Asosiy vositalar auditining obyektlari
Ko‘rsatkichlar
Ko‘rsatkichlar keltirilgan
moliyaviy hisobot
shakllari
Schyotlar nomi
Schyotl
ar
1-
shakl
3-
shakl
4-shakl
Satr
Satr
Satr
1
2
3
4
5
Asosiy vositalar:
Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati
0100,
0300
010
Eskirish summasi
0200
011
qoldiq (balans) qiymati (satr. 010-011)
012
Asosiy
vositalarning
boshlang‘ich
qiymati, jamg‘arilgan eskirish va
qoldiq qiymati to‘g‘risida ma’lumot
010-
160
Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar
171
Noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar
172
Yil davomida sotib olingan asosiy
vositalar
180
Asosiy vositalarni sotib olish va sotish
0820
060
62
Buxgalteriya balansi (1-shakl) da subyektga mulkiy huquq asosida,
tezkor boshqaruv va Xo‘jalik yuritish uchun taalluqli bo‘lgan asosiy
vositalar, uzoq muddatli aktivlar bo‘limidagi asosiy vositalar moddasida
boshlang‘ich qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo‘yicha batafsil
beriladi. Asosiy vositalar balansda netto baho, ya’ni qoldiq qiymati
bo‘yicha aks ettiriladi (belgilangan tartibga muvofiq qiymati
qoplanmaydigan (amortizatsiya hisoblanmaydigan) asosiy vositalar
obyektlaridan tashqari).
2.3. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish
Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini auditorlik
tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad moliyaviy hisobot moddalarining
haqqoniyligini ta’minlashdan iborat.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:
- qiymati subyektda belgilab qo‘yilgan chegaradan past bo‘lgan
obyektlar yoki qiymatidan qat’iy nazar xizmat muddati 12 oydan kam
bo‘lgan obyektlar asosiy vositalar qatoriga o‘tib qolmaganligi;
- subyektda asosiy vositalar inventar va Xo‘jalik jihozlari qatoriga
va aksincha o‘tkazilmaganligi, bunda shuni nazarda tutish zarurki,
obyekt qiymatining chegarasi obyektni sotib olish (foydalanishga
topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va Xo‘jalik
jihozlari qatoriga asossiz o‘tkazish auditorlik tekshiruvi mobaynida
aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko‘p hollarda bunday o‘tkazishning
sababi subyektning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga
intilishi hisoblanadi.
Auditorlik tekshiruvi mobaynida subyektning asosiy vositalar
obyektlariga mulkiy talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash
zarur.
Auditorga asosiy vositalar obyektlarini yaratish, sotib olish; berish
shartnomalari, zarur hollarda esa qonunchilikka muvofiq olish-sotishni
ro‘yxatga olish guvohnomasi taqdim qilinadi.
Asosiy vositalarning to‘g‘ri baholanganligini aniqlash asosiy
vositalar mavjudligi va harakatini tekshirish mobaynidagi muhim
masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, mulk solig‘i bo‘yicha budjet
bilan hisob-kitoblar, shuningdek subyekt faoliyatining moliyaviy
natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bog‘liq.Asosiy
vositalarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish yoppasiga (obyektlar
soni unchalik katta bo‘lmaganda) yoki tanlab o‘tkaziladi.
63
Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash
amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar
obyektlarini sotib olish usuliga bog‘liq.
- auditor O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga muvofiq
asosiy
vositalar
oldi-sotdi
shartnomalarining
mavjudligi
va
rasmiylashtirilishini, ayrim xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga
qo‘shishning qonuniyligini;
- tugallangan qurilish obyektlari inventar qiymatining to‘g‘ri
aniqlanganligini;
- qo‘shimcha qurilgan, jihozlangan, zamonaviylashtirilgan yoki
qisman tugatilganidan so‘ng obyekt qiymati to‘g‘ri aniqlanganligini
tekshiradi.
Bunda auditor 21-son «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy-Xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni
qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli BHMS ga muvofiq kiritilgan
o‘zgartishlarga alohida e’tibor qaratishi zarur. Xususan, asosiy
vositalarni sotib olish va qurish bilan bog‘liq, ammo belgilangan tartibga
ko‘ra asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo‘shilmaydigan
xarajatlar obyektlarning dastlabki qiymatiga qo‘shilmasdan, 9430 –
«Boshqa operatsion xarajatlar» schyot debetiga olib borilganligiga
e’tibor berishi kerak.
Auditor, baholarni kelishish bayonnomasi va ta’sis hujjatlarida
asosiy vositalar baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlarni asosiy
vositalar dastlabki qiymatiga qo‘shishning qonuniyligi; bozor baholarini
qo‘llashning ishonchliligini tekshiradi.
Shuningdek, bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga
o‘xshash mahsulot baholari to‘g‘risida tayyorlovchi tashkilotlarning
yozma ravishda bergan ma’lumotlaridan; ommaviy axborot vositalari va
maxsus
adabiyotlarda
e’lon
qilingan
baholar
to‘g‘risidagi
ma’lumotlardan; ayrim asosiy vositalar obyektlarining qiymati
to‘g‘risida ekspert xulosalaridan foydalanish mumkin. Bunday asosiy
vositalarni tashib keltirish bo‘yicha subyekt tomonidan qilingan
xarajatlar ham obyekt qiymatiga qo‘shiladi.
Chet el valyutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni
baholash chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki
tomonidan belgilangan, asosiy vositalar obyektini sotib olish sanasiga
amal qilayotgan valyuta kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li
bilan amalga oshiriladi.
Auditor shartnoma shartlariga muvofiq mulkka egalik huquqining
64
o‘tish vaqti to‘g‘ri aniqlanganligi; asosiy vositalarni sotib olish bilan
bog‘liq bojxona to‘lovlari va boshqa chiqimlarning sotib olingan asosiy
vositalar qiymatiga qo‘shilganligini tekshirishi lozim. Shuningdek,
asosiy vositalarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish mobaynida asosiy
vositalar dastlabki qiymatining o‘zgarganligiga, qanday sabablar
(qo‘shimcha qurish, jihozlash, qayta jihozlash, qisman tugatish)
o‘zgarishga olib kelganligiga, kapital qo‘yilmalarga doir xarajatlar 0800
– «Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarida aks
ettirilganligiga e’tibor qaratishi lozim.
So‘ngi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish
muhim ahamiyat kasb etmoqda. 21-BHMS ga muvofiq subyektlarda
asosiy vositalar obyektlarini qayta baholash summalari 8530 -
«Mulklarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotida aks ettiriladi.
Bunday tekshiruv qayta baholash natijalari rasmiylashtirilgan hujjatlar
asosida amalga oshiriladi.
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:
- barcha asosiy vositalar to‘g‘riligiga yoki ularning bir qismi qayta
baholanganligi;
- qayta baholash qanday usullar yordamida o‘tkazilganligi
(indeksatsiya qilish yoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari
bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblab o‘tkazilishi va h.k.);
- bozor baholarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;
- hisob-kitoblar to‘g‘riligini tanlab tekshirish;
- qayta baholashdan so‘ng eskirganlik darajasi o‘zgarganligi;
- qayta baholash natijalarining inventar kartochkalarida aks
ettirilganligi;
- qayta baholash natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida
to‘g‘ri aks ettirilganligi;
- qayta baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi
va shunga o‘xshashlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |