Perebivka
Perebivka so‘zi rus tilidagi
perebit
–
bo‘lmoq, kesmoq
so‘zidan olingan bo‘lib, montajda bu so‘zni chalg‘itish, fikrni
bo‘lish ma’nosida ishlatiladi.
Montajda perebivka tomoshabinni
asosiy voqeadan bir oz muddatga chalg’itish uchun ishlatiladi.
Bir epizod ichida qo‘shni kadrlardagi, ya’ni o‘zidan oldingi
va keyingi kadrlardagi ob’ektlarni o‘zida aks ettirmagan alohida
kadrga perebivka deyiladi.
«Perebivka» uchun kinematografchilar va televizion
ishchilar –deyarli mo‘jizaviy so‘z, sehri atam desak ham
bo‘ladi.Nazarimizda, bu so‘zning kuchini hatto maktabda birinchi
sinf o‘quvchilari va “ilg‘or” bog‘cha bolalari hambilishadi.
Bu usulning kelib chiqishi ham ekranda vaqtning tabiiy
oqiminibuzish
bilan
bog‘liq. Perebivka usuli–tomoshabin
diqqatini
vaqtincha
boshqa
bir
ob’ektgayoki
voqeaga
chalg‘itishga
vatomoshabin
chalg‘iganvaqtdan
foydalanib
qahramonning mazkur epizoddagi bir ishni yakunlab boshqa bir
harakatniboshlab olishini ta’minlashga qaratilgan. Albatta,
rejissyor bu usuldan qahramonning biror ishni oxiriga yetkazib
bo‘lib keyin boshqa yana bir ishni boshlashini kutib o‘tirgisi va
bu uzoq davom etadigan jarayon bilan tomoshabin vaqtini
o‘g‘irlashni istamagan paytda foydalanadi.
Perebivka kadri montaj ketma-ketligida doimo ekranda
kechayotgan voqeaning tabiiy vaqt oqimida hosil bo‘lgan
uzilishni to‘ldirish uchun foydalaniladi.
Bir tomondan qaralsa perebivka –bu qahramonning aslida
yuz berishi kerak bo‘lgan uzluksiz harakatini atayin uzib qo‘yish
demakdir.Lekin
boshqa
tomondan,perebivka
usuli
tomoshabingaana shu vaqt qisqarishini sezilmaydigan qilish
uchunham ishlatiladi. Bu usul – tomoshabinda, aslida uzilgan
qismlardan iborat bo‘lgan voqealarni xuddi uzluksiz, yaxlit va
vaqt bo‘yicha tabiiy rivojlanayotgandek taassurot uyg‘otishni
nazarda tutadi.
Bu usulning asosida oddiy hayotiy o‘xshashlik yotadi.
Bezorilarbiror odam bilan atayin urush chiqarish uchun shunday
usuldan foydalanishadi. Sizning jig‘ingizga tegish uchun atayin
kichikroq vakillarini yuborishadi. U sizni boplab so‘kadi. Siz
asabiylashasiz, ana u surbet yigitchani ta’zirini berib qo‘yishga
181
shaylanasiz. Biroq, shu onda sizni kimdir chaqiradi. Siz beixtiyor
ovoz kelgan tomonga qaraysiz. “Bopla uni, ta’zirini berib qo‘y”–
deydi sizga g‘alamis. Siz o‘z nigohingizni yana pakana yigit
tomonga qaratasiz. Ne ko‘z bilan ko‘ribsizki uning o‘rnida har bir
mushti kalladay keladigan davangirday yigit turibdi.
Siz ovoz kelgan tomonga angraygan paytingizda, yigitlar
almashib olishgan, vaziyat o‘zgargandi. Mana sizga perebivka
usuliga yaqqol misol.
Ekran
san’atida rejissuraning vazifalaridan biri –
chegaralangan ekran vaqti doirasida asarning eng yorqin va
ifodali qismlarni tanlab olish va ikkinchi darajalilarini chiqarib
tashlash yo‘li bilaniloji boricha ko‘proq ma’lumot berishdir.
Perebivka ijodkorlarga bu vazifani ko‘p hollarda aynan elegant va
oddiy usulda, sezilmaydigan qilib, badiiy omillarni yo‘qotmagan
holdabajarishga yordam beradi.
Yana bir oddiy misolga e’tibor qaratamiz. Televizion
tasvirga
olish
guruhi
mashxur
iqtisodchi-akademikning
kvartirasigakelishdi. Undan zamonaviy dolzarb bir masala
bo‘yicha intervyu olish kerak va intervyuningfaqat uch minutli
qismi ko‘rsatuvdan joy oladi.
Chiroqlar qo‘yilgan, kamera yoqilgan, birinchi savol ham
berildi. Tasvirga olish boshlandi.
Barcha savol va javoblarni tasvirga olish uchun 15 daqiqa
vaqt sarflandi va bu vaqt davomida kamera faqat akademikni
tasvirga olib turdi. Material montaj qilish uchun studiyaga olib
borildi. Tasvirga olingan materiallar rejissyor va montajchining
qo‘liga kelib tushdi. Akademik bildirgan fikrlar, uning nigohi,
qo‘l harakatlarijuda qiziqarli va original. Biroq 15 daqiqalik
videomaterialdan faqat 3 daqiqasini qoldirish mumkin xolos.
Montajchi rejissyorning rahbarligi ostida intervyuning eng yaxshi
va qiziqarli qismlarini tanlab oladi, ularni kesib oladi va bu
qismlarni shunchaki birin-ketin birlashtirib chiqadi. Natijada 3
daqiqa 10 soniyalik rolik paydo bo‘ldi. Vazifa bajarildi desak ham
bo‘ladi. Ekranga qaraymiz: daxshat!
Intervyu berish davomida akademik yetti marta huddi elektr
stolida tok urgandek sapchib ketdi. So‘zlarini esa juda yaxshi
gapirgan!
182
80-yillarda bu intervyu huddi shu ko‘rinishda efirga
uzatilivergan bo‘lardiyam. Biroq keyinchalik, 20-asr oxiriga kelib
kimdirbu holatga chek qo‘ydi. Zamonaviy elektronika boshqa
“mo‘jizalarni” yaratishga ham imkon bera boshladi. Kadrlar
ulangan choklarga, birinchi kadrdan ikkinchi kadrga o‘tganda
qahramon holati o‘zgarib qolgan vaziyatlarda, masalan boshi bir
oz egilib qolgan yoki qo‘lini bir oz ko‘targan va hokazo
holatlarda ana shu chok o‘rtasiga bir lahzalik oq ekran tasvirini
montaj qo‘yib efirga beraverishgan.
“Aqlli boshlar” akademik va tomoshabinni o‘zaro o‘rin
almashishga majbur qilishdi. Akademik endi ekranda juda a’lo
darajada gapirar, endi uning o‘rniga ekran qarshisida o‘tirgan
tomoshabin
sakray
boshladi.
Yorqin
oq
ekran
tasviri,
fotoapparatning chaqmoqli “vspishka”si kabi tomoshabinni bir
lahzaga ko‘zini qamashtiradi. Ekranda oq ekran “chaqnagan”
paytda u beixtiyor ko‘zlarini berkitar, va tabiiyki, ekranda
akademikning holati o‘zgarib qolganini ko‘rolmay qolardi.
“Qoyilmaqom usul!”, bundan battari bo‘lmaydi!
Bundan qariyb yarim asr muqaddam, bizning buyuk
ustozimiz, rejissyor, kino nazariyotchisi L.V.Kuleshov o‘zining
“Rejissura asoslari” deb nomlangan ajoyib darsligini yozgandi.
“Perebivka” usuli haqida bu kitobda turli misollar bilan sodda va
tushunarli tilda yozib qo‘yilgan. Keling, ana shu kitobda
keltirilgan misollarni ko‘rib chiqamiz!
Akademikni
tasvirga
olish
jarayonida
bu
xafsalasiz
televidenie rejissyorlari aslida nima qilishlari kerak edi?
O‘zini va boshqalarni hurmat qiladigan boshqa haqiqiy
professional rejissyorlar kabi, bor yo‘g‘i perebivka uchun kadrlar
tasvirga olishlari kerak edi!
Iqtisodiy muammolarga bag‘ishlangan va butunlay jurnalist
va
akademik
D.Lvovning
suhbatidan
iborat
bo‘lgan
ko‘rsatuvlarning birida rejissyor va operator perebivka kadrlari
sifatida olimni hurmat va diqqat bilan tinglayotgan jurnalistning
o‘zini tasvirga olishgan. Ular ko‘rsatuvni tayyorlashda olimning
salbiy fikrlarini, gapirish chog‘ida tutilishlari yoki takrorlashlarni
chiqarib tashlash kerak edi. Montajda ular akamedikning nutqi
yozilgan kadrlar orasiga uning o‘ychan holda o‘tirgan kadrlarini
ham qo‘yishgan.
183
Perebivka usulidan foydalanib nimaga erishildi? Savolning
birinchi qismiga javob berib bo‘lganidan so‘ng olim jurnalist
bilan suhbatning davomi haqida fikrlashib olishga qaror qiladi.
Takliflarni olganidan so‘ng u yana gapirishda davom etdi.
Matnning birinchi qismi so‘ngida olim kursiga suyanib o‘tirgandi,
suhbatning ikkinchi qismi boshida esa u stolga tirsaklarini tirab
olgancha
o‘tirgan.
Montajchi
avvaliga
matnni,
ya’ni
akademikning fikrlarini montaj qilib chiqdi, ana undan keyin
fonogrammaning uzunligi bo‘yicha akademik aks etgan birinchi
kadrning tugash qismini va ikkinchi qismning boshini kesib
tashladi, ularning ulangan joyiga esa suhbatdoshini diqqat bilan
tinglab o‘tirgan jurnalistning tasvirlarini montaj qilib yubordi.
Ekranda o‘z suhbatdoshini diqqat bilan tinglab turgan aqlli
inson
haqidagi
bir
tekis
rivojlanuvchi
hikoya
hosil
bo‘ldi.Tomoshabinga bunday montajdan keyin ko‘rish qo‘layligi
yaratilishi
aniq.Tomoshabinning
esa
hatto
akademikning
so‘zlaridan qandaydir qismlarining kesib tashlanganligi hayoliga
ham kelmaydi
.
Perebivka –bu ko‘p tarqalgan va juda sodda usuldir. Badiiy
kinoda, multiplikatsiya va animatsiyada, hujjatli va ilmiy
ommabop kino sohasida, televideniedagi istalgan ko‘rsatuvlarda
uning imkoniyatlaridan faol foydalniladi. Bu usulning mohiyati
tomoshabinning diqqatini vaqtincha biror boshqa ob’ekt yoki
voqeaga chalg‘itib turishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |