2.6. Lizing munosabatlari va ijara majburiyatlari auditi
O‘zbekistonda lizing munosabatlari 6-son «Ijara hisobi» nomli
BHMS bilan tartibga solinadi. Unga ko‘ra, «Lizing (moliyaviy ijara)
ijara munosabatlarining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing
beruvchi) ikkinchi tarafning (lizingga oluvchining) topshirig‘iga binoan
uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-
mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni shu shartnomada
belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun
lizingga oluvchiga o‘n ikki oydan ortiq muddatga beradi. Bunga lizing
shartnomasi quyidagi shartlarning biriga javob berishi kerak:
a) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizing obyekti lizingga
70
oluvchining mulki bo‘lib o‘tsa;
b) lizing shartnomasining muddati lizing obyekti xizmat
muddatining 80 % dan ortiq bo‘lsa yoki lizing obyektining lizing
shartnomasi tugaganidan keyin qoldiq qiymati uning boshlang‘ich
qiymatining 20 % dan kam bo‘lsa;
v) lizing shartnomasining muddati tugagach, lizingga oluvchi lizing
obyektini uning bozor qiymatidan past narxda evazini to‘lab sotib olish
huquqiga ega bo‘lsa, bunda ana shu huquqni amalga oshirish kunidagi
lizing obyekti qiymati asos bo‘ladi;
g) lizing shartnomasi amal qiladigan davr uchun lizing
to‘lovlarining umumiy summasi lizing obyekti qiymatining 90 % dan
ortiq bo‘lsa»
1
.
Asosiy vositani lizinga qabul qilish ham AB-I shakldagi
dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Lizing beruvchi subyektlar lizing berishdan asosiy vositalar uchun
lizing oluvchi subyektdan olinishi lozim bo‘lgan to‘lovni (qo‘shilgan
qiymat solig‘i bilan birga) operatsion daromadlar tarkibiga (Debet 4810
- «Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan joriy to‘lovlar», 4820 -
«qisqa muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar», Kredit 9550 -
«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar», 9350 - «Qisqa muddatli ijaradan
daromadlar») kiritadi.
Ijaraga olingan asosiy vositalarni joriy ta’mirlash xarajatlari lizing
oluvchi tomonidan qilinadi, kapital ta’mirlash esa shartnomadagi
kelishuvga muvofiq lizing oluvchi yoki lizing beruvchi hisobidan
amalga oshiriladi.
Audit jarayonida auditor lizing subyektlarini aniqlashi lozim. 6-son
BHMSga muvofiq, lizing subyekti bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
a) lizingga beruvchi lizing shartnomasi bo‘yicha lizingga oluvchiga
kelgusida topshirish maqsadida lizing obyektini mulk qilib oluvchi
shaxs;
b) lizingga oluvchi egalik qilish va foydalanish uchun lizing
shartnomasi bo‘yicha lizing obyektini olayotgan shaxs;
v) sotuvchi lizingga beruvchiga lizing obyektini sotayotgan shaxs.
Lizing obyekti lizingga oluvchining krediti (qarzi) hisobidan
olinayotgan taqdirda, aniq bir lizing obyektiga nisbatan lizingga
beruvchining kreditori va lizingga oluvchi bir shaxs timsolida ish
ko‘rishga yo‘l qo‘yilmaydi.
1
«Ijara hisobi» nomli 6-son BHMS. O’z.R. Adliya vazirligida 2004-yil 22-iyunda 1374-son bilan ro’yhatga olingan.
71
Lizingga beruvchi lizing obyektini bo‘lgusi foydalanuvchidan
keyinchalik uni xuddi shu shaxsga ijaraga berish uchun sotib olgan
hollarda, lizingga oluvchi va sotuvchi bir shaxs bo‘lishga yo‘l
qo‘yiladi.Auditor
yuqorida
ko‘rsatilgan
masalalarni
tekshirib,
o‘rnatilgan talablar va qoidalarning buzilish hollarini o‘zining ish
hujjatlarida aks ettirishi lozim.
Ko‘pchilik Xo‘jalik subyektlari avtomobillarni sotib olganidan
ko‘ra foydaliroq bo‘lgani uchun ijaraga oladilar. Bunda auditor
avtomashinani
ishlatish
va
ta’mirlash
xarajatlarini
qoplash,
hisoblashishlar tartibi kelishilgan ijara shartnomasi bilan tanishishi
lozim.
Jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra ijara to‘lovlari
ijarachi tomonidan uning xarajatlariga qo‘shilsa (2010, 2310, 2510,
2710 schyotlar debet va 6910 schyot kredit) hisoblangan ijara to‘lovi
summasidan daromad solig‘i undiriladi (Debet 6910, Kredit 6410).
Ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga ulardan ijaraga olingan asosiy
vositalar uchun hisoblangan ijara to‘lovi summasidan budjetdan
tashqari fondlarga to‘lovlar hisoblanmaydi.
Agar asosiy vosita obyektlari tadbirkor bo‘lgan jismoniy
shaxslardan ijaraga olinsa, hisoblangan ijara to‘lovi summasidan
daromad solig‘i ushlanmaydi. Subyekt bunday to‘lovlarning barcha
turlari bo‘yicha soliq inspeksiyasiga har chorakda bildirib turishi lozim.
Auditor subyektning ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar bilan hisob-
kitoblarni hisobga olish qoidalari va soliq qonunchiligiga rioya
qilinayotganligiga ishonch hosil qilishi lozim.
Auditda bajariladigan barcha amallar lizing muomalalarining
xususiyatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Shuning uchun
lizing shartnomalarini tuzish, muomalalarni buxgalteriya hisobida aks
ettirish va soliqqa tortishda yo‘l qo‘yiladigan xatolarning aksariyati
me’yoriy hujjatlardagi kamchiliklar va uslubiy qo‘llanmalar
yetishmasligi bilan bog‘liq.
Lizing operatsiyalarini tekshirishda auditning barcha bosqichlari:
rejalashtirish, auditorlar guruhini tuzish, tekshiruv o‘tkazish, auditorlik
hisoboti va xulosalarini tuzishda maxsus yondoshuv talab qilinadi.
Lizingda lizing obyektiga egalik qilish va foydalanish huquqi bilan
bog‘liq barcha tavakkalchiliklar lizinga oluvchiga o‘tkaziladi. Lizingga
oluvchining buxgalteriya hisobida lizing aktiv va majburiyat sifatida
lizing muddati boshlanishidagi lizing obyektining joriy qiymati yoki
minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati bo‘yicha, agar u
72
past bo‘lsa, tan olinishi kerak.
Audit jarayonida auditor lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymat
to‘g‘ri hisobga olinishini ham tekshirishi lozim. Minimal lizing
to‘lovlarining diskontlangan qiymatini hisoblashda diskontlaydigan omil
bo‘lib, lizing shartnomasida ko‘zda tutilgan foiz stavkasi hisoblanadi,
agarda uni aniqlash imkoniyati bo‘lsa, aks hollarda lizingga oluvchining
qarz sarmoyasi bo‘yicha o‘sib boruvchi foiz stavkasidan foydalaniladi.
Lizing muddatining boshlanish vaqtida lizingga oluvchi va lizingga
beruvchi lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ni kelishib oladi, unda lizingga
beruvchining daromadi, lizing obyektining qiymatini qoplash bo‘yicha
majburiyatlar va ularning lizing muddati davomida taqsimlanishi
ko‘rsatiladi.
Auditor lizing bo‘yicha foizlar lizing shartnomasi davomida davrlar
bo‘yicha taqsimlanganligini va har bir davrda qoplanmagan
majburiyatlar qoldig‘iga doimiy foiz stavkasini o‘rnatish maqsadida
lizing to‘lovlari jadvalida aks ettirilganligiga ahamiyat berishi kerak.
Shuningdek, lizingga oluvchi tomonidan amalga oshirilgan lizing
obyektini sotib olish, yetkazib berish yoki belgilangan maqsadda
foydalanish uchun yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq xarajatlar lizing
obyektining qiymatiga qo‘shilganligini ham aniqlash lozim.
Lizingga oluvchining lizing obyektini yaxshilash (obodonlashtirish,
qo‘shimcha qurish, qo‘shimcha asbob-uskunalar bilan ta’minlash,
rekonstruktsiya, modernizatsiya qilish, texnik qayta qurollantirish va
h.k.) xarajatlari lizing obyekti qiymatini ko‘paytiruvchi kapital
qo‘yilmalar sifatida aks ettiriladi. Agar lizing obyekti, lizingga
beruvchining ruxsati bilan yaxshilangan bo‘lsa, shartnomaning amal
qilish muddati tugagandan so‘ng yoki shartnoma bekor qilingach,
lizingga oluvchi ana shu maqsad yo‘lida sarflangan barcha
xarajatlarning qoplanishini talab qilish huquqiga ega, agarda lizing
shartnomasida o‘zgacha shartlar ko‘zda tutilmagan bo‘lsa.
Auditor lizingda har bir hisobot davri uchun lizing obyekti bo‘yicha
amortizatsiya ajratmasi to‘g‘ri hisoblanganligini ham tekshirishi lozim.
Lizing obyektlari bo‘yicha amortizatsiyani hisoblash O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligining 2003-yil 9-oktyabrdagi 114-sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan 5-son «Asosiy vositalar» nomli BHMS ga
muvofiq amalga oshiriladi.
Lizingga oluvchi lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin
lizing obyektiga mulkiy egalik qilish huquqini olishga ishonchi
bo‘lmasa, u holda u quyidagilardan qaysi biri qisqaligidan kelib chiqib:
73
lizing shartnomasi muddati davomida yoki lizing obyektining xizmat
qilish muddatida to‘liq amortizatsiya qilishi mumkin. Audit jarayonida
lizing obyektini yillik qayta baholash lizingga oluvchi tomonidan
qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirilganligiga ishonch hosil
qilish lozim.
Lizing shartnomasi to‘xtatilganda lizing obyektini qaytarish, lizing
shartnomasiga muvofiq uning to‘xtatilgan sanadagi obyektining
qoplanmagan qiymati summasi bo‘yicha amalga oshirilaganligi
tekshiriladi. Lizing obyektining chiqib ketishidan moliyaviy natijani
aniqlaganda, oldingi qayta baholashlardagi lizing obyekti qiymatining
ko‘paygan summasi, ya’ni oldingi baholashlardagi qiymat pasayishi
summasiga nisbatan ortgan qismi lizing obyektining chiqib ketishidan
ko‘rilgan daromad tarkibiga qo‘shiladi va bir vaqtning o‘zida 8510 -
«Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti bo‘yicha rezerv
kapitalini kamaytiradi. Lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida
lizing aktiv sifatida lizing muddati boshlanishidagi lizing obyektining
joriy qiymati yoki minimal lizing to‘lovlarining diskontlangan qiymati
bo‘yicha, agar u past bo‘lsa, tan olinishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |