Alisher navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyot universiteti o`zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/30
Sana13.07.2022
Hajmi1,28 Mb.
#789093
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
сайдуллаева муаззам ёзувчи хаети ва ижоди

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


56 
 
 
 
 
III bob. BMI ning amaliyotga tatbiqi
3.1. Tajriba sinov ishlari va ularning natijalariga oid tahlillar 
 
Ma’lumki, maktab adabiy ta’limida 5-sinfdan boshlab adabiyot fan sifatida 
mustaqil o‘qitila boshlanadi. Bungacha o‘quvchilarda “O‘qish” kitobidagi asarlar 
mutolaasi va ularning tahlili bilan tanishish orqali badiiy asarni o‘qish va uqish 
malakalari shakllantirilgan bo‘ladi. O‘quvchilarning yoshi ortishi bilan ulardagi 
hayotni anglash, uni tushunish, yashashdan maqsad kabilarni ham anglay 
boshlashlarining guvohi bo‘lamiz. Bu sohada esa o‘quvchiga eng yaqin va haqiqiy 
do‘st, maslakdosh – badiiy adabiyotdir. Zero, adabiyot – hayotning inikosi. 
Birinchi prezidentimiz I. A. Karimov: 
“Insonni, uning ma’naviy olamini kashf 
etadigan yana bir qudratli vosita borki, u ham bo‘lsa, so‘z san’ati, badiiy 
adabiyotdir. Adabiyotni insonshunoslik deb, shoir, yozuvchilarni esa inson 
ruhining muhandislari, deb ta’riflanishi bejiz emas, albatta”
14
 
– deb 
ta’kidlagan edilar. Badiiy adabiyot ma’naviyatni oziqlantiruvchi manba sifatida 
o‘quvchi-yoshlar dunyoqarashiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Adib voqealarni 
hayotdan, insonlarning o‘zidan olib, unga badiiylik, obrazlilik “libos”ini kiydiradi, 
shu holatda yana kitobxonga qaytarishi hech kimga sir emas. Katta hayot 
zinalarini birma-bir bosib yuqorilayotgan bola uchun, u yashayotgan yurt, mahalla, 
oila, maktab, do‘stlar davrasidagi muhit kelajakda qanday inson bo‘lishini 
ta’minlaydi. Biz, adabiyot o‘qituvchilari, o‘z darslarimizni bolaning badiiy 
tafakkurini, mustaqil fikr yuritish va hayotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat 
qiladigan darajaga yetkaza olsak, o‘zi o‘qiyotgan har qanday matnga ijodkorona va 
tanqidiy nazar bilan qaray oladigan o‘quvchini shakllantirsak oldimizga qo‘ygan 
14
I. A. Karimov. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. –T.: Ma’naviyat , 2008. 134-bet.


57 
maqsadga bir qadar erishgan bo‘lamiz. Xususan, 5-sinfda yozuvchi tarjimayi holi 
va darslikda berilgan asarining o‘zaro chambarchas bog‘liqlikda o‘qitilishi bu 
darslarning jonli, qiziqarli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. 
S. Ahmedov, B. Qosimov, R. Qo‘chqorov, Sh. Rizayevlar muallifligida 
“Adabiyot 5. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma” nomi bilan chop etilgan 
o‘qituvchi kitobidagi A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasini o‘rganish yuzasidan 
berilgan metodik maqolada quyidagicha tavsiyalarni o‘qishimiz mumkin: 

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish