74
hisobdan o‘chirilishi mumkin:
- xarajatlarning qilinish me’yoriga qarab bevosita mahsulot (ish,
xizmat) lar tannarxiga;
- asosiy vositalarni ta’mirlash uchun yaratilgan fond hisobidan;
- xarajatlarni oldin 3190 – «Boshqa kelgusi davr xarajatlari»
schyotiga
olib borib, keyinchalik bir me’yorda tannarxga qo‘shib
borish.
Agar hisob siyosatiga muvofiq subyektda asosiy vositalarni
ta’mirlash uchun rezerv tashkil etiladigan bo‘lsa, unda auditor rezerv
uchun ajratmalar summasining iqtisodiy asoslanganligini, asosiy
vositalarning turlari bo‘yicha (binolar, inshootlar, qurilmalar va hokazo)
ajratmalar miqdori ko‘zda tutilganligi yoki ajratmalarning yagona
normasi
belgilanganligi, har oyda rezerv hisoblash tamoyiliga rioya
qilinishini aniqlaydi. Ta’mirlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar
yaratilgan rezerv hisobiga hisobdan o‘chiriladi. Shuning uchun auditor
yil oxirida (ta’mirlash ishlari tugallangan hollarda) oshiqcha hisoblangan
rezerv to‘g‘rilanganligi (storno qilinganligi) ga ishonch hosil qilishi
lozim.
Asosiy vositalarni ta’mirlashga doir muomalalarning buxgalteriya
hisobi schyotlarida aks ettirilishini tekshirish
mobaynida auditor, ishlab
chiqarishga doir asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari tannarxga olib
borilganligi, noishlab chiqarishga doir asosiy vositalarniki esa o‘z
manbalari hisobiga hisobdan o‘chirilganligiga ishonch hosil qilishi
lozim. Shunindek, auditor ta’mirlash ishlari qaysi usul (pudrat yoki
Xo‘jalik usuli) bilan amalga oshirilganligini ham tekshiradi.
Agar hisobot davrida lizingga olingan asosiy vositalar ta’mirlangan
bo‘lsa, ta’mirlash turini (joriy yoki kapital), lizing shartnomasida kapital
ta’mirlash ko‘zda tutilganligi va xarajatlar kimning hisobidan
qoplanishini tekshirish zarur.
Subyektlar
hisobot
davrida
asosiy
vositalar
obyektlarini
zamonaviylashtirish va qayta jihozlash uchun ham xarajatlar qilishi
mumkin. Auditor bu holda quyidagilarni tekshiradi:
qilingan xarajatlar
0890 - «Boshqa kapital sarflar» schyotida hisobga olinganligi, ta’mirlash
ishlari yakunlanganidan so‘ng asosiy vositalar dastlabki qiymati
oshganligi, subyekt qo‘shilgan kapitalining ko‘payishi hisobda
ko‘rsatilganligi. Subyekt asosiy vositalarni ta’mirlash bilan bog‘liq
barcha xarajatlarni ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish,
qo‘rsatilgan xizmat) lar tannarxiga kiritadi, bu pirovardida moliyaviy
natijaning shakllanishiga, shuningdek subyektning
foydadan budjetga
75
to‘lovlar bo‘yicha budjet bilan o‘zaro munosabatlariga ham ta’sir etadi.
Auditor, eng avvalo, bu masala bo‘yicha ham subyektda qanday
hisob siyosati qabul qilinganligini aniqlashi lozim. Ayrim subyektlar
kelgusi yil uchun hisob siyosatini qabul qilishda ta’mirlash xarajatlarini
har oyda haqiqiy xarajatlar hajmida hisobdan o‘chiradigan tartibni
qo‘llaydilar.
Boshqa
subyektlar
ta’mirlash fondi yaratadilar
(ta’mirlashning barcha turlari uchun rezervga mablag‘ ajratadilar),
haqiqatda bajarilgan ta’mirlash ishlari uchun
qilingan xarajatlarni esa
tashkil etilgan fond hisobiga hisobdan o‘chiradilar.
Birinchi holatda ta’mirlashga doir barcha xarajatlar ta’mirlash qaysi
hisobot davrida amalga oshirilgan bo‘lsa, bevosita shu davrdagi ishlab
chiqarish xarajatlariga qo‘shilishi lozim. Ikkinchi holatda subyekt
balansida turgan asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga nisbatan foiz
hisobida ta’mirlash fondiga ajratmalar me’yori hisoblab chiqariladi.
Odatda, hisob yuritish siyosatining birinchi variantini kichik va
o‘rta biznes subyektlari, ikkinchisini esa asosiy vositalari mulk (aktiv)
larning salmoqli qismini tashkil etadigan yirik subyektlar qo‘llaydilar.
Auditor ta’mirlash xarajatlarini ishlab
chiqarish xarajatlariga
qo‘shishning to‘g‘riligini subyektda qabul qilingan hisob siyosatidan
kelib chiqib, uning o‘zgarish hollarida esa sababini va ushbu vaziyatning
moliyaviy natijaga ta’sirini tekshirishi lozim.
Asosiy vositalarga eskirishni hisoblash va ta’mirlash bo‘yicha
subyektda qanday hisob yuritish siyosati qabul qilinganligini aniqlash
uchun 8910 - «Kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlar uchun rezervlar»
schyotining ma’lumotlari bilan tanishish zarur. Agar 8910 schyotda
alohida ta’mirlash fondi degan analitik schyot ajratilgan bo‘lsa, ushbu
fondga qilingan ajratmalarning hajmi qanchalik asoslanganligi (iqtisodiy
hisob-kitoblar bilan tasdiqlanganligi) ga ishonch hosil qilish zarur.
Ajratmalar hajmi asosiy vositalar turlari bo‘yicha tabaqalangan yoki
ajratmalarning yagona normasi o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin.
Auditor
nuqtai nazaridan yagona normativni qo‘llash tannarxning asossiz
ko‘tarilishi va soliqqa tortiladigan bazaning pasayishiga olib kelsa, u
bunday holatni auditorlik hisobotida ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: