Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich


Asosiy vositalar auditining obyektlari



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

Asosiy vositalar auditining obyektlari 
 
Ko‘rsatkichlar 
Ko‘rsatkichlar keltirilgan 
moliyaviy hisobot 
shakllari 
Schyotlar nomi 
Schyotl
ar 
1-
shakl 
3-
shakl 
4-shakl 
Satr 
Satr 
Satr 





Asosiy vositalar: 
Boshlang‘ich (qayta tiklash) qiymati 
0100, 
0300 
010 
Eskirish summasi 
0200 
011 
qoldiq (balans) qiymati (satr. 010-011) 
012 
Asosiy 
vositalarning 
boshlang‘ich 
qiymati, jamg‘arilgan eskirish va 
qoldiq qiymati to‘g‘risida ma’lumot 
010-
160 
Ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar 
171 
Noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar 
172 
Yil davomida sotib olingan asosiy 
vositalar 
180 
Asosiy vositalarni sotib olish va sotish 
0820 
060 


62 
Buxgalteriya balansi (1-shakl) da subyektga mulkiy huquq asosida, 
tezkor boshqaruv va Xo‘jalik yuritish uchun taalluqli bo‘lgan asosiy 
vositalar, uzoq muddatli aktivlar bo‘limidagi asosiy vositalar moddasida 
boshlang‘ich qiymati, eskirish va qoldiq qiymatlari bo‘yicha batafsil 
beriladi. Asosiy vositalar balansda netto baho, ya’ni qoldiq qiymati 
bo‘yicha aks ettiriladi (belgilangan tartibga muvofiq qiymati 
qoplanmaydigan (amortizatsiya hisoblanmaydigan) asosiy vositalar 
obyektlaridan tashqari). 
2.3. Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini tekshirish 
Asosiy vositalarning mavjudligi va saqlanishini auditorlik 
tekshiruvidan o‘tkazishdan maqsad moliyaviy hisobot moddalarining 
haqqoniyligini ta’minlashdan iborat. 
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:
- qiymati subyektda belgilab qo‘yilgan chegaradan past bo‘lgan 
obyektlar yoki qiymatidan qat’iy nazar xizmat muddati 12 oydan kam 
bo‘lgan obyektlar asosiy vositalar qatoriga o‘tib qolmaganligi; 
- subyektda asosiy vositalar inventar va Xo‘jalik jihozlari qatoriga 
va aksincha o‘tkazilmaganligi, bunda shuni nazarda tutish zarurki, 
obyekt qiymatining chegarasi obyektni sotib olish (foydalanishga 
topshirish) sanasiga aniqlanadi. Asosiy vositalarni inventar va Xo‘jalik 
jihozlari qatoriga asossiz o‘tkazish auditorlik tekshiruvi mobaynida 
aniqlanadigan xatolardan biridir. Ko‘p hollarda bunday o‘tkazishning 
sababi subyektning amortizatsiya hisoblash ishlarini kamaytirishga 
intilishi hisoblanadi. 
Auditorlik tekshiruvi mobaynida subyektning asosiy vositalar 
obyektlariga mulkiy talab darajasida rasmiylashtirilganligini isbotlash 
zarur. 
Auditorga asosiy vositalar obyektlarini yaratish, sotib olish; berish 
shartnomalari, zarur hollarda esa qonunchilikka muvofiq olish-sotishni 
ro‘yxatga olish guvohnomasi taqdim qilinadi. 
Asosiy vositalarning to‘g‘ri baholanganligini aniqlash asosiy 
vositalar mavjudligi va harakatini tekshirish mobaynidagi muhim 
masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, mulk solig‘i bo‘yicha budjet 
bilan hisob-kitoblar, shuningdek subyekt faoliyatining moliyaviy 
natijalarini aks ettirish va hisobot tuzish shunga bog‘liq.Asosiy 
vositalarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish yoppasiga (obyektlar 
soni unchalik katta bo‘lmaganda) yoki tanlab o‘tkaziladi. 


63 
Asosiy vositalarni baholash va dastlabki qiymatini aniqlash 
amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi hamda asosiy vositalar 
obyektlarini sotib olish usuliga bog‘liq. 
- auditor O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksiga muvofiq 
asosiy 
vositalar 
oldi-sotdi 
shartnomalarining 
mavjudligi 
va 
rasmiylashtirilishini, ayrim xarajatlarni asosiy vositalar qiymatiga 
qo‘shishning qonuniyligini; 
- tugallangan qurilish obyektlari inventar qiymatining to‘g‘ri 
aniqlanganligini; 
- qo‘shimcha qurilgan, jihozlangan, zamonaviylashtirilgan yoki 
qisman tugatilganidan so‘ng obyekt qiymati to‘g‘ri aniqlanganligini 
tekshiradi. 
Bunda auditor 21-son «Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning 
moliyaviy-Xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni 
qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» nomli BHMS ga muvofiq kiritilgan 
o‘zgartishlarga alohida e’tibor qaratishi zarur. Xususan, asosiy 
vositalarni sotib olish va qurish bilan bog‘liq, ammo belgilangan tartibga 
ko‘ra asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga qo‘shilmaydigan 
xarajatlar obyektlarning dastlabki qiymatiga qo‘shilmasdan, 9430 – 
«Boshqa operatsion xarajatlar» schyot debetiga olib borilganligiga 
e’tibor berishi kerak. 
Auditor, baholarni kelishish bayonnomasi va ta’sis hujjatlarida 
asosiy vositalar baholanishining aks ettirilishi; boshqa xarajatlarni asosiy 
vositalar dastlabki qiymatiga qo‘shishning qonuniyligi; bozor baholarini 
qo‘llashning ishonchliligini tekshiradi.
Shuningdek, bozor bahosini aniqlash uchun aynan shularga 
o‘xshash mahsulot baholari to‘g‘risida tayyorlovchi tashkilotlarning 
yozma ravishda bergan ma’lumotlaridan; ommaviy axborot vositalari va 
maxsus 
adabiyotlarda 
e’lon 
qilingan 
baholar 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlardan; ayrim asosiy vositalar obyektlarining qiymati 
to‘g‘risida ekspert xulosalaridan foydalanish mumkin. Bunday asosiy 
vositalarni tashib keltirish bo‘yicha subyekt tomonidan qilingan 
xarajatlar ham obyekt qiymatiga qo‘shiladi. 
Chet el valyutalari hisobiga sotib olingan asosiy vositalarni 
baholash chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki 
tomonidan belgilangan, asosiy vositalar obyektini sotib olish sanasiga 
amal qilayotgan valyuta kursi bo‘yicha so‘mga hisoblab o‘tkazish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. 
Auditor shartnoma shartlariga muvofiq mulkka egalik huquqining 


64 
o‘tish vaqti to‘g‘ri aniqlanganligi; asosiy vositalarni sotib olish bilan 
bog‘liq bojxona to‘lovlari va boshqa chiqimlarning sotib olingan asosiy 
vositalar qiymatiga qo‘shilganligini tekshirishi lozim. Shuningdek, 
asosiy vositalarni baholashning to‘g‘riligini tekshirish mobaynida asosiy 
vositalar dastlabki qiymatining o‘zgarganligiga, qanday sabablar 
(qo‘shimcha qurish, jihozlash, qayta jihozlash, qisman tugatish) 
o‘zgarishga olib kelganligiga, kapital qo‘yilmalarga doir xarajatlar 0800 
– «Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarida aks 
ettirilganligiga e’tibor qaratishi lozim. 
So‘ngi yillarda asosiy vositalarni qayta baholashni tekshirish 
muhim ahamiyat kasb etmoqda. 21-BHMS ga muvofiq subyektlarda 
asosiy vositalar obyektlarini qayta baholash summalari 8530 - 
«Mulklarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyotida aks ettiriladi. 
Bunday tekshiruv qayta baholash natijalari rasmiylashtirilgan hujjatlar 
asosida amalga oshiriladi. 
Bunda auditor quyidagilarni tekshirishi lozim:
- barcha asosiy vositalar to‘g‘riligiga yoki ularning bir qismi qayta 
baholanganligi;
- qayta baholash qanday usullar yordamida o‘tkazilganligi 
(indeksatsiya qilish yoki hujjat bilan tasdiqlangan bozor baholari 
bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblab o‘tkazilishi va h.k.); 
- bozor baholarini tasdiqlaydigan hujjatlarning mavjudligi;
- hisob-kitoblar to‘g‘riligini tanlab tekshirish;
- qayta baholashdan so‘ng eskirganlik darajasi o‘zgarganligi;
- qayta baholash natijalarining inventar kartochkalarida aks 
ettirilganligi; 
- qayta baholash natijalarining buxgalteriya hisobi schyotlarida 
to‘g‘ri aks ettirilganligi; 
- qayta baholash natijalarining hisobot tuzishda hisobga olinganligi 
va shunga o‘xshashlar. 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish