46
IV.
“Qarorlar shajarasi”
(“Qarorlar qabul qilish texnologiyasi”)
usuli
asosida ishlash. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linadilar. Har bir guruh asarning badiiy,
ijtimoiy va ma’naviy qimmatini aniq dalillar asosida ochib beradilar. Bu borada
quyidagi jadvalni yaratish mumkin. (jadval o‘quvchi tomonidan to‘ldiriladi. 2-
rasm).
2-rasm
“Kecha va kunduz” romani
№ Badiiy qimmati
Ijtimoiy qimmati
Ma’naviy qimmati
1.
2.
3.
va
h.
V.
Debat tashkil etish.
O‘quvchilar o‘rtasida asardan
olingan taassurottlari
bo‘yicha bahs uyushtiriladi. Ularning e’tiboriga quyidagi savollar havola etiladi:
1. Sizning fikringizcha, agar Akbarali vafot etmaganda asar syujeti qanday
kechar edi?
2. Siz qandya fikrdasiz, Zebini bunday qismatdan qutqarish mumkinmidi?
IV.
Savol-javob asosida o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash.
1.
Cho‘lponning hayoti va ijodi haqida qanday ma’lumotlarga
ega bo‘ldingiz?
2.
Cho‘lponning “Kecha va kunduz” romani qanday asar?
3.
Asarning bosh g‘oyaviy yo‘nalishi nimadang iborat?
4.
Zebi (Akbarali, Razzoq so‘fi, Eshon, Miryoqub)
obrazi
mohiyatini ochib bering.
5.
Siz yozuvchining mahoratini qanday baholaysiz?
6.
Insonparvarlik
g‘oyaviy yo‘nalishini asarning qaysi
o‘inlarida ko‘rish mumkin?
47
7.
Asarning yechimi nimadan iborat?
8.
Asarning milliy istiqlolni ta’minlashdagi ahamiyati qanday?
Darsni tashkil etishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning mustaqil faoliyat
yuritishlariga qaratiladi. O‘qituvchining dars jarayonidagi o‘rni o‘quvchilar
faoliyatini yo‘naltirish,
maslahat berish, fikrlarini umumlashtirish va yakuniy
xulosani bayon etishdan iborat bo‘lishi lozim.
Ma’lumki, so‘nggi paytlarda boshqa sohalar kabi ta’lim tizimida ham
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash keng ommalashmoqda. “Veb
kamera” – o‘quvchilarni badiiy asarlar mutolaasiga qiziqish uyg‘otishning
ta’sirchan vositalaridan bo‘lib, taniqli ijodkorlar
bilan masofadan turib video
muloqot o‘rnatish usulidir. Uning qulayligi va afzalligi shundaki, bunda
o‘quvchilar o‘zlari sevgan shoir yoki yozuvchilar bilan Internet tarmog‘ida
jonli
muloqot o‘rnatishga muvaffaq bo‘ladilar. Buning uchun Skype, Mail.ru Agent,
Google Talk, kabi maxsus dasturlar bo‘lishi talab etiladi.
Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga mazkur usulni tatbiq etish kompyuter,
multimediya vositalari bilan bir qatorda internetga tezkor
ulanish qurilmasi USB
modem va veb kamera kabi qo‘shimcha uskunalardan ham foydalanish zaruriyatini
taqozo etadi.
Taniqli adiblar bilan noan’anaviy shaklda uchrashuvlar tashkil etish uchun
foydalanuvchilar global tarmoqqa ulangan hamda ularning kompyuterida veb-
kamera qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Muloqot chog‘ida
tomonlar ekranda
bir-birlarining harakatli tasvirlarini ko‘rib, ovozlarini eshitish imkoniga ega
bo‘ladilar. Videoaloqa kompyuter vositasiga ulangan “Veb kamera” deb ataluvchi
maxsus qurilma yordamida amalga oshiriladi.
Video muloqot o‘tkazilishi rejalashtirilgan xonaga ikkita kompyuter
o‘rnatish zarur bo‘lib, ulardan biri
USB oraqali Internetga ulanish, ikkinchisi esa
multimediya vositalaridan foydalanish uchun tayyorlab qo‘yiladi. Yuqori qismida
veb kamera uskunasi mavjud monitor o‘quvchilar ko‘rib turishi uchun qulay joyga
qo‘yiladi.
48
Uchrashuv kuni, vaqti ijodkor bilan o‘qituvchining ma’lum shaklda
(elektron pochta, uyali telefon aloqasi yoki individual tarzda)gi suhbatidan so‘ng
aniqlanadi va ma’lum tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Bunday ta’lim vositalari asosida tashkil qilingan darslar o‘quvchilarning
faolligini yanada oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: