54
- asosiy vositalarni qayta jihozlash va zamonaviylashtirishga doir
muomalalarni hisobga olish;
- asosiy vositalar sintetik va analitik hisobining subyekt
buxgalteriyasidagi holatini baholash;
- belgilangan qoidalarga muvofiq subyektning o‘ziga qarashli, joriy
tartibda ijaraga olingan va moliyaviy lizing
asosida olingan asosiy
vositalarni
saqlash
joylarida
moddiy
javobgar
shaxslarga
biriktirilganligini baholash;
- subyektning o‘ziga qarashli va moliyaviy lizing asosida olingan
asosiy vositalar bo‘yicha yillik eskirish hisoblanishining to‘g‘riligini
tekshirish. Chunki, bu ma’lumotlar realizatsiya qilinadigan mahsulot
(ish, xizmat) lar tannarxining (2010, 2310, 2510, 2710 schyotlar debeti)
shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lib, oqibatda subyektning moliyaviy
natijalari (balans foydasi yoki zarari) ga va budjetga to‘lanadigan foyda
(daromad) solig‘ining miqdoriga ta’sir etadi;
- asosiy vositalarning sotib olinishi va hisobdan chiqarilishi hamda
ularni yuridik va jismoniy shaxslardan ijaraga olish bilan bog‘liq
muomalalar bo‘yicha soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish;
- asosiy vositalarni Xo‘jalik va pudrat usullarida (kapital yoki joriy)
ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning subyektda amal qilinayotgan
tartibini, subyektda bir yilga qabul qilingan hisob yuritush siyosatidan
kelib chiqqan holda baholash va tekshirish;
- subyektda asosiy vositalardan foydalanishni vaqt oralig‘i va
quvvati bo‘yicha subyektning ishlab chiqarish
xususiyatlari hisobga
olingan holda tashkil qilish (agap auditor bilan tuzilgan shartnomada
kelishilgan bo‘lsa);
- asosiy vositalarni baholash va qayta baholash natijalarini
tekshirish.
Auditor ushbu asosiy masalalarni o‘rganib, ularga auditorlik
hisobotining tashkiliy qismida baho berishi va yo‘l qo‘yilgan xatolar
hamda hisobning belgilangan qoidalaridan chetga chiqish hollarini
bartaraf qilish bo‘yicha takliflar berishi lozim.
Auditor asosiy vositalar auditini boshlashdan oldin,
birinchi
navbatda quyidagilarni aniqlashi zarur:
- subyektning hisobot davridagi hisob siyosati va uning o‘tgan
hisobot davridagiga nisbatan o‘zgarishi bilan tanishish;
- asosiy vositalarning inventarizatsiya natijalari bilan tanishish;
- asosiy vositalarni qayta baholash materiallari va ularning hisobda
aks ettirilishi bilan tanishish. Bunda auditor O‘zbekiston Respublikasi
55
moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat
mulk qo‘mitasining tegishli me’yoriy hujjatlariga muvofiq subyekt
balansida turadigan va qayta baholangan asosiy vositalar tiklanish
qiymati bo‘yicha aks ettirilishini nazarda tutishi lozim.
Subyektda asosiy vositalarni hisobdan chiqarish bo‘yicha
doimiy
komissiya tashkil etilishi: asosiy vositalarni foydalaiish joylarida saqlash
uchun javobgar shaxslar haqida buyruq (farmoyish) ning mavjudligini
tekshirish, shunindek, ular bilan shaxsan to‘la moddiy javobgarlik
to‘g‘risida shartnomalar tuzilganligini aniqlash, shuningdek, asosiy
vositalar hisobini yuritish qoidalari bayon qilingan amaldagi me’yoriy
hujjatlar va asosiy vositalar hisobiga
doir yagona shakldagi
(unifikatsiyalangan) idoralararo dastlabki hujjatlarning shakllari bilan
subyekt buxgalteriyasi qay darajada ta’minlanganligini aniqlash lozim.
Shu tarzda olingan ma’lumotlar auditorga mazkur subyektda asosiy
vositalar hisobining tashkil etilishi haqida umumiy tasavvurga ega
bo‘lish imkonini va tekshiruvda maxsus e’tibor berish lozim bo‘lgan
masalalarni aniqlashga yordam beradi.
Bosh daftarda aks ettirilgan 0100-«Asosiy vositalarni hisobga
oluvchi schyotlar», 0200 – «Asosiy vositalarning eskirishini hisobga
oluvchi schyotlar», 0300 – «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo‘yicha
olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0700 –
«O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0800-
«Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar», 0920 – «Uzoq
muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar», 4800 – «Turli debitorlar
qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar», 6900 – «Turli kreditorlarga
bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar», 7900 – «Turli
kreditorlarga bo‘lgan uzoq muddatli
qarzlarni hisobga oluvchi
schyotlar» sintetik schyotlar qoldiqlarining mos ravishda analitik hisob
registrlari va buxgalteriya balansi ma’lumotlariga muvofiqligini aniqlash
zarur. Ular bo‘yicha barcha pozitsiyalar oy boshiga qoldiq oylik
oborotlari, oy oxiriga qoldiqlar bir-biriga to‘g‘ri kelishi lozim. Agar
tafovutlar aniqlansa, ularning sabablarini aniqlash va subyektga asosiy
vositalarni, montaj talab qiladigan qurilmalarni; kapital qo‘yilmalarni,
tuzilgan lizing shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni inventarizatsiya
qilish tavsiya etiladi. So‘ngra subyektning
asosiy vositalarni hisobga
olish bo‘yicha qabul qilingan hisob yuritish siyosati bilan tanishish
zarur. Bunda asosan quyidagilarga e’tibor berish lozim:
- asosiy vositalarga eskirish hisoblashning qaysi usulini qo‘llash
qabul qilinganligi;
56
- asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini hisobga olishning qanday
tartibi qabul qilinganligi, asosiy vositalarni ta’mirlash uchun rezervga
mablag‘ ajratish mexanizmidan foydalanib, ya’ni ta’mirlash fondi (8910
– «Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari» schyoti bo‘yicha ta’mirlash
fondi schyotini qo‘llash) tashkil etish yoki tashkil etmaslik bo‘yicha
subyekt hisob siyosatida aks etganligi yoki aks etmaganligi auditor
xulosasida qayd etilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: