13.4-chizma. Auditorning dalolat berish vazifalari
Operatsion audit korxona faoliyatining moliyaviy jihatlarini tahlil
qilish, shuningdek, uni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga doir
vazifalar bilan qo‘shilib ketadi. Auditorlarning barcha (deyarli barcha)
xizmatlari pul evaziga bajariladi, lekin bu mijoz korxonalarga ham,
ularning buxgalteriya hisobotidan foydalanuvchi «Uchinchi shaxslar»
deb ataluvchilarga ham foydalidir.
Keyinchalik O‘zbekistonda ham bozor munosabatlari rivojlangan
sari yuqorida aytilgan va shunga o‘xshash tafovutlar kengayishi
mumkin. Shu sababli auditning tashkiliy-yuridik va iqtisodiy asoslarini
ishlab chiqish va ularni auditorlik xulosalaridan foydalanuvchilarning
kutishlaridagi obyektiv tafovutlarni hisobga olib takomillashtirish lozim.
Auditor vazifasini anglashda tafovut faqat auditor va mijozlar
o‘rtasida bo‘lib qolmaydi. Bir qancha hollarda (ayniqsa sudda va suddan
tashqari hal qilishda) bizdan ko‘ra ko‘proq g‘arb uchun harakterli
bo‘lgan bu tafovutlar uchinchi shaxslarning manfaatlariga daxldor
Auditorning
vazifalari
Iqtisodiy sub’ektlar faoliyati
to’g’riligi haqida guvohlik
berish
Jumladan buxgalteriya
hisobi va moliyaviy
hisobot to’g’risida
Auditorning professional
mulohazasiga asoslanib
Tekshirish natijalariga asoslanib
Buxgalteriya hisoboti to’g’riligi
haqida fikr bildirish
Huquqiy
talablar
Ma’muriy
ko’rsatmalar
i
Buxgalteriya
hisobini yuritish
bo’yicha yo’riqlar
Soliqqa tortish
bo’yicha
ko’satmalar
Boshqa
talablar
Iqtisodiy sub’ektlar faoliyatining ularning balansida va boshqa hisobotlarida aks etgan
natijalarining muayyan mezonlarga mosligi haqida auditor xulosasi
236
bo‘ladi, shuningdek keng jamoatchilik diqqatini jalb qiladi.
Auditorlar dalolat berish vazifasini bajarar ekanlar buxgalteriya
hisobotining to‘g‘riligi va obyektivligi to‘g‘risida fikr bildirish imkonini
beradigan etarli darajada ishonchli dalillarni o‘z vaqtida to‘plashni
o‘zlarining vazifasi deb biladilar. Demak, auditorlar ko‘pgina holatlarni
(masalan, tekshirilayotgan xo‘jalik tizimi xodimlari va ma’muriyatining
suiste’mollarini) o‘zlarining vazifalaridan, shuningdek olingan topshiriq
mohiyatidan kelib chiqmaydigan qo‘shimcha deb hisoblashlari kerak va
ko‘p auditorlar shunday deb hisoblamoqdalar.
Ochig‘ini aytganda tugallangan buxgalteriya hisobotining oddiy
auditida, agar xodimlar va ma’muriyatning suiste’moli ko‘p bo‘lib,
buxgalteriya hisobotini umuman muvofiq deb hisoblash mumkin
bo‘lmasa, auditorlar bu ishni bajarishlari lozim. Lekin boshqa barcha
hollarda ular xatolarni va suiste’mollarni aniqlashni maqsad qilib qo‘yib
alohida auditorlik testlarini ishlab chiqmaydilar va bunga majbur ham
emaslar (bu taftishchining ishi).
Biroq buxgalteriya hisobotini tuzuvchilar, undan foydalanuvchilar
audit (umumiy audit, banklar, fondlar, sug‘urta kompaniyalari auditi)
davomida xizmat qanday bo‘lishi lozimligiga biroz boshqacha
qaraydilar. Masalan, auditorlar mahorat va ko‘p gonorar olishga da’vo
qiladilar, buxgalteriya hisobotini tuzuvchilar va undan foydalanuvchilar
har
qanday
hollarda
ham
tekshiruvchilardan
ulkan,
muhim
suiste’mollarnigina emas, mayda suiste’mollarni, hisobotdan barcha
buzilishlarni ochib tashlashga samaradorlikni kutishlari mumkin. Biroq,
tajribali auditor, ayniqsa endi ishlay boshlagan auditor bu sohalarda
hamisha samarali ishlay olmasligini ko‘rsatmoqda.
Tekshiriladigan xo‘jalik tizimining ma’muriyati auditorlar oldiga
ehtimol tutilgan suiste’mollik faktlarini va ularning oqibatlarini aniqlash
vazifasini qo‘ysa - bu boshqa gap. Masalan, avtomobillarga texnik
xizmat ko‘rsatuvchi yirik bazaning ma’muriyati o‘z hududida
joylashgan ikkita nomustaqil transport do‘konida chakana savdo to‘g‘ri
yuritilayotganini tekshirishni iltimos qildi. (Bu auditorlarning mijoz
bilan kelishilgan tadbirlari bo‘yicha xizmati deyiladi). Bunday
topshiriqni bajarish uchun, shubhasiz tekshiruvchilar alohida auditorlik
testlari va tadbirlarini ishlab chiqishlari nazoratning tovar va kassani
to‘satdan inventarizatsiya qilish, miqdor hisobini tiklash, shubha
tug‘dirgan alohida hujjatlar bo‘yicha qayta tekshirish o‘tkazish kabi
alohida usullardan foydalanishlari lozim.
O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Auditorlik
237
faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimizda auditorlik faoliyatini
asosiy shartlarini belgilab berdi. Bu faoliyatni yuridik shaxs sifatida
auditorlik tashkilotlari amalga oshiradi. Buning ustiga xodimlar
tarkibiga ma’lum talablar ham qo‘yildi, shunga muvofiq ravishda
auditorlik tekshirishlarini o‘tkazishga cheklashlar ham joriy etildi. Hozir
amal qilayotgan cheklashlar bo‘yicha hamma narsa auditning halqaro
standartlariga mos kelmaydi.
Bu xujjatlar auditor (auditorlik tashkiloti) faoliyatining faqat asosiy
(tabiiyki hammasini emas) shartlarini belgilab berdi. Vazirlar
Mahkamasining «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik
tekshirishlarning ahamiyatini oshirish to‘g‘risida»gi qarori bilan kiritildi.
1992 yilda qabul qilingan «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunda
va boshqa me’yoriy xujjatlarda auditorlar va auditorlik tashkilotlarining
nizom kapitalidagi ulushi 51% dan kam bo‘lmasligi kabi cheklash yo‘q
edi.
Bizning bu holatga izohlarimiz auditorlik vazifalarini bajara
oladigan o‘z yuqori malakali mutaxassislarimizning haqiqiy mulkiy
ahvolidan kelib chiqadi. Ular juda qaltis vaziyatga tushib qolishdi
(«Katta to‘rtlik» firmalari esa bunday shartga bog‘liq bo‘lmaganlari
sababli kichik tuzilmalarni tashkil qilib qo‘ya qoldi).
Chunonchi, auditorlarimiz, avvalo, attestatsiya imtihonida ishtirok
etish uchun katta miqdorda pul to‘lashga rozi bo‘lishlari kerak (yuz
bergan sharoitda bundan tashqari ular o‘quv uslubiy markazlardagi
tegishli kurslarda «O‘qish»da qatnashish uchun ancha ko‘proq pul
to‘lashlariga to‘g‘ri keladi). Auditorlik tashkilotni ustav kapitalini
shakllantirish uchun eng kam ish haqining 1200 baravari miqdorida pul
qo‘yishlari lozim. Shundan keyin ular o‘zlari tashkil etadigan auditorlik
tashkilotlarining nizom kapitalini kamida 51 foizi miqdorida badal
to‘lashlari lozim bo‘ladi.
Bularning hammmasi yig‘ilib, katta miqdorni tashkil etadiki, o‘z
auditorlarimiz agar homiylarga murojaat qilmasalar, buncha pulni
topishlari amri mahol. Chunki hozirgi paytda vujudga kelgan vaziyatda
hisob va tahlil sohasidagi o‘z mutaxassislarimiz xorijdagi o‘z
kasbdoshlariga nisbatan davlatga ancha ko‘p pul to‘lashga majbur
bo‘ladilar. Ahvol shunday ekan hukumatning bu ishlarining hammasi
«Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini amalga oshirish chog‘ida
ularning
mustaqilligi
qo‘shimcha
kafolatlanishini
ta’minlash
maqsadida» qilingani haqidagi gaplari to‘g‘riligiga ishonish qiyin.
Xomiy qidirishga majbur bo‘lgan odamda qanday mustaqillik, qanday
238
qo‘shimcha kafolat bo‘lsin?
Bu muammoning bir tomoni xolos. Sanab o‘tilgan barcha shartlar
diqqat bilan tahlil qilinsa, yana bir muhim jihatni aniqlash mumkin.
Axir bunday sharoitda «To‘rtlik» uchun hali mustahkam oyoqqa
turmagan O‘zbekiston auditorlik tashkilotilarini, ayniqsa yakka tartibda
ishlaydigan eng qimmatli, yuqori malakali auditorlarimizni engib
chiqish mumkin (ko‘p mamlakatlarda xuddi shunday bo‘lgan). Bu
muammoni hal etishda albatta mustaqillik tamoyili muhim rol o‘ynaydi.
Mustaqillik - auditorlik kasbining asosiy kontseptsiyasidir. Aslini
olganda bu professional fikrni bildirishga., ya’ni o‘zining halolligi,
vijdoni sofligi va kasbiga oid burchini bajarishga xolisona yondashish
asosida auditorning dalolat berishi vazifasini bajarishiga imkon
beradigan turmush tarzidir. Quyidagilar hamma tomonidan e’tirof
etilgan:
a) mutlaq mustaqillik amalda bo‘lmaydigan orzu, lekin shunday
mustaqillikka erishishga intilmay o‘tkazilgan tekshirish umuman o‘z
mohiyatini yo‘qotadi;
b) tekshiruvchilarning bilim darajasi kengaygan sari tekshirishning
samarasi ortadi va mustaqillik darajasi kamaygan sari pasayadi;
v) deyarli hamisha tekshiruvchilar mustaqilligini pasaytiruvchi
omillar vujudga kelishi mumkin;
g) kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanayotgan auditorlarning
mustaqilikka erishishga intilishi, ular duch keladigan salbiy omillarni
ishonchli bartaraf etishlari uchun asos bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Auditorlar mustaqilligini muhim ahamiyatga molikligi sababli
kasbimizning ko‘plab vakillari uni yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati
to‘g‘risida»gi
Qonunga
qo‘shimcha
kiritish
lozimligini
taklif
qilmoqdalar. Bu mualliflar O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan bu
tamoyilni esga olgan bo‘lsalar ham uni talqin etishda darhol ikki xil
ma’no chiqishiga yo‘l qo‘ydilar: «Mustaqillik» degan aniq
tushunchaning qonunida yo‘qligi auditorlik qonunda «mustaqil
tekshirish» degan ta’rifida chalkashlikka olib kelishi mumkin.
Jahon tajribasida bir qancha omillar va vaziyatlar ta’siri natijasida
auditor mustaqilligi darajalari kamayib bormoqda. Ularni hammasini
sanab o‘tish qiyin, shunga qaramay ularning orasidan quyidagilarni
ajratib ko‘rsatish mumkin:
a) auditor iqtisodiy subyekt aksiyalariga (obligatsiyalariga)
vaqtincha bo‘lsada egalik qilishi, ularni birjalar, birjadan tashqari
savdoda sotib olish va qayta sotishi;
239
b) iqtisodiy subyekt ma’muriyati vakillaridan biri bilan birgalikda
boshqa firmalarni ta’sis etishi, uning xodimi bo‘lishi yoki ma’muriyat
xodimlarini o‘zi yollagan bo‘lishi;
v) shunga o‘xshash raqobatchi guruhlarning yoki iqtisodiy
subyektiga qarashli guruh xodimi bo‘lishi;
g) o‘zi bajargan auditorlik xizmatlari uchun o‘z auditorlik
tashkilotlaridan emas, bevosita iqtisodiy subyektdan haq (moliyaviy
yordam, qarz va shu kabilar) olgani;
d) iqtisodiy subyekt ma’muriyati vakillariga yaqin qarindoshliligi;
e) ko‘p yillar ushbu iqtisodiy subyektni tekshirishda surunkasiga
qatnashganligi va boshqalar.
Amalda auditor mustaqilligi maqsad bo‘lishi, auditorlar ham
ularning mijozlari ham, umuman jamiyat ham shu maqsadga intilishi
kerak. Bunday maqsadga ma’lum darajada erishsa bo‘ladi. Masalan,
auditor xizmati uchun ko‘p xollarda uni yollagan mijoz shaxsini o‘zi haq
to‘lashiga qaramay auditor bu ishni bajarish uchun etarli darajada
mustaqil bo‘lishi mumkin va lozim. Bundan tashqari auditorga
tekshirilayotgan xo‘jalik tizimi tomonidan haq to‘lanishi agar bu tizim
ma’muriyati jinoiy ishlarga botib qolmagan bo‘lsa taklif etilgan
mutaxassisga alohida ishonch bildiradi, hatto o‘z xo‘jaligi juda shubhali,
xatarli zonalarni mufassal, chuqur tadqiq etish tashabbuskori bo‘lishi
ham ehtimoldan holi emas. Boshqacha aytganda auditorning mustaqilligi
(xizmati uchun mijozdan haq oladigan notarius yoki vrachning
mustaqilligi kabi) umuman fuqarolik jamiyati intilishi lozim bo‘lgan
maqsaddir, bu yaqinlashish ma’lum darajada mumkin va juda zarur
bo‘lgan maqsaddir.
Uzoq vaqtgacha audit xizmatiga haqiqiy talab ma’lum emas edi.
1989 yildan boshlab faqat qo‘shma korxonalar uchun, 1990 yildan
boshlab esa tijorat banklari uchun majburiy auditorlik tekshirishlari
tayinlashdi. 90-yillar o‘rtalariga qadar ko‘p iqtisodiy subyektlar o‘z
hisobotini e’lon qilish va auditorlik tekshiruvi o‘tkazishi shart emas edi.
Auditorlik xizmatiga talab bir necha barobar o‘sadi va tez orada
mavjud auditorlik tashkilotlari (ularning 90 foiz moliyaviy qiyinchilikni
boshidan kechirmoqda) etarli bo‘lmay qoladi. Auditor malaka
sertifikatiga ega bo‘lgan va auditorlik tashkilotlar auditor sifatida
tadbirkorlikni boshlash uchun dastlabki sarmoyaga ega emas. Talab va
taklif o‘rtasidagi tafovut auditorlik xizmatlarining qiymati o‘sishiga olib
kelishi mumkin. Katta soliq va budjetdan tashqari to‘lovlar ostida
qolgan.
240
Davlat auditorlik tashkilotlarga tegishli madad bermayapti (shu
jumladan, foyda keltirmaydigan, lekin davlat uchun zarur bo‘lgan,
qudratli moliyaviy bazasi bo‘lmagan korxonalarga imtiyozli auditorlik
xizmati ko‘rsatish tarzida), ularnig mikroiqtisodiyot darajasida kichik
iqtisodiy subyektlar bilan ishlashga mahkum etilgan. Ularning ishi sifati
g‘arb firmalariga qaraganda ancha yuqori, ammo halqaro tajribada g‘arb
firmalarini afzal biladilar va u bilan 40-50 baravar qimmatroq bahoda
shartnoma tuzadilar.
O‘z mijozlari orqali g‘arb dunyosining va «Uchinchi
mamlakatlar»ning butun xo‘jalik mablag‘larini haqiqatda nazorat
qilayotgan xorijiy auditorlik tashkilotlari va banklari O‘zbekiston
iqtisodiyotini mikrodarajasida ishlashga va investitsiyalarni faqat o‘zlari
uchun foydali tarmoqlarga sarflashga oshkora imkoniyat olmoqdalar,
jahon iqtisodiyotini tegishli tuzilmalarini shakllantirib, O‘zbekistonda
ham hozir shunday ish tutmoqdalar.
Sanab o‘tilgan muammolar hamjamiyatdagi joriy o‘zgarishlarga,
O‘zbekiston auditorlik bozorining rivojlanish ehtiyojlariga mos
kelmaydi, shuningdek mamlakatning to‘la qonli auditini qaror toptirish
va rivojlantirish vazifasi iqtisodiyotni barqarorlashtirishning eng
asosiylaridan bo‘lmasada, muhim vazifalardan biriga aylangan vaziyatga
mos kelmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |