18
Konstiruktiv konfliktlar asoslangan qarorlar qabul qilishga olib keladi va
o‟zaro munosabatlarning rivojlanishiga yordam beradi.Tashkilotlar uchun
konfliktlarning quyidagi asosiy funksional oqibatlarini ajratadilar:
muammo
shunday yo‟l bilan hal qilinadiki, u barcha tamonlarni qoniqtiradi va hamma o‟zini
uning hal qilinishiga aloqadorday his etadi. Hamkorlikda qabul qilingan qaror
tezroq va hayotga yaxshi tatbiq etiladi.Tomonlar munozarali masalalarni hal
qilishda hamkorlik tajribasiga ega bo‟ladilar. Rahbar va buysunuvchilar o‟rtasidagi
konfliktlarni hal etish amaliyoti “Itoatkorlik sindromini”barbod qiladi.Odamlar
o‟rtasidagi munosabatlar yaxshilanadi va bu ixtiloflar yomon oqibatlarga olib
kelmaydi degan qarashlarni namoyon qiladi
Shaxslararo konfliktlar: Bu eng keng tarqalgan konflikt turi hisoblanadi.
Insonlar o„rtasida u har xil nomoyon bo„ladi. Biroq konflikt
sababi - bu nafaqat
xarakterdagi, qarashlaridagi, o„zini tutish, yurish-turishdagi (ya‟ni sub‟ektiv
sabablar), balki ko„proq bunday konfliktlar asosida ob‟ektiv sabablar yotadi.
Ko„pincha bu boy berilgan imkoniyat uchun kurash (moddiy mablag„, jihoz, uy joy
uchun talashish, yuqori ma‟vqe uchun talashish,
kichik maktab yoshidagi
o„quvchilarda boshqalardan o„zini ustun qo„yishga intilish, o„yin faoliyatida
o„yinchoq talashish, sinfda o„z o„rnini egallashga intilish, o„qituvchisiga nisbatan
norozilik kayfiyati paydo bo„lganda) hollarda paydo bo„ladi.
Guruhlararo konfliktlar: Bu jamoat tashkilotlar o„rtasida tarkib topgan normal
va noformal guruhlar o„rtasidagi konfliktlardir. Masalan, ma‟muriyat va oddiy
xodimlar o„rtasida, turli bo„limlar xodimlari o„rtasidagi,
kasaba uyushmasi va
ma‟muriyat o„rtasida yuz beradi.
Psixologik xususiyatlardagi tafovut konflikt kelib chiqishining yana bir jiddiy
sabablaridan biri hisoblanadi. U muhim va asosiy sabablardan emas, lekin
psixologik xususiyatlarni hisobga olmaslik mumkin emas. Har bir odam muayyan
shaxsiy xususiyatga ega: temperament,
xarakter, ehtiyoj, maqsad, odat va
hakozolar. Har bir inson o„ziga xos va yagona. Ammo ba‟zida birgalikda faoliyat
yurituvchi kishilar o„rtasidagi psixologik tofovutlar konfliktning asosiy sababi
19
bo„ladiki, buning natijasida insonlar bir-biri bilan nizoli holatlarga tushib qolish
darajasi yuqori bo„ladi.
Ba‟zi mutaxasislar shaxsning konflikli tiplari mavjud deb hisoblaydilar.
Konflikt sabablarining ko„pligi ularning kelib
chiqish ehtimolini oshiradi, lekin
hamisha konfliktli harakatlarga olib kelmaydi. Konfliktga kirgan tamon o„z fikrini
ma‟qullashlariga urinadi va boshqalarga ham shunday bo„lishga xalaqit beradi.
Shuning uchun bunday hollarda konfliktlarni boshqarish kerak bo„ladi, zero
konflikt oqibatlari funksional (konstruktiv) va disfunksional (destruktiv)
oqibatlarga bo„linadi. Konfliklarni boshqarishning tashkiliy va shaxslararo usullari
mavjud.
Tashkiliy metodlarga quyidagilar kiradi:
talablarning aniq-ravshan ifodalanishi, ya‟ni ish natijalariga bo„lgan talablar
har bir kishiga qanday tushuntirilsa boshqalarga ham xuddi shunday tushuntirilishi
va aniq huquq va burchlari belgilanishi;
qulay mexanizmlardan foydalanish, ya‟ni
bunda maxsus integrasiya
xizmatini yaratish va barchaning maqsadini birlashtirish;
umumiy maqsadni aniqlash va umumiy qadriyatlarning shakllanishi, ya‟ni
misol uchun o„qituvchi va o„quvchilarning istiqbolidagi hamkorlik;
turli manfaatlar to„qnashuvi jarayonida faoliyat samaradorligiga zarar
yеtkazmaydigan rag„batlantirish usullaridan foydalanish;
Konflikt nazariyasida konflikt vaziyatlarda faoliyatning beshta asosiy
strategiyasi ajratiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: