42
1.6.
Davlat
sektorida
ichki
nazorat
va
ichki
auditni
yanada
rivojlanishining
nazariy
asoslari
“Davlat moliyasini boshqarish islohotlarining stragiyasining
yakuniy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi
Davlat moliyasini
boshqarish tizimi ustidan nazoratni yaxshilash hisoblanadi”. Haqiqatda
ham yangi qoida va yangi sistema davlat moliyasini boshqarish
jarayonlarini amalga oshirish bilan kuchga kiradi yoki ishlab chiqiladi.
Ular ichki nazoratning asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
Moliya xo‘jalik faoliyatining taftishi-nazorat faoliyatini yuqori
xarajatli va ko‘p mehnat talab qiluvchi instrumenti hisoblanadi, so‘zsiz
tashkilotlarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatidagi
kamchiliklar va
qoidabuzarliklarni aniqlash imkonini beradi. Lekin jahon tajribasida
yangi kam xarajatli nazorat faoliyatining metod, shakl va usullari paydo
bo‘lmoqda.
Nazorat usullarini yangi shakllaridan foydalanishning zaruriyati
shundaki, nazorat organlari budjet mablag‘lari xarajatlarining to‘g‘riligi
va maqsadga muvofiqligini, tashkilot asosiy faoliyati xarajatlarini
samarali foydalanish nuqtai nazardan ko‘rib chiqiladi. Ushbu vazifalarni
echish uchun har bir tashkilot yoki tashkilotlarda ichki nazorat va ichki
auditni yo‘lga yo‘yilgan mexanizmi ishlashi lozim.
Ichki
nazorat tushunchasi yangi emas, u XVIII asrning boshlarida
paydo bo‘lgan va XX asrning boshlarida to‘liq shakllangan hamda unda
quyidagi majburiy elementlar bo‘lishligi belgilangan: vakolatlarni
bo‘lish, xodimlarning rotatsiyasi, hisob yozuvlaridan foydalanish va
tahlil qilish. XX asrning oxirlarida ichki nazorat risklarni nazorat qilish
vositasiga aylandi va uning funksiyasi menejment
riski bilan bevosita
bog‘liq bo‘ladi. Bunda ichki nazorat ichki audit bilan juda bog‘liq
bo‘ladi.
Hozirgi amaliyotda ichki nazorat va ichki audit bo‘yicha quyidagi
tushunchalardan foydalaniladi:
“Ichki nazorat – bu jarayon, kompaniya direktorlar kengashi,
menejment va boshqa xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan,
quyidagi vazifa va maqsadlarga erishish uchun yo‘naltirilgan:
- kompaniya operatsiyalarining samaradorligi va natijaviyligi; -
moliyaviy hisobotlarning ishonchliligi;
Tegishli
qonunchilik, qonun osti akt va reglamentlariga rioya
qilinishi.” (Committee of Sponsoring Organizations of the Treadway
Commission, “Internal Control – Integrated Framework”, 1992).
43
“Ichki audit-bu faoliyat bo‘yicha mustaqil va obyektiv tasdiqlash
va maslahat berish, aktsioner qiymatni oshirish yo‘nalishi
va tashkilot
xo‘jalik faoliyatni takomillashtirish kabi tushuniladi. Ichki audit
tashkilotni qo‘yilgan maqsadga erishishi uchun, baholashga tizimli va
ketma-ket yondashuv va risklarni boshqarish jarayonlari samarasini
oshirish, ichki nazorat va korporativ boshqarishga yordam beradi.” (The
Institute
of Internal Auditors, “The Professional Practices Framework”,
June 2002).
Ichki nazorat –budjet tashkiloti rahbariyati va boshqa xodimlari
tomonidan amalga oshiradigan jarayon va davlat funksiyasini bajarish
bo‘yicha operatsiyalar natijasi va davlat xizmatini taqdim qilish,
ishonchli hisobotlar bilan ta’minlash va qonunchilik hamda boshqa
normativ-huquqiy akt va reglamentlarga rioya qilishdan iborat.
Ichki audit-obyektiv faoliyat bo‘lib,
ichki nazoratni samarali
amalga oshirishga yo‘naltirilgan, tuzilayotgan hisobotlarni va budjet
tashkiloti faoliyati samarasini hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha
tavsiyalar taqdim qilishga yo‘naltirilgan.
Bunda shuni ta’kidlash kerakki, ichki nazorat tashkiliy birlik
hisoblanmaydi, balki ko‘proq yoki kamroq darajada unda ishtirok
etayotgan hamma xodimlar faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Agar ichki nazorat va audit masalasi g‘aznachilik tizimida qarab
chiqiladigan bo‘lsa, hozirgi vaqtgacha ushbu yo‘nalishda ma’lum bir
ishlar amalga oshirilgan.
Hozirgi vaqtgacha yagona qonunchilik bazasi va tegishli qonun osti
aktlari, tartibga soluvchi jarayonlar va
davlat moliyaviy nazoratini
amalga oshiruvchi printsiplar (davlat sektorida nazorat faoliyati bilan
bog‘liq asosiy normativ aktlar 1.1. punktda keltirilgan).
A) Avvalo nazariy asoslarini ko‘rib chiqamiz:
Ichki nazorat tashqi taftish organi tomonidan amalga oshiriladigan
nazoratdan farq qiladi. Bu nazoratning integrallashgan tizimi bo‘lib
tashkilotga moslashtirilmagan. Natijada, ichki nazorat ko‘pincha
boshqaruv nazorati sifatida tushuniladi.
Ichki nazorat faqat moliyaviy boshqaruvga taalluqli bo‘lmasdan,
davlat boshqaruvi tadbirlarining operatsion aspekti hisoblanadi.
Rahbariyatning istagi bo‘yicha zamonaviy nazorat tizimini qo‘llab-
quvvatlash, uni qo‘llash, egalik qilish kontseptsiyasini muvaffaqiyatli
amalga oshirish asosiy shartlaridan hisoblanadi.
Boshqaruvning ierarxiyasida hamma muassasalarda ichki nazorat
jarayoniamalga oshiriladi. Ichki nazoratning
markaziy elementi
44
tashkilotning barcha xodimlari o‘zining qarorlari va harakatlariga
javobgar ekanligi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: