MAGNIT MAYDONI. LORENS KUCHI
653.
Ikkita bir xil metal halqalardan bir xil tok oʻtmoqda (rasmga qarang).
Halqalardan biri vertikal, ikkinchisi gorizontal joylashtirildi. Halqalarning
umumiy markazidagi magnit induksiya vektori qanday yoʻnalgan?
653-masalaga.
654-masalaga.
654.
Sim halqaning ikki nuqtasi orqali tok berildi (rasmga qarang). Halqa boʻylab
oʻtuvchi toklar magnit maydonni hosil qiladi. Halqa markazidagi magnit
induksiya vektori qanday yoʻnalgan?
102
655.
Bir xil sim boʻlaklarini kavsharlab, kub yasaldi. Tok manbai kubning qarama-
qarshi (bitta diagonalda yotuvchi) uchlariga ulandi. Kub markazida magnit
maydon mavjud emasligini isbotlang.
656.
Toʻgʻri burchakli tokli sim ramkaning magnit maydonidagi holatini
tushuntiring. Magnit maydonni Yer yoki poʻlat magnit hosil qilishi
ahamiyatga egami?
657.
Yumshoq spiral prujina pastki uchi simobga tegib turadigan qilib osib
qoʻyildi (rasmga qarang). Kalit ulansa, nima boʻladi?
658.
Induksiyasi
B=0,05 Tl
boʻlgan gorizontal elektromagnitning qutblari
orasidagi fazoda uzunligi
l= 50 cm
boʻlgan iplarga osilgan
m=5,0 g
massali
gorizontal oʻtkazgich magnit maydonga perpendikulyar holda turibdi (rasmga
qarang). Oʻtkazgichdan tok oʻtkaziladi. Tok kuchining qanday qiymatida
iplardagi taranglik yoʻqoladi? Buning uchun tokni qanday yoʻnalishda
oʻtkazish lozim?
657-masalaga.
658-masalaga.
659.
Gorizontal relslar bir jinsli vertikal yoʻnalgan magnit maydonda bir-biridan
l=15 cm
masofada joylashgan. Relslar ustida ularga perpendikulyar holda
m=300 g
massali poʻlat sterjen yotibdi. Sterjen va relslar orasidagi
ishqalanish koeffitsiyenti
μ=0,20
. Sterjen joyidan qoʻzgʻalishi uchun u orqali
I=40 A
tok oʻtkazish kerak. Magnit maydon induksiyasini aniqlang.
660.
Bir jinsli magnit maydonga perpendikulyar tekislikda sim yotibdi. Sim orqali
tok oʻtmoqda. Simga ta’sir qiluvchi Amper kuchi uning shakli va uzunligiga
bogʻliq boʻlmasdan, faqat tok kuchi va simning uchlari orasidagi masofa bilan
aniqlanishini isbotlang.
661.
Mis simdan yasalgan qattiq halqadan
I=5,0 A
tok oʻtmoqda. Halqa
induksiyasi
B=0,5 Tl
boʻlgan magnit maydonga perpendikulyar holda
joylashgan. Amper kuchi halqani choʻzishga intiladi. Agar halqaning radiusi
R=5,0 cm
va simning koʻndalang kesimi
S=3,0 mm
2
boʻlsa, undagi
σ
mexanik
kuchlanishni aniqlang.
103
662.
Induksiysi
B=0,50 Tl
boʻlgan bir jinsli vertikal magnit maydonda
m=30 g
massali va
l=49 cm
uzunlikdagi oʻtkazgich ikkita ingichka iplarga gorizontal
holda osilgan. Oʻtkazgichdan
I=1,2 A
tok oʻtmoqda. Iplar vertikaldan qanday
burchakka ogʻadi?
663.
Nima uchun bir xil yoʻnalishda tok oʻtayotgan ikki parallel oʻtkazgichlar
tortishadi, ikkita parallel elektronlar oqimi esa bir-biridan qochadi?
664.
Elektron magnit induksiyasi
B
boʻlgan bir jinsli magnit maydonga
v
tezlik
bilan uchib kiradi. Elektronning tezligi
B
vektorga perpendikulyar yoʻnalgan.
Elektron qanday trayektoriya boʻyicha harakatlanadi?
665.
Elektronning
T
aylanish davri uning tezligiga qanday bogʻlangan (oldingi
masalaga qarang)?
666.
Elektron bir jinsli magnit maydonga maydon yoʻnalishi bilan
α
burchak hosil
qilgan holda uchib kiradi. Agar magnit maydon induksiyasi
B
, elektronning
tezligi
v
boʻlsa, u qanday trayektoriya boʻyicha harakatlanadi?
667.
Elektronning oʻzaro parallel yoʻnalgan bir jinsli elektr va magnit maydon-
laridagi harakatini tavsiflang. Elektronning
v
boshlangʻich tezligi
E
va
B
vektorlarga
α
burchak ostida yoʻnalgan.
668-masalaga.
669-masalaga.
668.
Rasmda koʻrsatilgan “tezlik filtri” ning ishlash prinsipini tushuntiring.
Asbobning ichida bir jinsli maydon hosil qilingan: induksiyasi B boʻlgan
magnit maydon va kuchlanganligi E boʻlgan elektr maydon. Maydonlar bir-
biriga va zarralarning boshlangʻich tezligiga perpendikulyar yoʻnalgan.
669.
Kuchli doimiy magnit yoniga yumshoq sim joylashgan (rasmga qarang). Agar
sim orqali tok oʻtkazilsa, u qanday joylashadi?
670.
Oʻzaro perpendikulyar joylashgan va mahkamlanmagan ikkita toʻgʻri
oʻtkazgichlardan
I
1
va
I
2
toklar oʻtadi (rasmga qarang). Ular orasidagi magnit
maydon ta’sirida oʻtkazgichlar bir-biriga nisbatan qanday joylashadi?
671.
Mis kuporosi solingan idish kuchli elektromagnitning qutblari orasida
joylashgan (rasmga qarang). Idish markazidagi mis elektrod tok manbaining
104
musbat qutbiga, idishning perimetri boʻylab joylashgan va suyuqlikda
yotuvchi mis halqa esa manfiy qutbga ulandi. Zanjir ulansa nima boʻladi?
670-masalaga.
671-masalaga.
672.
I=2,0 A
tok oʻtayotgan gorizontal oʻta oʻtkazuvchan halqa bir jinsli boʻlma-
gan magnit maydonda muallaq turibdi (rasmga qarang). Halqa joylashgan
nuqtalardagi magnit maydon induksiya vektori halqa oʻqi bilan
α=30°
burchak tashkil qiladi va modul boʻyicha
B=0,10 Tl
ga teng. Agar halqaning
radiusi
R=5,0 cm
boʻlsa, uning massasini aniqlang.
672-masalaga.
673-masalaga.
673.
Metal lentadan
I
tok oʻtmoqda (rasmga qarang). Lenta induksiyasi B boʻlgan
bir jinsli magnit maydonga joylashtirildi. Bunda A va C nuqtalar orasida
potensiallar farqi vujudga keldi (Xoll effekti). Bu hodisani tushuntiring. Agar
AC=a
,
AD=b
; erkin elektronlar konsentratsiyasi
n
boʻlsa,
U
AC
potensiallar
farqini aniqlang.
674.
R=20 cm
radiusli butun metal silindr
ω=10
3
rad/s
doimiy burchak tezlik bilan
aylanadi. Silindr ichida uning oʻqidan
r
masofadagi nuqtada
E
elektr maydon
kuchlanganligi nimaga teng? Silindrning sirti va aylanish oʻqi orasidagi
U
potensiallar farqi qanday? Elektr maydon kuzatilmasligi uchun silindr oʻqi
boʻylab yoʻnalgan magnit maydonning
B
induksiyasi qanday boʻlishi kerak?
675.
Bir zaryadli ionlar oqimi
E=500 V/m
va
B=0,10 Tl
boʻlgan “tezliklar filtri”
dan oʻtadi va induksiyasi
B
1
=60 mTl
boʻlgan bir jinsli magnit maydonga
tushadi. Ionlar
B
1
vektor yoʻnalishiga perpendikulyar holda harakatlanadi.
Nisbiy atom massalari 20 va 22 boʻlgan ikkita neon izotoplari bu magnit
105
maydonda yarim aylanani oʻtganlaridan keyin bir-biridan qanday masofada
boʻlishadi?
676.
Magnit maydon
z
oʻqiga nisbatan simmetrik boʻlib, magnit induksiyasining
z
oʻqiga proyeksiyasi
0
0
1
z
z
B
B
h
boʻyicha ifodalanadi (rasmga qarang).
z
oʻqidan
R
masofada va
xOy
tekisligidan
h
masofada yotgan nuqtadagi
B
vektor bilan
z
oʻqi orasidagi burchakni aniqlang.
676-masalaga.
678-masalaga.
Do'stlaringiz bilan baham: |