha tiklanish
qiymati inventar kartochkaning rekonstruksiyalash, modernizatsiyalash
bo‘limida qayd etilgan bo‘lishi lozim. Shu bilan birga qayta baholangan
eskirish summasi ham inventar kartochkaning tegishli bo‘limida aks
ettirilgan bo‘lishi kerak. Har bir moddiy javobgar shaxs asosiy vositalar
obyektlarining analitik hisobini AV-9 shakldagi
vedomostda yuritishi
kerak. Bunda hamma moddiy javobgar shaxslar bilan belgilangan
shaklda va ikki nusxada to‘la moddiy javobgarluk to‘g‘pisida
shartnomalar tuzilganligi, shartnomalarning bir nusxasi moddiy javobgar
shaxslarning hujjatlar to‘plamida, ikkinchi nusxasi esa shu xodimlarning
o‘zlarida saqlanayotganligi tanlab tekshirilishi lozim.Bulardan tashqari,
auditor barcha moddiy javobgar shaxslar asosiy vositalarni o‘z
javobgarligiga olganligini tasdiqlab, inventarizatsiya vedomostlarida
imzo qo‘yganliklari hamda asosiy vositalarning
keyingi kirimlari esa
ularning dastlabki hujjatlardagi imzolari bilan tasdiqlanganini tekshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: