Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
MTH_001 -2 guruh talabasi
Azamat Askarovning
Ehtimollar va statistika fanidan
1-2 shaxsiy topshirig’i
Tekshirdi:Fayzullayev Sherali
Toshkent – 2022
Mavzu : Axborot tizimlarida risklarni boshqarish boshqarish jarayoni tahlili
KIRISH
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy riskni hisobga olish va baholash, boshqaruv nazariyasi va amaliyotining muhim tarkibiy qismi sifatida mustaqil nazariy, amaliy ahamiyat kasb etadi. Aksariyat boshqaruv qarorlarini risk sharoitida qabul qilinishi bir qator to‘liq axborotlarni mavjud emasligi, o‘zaro qarama-qarshi g‘oyalar, ehtimollik elementlari va boshqa ko‘pgina omillar bilan bog‘liq. Ma’lumki, tadbirkorlik olamidagi yutuqlar, ko‘p hollarda tadbirkorlik olamidagi yutuqlari, ko‘p hollarda tadbirkorlik faoliyatining tanlangan strtategiyasini qanchalik to‘g‘riva asosli ekanligiga bog‘liq. Bunda jiddiy vaziyatlar hisobiga olinishi lozim. Tadbirkorlik faoliyatini esa riski tasavvur etish, iqtisodiy savodsizlik bo’lur edi. Umumjahon amaliyotida qabul qilingan tadbirkorlik va ishbilarmonlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik-tadbirkorlik bu mulkiy mas’uliyat va o‘zining tavakkalchiligi bilan amalga oshiriluvchi, daromad olishga yo‘naltirilgan fuqarolar va ular guruhning mustaqil, tashabbus faoliyati,-deb belgilanadi. Ko‘p hollarda tadbirkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, mas’uliyatlilik, faol izlanuvchanlik, jo‘shqinlik, chaqqonlik kabi hislatlar bilan tavsiflanadi. Bu hislatlarning yagona jamlamasi iqtisodiy faoliyatiga xos bo‘lib, to‘liq asosli holda tadbirkorlik yoki biznes deyiladi. Tadbirkor uzluksiz ravishda o‘z xattiharakatlarini (mazmunan mehnat yutuqlarini ta’minlash uchun takomillashtirib boradi, chunki yutuqlar mahsulotlarini texnologiyalarni, tovar sifatini o‘zgartirishga, tabiiyki narx, iste’molchilar doirasi va ko‘pgina boshqa omillarga bog‘liq). Muammolarni yechimini turli yo‘llarini topish, tanlangan va o‘zgartirish faqat muqobil variantlar mavjudligidagina mumkin bo‘ladi. Shuning uchun tadbirkorlikning zaruriy shart izlanish va xilma-xillik holatida iqtisodiy 7 faoliyatining usullarini tanlashda erkinlikda ko‘rinadi. Biznesni risksiz tasavvur etish mumkin emas. Tavakklikchilikni kuchayishi-bu, mohiyatan tadbirkorlik erkinligining aksi bo‘lib, bu uchun o‘ziga xos to‘lov hamdir. Bozor munosabatlari sharoitida yashab qolish uchun, texnikaviy yangilanish va dadillik, jo‘shqin harakatga tayaniladi, bu esa o‘z navbatida riskni kuchaytiradi. Demak, bundan tadbirkor tavakalilikni kuchaytiradi. Demak, bunda tadbirkor riskdan qochmasligi, balki uning darajasini baholay bilishi va riskni pasaytirish maqsadida uni boshqara bilishi lozimligi kelib chiqadi. Ushbu qo‘llanmaning asosiylarini bayon etish jarayonida imkon qadar iqtisodiy risknig mavjud muammolariga qarashlar va yondashuvlar hamda ularning o‘lchash uslublari bayon etiladi. Shu bilan bir qatorda iqtisodiy riskning ilmiy nazariyasidagi ba’zi bir tushuncha va ta’riflar mazkur qo‘llanmada keltirilgan adabiyotlardagi sharxlardan keskin farq qilib, unda mualliflarning o‘rganilayotgan muammo yuzasidan o‘z qarashlarini bayon etadi va u “oxirgi bosqichdagi haqiqat”ni da’vo qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |