Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


 Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o‘tkazish ketma-ketligi



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
2.1. Asosiy vositalar auditini tashkil etish va o‘tkazish ketma-ketligi 
Asosiy vositalarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish mijoz-subyekt 
faoliyati umumiy auditining bir qismi hisoblanadi. Uning maqsadi 
moliyaviy 
hisobot 
asosiy 
vositalar 
harakati 
bilan 
bog‘liq 
ko‘rsatkichlarning ishonchliligi to‘g‘risida fikr shakllantirish va 
subyektda asosiy vositalar bilan bog‘liq muomalalarni hisobga olish 
hamda soliqqa tortish uslubiyotini tashkil etishning O‘zbekiston 
Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqligini 
aniqlashdan iborat. 
Asosiy 
vositalar 
auditi 
auditorlik 
tekshiruvining 
muhim 
obyektlaridan biri bo‘lib, undagi o‘rganiladigan masalalar keng qamrovli 
va ularning barchasini quyidagicha umumlashtirish mumkin: 
- asosiy vositalar mavjudligi va saqlanish holati ustidan nazorat 
o‘rnatishni ta’minlash (obyektlarni asosiy vositalar qatoriga kiritishning 
to‘g‘riligi); 
- asosiy vositalarning to‘g‘ri turkumlanishi; 
- asosiy vositalar analitik hisobi va asosiy vositalar uchun moddiy 
javobgarlikni tashkil etish (analitik va sintetik hisob hamda hisobot 
ma’lumotlarining mosligi); 
- asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni dastlabki 
hujjatlashtirish hamda hisobda aks ettirish;
- asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni sintetik 
hisob registrlarida aks ettirish;
- asosiy vositalar kirimi va chiqimiga doir muomalalarni soliqqa 
tortish; 
- asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash va hisobda aks etgirish; 
- amortizatsiya hisoblash usullarini qo‘llashning qonuniyligi va 
to‘g‘riligi; 
- jadallashtirilgan amortizatsiya usulini qo‘llashning qonuniyligi;
- amortizatsiya ajratmalari hisob-kitoblarining to‘g‘riligi;
- amortizatsiya ajratmalarini hisobda aks ettirishning to‘g‘riligi; 
- asosiy vositalarni ta’mirlash, tiklash, zamonaviylashtirish va qayta 
jihozlashni hisobda aks ettirish;
- ta’mirlash usullari;
- ta’mirlash xarajatlarini tannarxga olib borishning to‘g‘riligi;


54 
- asosiy vositalarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir 
muomalalarni hisobga olish; 
- asosiy vositalar sintetik va analitik hisobining subyekt 
buxgalteriyasidagi holatini baholash; 
- belgilangan qoidalarga muvofiq subyektning o‘ziga qarashli, joriy 
tartibda ijaraga olingan va moliyaviy lizing asosida olingan asosiy 
vositalarni 
saqlash 
joylarida 
moddiy 
javobgar 
shaxslarga 
biriktirilganligini baholash; 
- subyektning o‘ziga qarashli va moliyaviy lizing asosida olingan 
asosiy vositalar bo‘yicha yillik eskirish hisoblanishining to‘g‘riligini 
tekshirish. Chunki, bu ma’lumotlar realizatsiya qilinadigan mahsulot 
(ish, xizmat) lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti) 
shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lib, oqibatda subyektning moliyaviy 
natijalari (balans foydasi yoki zarari) ga va budjetga to‘lanadigan foyda 
(daromad) solig‘ining miqdoriga ta’sir etadi; 
- asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda 
ularni yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog‘liq 
muomalalar bo‘yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish; 
- asosiy vositalarni Xo‘jalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy) 
ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning subyektda amal qilinayotgan 
tartibini, subyektda bir yilga qabul qilingan hisob yuritush siyosatidan 
kelib chiqqan holda baholash va tekshirish; 
- subyektda asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig‘i va 
quvvati bo‘yicha subyektning ishlab chiqarish xususiyatlari hisobga 
olingan holda tashkil qilish (agap auditor bilan tuzilgan shartnomada 
kelishilgan bo‘lsa); 
- asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini 
tekshirish. 
Auditor ushbu asosiy masalalarni o‘rganib, ularga auditorlik 
hisobotining tashkiliy qismida baho berishi va yo‘l qo‘yilgan xatolar 
hamda hisobning belgilangan qoidalaridan chetga chiqish hollarini 
bartaraf qilish bo‘yicha takliflar berishi lozim. 
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashdan oldin, birinchi 
navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur: 
- subyektning hisobot davridagi hisob siyosati va uning o‘tgan 
hisobot davridagiga nisbatan o‘zgarishi bilan tanishish; 
- asosiy vositalarning inventarizatsiya natijalari bilan tanishish; 
- asosiy vositalarni qayta baholash materiallari va ularning hisobda 
aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O‘zbekiston Respublikasi 


55 
moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat 
mulk qo‘mitasining tegishli me’yoriy hujjatlariga muvofiq subyekt 
balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish 
qiymati bo‘yicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim. 
Subyektda asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha doimiy 
komissiya tashkil etilishi: asosiy vositalarni foydalaiish joylarida saqlash 
uchun javobgar shaxslar haqida buyruq (farmoyish) ning mavjudligini 
tekshirish, shunindek, ular bilan shaxsan to‘la moddiy javobgarlik 
to‘g‘risida shartnomalar tuzilganligini aniqlash, shuningdek, asosiy 
vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi me’yoriy 
hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga doir yagona shakldagi 
(unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan 
subyekt buxgalteriyasi qay darajada ta’minlanganligini aniqlash lozim. 
Shu tarzda olingan ma’lumotlar auditorga mazkur subyektda asosiy 
vositalar hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega 
bo‘lish imkonini va tekshiruvda maxsus e’tibor berish lozim bo‘lgan 
masalalarni aniqlashga yordam beradi. 
Bosh daftarda aks ettirilgan 0100-«Asosiy vositalarni hisobga 
oluvchi schyotlar», 0200 – «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga 
oluvchi schyotlar», 0300 – «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha 
olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0700 – 
«O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0800- 
«Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0920 – «Uzoq 
muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar», 4800 – «Turli debitorlar 
qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 – «Turli kreditorlarga 
bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar», 7900 – «Turli 
kreditorlarga bo‘lgan uzoq muddatli qarzlarni hisobga oluvchi 
schyotlar» sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ravishda analitik hisob 
registrlari va buxgalteriya balansi ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash 
zarur. Ular bo‘yicha barcha pozitsiyalar oy boshiga qoldiq oylik 
oborotlari, oy oxiriga qoldiqlar bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim. Agar 
tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va subyektga asosiy 
vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo‘yilmalarni, 
tuzilgan lizing shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni inventarizatsiya 
qilish tavsiya etiladi. So‘ngra subyektning asosiy vositalarni hisobga 
olish bo‘yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish 
zarur. Bunda asosan quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
- asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo‘llash 
qabul qilinganligi; 


56 
- asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday 
tartibi qabul qilinganligi, asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga 
mablag‘ ajratish mexanizmidan foydalanib, ya’ni ta’mirlash fondi (8910 
– «Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari» schyoti bo‘yicha ta’mirlash 
fondi schyotini qo‘llash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik bo‘yicha 
subyekt hisob siyosatida aks etganligi yoki aks etmaganligi auditor 
xulosasida qayd etilishi lozim. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish