Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
Takrorlash uchun savollar 
 
1.
Asosiy vositalar auditining maqsadi va vazifalari nimalardan 
iborat?
2.
Auditor asosiy vositalarni tekshirishda qanday reja tuzishi zarur?


76 
3.
Asosiy vositalar auditida qanday ma’lumot manbalaridan 
foydalaniladi? 
4.
Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanish holati qanday 
tekshiriladi? 
5.
Asosiy vositalar analitik hisobining tashkil etilishi qanday 
tekshiriladi?
6.
Asosiy vositalar auditida eng ko‘p uchraydigan xatolar qanday?
7.
Asosiy vositalar harakati bo‘yicha muomalalarni tekshirishda 
auditor nimalarga alohida e’tibor qaratishi zarur? 
8.
Asosiy vositalar kirimi va chiqimini rasmiylashtirish, schyotlarda 
aks ettirish hamda soliqqa tortish qanday tekshiriladi? 
9.
Asosiy vositalar ijarasi (uzoq yoki qisqa muddatli) qanday 
tekshiriladi?
10.
Asosiy vositalarni ta’mirlash ishlari qanday tekshiriladi va 
ularning xususiyatlari nimalardan iborat? 


77 
3-MAVZU. NOMODDIY AKTIVLAR HARAKATI BILAN 
BOG‘LIQ MUOMALALAR AUDITI USLUBIY MUAMMOLARI 
3.1. Nomoddiy aktivlar auditini tashkil etish va o‘tkazish tartibi 
Respublikamizda iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishi 
tufayli subyekt mablag‘lari va mablag‘lar manbalarini, shuningdek, 
ularning harakatini buxgalteriya hisobida aks ettirish uslubida ham 
sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berdi. Buxgalteriya hisobining obyekti bo‘lgan 
va tegishli nazorat o‘rnatilishini talab etuvchi Xo‘jalik mablag‘larining 
yangi turlari paydo bo‘ldi. Bozor islohotlarining chuqurlashtirilishi va 
iqtisodyotning erkinlashtirilishi tufayli subyektlar, firmalar va 
aksiyadorlik jamiyatlarining Xo‘jalik yuritish amaliyotida mulkchilik va 
muomalalarning yangicha turlari kirib kelmoqda. Bulardan biri 
nomoddiy aktivlardir. 
«Bozor munosabatlari rivojlanib borgan sari, moddiy aktivlar 
tashkilotga daromad kelishini ta’minlovchi yagona omil emasligi va 
ularning ashyoviy negiz kabi klassik belgiga ega bo‘lmagan, lekin 
subyektning foyda olish jarayonida g‘oyatda muhim rol o‘ynashi 
mumkin bo‘lgan boshqa turlari mavjudligi tobora yaqqol sezilib 
bormoqda. 
Nomoddiy aktivlar, bizning fikrimizcha, bugungi kunda milliy 
buxgalteriya hisobi uslubiyotining eng murakkab muammolaridan 
biridir. Buxgalterlarning ushbu obyektlar bilan bog‘liq kundalik 
amaliyoti asosan quyidagi holatlar tufayli qiyinlashadi: 
- buxgalteriya hisobi uslubiyotida ayrim masalalarning ishlab 
chiqilmaganligi, bunga ko‘p jihatdan muomalalarning huquqiy shakli va 
iqtisodiy mazmuni o‘rtasida hamjihatlik konseptsiyasining yo‘qligi 
sabab bo‘ladi; 

turli 
me’yoriy 
hujjatlar 
o‘rtasida 
qonun 
chiqarish 
texnologiyasining o‘zidagi nuqsonlar tufayli vujudga kelgan ziddiyatlar 
va nomutanosibliklar. 
O‘zbekiston Respublikasi 7-son BHMS ga ko‘ra, nomoddiy 
aktivlar – korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish
xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish 
maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish 
uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy 
mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk obyektlaridir”
1

1
7-son “Nomoddiy aktivlar” nomli O’zbekitson Respublikasi BHMS. O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 


78 
O‘zbekiston Respublikasi 21-son BHMS ga muvofiq, «Subyektga 
tegishli bo‘lgan nomoddiy aktivlarning mavjudligi va harakati 
to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga 
oshiriladi:
0410-“Patentlar, litsenziyalar va nou-xaular”;
0420-“Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalari”;
0430-“Dasturiy ta’minot”;
0440-“Erdan va tabiiy resurslardan foydalanish huquqi”;
0450-“Tashkiliy xarajatlar”;
0460-“Franchayz”;
0470-“Mualliflik huquqlari”;
0480-«Gudvill»;
0490-“Boshqa nomoddiy aktivlar”»
1

Nomoddiy aktivlarning asosiy vositalardan farqi – moddiy-
ashyoviy qiymatga ega emasligi. Subyektning barcha aktivlari bilan 
nomoddiy aktivlarni birlashtiradigan ularning foyda keltira olishidir. 
Bizningcha, umumiy holda nomoddiy aktivlar deganda, qiymatga 
ega bo‘lgan intellektual mulk obyektlari va shu kabi boshqa aktivlardan 
foydalanish huquqi nazarda tutiladi. Xususan, quyidagi tavsiflarga javob 
beradigan har qanday intellektual mulk obyektlari buxgalteriya hisobi 
maqsadlari uchun nomoddiy aktivlar deb e’tirof etilishi mumkin: 
- moddiy-ashyoviy shaklga ega bo‘lmagan yoki moddiy-ashyoviy 
shakli foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lmagan yohud 
moddiy-ashyoviy shakli me’yoriy-huquqiy cheklashlar sababli e’tiborga 
olinmaydigan obyektlar; 
- mahsulot ishlab chiqarishda, ish bajarish yoki xizmat ko‘rsatish 
mobaynida 
foydalanishga 
yoki 
tashkilotni 
boshqarish 
uchun 
mo‘ljallangan obyektlar; 
- uzoq vaqt davomida, ya’ni kamida bir yildan oshadigan vaqt 
davomida foydalanish niyatida sotib olingan obyektlar; 
- bir maromli sharoitda qaytadan sotish niyati bo‘lmagan 
obyektlar”
2

Nomoddiy aktivlarning o‘ziga xos turi – «gudvill» (firmaning 
narxi) tushunchasidir. 
Ushbu atama asosan subyektning ishbilarmonlik nufuzini aks 
2005- yil 27- iyunda 1485-son bilan ro’yxatga olingan. 
1
21-son “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni 
qo’llash to’g’risida yo’riqnoma” O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti. 
2
Ilxamov Sh.I. Investitsiya faoliyatida buxgalteriya hisobi va audit / Diss. i.f.n. - T.: 2005. 55-59 b. 


79 
ettiradi va u subyekt o‘z aktivlarining qiymatidan yuqori narxga sotib 
olinganda namoyon bo‘ladi. Jumladan, ular (yoki ularning bir qismi) ni 
baholangan sotish narxdan farqli ravishda kimoshdi savdosida amalga 
oshiriladi. Bunday hollarda to‘langan narx obyektning baholangan 
narxidan yuqori bo‘lgan qismi “firmaning narxi” ni tashkil qiladi va 
xaridor tomonidan nomoddiy aktivlar tarkibida hisobga olinadi. 
“Firmaning narxi” tushunchasining o‘lchamiga turli omillar ta’sir 
qiladi, jumladan: 
-subyektning joylashgan o‘rni;
-subyekt 
faoliyatining 
samaradorligi; 
mahsulotning 
raqobatbardoshligi va h.k. 
Nomoddiy aktivlarning qiymatga egaligidan tashqari, ularni 
subyektning boshqa aktivlari bilan hisobda birlashtiradigan yana bir 
xususiyati shuki, ularning o‘zi alohida bir obyekt bo‘lib, mulk egasidan 
yoki boshqa Xo‘jalik birligidan ajratib, boshqa foydalanuvchilarga berib 
yuborish mumkinligidir. Biroq “firmaning narxi”, savdo markasi va 
belgilar hamda shu kabi boshqa aktivlar bunday sifatga ega emaslar. 
Subyekt tomonidan sotib olingan nomoddiy aktivlarning dastlabki 
xarid qiymati sotuvchilarning to‘langan yoki to‘lov uchun qabul qilingan 
schyotlari asosida qayd qilinib, hisobga olingandan so‘ng 0830 - 
“Nomoddiy aktivlarni sotib olish” schyotida aks ettiriladi. Subyektlar 
nomoddiy aktivlarni sotib olish bosqichida agar, ulardan foydalanish 
sharoitlari buni talab qilsa, ularni inventar qiymatini aniqlash va 
foydalanishga yaroqli holatga keltirish zaruratiga duch keladilar. 
Shuning uchun nomoddiy aktivlarning inventar qiymati ularni yaratish 
yoki sotib olish hamda foydalanishga yaroqli holatga keltirish 
xarajatlaridan tashkil topadi.
Nomoddiy aktivlar buxgalteriya balansi (1-shakl) ning aktiv 
qismidagi «Uzoq muddatli aktivlar» bo‘limida «Nomoddiy aktivlar» 
nomli modda bo‘yicha (boshlang‘ich qiymati (020-satr), eskirishi (021-
satr), qoldiq qiymati (022-satr) aks ettiriladi (3.1-jadval). 
Hisobotga beriladigan tushuntirishlarda quyidagi axborotlarning 
mohiyati bayon qilinishi lozim: 
- nomoddiy aktivlarning foydali xizmat muddatlari to‘g‘risidagi 
(ayrim guruhlari bo‘yicha); 
- qiymati qoplanmaydigan (eskirish hisoblanmaydigan) nomoddiy 
aktivlar to‘g‘risidagi; 
- amortizatsiya ajratmalarini hisoblash usullari to‘g‘risidagi. 


80 
3.1-jadval 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish