Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


 Asosiy vositalarga eskirish (amortizatsiya) to‘g‘ri



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

 
2.4. Asosiy vositalarga eskirish (amortizatsiya) to‘g‘ri
hisoblanishini tekshirish
«Asosiy vositalar» nomli 5-son BHMSga muvofiq, amortizatsiya 
eskirishning 
baholangan 
xizmat 
muddati 
davomida 
aktivning 
amortizatsiya qilinadigan qiymatini muntazam taqsimlash va qayta 
o‘tkazish tarzida qiymat ifodasidir. Asosiy vositaning amortizatsiya 
qiymati taxmin qilinayotgan tugatilish qiymatini chiqarib tashlagan 


65 
holda, aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlarda 
ko‘rsatilgan qiymat o‘rnini bosadigan boshqa qiymatning summasidir. 
Auditor asosiy vositalarga eskirishni hisoblashning to‘g‘riligini 
tekshirishda o‘rnatilgan har oylik eskirishni hisoblash qoidalariga 
buxgalteriya tomonidan rioya qilinayotganligini aniqlashi lozim. Bunda 
tekshirish uchun asosiy vositalarga eskirishni hisoblashda to‘ldiriladigan 
6-shakldagi hisob-kitob jadvali asos bo‘lib xizmat qiladi. Auditorga 
xizmat qilish muddati o‘tib, amortizatsiyani hisoblash to‘xtatilgan asosiy 
vosita obyektlarining ro‘yxati taqdim etilishi lozim. Agar subyektda 
tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash mexanizmi qo‘llanilsa, ushbu 
holat uning hisob yuritish siyosatida ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. 
Auditning ushbu blokida quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 

subyekt 
hisob 
siyosatida 
ko‘rsatilgan-asosiy 
vositalarga 
amortizatsiya hisoblash qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; 
- amortizatsiya ajratmalarini asosiy vositalarning u yoki bu guruhiga 
olib borishning to‘g‘riligini tekshirish; 
- har oylik amortizatsiya ajratma summalari bo‘yicha hisob-
kitoblarni tekshirish; 
- amortizatsiya ajratmalarining hisobda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks 
ettirilishini tekshirish. 
Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va buxgalteriya hisobi 
schyotlarida aks ettirishning to‘g‘riligini aniqlash 5-son-«Asosiy 
vositalar», 21-son-«Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy-
Xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo‘llash 
bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli BHMS lar va mijoz-subyekt hisob siyosati 
to‘g‘risidagi buyrug‘ining tegishli qismiga muvofiq amalga oshiriladi. 
Buning uchun subyekt hisob siyosati bo‘yicha buyrug‘ining qoidalari; 
asosiy vositalar amortizatsiya hisob-kitobi bo‘yicha ishlanma jadvallar 
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. 
Auditor 
amortizatsiya 
hisoblashning 
maxsus 
shartlari 
qo‘llaniladigan asosiy vositalar obyektlarining ro‘yxatini olishi zarur. 
Bularga xususan quyidagilar kiradi: 
- xizmat qilish muddati o‘tib ketgan asosiy vositalar; 
- amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalar; 
- konservatsiyadagi asosiy vositalar; 
- amortizatsiya hisoblash to‘xtatilgan asosiy vositalar; 
- jadallashtirilgan amortizatsiya usuli qo‘llanilayotgan asosiy 
vositalar; 
- noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar;


66 
- moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalar. 
Amortizatsiya ajratmalarining hisoblanishini tekshirish mobaynida 
auditor amortizatsiya hisoblash usullari (chiziqli usul, kamayib boruvchi 
qoldiq usuli, foydali ishlatish muddati davomidagi yillari yig‘indisi 
bo‘yicha qiymatini hisobdan chiqarish usuli, qiymatni mahsulot (ish) 
hajmiga mutanosib ravishda hisobdan o‘chirish usuli) ga e’tibor berishi 
zarur.
Asosiy 
vosita 
obyektlarining 
bir 
xil 
guruhlari 
bo‘yicha 
amortizatsiya hisoblashning tanlangan u yoki bu usulini qo‘llash uchun 
foydali xizmat qilish muddati davomida boshqasiga o‘zgartirilmasdan 
amalga 
oshirilishi 
lozim. 
Ammo, 
soliqqa 
tortish 
maqsadida 
amortizatsiya ajratmalari hisoblash O‘zbekiston Respublikasi soliq 
Kodeksi 23-moddasiga muvofiq asosiy vosita obyektlarining dastlabki 
qiymatiga nisbatan amalga oshirilishi ham mumkin. 
Auditor tanlab tekshirish usuli bilan asosiy vositalarning foydali 
xizmat qilish muddati to‘g‘ri belgilanganligini aniqlaydi. Chunki, 
hisobot davridagi amortizatsiya ajratmalari summasi va amortizatsiya 
ajratmalari normalarini belgilash shunga bog‘liq. Amortizatsiya 
ajratmalari normalari noto‘g‘ri belgilangan holatlar aniqlanganida, 
auditor buning oqibatida mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxi qanchalik 
oshgan (pasaygan) ligini aniqlaydi. 
Shunindek, amortizatsiyani hisoblash muddatlarining boshlanish va 
to‘xtatilish muddatlari, hisoblashning muntazamligi, amortizatsiyani 
hisoblashda pasaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlarni qo‘llashning 
to‘g‘riligini 
tekshirish 
zarur. 
Amortizatsiya 
ajratmalari 
hisob-
kitoblarining to‘g‘riligi tanlab tekshiriladi. 
Amortizatsiya ajratmalarini mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga 
olib borishning to‘g‘riligini tekshirish amortizatsiya ajratmalarini 
auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning muhim masalalaridan biri 
hisoblanadi. Auditor amortizatsiya hisoblanadigan obyektlar asosiy 
vositalarning qaysi guruhiga (ishlab chiqarish yoki noishlab chiqarish) 
tegishliligini, asosiy vositalar mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, 
xizmat ko‘rsatish) da ishlatilayotganligi yoki operativ (qisqa muddatli) 
lizing shartnomasi asosida berilganligini aniqlashi lozim. Noishlab 
chiqarish sohasidagi asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya 
ajratmalari o‘z mablag‘lari manbalari hisobiga, operativ lizing asosida 
topshirilganlari bo‘yicha esa foyda yoki zararlarga olib boriladi. 
Asosiy vositalarga eskirishni hisoblashni hisobga olishda eng ko‘p 
uchraydigan qoida buzilish hollari quyidagilardan iborat:


67 
ayrim subyektlarda asosiy vositalarga eskirishni hisoblash har 
choraklikda amalga oshiriladi;
soliqqa tortiladigan bazani kamaytirish maqsadida ataylab xizmat 
muddati o‘tib ketsa ham asosiy vositalarga eskirishni hisoblash davom 
ettiriladi; 
asosiy vositalarga asossiz ravishda eskirishning tezlashtirilgan usuli 
qo‘llaniladi va h.k. 
Amortizatsiya ajratmalarini tekshirish mobaynida quyidagi tashkiliy 
amallar qo‘llanilishi mumkin: 
- asosiy vositalarni hisobga oladigan schyotlar (0110-0199) 
bo‘yicha qoldiqlarni va joriy yilda hisoblangan amortizatsiyani oldingi 
davrlardagi ma’lumotlar bilan taqqoslash va ularning o‘zgarishini 
baholash; 
- joriy yilda jamg‘arilgan amortizatsiya qoldig‘ini oldingi 
davrlardagi qoldiqlar bilan taqqoslash. 
Audit jarayonida asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari 
hisobot davrida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarida to‘g‘ri aks 
ettirilganini tekshirish lozim. Asosiy vositalarning ayrim obyektlari 
bo‘yicha ajratmalar buxgalteriya hisobida tegishli summalarni 
jamg‘arish yo‘li bilan yoki obyektlarning dastlabki qiymatini 
kamaytirish yo‘li bilan aks ettiriladi. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish