Auditning predmeti va metodi Reja: Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Iqtisodiy nazorat va unda auditning o‘rni



Download 282,5 Kb.
bet1/7
Sana11.07.2022
Hajmi282,5 Kb.
#776784
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5258035371924527293


Auditning predmeti va metodi
Reja:
1.Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi.
2.Iqtisodiy nazorat va unda auditning o‘rni.
3.“Auditning predmeti va obekti.

1.1.Auditning paydo bo‘lishi va rivojlanishi.

«Audit» tushunchasi lotincha bо‘lib, «auditing» - aynan tarjimasi «u eshitayapti», «eshituvchi» degan ma’nolarni bildiradi. Birinchi mustaqil auditorlar XIX asrda, Yevropadagi yirik aksionerlik kompaniyalarida vujudga kelgan.


Auditning vujudga kelishi maqsadlarning bо‘linishi, ya’ni bevosita korxonani boshqaruvchilar (rahbariyat, menejer) va korxonaning faoliyatiga mablag‘ qо‘ygan (mulk egasi, aksioner, investorlar). Oxirgilarga bо‘linishi bilan bog‘liq rahbariyat va ularga bо‘ysungan buxgalterlar tomonidan tayyorlangan moliyaviy kо‘rsatkich hisobotlariga tayanishga orqa qilishni hohlamay qoldilar. Tashkilotlarning tezkor qisman inqirozga uchrashi hamda rahbariyat tomonidan axborotlarni bо‘yab aldab kо‘rsatilishi investorlarning mablag‘ qо‘yilishdagi riskni oshirishga sabab bо‘ldi. Aksionerlar ularga taqdim etilayotgan axborotlar ishonchli va haqiqiy holatni aks ettirilayotganligiga ishonch hosil qilishni hohlardilar. Moliyaviy axbortlarning tо‘g‘riligini tekshirish va moliyaviy hichobotlarni tasdiqlash maqsadida maxsus kishilarni taklif qilinar edi ya’ni auditorlar, aksionerlar fikricha ularga ishonish mumkin edi. Auditorlarga bо‘lgan asosiy talab ularning mustaqilliligi va haqqoniy boshlang‘ich davrda buxgalteriya hisobi muhim darajada emas edi. Ammo buxgalteriya hisobining murakkablashishi auditorning ham professional tayyorgarligini talab qila boshladi.
Auditning tarixiy vatani deb Angliya hisoblanadi. 1844 yil kompaniyalar tо‘g‘risida bir qator qonunlar chiqib, ularda aksioner kompaniyalari bir yilda bir marotaba maxsus mutaxassislarni taklif qilib buxgalteriya schetlarini tekshirib va aksionerlar oldida hisoboti eshitilishi lozim edi.
Iqtisodiyotda sodir bо‘ladigan iqtisodiy inqirozlari buxgalter auditorlar xizmatiga bо‘lgan talabni yanada kuchaytirdi. Bu davrlarda auditorlik tekshiruvi sifatiga talablar murakkablashtirildi hamda majburiy tus oldi. Bular hammasi ushbu xizmatga bozor talabini oshirdi. Hamma davlatlarda iqtisodiy va moliyaviy axborotlarga zarur talablar belgilanib, ular auditor xulosasi bilan birga albatta chop etilishi belgilandi. Audit aldamchilikka qarshi katta qurol bо‘lib xizmat qila boshladi.
Angliyada auditorlar deb moliyaviy hisobotning ishonchliligini nazorat qilish bilan shug‘ullanuvchi barcha mutaxassislar, shu jumladan davlat tashkilotida ishlayotgan mutaxassislar ham hisoblanadi. Fransiyada mustaqil moliyaviy nazorat bilan shug‘ullanuvchi ikki professional tashkilot buxgalter ekspertlar ularning vakolatiga bevosita buxgalteriya hisobini, hisobot tuzish ushbu doirada konsalting xizmatlari kо‘rsatish hamda moliyaviy hisobot ishonchliligini nazorat qiluvchi schetlar bо‘yicha komissarlar mavjud. AQShda moliyaviy hisobotning ishonchliligini tekshiradigan diplomli jamoat buxgalterlari mavjud.
Rivojlangan barcha davlatlarda buxgalter auditor mutaxassisligini egallashga hohish bildirganlar uzoq yillar davomida о‘qishi amaliyot bilan shug‘ullanishi va kо‘plab imtihonlarni topshirishlari lozim.
Moliya Vazirligi auditorlar palatasi professional buxgalterlar uyushmasi va boshqalar Respublikadagi auditorlik tashkilotlari faoliyatini tekshirib, ish sifatlarini nazorat qilib turadilar.
Auditning zarurligi. Auditorlik xizmatiga bо‘lgan ehtiyoj quyidagi omillar sababli vujudga keladi:

  • Axborot tuzuvchilar (rahbariyat) tomonidan obyektiv bо‘lmagan hisobotlar tuzilishi ehtimoli va uning oqibatida axborot foydalanuvchilar va uni tayyorlovchilar orasida nizo vaziyatlari vujudga kelishi;

  • Qarorlar qabul qilishning sifatli axborotga bog‘liqligi;

  • Axborotlarni tekshirish uchun maxsus bilimlarning zarurligi;

  • Foydalanuvchilarga axborotning sifatliligini baholash uchun ruxsatning mavjud emasligi;

Yuqoridagi va boshqa sabablar mustaqil ekspert, yetarli darajadagi tayyorgarlik, kvalifikatsiya tajriba va bunday xizmat kо‘rsatishga huquqi bо‘lgan xizmatni ijtimoiy taqazo qiladi. Auditorlik xizmati - bu moliyaviy axborotlarning ishonchliligini belgilovchi va boshqa buxgalteriya hamda maslahat xizmatlarini kо‘rsatuvchi faoliyat.
Ishonchli axborot kapital bozorining samarali amalga oshishi va baholash imkoniyatini hamda turli iqtisodiy qarorlarning istiqbolini aniqlashga yordam beradi. Auditorlik tekshiruvlarini, u majburiy bо‘lmagan holda о‘tkazilishi ham katta ahamiyatga ega.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona kredit muassasalari va boshqa xо‘jalik subyektlari bilan mulk, mablag‘ va tijorat operatsiyalari hamda investitsiya faoliyatlarida shartnoma asosida munosabatda bо‘ladilar. Ushbu munosabatlarning ishonchliligi va hamkorlikning hamma qatnashchilari moliyaviy axborotlardan foydalanishlari asosida tashkil etiladi. Bu axborotlarning ishonchliligi mustaqil auditorlar tomonidan tasdiqlanadi.
Davlat uchun iqtisodiyot va soliqqa tortish sohalarida qarorlar qabul qilishda, sud, prakratura va tergov jarayoni uchun moliyaviy hisobotlarni ishonchliligini korxonalar faoliyati natijalari tо‘g‘risida axborotlarni mustaqil tasdiqlash muhimdir. Ayrim mualliflarning fikricha audit zarurligini asoslash uchun agentlar nazariyasi yaratildi. Ushbu nazariyaga asosan audit ma’lum bir shaxslar moliyaviy axborotlarining ishonchliligi va doirasi tushuniladi. Aniq va tо‘g‘ri ma’lumot nafaqat investorlar yoki aksionerlar, balki kreditorlarga qarzning qaytarilishini tо‘g‘ri baholash va foizlarni hisoblash uchun ham zarur. Davlat iqtisodiy siyosatni va soliq tizimini ishlab chiqish uchun ushbu aniq ma’lumotlarga tayanadi.
Auditorlik xizmatlarining asosiy vazifasi axborotlardan foydalanuvchilarga taqdim qilinadigan hisobotlar tо‘g‘risida xolis fikr-mulohazalar bildirishdir. Auditorlar yetarli bilim va tajribaga, shuningdek, buxgalteriya hisobi hujjatlari va asoslovchi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bо‘lganliklari uchun bu vazifani malakali darajada bajaradilar. Bundan tashqari, ular korxona ma’muriyatiga bо‘ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holidirlar.
Auditorlik kasbi turli xil mamlakatlarda turlicha nomlanib kelingan. Masalan, Amerikada jamoatchi-buxgalter, Fransiyada buxgalter ekspert yoki schyotlar bо‘yicha komissar, Germaniyada xо‘jalik nazoratchisi, yoki kitoblar (Das Buch) nazoratchisi, qator anglo-saksoniya mamlakatlarida kompaniyaning moliyaviy faoliyatini nazorat qiladigan taftishchi kabilar.
Auditorlik faoliyatining rivojlanishiga 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy tanazzuli katta turtki bо‘ldi. Bu davrda aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa korxonalarning kо‘pchiligi inqirozga yuz tutdilar. Natijada hisobotlarni, xususan, balans, foyda va zararlar tо‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlarini tasdiqlash tartibini qat’iy belgilash, ularning tо‘g‘riligi va haqqoniyligini mustaqil auditorlar tomonidan tekshirish ehtiyoji yuzaga kelgan .
Audit XIX asr о‘rtalarida Shotlandiyada ham vujudga kela boshlagan.
Ingliz temiryо‘lchilari, sug‘urta va boshqa investorlar Shimoliy Amerikaga yо‘l olishganida ular bilan birga yirik ingliz sarmoyador (kreditor)larining manfaatlarini himoya qiladigan mustaqil taftishchi-auditorlar ham birga borganlar.
1844 yilda Angliyada aksiyadorlik kompaniyalarining buxgalteriya schyotlarini, aksiyadorlarga beriladigan hisobotlarni yiliga kamida bir marta mustaqil buxgalterlar tekshiruvidan majburiy о‘tkazilishini talab qiladigan qonunlar chiqarilgan.
Dastlab auditorlik vazifalari aniq belgilanmagan bо‘lib, barcha investorlar, aksiyadorlar, kreditorlar auditorlarni о‘zlarining himoyachisi sifatida qabul qilganlar.
Auditorlar haqida ularni aksiyadorlar oldidagi mas’ul shaxslar deb qarash 1929 yilda «Kompaniyalar tо‘g‘risidagi qonun» chiqarilishi bilan о‘zgardi. Ushbu qonunga muvofiq barcha kompaniyalar о‘zlarining moliyaviy hisobotlarida foyda va zararlarni majburiy ravishda kо‘rsatishlari belgilab qо‘yildi.
Keyingi 25 yil mobaynida auditorlik faoliyati 3 xil rivojlanish bosqichidan о‘tdi:


  1. Download 282,5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish