173
davrda “kadrlar orqali so‘zlash” va “montaj iborasi” kabi
tushunchalar paydo bo‘lgan.
Uzunligi bir soniyadan besh
soniyagacha bo‘lgan hamda qandaydir voqeaning rivojlanishi
ko‘rsatuvchi qisqa kadrlarning davomliligi, haqiqatdan ham
ma’lum so‘zlardan tarkib topgan gapni yodga solgan.
Ritmli montajga misollarni Dziga Vertov, Vsevolod
Pudovkin, Lev Kuleshov va boshqa ko‘plab
ijodkorlarning
asarlarida uchratish mumkin. Huddi musiqa asarida qisqa va uzun
bo‘laklar
almashinib
turganidek,
ritm
ham
planlar
almashinuvining davomliligi, kadrlarning o‘rin almashinish
tezligi sifatida qabul qilingan.
Aytaylik, bir soniya vaqtni shartli o‘lchov birligi sifatida
oldik. Ritmli ko‘rinishda montaj qilingan kadrlarning ekrandagi
uzunligini,yoki boshqacha aytganda,
bu kadrning ekranda
namoyish etilish vaqtini raqamlar shaklida yozib chiqilsa
quyidagicha ko‘rinishda namoyon bo‘lgan bo‘lardi:1-1-1-3-1-1-1-
3yoki 2-2-4-2-2-4- 2 – 2 - 4.
Bu mutlaqo, eng qisqa kadrning uzunligi bir soniya bo‘lishi
kerak degan ma’noni anglatmaydi. Bu montaj ketma-ketligidagi
eng qisqa plan istalgan uzunlikda, masalan 1,3 soniya, 2,2 soniya
bo‘lishi mumkin. Lekin bu, boshqa kadrlar eng qisqa kadrga
nisbatan ikki yoki uch marta kattaroq uzunlikkaega bo‘lishi
mumkinligini
bildiradi, masalan, 2,6 soniya yoki 4,4 soniya va
h.k.
Aka-uka
Vasilevlar
hatto
ekranda
o‘q otayotgan
pulemyotning ritmini ko‘rsatib berishga urinib ko‘rishgan. Buning
uchun ular bor yo‘g‘i ikki kadrikli uzunlikka ega bo‘lgan va goh
chap tomonga, goh o‘ng tomonganavbatma-navbat o‘q otayotgan
pulemyot aks etgan kadrlarni montaj qilishgan. Bu esa har bir
kadrning uzunligi sekundning 1/12 qismichalik yoki 0,038 sekund
uzunlikka ega ekanligini ko‘rsatadi.
Ritmli montajda kompozitsiyasi jihatidan turlicha bo‘lgan
kadrlarning muayyan musiqiy
kompozitsiya ohangiga mos
ravishda almashinib turishi albatta, ekranda effektli ko‘rinadi.
Biroq, ko‘pincha hamma kadrlarni bir xil davomiylikka ega qilib
kesish va ularni o‘zaro ulashga intilish yaqqol formalizmdan
boshqa narsa bo‘lmay qoladi. Bu holatni ko‘pincha zamonaviy
musiqiy videokliplarda uchratish mumkin.
174
Gap shundaki, har bir kadr uning
yirikligidan kelib chiqib
o‘zida turlicha obraz, turlicha detallarni va tabiiyki, turli
miqdordagi ma’lumotni aks ettiradi. O‘z-o‘zidan ayonki turli
miqdordagi axborotni anglash uchun esa tomoshabinga shunga
yarasha vaqt talab etiladi. Agar siz
biror musiqiy klipni montaj
qilayotganingizda ritmni saqlab turish maqsadida idrok etish
uchun ko‘proq vaqt talab qilinadigan kadrni qisqaroq qilib kesib
qo‘ysangiz, boshqacha aytganda, tomoshabinga bu kadrni
tushunishi uchun kerak bo‘lgan vaqtdan kamroq vaqt bersangiz, u
holda tomoshabinda sizning bu “asar”ingizga nisbatan ichki
norozilik paydo bo‘ladi, yoki bo‘lmasa,
unda ekranning tezlikda
miltillashidan boshqa taassurot qolmaydi.
Kino san’atida ovozning paydo bo‘lishi bilan musiqiy ritm
bilan hisoblashmasdan tasvirlarni ritmli montaj qilish butunlay
imkonsiz bo‘lib qoldi.
Bugun musiqiy va reklama kliplarni yaratishda mualliflar
ritmli yig‘ilgan audio-vizual montajdan faol foydalanishga
intilmoqdalar. Biroq bu usul tasvirga olishda va montaj jarayonida
ijodkordan katta mahoratni, alohida yondashuvchi talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: