Hosila qimmatli qog‘ozlar
– bu shartnomalar bo‘lib, ular bo‘yicha
bir tomon qimmatli qog‘ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum
muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud
majburiyatini oladi. Hosila qimmatli qog‘ozlar opsion, fyuchers va
boshqa moliyaviy instrument ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Optsion
– shunday shartnomaki, uning egasiga qimmatli qog‘ozlar
yoki tovarlarni shartnomada kelishilgan narxda kelishilgan muddatda
xaridqilish huquqini beradi.
Fyuchers
– kelajakda, kelishilgan aniq vaqtda shartnomada
belgilangan narxda ma’lum bir qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa moliya
instrumentlari yoki tovarlarni so‘zsiz sotib olish yoki sotish
majburiyatini belgilovchi qimmatli qog‘oz (kontrakt).
Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi
- qimmatli qog‘ozlarni birinchi
egalari (investorlari), yuridik yoki jismoniy shaxslarga sotish orqali
muomalaga chiqarish.
Emissiya quyidagi
holatlarda amalga oshiriladi:
aksionerlik jamiyati ta’sis etilib uning aksiyalari ta’sischilar orasida
joylashtirilganda; aksionerlik jamiyati aksiyalar chiqarish yo‘li bilan
boshlang‘ich nizom kapitali (jamg‘armasi) miqdori oshirilganda;
obligatsiya va boshqa qarz majburiyatlarini chiqarish orqali yuridik
shaxslar, davlat, davlat hokimiyati va boshqarish organlari tomonidan
qarz
kapitali
jalb
qilinganida;
o‘zaro respublika miqyosida
91
subyektlarning qarz majburiyatlarini to‘lash (so‘ndirish) jarayoni amalga
oshirilganda.
Har bir yuqorida sanab o‘tilgan holda vakolatli davlat organi
emissiyaning minimal va maksimal o‘lchamini belgilaydi.
Moliyaviy investitsiyalarga oid auditorlik tekshiruvining asosiy
maqsadi, muomalalarning qonuniy amalga oshirilganligi, to‘g‘ri
baholanganligi va buxgalteriya hisobida to‘g‘ri yuritilayotganligini
tasdiqlashdan iborat.
«Moliyaviy investitsiyalarni auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda
birinchi navbatda auditning maqsadi va vazifalarini belgilash zarur.
Auditning maqsadi – Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy
hisobot ma’lumotlari ishonchliligini hamda moliyaviy investitsiyalarni
hisobga olish usullari va soliq solish muomalalari bo‘yicha hisobi
me’yoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiqligini aniqlashdan iborat.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi auditning vazifalarini
belgilandi:
1.
Subyekt
aktivlarini
moliyaviy
investitsiyalar
tarkibiga
kiritilganligi to‘g‘riligini tekshirish.
2.
Hisobda moliyaviy investitsiyalarni tegishli belgilari bo‘yicha
ularni turkumlanishini chegaralash to‘g‘riligini tekshirish.
3.
Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda ularni qiymati
to‘g‘ri shakllanganligini tekshirish.
4.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog‘liq muomalalar hisobini
to‘g‘riligini tekshirish.
5.
Moliyaviy investitsiyalar sintetik va analitik hisobi holatini
baholash.
6.
Moliyaviy investitsiyalarni inventarizatsiyadan o‘tkazish tartibi
va ularni natijalarini hisobda to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.
7.
Moliyaviy investitsiyalar bilan bog‘liq muomalalar bo‘yicha
soliq qonunchiligiga rioya etilayotganligini tekshirish.
Auditorning oldida turgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib,
auditning obyektlarini belgilab olamiz, 4.1-jadval»
1
:
1
Ilxamov Sh.I. Investitsiya faoliyatida buxgalteriya hisobi va audit // Diss.-T.: 2005.
92
4.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |