Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


 Asosiy vositalar auditining ma’lumot manbalari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
2.2. Asosiy vositalar auditining ma’lumot manbalari
Asosiy vositalar xo‘jalik subektlari moddiy-texnik bazasining 
asosini tashkil qiladi va iqtisodiy samaradorlikning yuqori suratlarini 
taminlashda muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasida asosiy 
vositalar tarkibini aniqlash va hisobini tashkil etish №5 “Asosiy 
vositalar” nomli BXMS asosida tartibga solinadi. Iqtisodiy va moliyaviy 
inqirozlar muqarrar xukum surayotgan va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan 
xozirgi iqtisodiy sharoitda iqtisodiyotni diversivikatsiyalash va asosiy 
vositalarni modernizatsiya qilish usitivor vazifalardan biri bo‘lib turibdi. 
Bu vazifalarni bajarilishini asosiy vositalar obyektlarini sifatli nazorat 
tizimini tashkil qilish va tekshirishlarni oqilona amalga oshirish taminlab 
beradi. 
Asosiy vositalar auditining bosh maqsadi - ularning saqlanish 
holati va samarali ishlatilishi, belgilangan tartibda, o‘z vaqtida kirim va 
chiqim qilinishi, to‘g‘ri baholanishi va buxgalteriya hisobida aniq aks 
ettirilishini aniqlashdan iboratdir. Tekshirish jarayonida budjet 
tashkilotlarini asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi, ortiqcha 
yoki foydalanilmyotgan obyektlarning mavjudligi o‘rganiladi va 
hisobdagi asosiy vositalardan samarali foydalanish choralari belgilanadi.
Belgilangan maqsadga erishish uchun tekshirish ishlarini mantiqiy 
ketma-ketlikda amalga oshirish zarurdir. Buning uchun birinchi 
navbatda tashkilotning boshqarma, bo‘lim, uchastka va boshqa tarkibiy 
tuzilmasiga kiruvchi bo‘g‘inlarda asosiy vositalarning saqlanish holati 
aniqlanadi. 
Ikkinchidan, asosiy vositalarning qonuniy qabul qilinishi va 
kirimining o‘z vaqtida amalga oshirilganligi tekshiriladi. 
Uchinchidan, asosiy vositalar harakatini xujjatlarda to‘g‘ri 
rasmiylashtirilganligi hamda hisob registrlarida o‘z vaqtida aks 
ettirilganligi tekshirishdan o‘tkaziladi. 
To‘rtinchidan, belgilangan tartibda asosiy vositalarga eskirish 


57 
hisoblash va qayta baholash hamda ularni buxgalteriya xujjatlari, hisob 
registralarida qayd etib borilishi tekshiriladi. 
Beshinchidan, asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari hisobining 
yuritilishi tekshiruvdan o‘tkaziladi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy vositalar qatorida tashkilot 
tomonidan ularda ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish 
yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida uzoq muddat 
mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega 
bo‘lmagan mol-mulk obyektlaridan foydalaniladi. Bunday obyektlar 
nomoddiy akvtivllar deb nomlanib buxgalteriya hisobida alohida 
hisobvaraqda hisobga olinadi. Tekshiruvdan o‘tkazish jarayonida 
bunday akvtivlarni hisobga olinishi alohida e’tibor qaratilgan holda 
amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, tekshirish jarayonida asosiy vositalarning 
dastlabki qiymatini to‘g‘ri aks ettirilishiga alohida e’tibor qaratiladi. 
Buning uchun quyidagi xarajatlarni to‘g‘ri xujjatlashtirilganligi va asosli 
ekanligi aniqlanadi: 
-
yetkazib beruvchilarga hamda shartnoma bo‘yicha qurilish montaj 
ishlarini badjarganligi uchun pudratchilarga to‘lanidan summalar; 
-
asosiy vositalarni sotib olish yoki qurish munosabati bilan 
qonunchilikda belgilangan tartibda to‘langan soliqlar va boshqa 
mujburiy to‘lovlar summalari, shu jumlanadan, bojxona bojlari va 
yig‘imlarini xaqqoniyligini aniqlash; 
-
asosiy vositalarni sotib olish bilan bog‘liq axborot va maslahat 
xizmatlari uchun to‘langan summalarning asoslanganligi; 
-
asosiy vositalar obyektni sotgan vositachilarga to‘langan 
xaqlarning asoslanganligi; 
-
asosiy vositalarni o‘rnatish, montaj qilish sozlash va ishga 
tushirishga oid va boshqa xarajatlarning asoslanganligi. 
Asosiy 
vositalarni 
auditorlik 
tekshiruvdan 
o‘tkazishda 
foydalaniladigan manbalar buxgalteriya hisobining subyektda qabul 
qilingan tashkiliy shakliga ham bog‘liq. Bular: jurnal-orderlar, 
vedomostlar, kartochkalar, komputer dasturlari va h.k lardir. Lekin shuni 
unutmaslik kerakki, hisobning har qanday shakli sharoitida ham asosiy 
vositalarning harakatiga oid muomalalar (kirimi, chiqimi, Xo‘jalik 
ichidagi siljishi, ta’mirlanishi) me’yoriy va dastlabki hujjat shakllari 
bilan rasmiylashtirilishi lozim. Asosiy vositalar auditining normativ 
huquqiy axborot manbalari quyidagi 2.1-jadvalda keltirilgan. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish