Кино ва телевидениеда монтаж



Download 2,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/74
Sana13.07.2022
Hajmi2,72 Mb.
#787979
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
Bog'liq
Montaj - Sh.T. Xusanov 2018

Vertikal montaj 
– bunda tasvir (kadr yoki epizod) 
musiqaning biror fazasi bilan uyg‘unlashtirilgan holda montaj 
qilinadi. Bunday montajning ijodkori film obrazli qurilmasidan, 
g‘oya va mazmundan kelib chiqib, musiqa bilan mutanosib 
uyg‘unlashuvini tashkil etishini mumkinligini isbotlagan. 
Intellektual montaj 
– uning mohiyati bugun juda oddiy 
tuyulishi mumkin. O‘shanda esa dunyo miqiyosidagi kino 
kashfiyoti bo‘lgan edi. Turli tushuncha va mazmunga ega ikki 
kadr montajda yangi tushuncha, yangi ma’no kasb etadi. 
Intellektual montaj kino san’atining ruhiy-ma’naviy qudratini 
oshirdi, hizmatini, estetikasini ham kengaytiradi. Rejissyor 
izlanishlari bu montaj borasida yana bir kichik, lekin yorqin
kashfiyot – “ichki monolog” prinspiga yo‘l ochdi. Bu prinsip 
kinodramaturgiya 
va 
rejissurada 
keng 
qanot 
yozdi. 

qahramonning fikran teran, ruhan chuqur obrazini yaratishga
yordam beradi. Zero ichki monologda qahramon xatti-
harakatlarini, atrof-muhit bilan munosabatlarini tushunishga
yordam beradigan his-tuyg‘ular, o‘ylari yorqin ochiladi. 
 
Nazorat savollari: 
1. Ritm montaj nima va uning imkoniyatlari qanday? 
2. Ritm montajdan badiiy filmlarda ham foydalaniladimi? 
3. Ritm montajini biror misol bilan tushuntirib bering. 
4. Klip montajining imkoniyatlari qanday? 
5. Klip montajini biror misol bilan tushuntirib bering. 
 
2.8 Montaj san’atiga oid qo‘shimcha tushunchalar
 
Montajda refren
Refren so‘zi qadimiy fransuz tilidagi 
refraindre

takrorlash
so‘zidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi, takrorlash, 
takrorlanuvchi degan ma’nolarni anglatadi. usuli qadimgi yunon 
she’riyatida ham ko‘zga tashlanadi. Takrorlanuvchi naqorat 
umuman, turli musiqiy shakllarda xalq qo‘shiqlarida keng 


179
tarqalgan. Takrorlash usuli kino san’atida ham o‘z o‘rnini topdi. 
Osonroq 
tushunish 
uchun, 
yana 
o‘sha 
usullardan 
foydalanamiz. “Shox Saltan haqida ertak”da A.S.Pushkin bir 
to‘rtlikni o‘z asarining bir necha joyida takroran qo‘llagan: 
dengizda shamol esar; kema to‘lqinni kesar; yelkanlarin shishirib; 
kema kelar pishqirib. 
Griffit “Betoqatlik” filmida har uchchala davrdan hikoya 
qiluvchi novellar o‘rtasiga bir xil kadrni – beshik tebratayotgan 
ona tasvirlarini bir necha bor qayta-qayta montaj qilgan. Griffit 
bu bilan betoqatlikning turli davrlarda qaytarilishiga urg‘u 
bermoqchi bo‘lgan va o‘z kadrlarini kadr ortidan Uitmenning 
so‘zlari bilan to‘ldirgan: “...Hozir ham, xuddi o‘tmishdagi kabi 
beshik insonlarga huddi o‘sha ehtiroslarni, hursandchilik va g‘am-
anduhni olib kelganicha to‘xtovsiz tebranmoqda...”
Refrendan yumoristik usul sifatida, hayot va uning 
mavjudligini tushunib yetishning chuqur falsafiy bir usuli sifatida 
ham foydalanish mumkin. 
Mavzu yanada tushunarli bo‘lishi uchun bir nechta o‘zbek 
filmlaridan ham misol keltirishga harakat qilamiz.
Mashxur va iste’dodli o‘zbek kinorejissyori A.Hamraevning 
“Inson qushlar ortidan boradi” (drama, 1975 y.) filmida ham 
refren usulidan moxirona darajada foydalanilganligiga guvoh 
bo‘lish mumkin. Mazkur film qahramoni Farux film davomida 
juda ko‘p qiyinchiliklarni boshidan kechiradi, zo‘rlik va 
adolatsizliklarga guvoh bo‘ladi. U xo‘rlik va azob bilan yuzma-
yuz kelgan paytda kadrda yam-yashil nasha narkotik o‘simligi 
barglari va to‘lg‘oq dardida qiynalayotgan bemor onasining ter 
bilan qoplangan mungli yuzi aks etgan kombinatsiyalangan kadr 
namoyish etiladi. Bu kadrlarni siz filmning 5-6 ta joyida hech 
qanday o‘zgarishsiz takrorlanayotganligini ko‘rishingiz mumkin. 
Bu azobga to‘la kadr filmda o‘ziga hos leytmotiv
42
sifatida 
namoyon bo‘ladi. Kadrlarning bu kabi takrorlanishi aynan mana 
shu tasvirlarga alohida urg‘u berishga va tomoshabinning ong 
ostiga muayyan fikrni joylashtirishga yordam beradi. 
 
42
leytmotiv
– asarning asosiy g‘oyasi, ilgari surilayotgan fikr. 


180

Download 2,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish