165
boshqaruvchi ishchiga chizmani tushuntirmoqda,
samosval
kuzovidan shag‘al to‘kilmoqda, kran suyuq beton solingan katta
chelakni shundoqqina kamera ustiga olib keladi, buldozer qumni
yuklamoqda, hamma yoqqa chang ko‘tarilgan va hokazo.
Operator albatta kadrlarni tasvirga olishda eng yaxshi
nuqtalardan, rakurslardan ma’lum ijodiy yondashuv bilan tasvirga
tushiradi. Kadrlar asosan o‘rta va yirik planlarda,
ish qurollari,
inson qo‘llari, gavdasining harakati iloji boricha ekranning katta
maydonini egallaydigan qilib tasvirga olinadi. Rejissyor ham
montaj qilishda harakatlarning eng faol va yorqin ifodalangan
lahzalarni tanlaydi. Lekin bunday usulda montaj qilishda odatda
bir xil yo‘nalishdagi yoki bir-biriga yo‘nalish jihatdan yaqinroq
bo‘lgan
harakatlar, hatto birinchi kadrdagi harakatni ikkinchisi
davom ettirayotgandek taassurot beruvchi harakatlar aks etgan
kadrlarni o‘zaro montaj qilish yaxshi samara beradi.
Buni so‘zlar bilan tushuntirish bir oz mushkul, yaxshisi buni
ko‘rish va sinab ko‘rish kerak.
Olingan kadrlarni rejissyor dinamik va g‘ayratli musiqa
bilan montaj qiladi va natijada, tomoshabinda qurilishda rostdan
ham “ish avjida” ekan degan umumiy tasavvur hosil bo‘ladi.
Kinematografchilar jargonida bu uslubni ba’zan kadrlarning
qisqa muddatlarda tez-tez o‘zgarib turganligi uchun “bobsley” deb
ham atashadi. Bobsley
bu – bir necha o‘rinli boshqariladigan sport
chanasida o‘tkaziladigan sport musobaqasidir. Bunday chanalar 2
va 4 o‘rinli bo‘lib, ularning tezligi ba’zida 135-150 km/soatgacha
yetadi. Bunday musobaqalarni televidenie
orqali translyatsiya
qilish jarayonida chanalarning juda tez harakatlanishi tufayli
translyatsiya rejissyorlari efirga uzatilayotgan kadrlarni har
soniyada almashtirib turishadi. Bu jargon so‘z aynan shu
musobaqalarni efirga uzatuvchi rejissyorlar va operatorlar orasida
birinchi bo‘lib tarqalgan bo‘lsa ajab emas.
Mavzuli montajga yana bir misol qilib “sanash usuli”ni
keltirishimiz mumkin.
Misol uchun: “Bugun, Chukchalar va Belarussiyaliklar,
Hitoyliklar va Avstraliya aborigenlari,
amerikaliklar va arablar,
yahudiylar
va
yaponiyaliklar
asr
uchrashuvi
– jahon
chempionatining final bahsini tomosha qilmoqdalar”. Albatta bu
matnga mos ravishda televizorlari oldida qiziqarli sport o‘yinini
166
kuzatib o‘tirgan turli millatga mansub futbol muxlislari ketma-
ketlik bilan har xil rakursli kadrlarda ko‘rsatiladi. Bunda har bir
millat
vakillarining
tashqi
ko‘rinishlari, liboslari,
futbol
ko‘rayotgan sharoitlari bir-biridan tubdan farq qilishi kerak.
Xuddi shunday usuldan filmlarning treylerlarida
38
va televizion
anonslarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: