51
8.
G‘afur G‘ulomning qaysi asari sizga yoqadi?
9.
Adibning qaysi asarini oynai jahonda tomosha qilgansiz?
Reja asosida uy-muzeyi direktori, adibning
qizi Olmos Ahmedova
talabalar bilan muzey hovlisida uchrashadi.
Toshkent shahrining Beshyog‘och maydoni Arpapoya mahallasidagi 1-uy
G‘afur G‘ulomning hovlisidir. Bir paytlar shoir istiqomat qilgan bu hovli
keyinchalik muzeyga aylantirilgan. Uy-muzey ikki qavatdan iborat bo‘lib,
oynavand eshik orqali muzeyga kiriladi. Muzey ichi katta va shinam bo‘lib, u
yerda shoirning hayotiga, ijodiga aloqador barcha manbalar saqlanmoqda. Hovli
o‘rtasida juda katta bo‘lmagan bog‘ barpo qilingan. Bog‘ning
chekka tomonida
esa G‘afur G‘ulomning haykali qad rostlagan.
Muzeyga kirar ekansiz, G‘afur G‘ulom xarakteriga xos bo‘lgan
ko‘tarinkilik, yumorga boylik, xushchaqchaqlik sizga sherik bo‘ladi. Muzey
xodimasi muzey bilan o‘quvchilarni tanishtiradi:
Bu hovli butun dunyo shoirlari to‘planadigan manzil bo‘lgan. G‘afur
G‘ulom o‘zbek xalqining yirik shoiri
va mashhur yozuvchisi ekanligi, bu muzey
1983 yilda tashkil topgan bo‘lib, 2004 yil shoirning yuz yilligi arafasida
52
Prezidentimiz farmoni bilan qayta tiklanganligi haqidagi ilk ma’lumotlar bilan
boshlanishi mumkin. G‘afur G‘ulom sira ham odamsiz tura olmas edi.
Hamma
vaqt uyi to‘la odam bo‘lgan. Shoir 1903 yil 10 mayda tug‘ilganligi, shoir
yashagan uy va uning eski shaharda joylashganligini suratlar orqali berilgan. SHoir
dastlab 1912 yilda otasidan ayrildi va katta farzand bo‘lganligi tufayli oilaning kun
kechirishi, tashvishlari uning zimmasiga tushdi. Uning 3 ta singlisi bo‘lgan.
Shoirning “Sen yetim emassan” she’ri ana shu qiyinchilik, yetimlik va muhtojlik
kunlarini eslab yozilgan bo‘lsa kerak.
Yetimlik nimadir–
Bizlardan so‘ra.
O‘ninchi yillarning
Sargardorligi;
Isitma aralash
Qo‘rqinch tush kabi,
Xayol ko‘zgusidan
O‘chmaydi sira.
Men yetim o‘tganman,
Oh, u yetimlik...
Voy bechora jonim,
Desam arziydi.
Boshimni silishga
Bir mehribon qo‘l,
Bir og‘iz shirin so‘z
Nondek arzanda...
Mana shu satrlarda shoirning dardli istiroblari qog‘ozga tushirilgan.
Bundan tashqari G‘afur G‘ulomning “Vaqt”, “Sog‘inch”, “Kuzatish” she’rlari,
“Suv va nur” nomli balladasi mashhur bo‘lib,
ularning ilk namunalari, birinchi
nusxalari shu muzeyda saqlanmoqda. U ishchi dehqonlarga atab “Ko‘kan”
dostonini 1939 yil “Shum bola” qissasini yozdi. Bu qissa bugungi kunda rus,
qozoq, tojik tillariga tarjima qilingan. O‘z davrida shoir M.Shayxzoda, H.Olimjon,
53
Zulfiya, shogirdi S.Ahmad bilan birgalikda ijod qilgan. Uning eng sevimli
shogirdlaridan biri Said Ahmad. Shoir uni “ijod parisi” deb atagan.
Sevimli
yozuvchimiz Said Ahmad ustozi G‘afur G‘ulom haqida eslab, bu xonadonda
domlaning mashhur asarlarining dunyoga kelishini, aziz o‘g‘lidan judo bo‘lib
yig‘lanagini,
qiz uzatib, o‘g‘il uylagan daqiqalarini, qizalog‘ining sochiga lenta
taqqanidan tortib bolalarini, nevaralarini opichlab yurganini ko‘rganman–deb
yozadi. G‘afur G‘ulom A.Navoiyning “Farhod va Shirin”
dostonini nasriy
bayon qildi. Bundan tashqari Shekspirning “Otello”, “Qirol Lir” tragediyalarini ilk
bor o‘zbek tiligiga tarjima qilgan. G‘afur G‘ulom xalq hayoti bilan bevosita tanish
bo‘lganlgi sababli xalq uni uch marotaba deputatlikka saylagan. Shoirning 6 ta
farzandi 3 o‘g‘il va 3 qizi bo‘lgan. Ularning ismlari Xolida, Olmos, Toshxon
o‘g‘illarining ismi Mirzo Ulug‘bek,
Mirzo Abduqodir, Mirzo Xondamir. G‘ofur
G‘ulomning ijodini uning farzandlaridan Olmos G‘ufurova davom ettirdi. U 2000-
yilda “Buyuk xizmatlari” orderi bilan taqdirlandi. Birinchi prezidentimiz
I.Karimov “G‘ofur G‘ulomning ijodi faqat O‘zbekistonda emas avvalambor har
tamonlama butun dunyoga mashhur” degan edi.
Talabalar G‘afur G‘ulom haqida to‘plagan materiallar asosida o‘zlarini
qiziqtirgan savollar berib, javob eshitishga muvaffaq bo‘ldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: