5
holatdir. Agar keyingilari osonlik va qulaylikni bildirsa, u holda birinchisini
muammolar, kamchiliklar, cheklanishlar bilan bog„lashadi. Shundan kelib chiqib,
kundalik hayotda insonlar har qanday yo„l bilan konfliktlarga duch kelmaslikka
harakat qilishadi. Amaliyotchi konfliktologlarga quyidagi qonuniyat juda yaxshi
tanish: konflikt ishtirokchilari ular o„rtasida nizo chiqqanini tan olishmaydi, ular
buni kelishmovchiliklar, fikrlarning bir joydan chiqmaganligi va h.k. deb atashadi.
Biroq, bizning hohish istaklarimiz reallikka har doim ham mos kelavermaydi.
Shuningdek, konflikt holati xuddi tinchlik kabi insonlar orasidagi o„zaro
munosabatlar uchun tabiiy holdir.
Yuqori darajadagi ilmiy-texnik yutuqlar, ma‟naviy, iqtisodiy o„zgarishlarning
haddan oshishi dunyo miqyosidagi global ijtimoiy
muhitdagi murakkablikning
ortib borishi odamlar duch kelishi mumkin bo„lgan konflikt vaziyatlar paydo
bo„lish ko„lamini oshiradi.
Kichik maktab yoshidagi bolalarda ilk bolalik davridagi injiqlik, o„yinchoq
talashish, birovlarga hasad qilish, janjalkashlik alomatlari ko„p kuzatiladi. Mana
shunday konfliktlar keyinchalik maktabda, mahallada, yaqin qarindoshlar: ota-
bola, opa-singil, aka-ukalar o„rtasida inson faoliyat yuritayotgan barcha jabhalarda
vujudga kelishi mumkin.
Xo„sh aslida konfilikt nima? Uning yеchimini topsa bo„ladimi?
Konflikt
vaziyatlarda qanday ko„nikmalarga ega bo„lish kerak? Ushbu savollar barchani
qiziqtirishi tabiiy jarayondir.
Mazkur “Boshlang„ich sinf o„quvchilarida konfliktlarni vaziyatlarni bartaraf
etish texnologiyasi (4-sinf o„quvchilari misolida) mavzusidagi magistrlik
dessertatsiyasi yuqoridagi savollarga javob izlaydi va o„sib kelayotgan yosh
avlodni barkamol avlod qilib tarbiyalashda zamonaviy pedagog-kadrlarning bilim
va ko„nikmalarini oshirishga qaratilgan bo„lib, kichik maktab yoshigidagi
o„quvchilarda namoyon bo„ladigan konflikt vaziyatlar
va uning yеchiimini
topishda zarur bo„ladigan ilmiy-nazariy va uslubiy tavsiya, amaliy ma‟lumotlarni
qamrab oladi.
6
Bo„lajak boshlang„ich sinf o„qituvchilariga bolalar hayotidagi konfliktlar
bo„yicha keng nazariy va amaliy bilimlar berish orqali yosh pegagog kadrlarni
pedagogik faoliyatini samarali tashkil etish va o„sib kelayotgan yosh avlodni
mustaqil va faol fuqoro qilib tarbiyalash uchun zamin yaratish, boshqa insonlar
bilan tabiiy bo„lgan turli ijtimoiy- iqtisodiy, ma‟naviy, ruhiy psixologik muloqotga
ular, ongi tafakkuri
va axloqida kamtarlik, mehribonlik, halolik to„g„riso„zlik,
samimiylik, vijdonlilik, o„z so„zida turish kabi xislatlarni tarbiyalash ishiga
ko„maklashish respublikamiz miqyosida olib borilayotgan islohotlar negizida o„sib
kelayotgan yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalash muammosi asosiy
o„rinda turadi. Prezident I.A.Karimovning qo„yidagi fikrlari yuqoridagi
fikrimizning isbotidir. ”Aytish kerakki, kadrlarni
puxtaroq qilib tayyorlamasdan,
ularning qadriga yеtmasdan, ularga ishonmasdan va qo„llab-quvvatlamasdan,
o„ylaymanki, biron bir sohada ahvolni hech qanaqa tarzda o„zgartirib bo„lmaydi”
3
.
Shu o„rinda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning kasb-hunar ta‟limi tizimi
oldiga quygan asosiy vazifalaridan biri “Dunyoga yangicha ko„z bilan qaraydigan,
yangicha fikrlaydigan, uddaburon, ishning ko„zini biluvchi, buyuk kelajagimiz
poydevorini
quruvchi, yuksaltiruvchi, zamon talablariga javob bera oladigan,
raqobatbardosh, bir so„z bilan aytganda mutaxassis kadrlarni tayyorlashdir”. Yetuk
mutaxassis tayyorlashning bosh omillaridan biri, bu o„quvchining yoshiga
psixologik, fiziologik xususiyatlari,
bilim darajasi, dunyo qarashining ko„lami
hamda ularni aniqlashda psixologik va innavasion pedagogik metodlardan samarali
foydalana olishdir.
O„zbekiston Respublikasi o„z mustaqilligini jahon miqyosida yil sayin
barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi avlodning bilimdon, ma‟naviy
jihatdan barkamol insonlar bo„lib yеtishishiga bog„liqdir. Bu o„rinda inson ruhiyati
uchun to„laqonli, faol, barkamol shaxs sifatida shakllantirish samaradorligini
yanada oshirishda psixologik- pedagogika ilmi va uning amaliyotda to„g„ri bo„lishi
juda muhimdir.Kelajagi, ertangi kuni yorug„, farovon va buyuk bo„lishini o„ylagan
3
Karimov I.A. Barkamol avlod - O„zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T. : 1997.
7
davlat, albatta barkamol avlod tarbiyasiga jiddiy e‟tibor beradi va bu ezgu yo„lda
barcha chora tadbirlarni ko„radi.
Do'stlaringiz bilan baham: