Toshkent moliya instituti hamdamov baxrom kasimovich ilxomov shavkat islomovich



Download 2,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/136
Sana17.07.2022
Hajmi2,59 Mb.
#817673
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   136
Bog'liq
Амалий аудит Дарслик

Hosila qimmatli qog‘ozlar
– bu shartnomalar bo‘lib, ular bo‘yicha 
bir tomon qimmatli qog‘ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum 
muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud 
majburiyatini oladi. Hosila qimmatli qog‘ozlar opsion, fyuchers va 
boshqa moliyaviy instrument ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Optsion 
– shunday shartnomaki, uning egasiga qimmatli qog‘ozlar 
yoki tovarlarni shartnomada kelishilgan narxda kelishilgan muddatda
xaridqilish huquqini beradi. 
Fyuchers
kelajakda, kelishilgan aniq vaqtda shartnomada
belgilangan narxda ma’lum bir qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa moliya 
instrumentlari yoki tovarlarni so‘zsiz sotib olish yoki sotish 
majburiyatini belgilovchi qimmatli qog‘oz (kontrakt). 
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi
- qimmatli qog‘ozlarni birinchi 
egalari (investorlari), yuridik yoki jismoniy shaxslarga sotish orqali 
muomalaga chiqarish. 
Emissiya quyidagi
holatlarda amalga oshiriladi: 
aksionerlik jamiyati ta’sis etilib uning aksiyalari ta’sischilar orasida 
joylashtirilganda; aksionerlik jamiyati aksiyalar chiqarish yo‘li bilan 
boshlang‘ich nizom kapitali (jamg‘armasi) miqdori oshirilganda; 
obligatsiya va boshqa qarz majburiyatlarini chiqarish orqali yuridik 
shaxslar, davlat, davlat hokimiyati va boshqarish organlari tomonidan 
qarz 
kapitali 
jalb 
qilinganida; 
o‘zaro respublika miqyosida 


91 
subyektlarning qarz majburiyatlarini to‘lash (so‘ndirish) jarayoni amalga 
oshirilganda. 
Har bir yuqorida sanab o‘tilgan holda vakolatli davlat organi 
emissiyaning minimal va maksimal o‘lchamini belgilaydi. 
Moliyaviy investitsiyalarga oid auditorlik tekshiruvining asosiy 
maqsadi, muomalalarning qonuniy amalga oshirilganligi, to‘g‘ri 
baholanganligi va buxgalteriya hisobida to‘g‘ri yuritilayotganligini 
tasdiqlashdan iborat. 
«Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda 
birinchi navbatda auditning maqsadi va vazifalarini belgilash zarur. 
Auditning maqsadi – Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy 
hisobot ma’lumotlari ishonchliligini hamda moliyaviy investitsiyalarni 
hisobga olish usullari va soliq solish muomalalari bo‘yicha hisobi 
me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat. 
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi auditning vazifalarini 
belgilandi: 
1.
Subyekt 
aktivlarini 
moliyaviy 
investitsiyalar 
tarkibiga 
kiritilganligi to‘g‘riligini tekshirish.
2.
Hisobda moliyaviy investitsiyalarni tegishli belgilari bo‘yicha 
ularni turkumlanishini chegaralash to‘g‘riligini tekshirish. 
3.
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda ularni qiymati 
to‘g‘ri shakllanganligini tekshirish. 
4.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog‘liq muomalalar hisobini 
to‘g‘riligini tekshirish. 
5.
Moliyaviy investitsiyalar sintetik va analitik hisobi holatini 
baholash. 
6.
Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi 
va ularni natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish. 
7.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog‘liq muomalalar bo‘yicha 
soliq qonunchiligiga rioya etilayotganligini tekshirish. 
Auditorning oldida turgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, 
auditning obyektlarini belgilab olamiz, 4.1-jadval»
1

1
Ilxamov Sh.I. Investitsiya faoliyatida buxgalteriya hisobi va audit // Diss.-T.: 2005. 


92 
4.1-jadval 

Download 2,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish