Buxgalteriya hisobining schyotlarini turkumlarga ajratish. Reja



Download 19,09 Kb.
bet1/2
Sana16.04.2022
Hajmi19,09 Kb.
#556927
  1   2
Bog'liq
Buxgalteriya hisobining schyotlarini turkumlarga ajratish.


Buxgalteriya hisobining schyotlarini turkumlarga ajratish.

Reja:
 


3.1. Buxgalteriya hisobining schyotlarni turkumlarga ajratish to’q’risida tushuncha.
3.2. Buxgalteriya hisobi schyotlarini tayinlanishi va to’zilishiga qarab turkumlarga ajratish.
3.3. Schyotlar rejasi.

1.Buxgalteriya hisobining schyotlarni turkumlarga ajratish to’q’risida tushuncha.


Korxona, tashkilot muassasalarda o’z xo’jalik faoliyatini amalga oshirish davomida xo’jalik mablag’larini va ularning tashkil topish manbaalarini, xo’jalik jarayoni va sodir bo’layotgan turlituman xo’jalik operatsiyalarini aks ettirish uchun bir kancha buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi.
Buxgalteriya hisobining barcha schyotlari korxonadagi xo’jalik mablag’lari yoki ularning tashkil topish manbalariga yoki xo’jalik jarayonining hisobini olib borishga mo’ljallangan bulsada, ularning ko’pchiligini umumiy xususiyatlariga qarab bir xil guruhlarga yig’ish mumkin. Buning natijasida xo’jalik operatsiyalarining hisobini yuritish uchun kerakli miqdordagi buxgalteriya hisobi schyotlaridan foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi schyotlari o’zlarining xususiyatlariga qarab quyidagi turkumlarga ajratiladi.
1 .Schyotlarning tayinlanishi va to’zilishiga qarab.
2.Schyotlarning iqtisodiy mazmuniga qarab.
Buxgalteriya hisobi schyotlarining tayinlanishi va to’zilishga qarab turkumlarga ajratilganda bu schyotlarning nima uchun xizmat qilishi, ularning debet oboroti bilan kredit oboroti hamda qoldig’ining qanday mazmunga egaligi hisobga olinadi. Bunday turkumlarga ajratish schyotlardan xo’jalik operatsiyalarini yozish uchun to’q’ri foydalanish, kerakli ko’rsatkichlarni olish uchun qaysi schyotlardan foydalanish zarurligini aniqlashga yordam beradi. Schyotlarning tayinlanishi va strukturasiga kura guruhlashtirishni urganish buxgalteriya schyotlarida ikki yokdama yozish usulini uzlashtirishga katta yordam beradi.
Buxgalteriya schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishda bu schyotlarda nimalar hisobga olinishi hisobga olinadi. Bunday guruhlash xo’jalik mablag’larini va ularning tashkil topish manbalarini hamda xo’jalik jarayonining mavjuddigini,axvoli va harakatini tasvirlash.ma'lumotlar olish uchun qaysi schyotlardan foydalanish zarurligini ko’rsatadi.Shuning uchun ham buxgalteriya hisobining schyotlar rejasi iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishga asosan ishlab chiqiladi.Buxgalteriya schyotlarini ikki xususiyatiga qarab turkumlarga ajratish schyotlarning tayinlanishi.strukturasi va iqtisodiy mazmunini tula aks ettiradi. Buxgalteriya hisobi schyotlarini iqtisodiy mazmuniga qarab turkumlarga ajratishning zaminida buxgalteriya hisobi ob'ektlarining xo’jalik mablag’lariga.va ularning tashkil topish manbaalariga va xo’jalik jarayoiniga bulinishi hamda bu schyotlarda nimalar hisobga olinishi yotadi. Agar buxgalteriya hisobida qo’llanilayotgan schyotlar ktisodiy mazmuniga qarab guruhlashtirilsa.ular ikki guruhga bo’linadi.
1 .Xo’jalik mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar.
2-Xo’jalik jarayonini hisobga oluvchi schyotlar.
Xo’jalik mablag’larini hisobga oluvchi schyotlardan xo’jalik mablag’larining holati va harakatini aks ettirish va ular o’stidan nazoratni olib borish uchun foydalaniladi.
3.2. Buxgalteriya hisobi schyotlarini tayinlanishi va to’zilishiga qarab turkumlarga ajratish. Buxgalteriya hisobi schyotlarini tayinlanishi va to’zilishiga qarab quyidagilara bo’linadi.
1 .Asosiy schyotlar.
2.Tartibga soluvchi schyotlar.
3.Yig’ib taqsimlovchi schyotlar.
4.Kalkulyatsiya schyotlari.
5.Taqqoslovchi schyotlar.
6.Balansdan tashqari schyotlar.

1.Asosiy schyotlar xo’jalik sub’ektlarining xo’jalik faoliyatini olib borish uchun ma’lum miqdorda xo’jalik mablag’lariga ega bo’lishi kerak. Shuning uchun buxgalteriya hisobi xo’jalik faoliyati o’stidan nazorat qilish maqsadida schyotlar yordamida korxona qanday mablag’larga ega va ular qanday mablag’lardan tashkil topganligi hamda hisob kitob munosabatlari haqidagi ma'lumotlar bilan ta'minlashi kerak. Bunday vazifani asosiy schyotlar yuritiladigan schyotlar guruhi bajaradi. Asosiy schyotlar uz navbatida korxonaning mehnat


vositalari.oborot mablag’lari va muomala munosabatlarini hisobga olish uchu atalgan uch guruh schyotlarga bo’linadi. Keltirilgan bu uch guruh schyotlari
aktiv schyotlardir. Bu schyotlarning debetida xo’jalik mablag’larining ko’payishi aks ettirilsa, kreditida esa xo’jalik mablag’larining kamayishi aks etgiriladi. Bundan tashqari asosiy schyotlar o’z navbatida ikkiga bo’linadi.
1.Asosiy aktiv schyotlar.
2.Asosiy passiv schyotlar.
1.Asosiy aktiv schyotlar guruhi moddiy va pul mablag’larining harakatini hamda debitorlar bilan hisobkitob ishlarini olib borishga mo’ljallangan («Asosiy vositalar»,
«Materiallar», «Tayyor mahsulotlar», «Kassa» va boshqalar.).
2.Asosiy passiv schyotlar fondlar holatining o’zgarishini, kreditorlar bilan hisob kitob hisobini olib borishga mo’ljallangan («Ustav fondi» kreditorlar bilan hisob-kitob schyotlari va boshqalar) schyotlar kiradi.
2.Tartibga soluvchi schyotlar hisobga olinadigan xulalik mablag’lari va ularning tashkil topish manbaalarining bahosini tartibga solishga mo’ljallangan schyotlar kiradi. («Asosiy vositalarning eskirishi»,»Arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlarning esikrishi» va boshqalar.)
3.Yig’ib taqsimlovchi schyotlar guruhiga umumishlab chqarish xarajatlari va boshqalar kiradi.
4.Kalkulyatsiya schyotlari guruhi mahsulot ishlab chqarish uchun ketgan xarajatlarning umumiy summasini aniqlash va tannarxni hisoblashga mo’ljallangan schyotlar kiradi («Asosiy ishlab chqarish», «yordamchi ishlab chqarish» va boshqalar). 5. Taqqoslovchi schyotlar guruhiga kiruvchi schyotlar bo’yicha schyotning debet va kredit tomonlariga yozilgan yozuvlar taqqoslanib, xo’jalik jarayonlarining natijalari aniqlanadi. 6.Balansdan tashqari schyotlar korxonada vaqtincha foydalanishda bo’lgan mablag’larni hisobga olishga mo’ljallangan schyotlar kiradi.



Download 19,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish