201
nuqtai nazardan metro hisoblanadi.
Metro bekatlarining kengligi, yorug‘ va
chiroyli qilib ishlanganligi va havosi tez almashtirib turilishi sababli odamlarga
huzur bag‘ishlaydi. Poezdlarning vaqtida kelib-ketishi aholining qimmatli vaqtini
tejaydi va manzilga tezda etkazadi.
Ushbu qulaylik bizning respublikamizda ham mavjud. Mana ko‘p yillardan
beri O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida er osti poezdlari hamda Prezidentimiz
SHavkat Miromonovich Mirziyoevning tashabbusi bilan er usti poezdlari
uzog‘imizni yaqin qilib kelmoqda.
Ushbu turdagi transportlarda, stansiyalarda favqulodda vaziyatlar o‘ta xavfli
hisoblanib, juda ko‘p odamlarning hayoti bilan bog‘liq. Misol uchun Yaponiya
davlataning Tokio shahrida bo‘lgan zaharli modda bilan bog‘liq
favqulodda
vaziyat yoki Rossiya davlatining Moskva shahri metrosidagi mudhish hodisalarni
keltirish mumkin.
Toshkent metrosining birinchi yo‘nalishdan ikkinchi yo‘nalishga o‘tish
joylarida ertalabki va kechki gavjum vaqtning o‘zida minglab fuqorolarimiz
to‘planadi. Keyingi paytlarda metropoliten yo‘laklaridan o‘tish joylarida
o‘zboshimchalik bilan faoliyat ko‘rsatgan turli xil savdo do‘konchalari
yo‘lovchilaryaning harakatiga bevosita halaqit berish bilan birgalikda ma’lum bir
favqulodda vaziyatlar paytida noxush oqibatlarni keltirib chiqarishi ehtimoldan
holi emas.
Metropoliten loyihalanayotgan paytda uning o‘tish yo‘llarida hech qanday
qo‘shimcha qurilishlar ko‘zda tutilmagan. Shu nuqtai nazardan, ya’ni metropoliten
qurilishi me’yoriy hujjatlar talabi bo‘yicha o‘tkazish yo‘llarining
funksiyasiga
faqat yo‘lovchilarni o‘tkazib yuborish kiradi.
Bu borada ham ehtiyotkorlikni oshirmoq qolaversa sodir etilishi ehtimoli
bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadga muvofiq. YA’ni ushbu
soha mutasaddi xodimlari barcha noxush holatlarni oldini olish chora-tadbirlarini
ko‘rishi maqsadga muvofiq.
Oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar:
Rejaviy-profilaktik ko‘rik va texnik ta’mirlash tadbirlarini vaqtida
o‘gkazilishi, texnik nosoz transport vositasidan foydalanmaslik, barcha turdagi yo‘l
harakati qoidalariga rioya qilish,
haydovchilarning, tarmoq odimlarining ish
yuzasidan bilim malakalarini oshirib borish, yo‘l tarmoqlarini me’yoriy talab
darajasida saqlash va h.k.
Metro ichidagi telemoslamalarda muhofazalanish to‘g‘risidagi qisqa
videolavhalar ko‘rsatib borish. Qonunning tarmoqqa aloqador qismlariga so‘zsiz
amal qilish.
Muhofazasi:
O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va
harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining 558-sonli qaroriga
muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi sanoatda konchilikda
ishlarning bexatar olib
borilishini nazorat qilish davlat qo‘mitasi”ga “kon, ruda, kimyoviy, neft va gaz
qazish hamda qayta ishlash sanoati va “Toshmetroqurilish” ob’ektlarida ishlarni
olib borishning ahvoli va xavfsizligi ustidan davlat nazoratiga rahbarlik qilish”
202
ishlari yuklatiladi. Bundan tashqari “Toshmetroloyiha” instituti, “Toshkent
metropoliteni boshqarmasi” ekspluatatsiyasi uchun mas’ul huquqiy shaxslardir.
Korxonalardagi avariyalar davomida ko‘p tonnalik idishlar buzilishi
oqibatida KTZM (Kuchli ta’sir etuvchi zaharli modda)
korxona hududiga tarqalishi
oqibatida korxona ishchilaridan tashqari korxona yaqinida yashayotgan aholining
sog‘ligiga ham zarar keltirishi mumkin. Zarar keltirish miqyosi havoga tarqalgan
KTZM ning miqdori, uning konsentratsiyasiga, fizikaviy va kimyoviy xossalari,
meterologik
sharoitlari, hudud relefi, shahar va qishloqlardagi imoratlarning
zichligiga bog‘liq. KTZM tarqalganda avvalo korxonaning hududida yuqori
konsentratsiyaga ega bo‘lgan “bulut” paydo bo‘lib, uning tarqalishi davomida
ikkilamchi bulut vujudga keladi va korxonadan tashqariga ham tarqaladi.
Ikkilamchi bulut konsentratsiyasi birlamchisiga qaraganda ancha past bo‘lgani
bilan, insonlar sog‘ligi uchun xavf tug‘diradi.
Demak, zararlangan hududda bo‘lgan odamlar radiaktiv moddalar bilan
zararlangandan so‘ng, mehnatga
layoqatsiz deb topilib, so‘ngra og‘ir kasalga
chalinishi va halok bo‘lishi mumkin. Shuning uchun aholini va birinchi galda
iqtisodiyot ob’ektlaridagi xodimlarni muhofaza qilish uchun quyidagi tadbirlarni
bajarish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Jumladan:
- texnologik jarayonlardagi yong‘in va kimyoviy xavfli hodisalarni
xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini barpo etish;
- yirik (yalpi) yong‘inlar chiqishi imkoniyatini bartaraf etish bo‘yicha
tadbirlarni bajarish;
- iqtisodiyot ob’ektlarini avariyasiz to‘xtatish tadbirlarini bajarish;
- favqulodda vaziyatda ishlab chiqarish xodimlarini shoshilinch muhofaza
qilish va evakuatsiya qilish uchun sharoit yaratish;
- texnologik jarayonlardagi yong‘in va kimyoviy
xavfi bor moddalarni
xavfsizlariga almashtirish tadbirlarini bajarish;
- ishlab chiqarishda yong‘in va kimyoviy xavfli moddalar ishlatilishiga yo‘l
qo‘ymaydigan texnologiyalar ishlab chiqish;
- yonilg‘i, suyuqlik va KTZM solingan idishlar atrofini tuproq tortib,
(bordyur bilan) o‘rash;
- kimyoviy xavfli ob’ektlarda xavfsizlik choralarini ko‘rish;
Ishlab chiqarish va xo‘jalik aloqalari ishonchliligini oshirishning asosiylari
quyidagilar hisoblanadi:
- favqulodda rejimga mo‘ljallab, mol etkazib beruvchilar bilan ishlab
chiqarish aloqalarini maksimal darajada kamaytirish;
- avariyada ta’minlash ko‘chma vositalarini ko‘paytirish;
- xom ashyo, materiallar va h.k. zahiralari muhofazada bo‘lib-bo‘lib
saqlanishini tashkil etish.
Do'stlaringiz bilan baham: