Ichki
nazorat
va
ichki
auditning
o‘zaro
asosiy
farqlari
Ichki nazorat asosan ichki auditdan farqli tomoni shundan iboratki,
u rahbarlikning barcha darajasida amalga oshiriladi. Bundan farqli
ravishda, ichki audit mustaqil auditorlar tomonidan amalga oshiriladi,
ular faqat tashkilot rahbariga hisob beradi va ichki nazorat tizimini
to‘g‘ri tuzilganligini ham tekshiradi.
Ichki nazorat tizimi samarali ichki audit funksiyasi uchun dastlabki
shartlardan hisoblanadi.
Ichki nazorat tizimi hech qachon taftishning muhimligini
pasaytirmaydi. Odatda taftish funksiyasi davlat mablag‘larini noqonuniy
o‘zlashtirish, suiste’molchilik, kamomad, qallobliklarga qarshi samarali
himoya vositasini bajaradi. Lekin ichki nazorat bilan rahbariyat
tomonidan har qanday ichki audit o‘rnini qoplash (kesishish)ni amalga
oshirilishi mumkin emas.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, budjetning
ijrosi jarayonida g‘aznachilikdan foydalanish alternativ usullaridan
biridir. G‘aznachilik asosida budjet mablag‘laridan foydalanishda ularni
iqtisod qilish, nazoratni kuchaytirish, soliq to‘lovchilarning pulini talon-
taroj qilish hollarining oldini oladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat sektorida ichki audit bo‘yicha
nizom Jahon bankining “O‘zbekiston Respublikasi ichki va tashqi
auditni instituttsional rivojlanishi va takomillashtirish” loyihasi
doirasida, ushbu loyiha xalqaro maslahatchisi P.Mordak tomonidan
tayyorlangan, unga ko‘ra davlat sektorida xalqaro audit standartlari
talablari asosida va amaldagi budjet qonunchiligi doirasida, Nazorat-
taftish bosh boshqarmasi va Moliya vazirligi boshqa boshqarmalari
mutaxassislari hamda Moliya vazirligi G‘aznachiligi mutaxassislari
bilan
birgalikda,
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
G‘aznachiligi ichki audit xizmatining kontseptsiyasi bo‘yicha tegishli
hujjatlar to‘plami ishlab chiqildi. Shu jumladan, ushbu hujjatda ichki
audit tushunchasi aniqlangan: “O‘zbekiston Respublikasida davlat
moliyasini boshqarishning yangi instrumenti sifatida moliya bo‘yicha
davlat strategiyasida, eng avvalo G‘aznachilikda qo‘llash maqsadida
ichki audit kiritildi.” Shunday qilib, unda davlat sektorida ichki auditni
tashkil etishning asoslari berilgan va u mustaqil ichki bo‘linma
vazifasini bajaradi, G‘aznachilik rahbariyati oldida javobgardir.
Ichki nazoratning 5 komponentiga asoslangan ichki audit
45
funksiyasining tegishli tavsifini keltirish mumkin:
Nazorat
muhiti
“Ichki nazorat muhiti” tushunchasi juda oddiy va aniq. U tashkil
etishning hamma umumiy xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, nazorat
tizimini engil harakatga keltirish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Haqiqatda
esa tegishli yo‘lga qo‘yilgan “muhitsiz” hech qanday ichki nazorat va
audit tizimini hayotga tatbiq etib bo‘lmaydi.
Uning asosiy xususiyati Davlat moliyasini boshqarish islohotlarini
samarali joriy etish hisoblanadi. Unga tegishli qo‘shimchalar kiritiladi
1) tashkiliy strukturani ishonchli tashkil etish deganda, javobgarligi va
rahbariyatga bo‘ysinishi tushuniladi va 2) yaxshi boshqarish amaliyoti,
shu jumladan, inson resurslari siyosatiga taalluqli va davlat xizmati
statusi, hisobotlarning shaffofligi, to‘g‘riligi va asosliligini o‘z ichiga
oladi.
Riskni
baholash
Riskni baholash (yoki riskni aniqlash) riskni tahlil qilish asosida
tashkilot yoki idoralarning maqsadga erishishlarini ta’minlash uchun
ichki nazorat hususiyatiga asoslanadi. Rahbariyat riskni pasaytirish
maqsadida nazoratni joriy etish yo‘li bilan riskni baholaydi.
Riskni bholash bilan bog‘liq tushuncha davlat sektori uchun yangi
hisoblanadi. Haqiqatda esa rahbariyatni yashirin amaliyotidagi
rasmiyatchilik hisoblanadi. Lekin bunday rasmiyatchilik daromad usuli
bilan ichki nazorat va auditorlik ishlari amaliyotlari uchun katta yordam
beradi.
Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasining ko‘rsatishicha, bunday
vazifa yechimini topish uchun boshqaruv risklari amaliyotidan
foydalanish lozim.
Risk deganda, budjet tashkilotlari o‘z faoliyatini amalga oshirishda
negativ hodisalarni paydo bo‘lishi ehtimoli tushuniladi. Risklarni
klassifikatsiyasi turli xil bo‘lishi va ko‘p jihatdan budjet tashkilotlarining
faoliyatiga bog‘liqdir. Bizning fikrimizcha, risklarni operatsion va
auditorlik risklariga bo‘lish mumkin.
Operatsion risk deganda, davlat funksiyasi va davlat xizmatlarini
taqdim qilishda budjet tashkilotlarida operatsiyalarni bajarishdagi
belgilangan jarayon va amaliyotlarining buzilishini paydo bo‘lishi
tushuniladi. O‘z navbatida, auditorlik risklari deganda, xato yoki
noto‘g‘ri fikr bildirish, aniqlash, identifikatsiya va xato hamda
kamchiliklarni baholash tushuniladi.
Risklarni boshqarish protseduralari risklarni identifikatsiyalash, uni
46
miqdori va sifatini baholash, risklarni kamaytirishga yo‘naltirilgan
tadbirlarni qabul qilish va risklarni doimiy monitoring qilishni o‘z ichiga
oladi.
Budjet tashkilotlari risklarini boshqarishda protseduralarni amalga
oshirishda analitik va amaliy metodlardan foydalaniladi. Analitik metod
risklarning ta’sirini aniqlash instrumenti hisoblanadi va quyidagilarni
o‘z ichiga oladi:
- risklarni prognozlashtirish tizimini joriy qilish;
- risklarning oldini oluvchi ogohlantiruvchi mexanizmlarni joriy
qilish;
- risklarning ustuvorligini aniqlash;
- risklarning doimiy monitoringini amalga oshirish.
O‘z navbatida, amaliy usullar risk bilan bog‘liq operatsiyalarni
amalga oshirishda paydo bo‘ladigan negativ holatlarni kamaytirish
uchun mo‘ljallangan va quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan negativ holatlarni operativ bartaraf
etish mexanizmini ishlab chiqish;
- sug‘urta risklari tizimini yaratish.
Nazorat
bo‘yicha
tadbirlar
Nazorat bo‘yicha tadbirlar INTOSAI bo‘yicha “siyosat va
jarayonlar, muassasa belgilagan risk masalalarini echish va muassasa
maqsadlariga erishish” sifatida aniqlanadi. Ular ma’lum muassasa
moliyaviy yoki operatsion faoliyati sifatida o‘rnatiladi va muassasa
hamma funksiyasi hamda barcha darajasi bo‘yicha o‘tkaziladi. Lekin
ichki nazoratni umumiy xususiyatlari bo‘lib, ular ichki nazoratning har
qanday tizimiga taalluqli bo‘ladi:
Tizim
va
siyosat:
- Axborotlarni boshqarishni ishonchli tizimi, ketma-ketlikda
“Davlat moliyasini boshqarishni axborot tizimi”ni (keyinchalik -
ISUGF) amaliyotga joriy etish hisoblanadi;
- Hisobot tizimi, boshqaruv zanjirining har bir darajasida aniq
javobgarliklari aniqlangan va operatsiyalarning obzori, jarayonlar va
faoliyatni xamda rahbariyatni o‘z ichiga oladi ;
- Qoida: vazifalarni ajratish (ruxsat berish, qayta ishlash, yozuv,
obzor faqat bir agent yoki bir bo‘lim tomonidan bajarilmasligi kerak);
Protseduralar:
Ijobiy baho berish va ruxsat berish protsedurasi; Resurs va
yozuvlarga ruxsat berishning nazorati; Tekshirish, muvofiqlashtirish;
Moliyaviy holat, protseduralarni qamrab olish va mablag‘lar
47
saqlanishini
hujjatlashtirish
hamda
moliyaviy
yozuvlarning
ishonchliligi;
Hamma tizim, qoida va protseduralar hujjatlashtirish protsedura,
qoida, jaryonlar ketma-ketligi bo‘yicha chizma, guruhlashtirish va
boshqalar.
Har bir asosiy moliyaviy yoki operatsion protsesslar yoki tsikllar
bo‘yicha operatorlar yoki operatsiyalar aniqlanadi va kuzatib boriladi.
Shunday qilib, “auditor izi” yaratiladi, natijada ichki audit funksiyasini
samarali amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.
Almashinuv
va
axborot
Almashinuv va axborotni samarali jarayonlari yaxshi ichki nazorat
tizimining kaliti hisoblanadi. Haqiqatda ishonchli, o‘rinli va muhim
axborot identifikatsiya qilinadi, qayta ishlanadi va shakl hamda
muddatlarda beriladi, natijada odamlarga o‘zining ichki nazorati va
boshqa vazifalarini amalga oshirish imkonini beradi.
Monitoring
Monitoring rahbariyat tomonidan nazorat tadbirlarini doimiy
o‘tkazish imkonini beradi.
Monitoring jarayoni, tegishli nazorat jarayonlari hamma biznes
tadbirlari bo‘yicha amalga oshirilishi va ushbu protseduralarga rioya
qilinishi rahbariyat tomonidan doimiy amalga oshiriladigan nazorat
tadbirlaridan direktor hamda rahbariyatga ishonchli kafolat beradi.
Rasmiy protseduralar zaif tomonlarini aniqlash uchun talab qilinadi
va tegishli tuzatish tadbirlari bilan ta’minlaydi hamda ular maqsadga
erishish uchun qo‘shimcha nazorat tadbirlarini amalga oshirish imkonini
beradi. Monitoring auditor tavsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat
qilishni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |