O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal - maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” Boshlig‘ining
Buyrug‘i
ANORGANIK SUYuQ KISLOTA VA IShQORLARDAN FOYDALANIShDA XAVFSIZLIK QOIDALARINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan 2009-yil 13-iyuldagi 6-15/10-5552/6-son]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. Anorganik suyuq kislota va ishqorlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari tasdiqlansin.
2. Mazkur qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olinganidan so‘ng o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.
Boshliq o‘rinbosari A.N. YuNUSOV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-iyun,
126-son
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2009-yil 16-iyundagi 126-sonli buyrug‘i bilan
“TASDIQLANDI”
ANORGANIK SUYuQ KISLOTA VA IShQORLARDAN FOYDALANIShDA XAVFSIZLIK QOIDALARI
Ushbu “Anorganik suyuq kislota va ishqorlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari” tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi 57-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-sonli “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. “Anorganik suyuq kislota va ishqorlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari” (keyingi o‘rinlarda — Qoidalar), tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, quyidagi xavfli moddalar ishlatiladigan xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi barcha korxona va tashkilotlarga joriy etiladi:
anorganik ishqorlar — massaning 20% va undan yuqori konsentratsiyadagi litiy oksidi (LiOH) gidrati, natriy oksidi (NaOH) gidrati, kaliy oksidi (KON) gidrati;
anorganik kuchli kislotalar — xomashyo, reagentlar sifatida ishlatiladigan, massaning 15% va undan yuqori konsentratsiyadagi sulfat kislota (H
2SO
4), azot kislota (HNO
3), xlorid kislota (HC1), plavik kislota (HF), xlor kislota (HCIO
4) va boshqa kislotalar;
ko‘rsatilgan ishqor va kislotalarni (tarasining turidan qat’iy nazar) tashish, saqlash, quyish va to‘kish bilan bog‘liq obyektlar.
Anorganik kislota va ishqorlar ishlatiladigan portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlarda mazkur Qoidalar “Portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan kimyo, neft kimyo va neftni qayta ishlash korxonalari uchun umumiy portlash-yong‘in xavfsizligi qoidalari” bilan bir qatorda amal qiladi.
2. Ushbu Qoidalarning talablari sinil kislota ishlatiladigan ishlab chiqarishlarga joriy etilmaydi.
3. Kislota va ishqorlar o‘yuvchi, ya’ni zararli yoki buzuvchi (teri, ko‘z va shilliq pardalarda shish, kuyish, dag‘allashish) ta’sir ko‘rsatadigan moddalar hisoblanadi.
Kislotalar (xlorid, sulfat, azot, plavik va h.), konsentratsiyalangan ishqor eritmalari (o‘yuvchi natr, o‘yuvchi kali va h.), ammiak eritmalari teriga tekkanda kimyoviy kuyish sodir bo‘ladi. Quruq holdagi ishqor teriga tekkanda uni kuydiradi.
Eng ko‘p ishlatiladigan kislota va ishqorlarning asosiy fizik-kimyoviy va toksik xossalari 2, 3-ilovalarda keltirilgan.
4. Faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarishlarni mazkur Qoidalarga muvofiqlashtirish tartibi va muddatlari anorganik suyuq kislota va ishqorlar ishlatiladigan ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan har qaysi konkret holatda o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
5. Ushbu Qoidalarning talablari joriy etiladigan tashkilotlarda quyidagilar bo‘lishi kerak:
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanishga doir faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma (litsenziyalar);
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida texnik qurilmalarni, shu jumladan xorijda ishlab chiqarilgan, qo‘llash uchun ruxsatnoma;
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishda zarar yetkazilganlik uchun javobgarlikni sug‘urtalash to‘g‘risida shartnoma;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida hujjatlar;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarini qurish, kengaytirish, rekonstruksiya qilish, texnik qayta jihozlash, konservatsiya qilish va tugatish uchun loyiha hujjatlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ishlarni xavfsiz olib borish qoidalarini belgilab beruvchi normativ huquqiy va normativ texnik hujjatlar;
rezervuarlar, texnologik uskunalar, quvurlar, armaturalar, saqlovchi qurilmalar, nazorat, boshqaruv tizimlari asboblari, bino va inshootlarning pasportlari va boshqa foydalanish hujjatlari.
6. Aniq xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish zaruriyati O‘zbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida” gi Qonunining 19-moddasi talablariga muvofiq belgilanadi.
7. Xavfli ishlab chiqarish obyektida sanoat xavfsizligi talablariga rioya qilinishi ustidan ishlab chiqarish nazorati to‘g‘risidagi nizom obyektdan foydalanishning o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi.
8. Avariya vaziyatlarini lokallashtirish va bartaraf etish rejasi (AVLBR) “Korxonalarning portlash-yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan obyektlarida avariya vaziyatlarini lokallashtirish va bartaraf etish rejalari (AVLBR)ni ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyalar” (RPA-94 30.09.94 y.)ga muvofiq ishlab chiqiladi.
Ishlab chiqarish nazorati to‘g‘risidagi nizom va AVLBR tashkilot rahbari tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
9. Yangi ishlab chiqarishlarni foydalanishga qabul qilish va faoliyat ko‘rsatayotganlaridan foydalanish o‘rnatilgan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyiha va texnologik hujjatlar bo‘lgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
10. Har qaysi ishlab chiqarish uchun texnologik reglament ishlab chiqiladi, kelishiladi va tasdiqlanadi. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazorati ostidagi, anorganik suyuq kislota va ishqorlar ishlatiladigan ishlab chiqarish obyektlari uchun reglamentlarni ishlab chiqish, ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi, ularning amal qilish muddati, shuningdek mazmuni o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
11. Texnologik sxemaga, apparat jihozlariga, nazorat, aloqa, xabar berish va avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimlariga o‘zgartirishlar kiritish loyiha va texnik hujjatlarga loyihani ishlab chiqqan yoki shunga o‘xshash obyektlarni loyihalashga ixtisoslashgan tashkilot bilan kelishilgan o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng loyiha hujjatlari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan sanoat xavfsizligi ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirdagina amalga oshirilishi mumkin. Kiritilgan o‘zgartirishlar butun texnologik tizimning ish qobiliyati va xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi kerak.
12. Anorganik suyuq kislota va ishqorlar ishlatiladigan ishlab chiqarish obyektlarida tajriba ishlarini bajarish, texnik qurilmalar, avtomatlashtirilgan tizimlarning tajriba namunalarini sinovdan o‘tkazish o‘rnatilgan tartibda amalga oshiriladi va rasmiylashtiriladi.
13. Ishlab chiqarish travmatizmi holatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.06.97 yildagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq komissiya tomonidan tekshiriladi.
14. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasining hududiy organlari nazorati ostidagi obyektlarda baxtsiz hodisalarga olib kelmagan avariya sabablarini tekshirish o‘rnatilgan tartibda “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi sohaviy inspeksiya vakili boshchiligidagi maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
15. Anorganik kislota va ishqorlar ishlatiladigan ishlab chiqarish sexlari, uchastkalari va tashqi qurilmalarning xavfli zonalarida ko‘rinarli joylarda davlat standartlariga muvofiq tayyorlangan xavfsizlik belgilari osib qo‘yiladi.
16. Operatorlarning ish joylarida quvurlar, bloklar o‘rtasidagi va bloklar ichidagi armaturalar, nazorat, o‘lchov va avtomatlashtirish funksional sxemalari belgilangan ishlab chiqarish texnologik sxemasi osib qo‘yiladi. Apparatlar (idishlar) sex texnologik sxemasida, loyihada va reglamentda bir xil raqamlanishi va uskunalarga tushirilgan raqamlarga to‘g‘ri kelishi kerak.
17. Ushbu Qoidalar joriy etiladigan ishlab chiqarishlardan foydalanish bilan bog‘liq xodimlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli buyrug‘iga muvofiq o‘rnatilgan tartibda ishga qabul qilinayotganda dastlabki tibbiy ko‘rikdan, keyin esa davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tishadi.
18. Xodimlar O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Vazirligi 16.04.2009-yildagi 13-3/B-sonli “Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning Namunaviy me’yorlari”ga muvofiq o‘rnatilgan tartibda yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan ta’minlanadi.
19. Anorganik kislota va ishqorlar ishlatiladigan tashkilotlarning xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tartibi “O‘zkimyosanoat” DAK korxonalari va tashkilotlarida ishlovchilarni xavfsizlik texnikasi bo‘yicha instruktajdan o‘tkazish, o‘qitish va bilimlarini tekshirish tartibi to‘g‘risida nizom” RH-003-06 (16.12.2006-y.) ga muvofiq belgilanadi.
20. Anorganik kislota va ishqorlar ishlatiladigan yangi qurilayotgan ishlab chiqarish obyektlari seliteb zona, hududning seysmikligi hamda boshqa tabiiy va texnogen omillarning ta’sirini hisobga olgan holda qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq joylashtirilishi kerak.
21. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2003-yil 6-oktabrda tasdiqlangan Tartibga muvofiq mehnat sharoiti zararli ishlarda bevosita band bo‘lgan xodimlarga bepul sut yoki unga tenglashtirilgan boshqa oziq-ovqat mahsulotlari berilishi lozim.
22. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 127-moddasiga muvofiq xodimga ish kuni (smena) davomida dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berilishi kerak, bu tanaffus ish vaqtiga kiritilmaydi.
Tanaffus berish vaqti va uning aniq muddati ichki mehnat tartibi qoidalarida, smena grafiklarida yoki xodim bilan ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilab qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish sharoitiga ko‘ra dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus berish mumkin bo‘lmagan ishlarda ish beruvchi xodimga ish vaqtida ovqatlanib olish imkoniyatini ta’minlashi shart. Bunday ishlarning ro‘yxati, ovqatlanish tartibi va joyi ichki mehnat tartibi qoidalarida belgilab qo‘yiladi.
II bob. Texnologik uskunalar, quvurlar va armaturalar
23. Anorganik kislota va ishqorlar ishlatiladigan ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnik qurilmalar uchun ulardan foydalanishning konkret sharoitlarini hisobga olgan holda xizmat muddati (resurs) belgilanadi. Xizmat muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar foydalanish hujjatlarida ko‘rsatiladi.
24. Ishlab chiqarish uskunalarining har qaysi turi uchun nomenklaturasi davlat standartlarida keltirilgan foydalanish hujjatlari to‘plami rasmiylashtiriladi.
25. Kislota va ishqorlar uchun quvurlarni tayyorlash, montaj qilish va ulardan foydalanish QMQ 3.05.05 “Texnologik uskunalar va texnologik quvurlar” talablariga muvofiq olib borilishi lozim.
26. Foydalanish sharoitlariga ko‘ra maksimal yo‘l qo‘yiladigan loyiha parametrlaridan ortiq bosim yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kislotalar va ishqorlar uchun mo‘ljallangan texnologik uskunalar va quvurlar bosimning yo‘l qo‘yiladigan qiymatdan oshishidan himoyalaydigan saqlovchi qurilmalar bilan jihozlanishi kerak.
27. Bosimning oshib ketishidan saqlovchi qurilmalar ularning soz holatini nazorat qilish imkoniyatini ta’minlagan holda anorganik kislota va (yoki) ishqorlarning korroziyaviy ta’siridan himoyalangan bo‘lishi kerak.
28. Saqlovchi qurilmalarning o‘tkazish qobiliyati GOST 12.2.085 (1-ilova) talablariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
29. Uskunalarda o‘rnatilgan saqlovchi qurilmalar ishlab ketganda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning shikastlanish ehtimolini, kislota va ishqorlarning ish hududiga va atrof-muhitga tushishini oldi olingan bo‘lishi kerak. Saqlovchi klapanlardan chiqadigan kislota va ishqorlar maxsus idishlarga tushiriladi.
30. Kislota va ishqorlarni saqlash uchun mo‘ljallangan idishlarni bo‘shatish usullari va quyish uzellarining tuzilishi loyihachi tomonidan belgilanadi.
31. Suyuq kislota yoki ishqorlarni saqlash uchun mo‘ljallangan idishli uskunalar (hajmi 1 m
3 va undan ortiq bo‘lgan rezervuarlar, yig‘gichlar)da pastki quyish quvurlari ikkita qulflash qurilmasi bilan jihozlanishi, ulardan biri bevosita idish shtutseriga ulangan bo‘lishi kerak.
Loyiha bo‘yicha o‘rnatilgan uzoqdan turib boshqariladigan qulflash va (yoki) ajratish qurilmalarining ishga tushish davri 120 sekunddan oshmasligi kerak.
32. 45°S dan ortiq qiziydigan xona ichidagi va 60°S dan ortiq qiziydigan xona tashqarisida joylashgan quvurlarning tashqi yuzalari issiqlikni kam o‘tkazadigan va yonmaydigan materiallar yordamida izolatsiyalanishi kerak. Issiq quvurlardagi issiqlik izolatsiyasining sozligi va tozaligi muntazam nazorat qilinishi lozim. Uskunalarning issiqlik izolatsiyasi, agar u zarur bo‘lsa, qurilish me’yorlari va qoidalari talablarini hisobga olgan holda loyiha bo‘yicha bajariladi.
33. Kislota va ishqorlar uchun mo‘ljallangan texnologik uskunalar va quvurlar uchun ularning ishchi muhitga nisbatan korroziyaviy chidamliligini ta’minlovchi materiallar ishlatilishi lozim. Quvurlarni tayyorlash uchun asosan payvandlab ulangan choksiz uglerodli po‘lat quvurlar ishlatilishi lozim. Flanetsli ulanmalar soni minimal bo‘lishi kerak. Flanetsli ulanmalarni armatura o‘rnatiladigan yoki quvurlar apparatlarga ulanadigan joylarda, shuningdek foydalanish sharoitlariga ko‘ra quvurlarni tozalash va ta’mirlash uchun vaqti-vaqti bilan qismlarga ajratish talab etiladigan uchastkalarda qo‘llash ruxsat etiladi. Quyish qurilmalari va echib olinadigan uchastkalar ham ularning agressiv muhit ta’siriga nisbatan chidamliligini ta’minlovchi materiallardan tayyorlanishi kerak. Asoslangan hollarda nometall materiallardan tayyorlangan quvurlarni o‘tkazish ruxsat etiladi.
34. Po‘lat quvurlarni montaj qilishda loyiha-konstruktorlik va me’yoriy-texnik hujjatlarga muvofiq tayyorlangan namunaviy fason elementlar ishlatilishi lozim.
Otvodlar maxsus stanoklarda bukish usuli yordamida tayyorlanganda ularning egrilik radiusi kamida quvur diametrining uch barobari miqdorida bo‘lishi kerak.
35. Estakadalarda o‘tkaziladigan kislota va ishqorlarni tashish uchun mo‘ljallangan quvurlar mexanik shikastlanishlardan himoyalangan bo‘lishi kerak.
Jumladan:
a) tushayotgan predmetlardan (quvurlar ustida ko‘tarish qurilmalari va oson tushadigan bostirmalarni joylashtirish ruxsat etilmaydi);
b) transport vositalari zarblaridan, buning uchun quvur xavfli uchastkalardan uzoqroqda joylashtiriladi yoki to‘siqlar bilan ajratiladi;
v) har xil quvurlar ko‘p yarusda o‘tkazilganda kislota va ishqor quvurlari eng pastki yaruslarda joylashtirilishi lozim.
36. Korxonalarning hududlari tashqarisidan o‘tkaziladigan zavodlar o‘rtasidagi kislota va ishqor quvurlari uchun ularning har ikkala tomonidan kamida 2 metr kenglikda qo‘riqlanadigan zona ko‘zda tutilishi kerak. Bunday zonalar chegarasida quvurdan foydalanuvchi tashkilotning roziligi va nazoratisiz ishlarni bajarish ruxsat etilmaydi.
37. Kislota va ishqor quvurlarining flanetsli ulanmalarida himoya kojuxlari bo‘lishi kerak. Quvurlar temir yo‘l va avtomobil yo‘llarini kesib o‘tgan joylarda, eshik tuynuklari ustida, shuningdek deraza va balkonlarning ustida va ostida, ish maydonchalari, sexlarning ichidagi va korxona hududidagi xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning asosiy o‘tish joylari va transport o‘tish yo‘llari ustida armaturalar, kompensatorlar, drenaj qurilmalari, flanetsli va rezbali ulanmalarni joylashtirish ruxsat etilmaydi.
38. Kislota va ishqor quvurlarining flanetsli ulanmalarini zichlash uchun qistirma materiallari tashiladigan muhitning fizik-kimyoviy tarkibi va uning ishchi parametrlariga qarab tanlanadi.
39. Kislota va ishqor quvurlarida me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq germetik qulflash armaturasi qo‘llanilishi kerak. Armaturaning konstruksiyaviy materiallari tashiladigan muhitga nisbatan chidamlilik va armaturadan muhit parametrlarining yo‘l qo‘yiladigan diapazonida ishonchli foydalanishni ta’minlash sharoitlaridan kelib chiqqan holda tanlanadi.
40. Qulflash armaturalari ularga xizmat ko‘rsatish qulay bo‘lgan joylarda o‘rnatilishi kerak.
41. Kislota va ishqor quvurlarini kislota va ishqorlardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan binolarning tashqi devorlaridan va yordamchi, ma’muriy va maishiy xonalar orqali o‘tkazish ruxsat etilmaydi. Temir yo‘l va avtomobil yo‘llari, piyodalarning o‘tish joylari bilan kesishgan joylarda quvurlar tarnov ichiga olinishi, oqqan kislota va ishqorlar loyihada belgilangan xavfsiz joyga chiqarilishi kerak.
42. Kislota va ishqorlar tashiladigan quvurlarga boshqa quvurlar (payvandlamasdan mahkamlanadigan issiqlik yo‘ldoshlaridan tashqari) mahkamlanmasligi kerak.
43. Kislota va ishqorlar quvurlar orqali tashilganda ularning qotib (kristallashib) qolishini oldini olish uchun tashqi quvurlarning issiqlik yo‘ldoshi va issiqlik izolatsiyasi bilan o‘tkazilishi ko‘zda tutilishi kerak.
44. Kislota va ishqor quvurlarini o‘tkazishda ularning eng kam uzunlikda bo‘lishi ta’minlanishi, osilib qolishi va to‘xtab qoladigan joylarning yuzaga kelishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.
45. Kislota va ishqor quvurlari ulardagi suyuqlik texnologik idish yoki maxsus baklarga to‘liq oqib tushishini ta’minlovchi nishablikda o‘tkazilishi lozim.
46. Kislota va ishqor quvurlari uchun loyihada belgilanadigan ularni yuvish, bug‘ yordamida tozalash, vakuumlash va siqilgan, shu jumladan quritilgan, havo yoki azot yordamida tozalash imkoniyati ko‘zda tutilishi lozim.
47. Kislota va ishqor quvurlarida butun quvurni yoki uning alohida uchastkalarini quvurlarda tiqinlar o‘rnatish va ularni bo‘shatish, yuvish, havo bilan tozalash va mustahkamlik va germetiklik bo‘yicha sinovdan o‘tkazish uchun ishlab turgan texnologik tizimlardan uzib qo‘yish imkoniyatini ta’minlovchi qulflash armaturalari o‘rnatiladi.
48. Texnologik uskunalar va quvurlar apparatlar va ularning elementlariga xizmat ko‘rsatish, ularni ta’mirlash va almashtirish qulayligi va xavfsizligini hisobga olgan holda joylashtirilishi kerak.
49. Quvurlarda GOST 14202 talablariga muvofiq tanitish bo‘yog‘i, ogohlantiruvchi belgilar va tamg‘alash shitlari bo‘lishi kerak.
50. Kislota va ishqor quvurlari mustahkamligi va zichligi bo‘yicha me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq gidravlik yoki pnevmatik bosim yordamida tekshiriladi.
51. Foydalanishga kiritilishidan oldin kislota va ishqorlar uchun mo‘ljallangan quvurlar va armaturalarning germetikligi me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq ishchi bosimda tekshirilishi kerak.
52. Kislota va ishqor quvurlari, qulflash armaturalari va saqlovchi klapanlarni taftish qilish hajmlari va muddatlari me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi va texnik hujjatlarda ko‘rsatilishi kerak.
53. Uskuna va quvurlarni foydalanishga kiritishdan va ta’mirlash uchun to‘xtatishdan oldin tekshirish va tayyorlash tartibi tashkilotning texnik rahbari tomonidan tasdiqlangan maxsus yo‘riqnomalarga muvofiq belgilanadi.
III bob. Texnologik jarayonlarning nazorat qilish, boshqarish, signalizatsiya va avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimlari
54. Kislota va ishqorlar ishlatiladigan texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish boshqaruv xonasida joylashgan operator ish joyidan turib amalga oshirilishi, bunda jarayon xavfsizligini belgilab beruvchi texnologik parametrlarni nazorat qilish va ularni boshqarish, avariyaoldi va avariya vaziyatlari signalizatsiyasi vositalarini uskuna joylashgan joyda va operator (xonasida) ham o‘rnatilishi kerak.
55. Texnologik parametrlar (sarf, bosim, harorat)ni o‘lchash va tartibga solish ishchi muhitda korroziyaga chidamli yoki uning ta’siridan himoyalangan texnik qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
56. O‘rnatilgan tartibda attestatsiyadan o‘tkazilmagan, shuningdek qiyoslash muddati o‘tgan nazorat-o‘lchov asboblari va avtomatlashtirish vositalaridan foydalanish ruxsat etilmaydi.
57. O‘lchash, avtomatizatsiya vositalariga texnik xizmat ko‘rsatilishi, bosh muhandis (texnik rahbar) tasdiqlagan, texnik xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha majburiy ishlar ro‘yxatiga asosan amalga oshiriladi.
Texnik xizmat ko‘rsatilishida olib borilayotgan barcha ishlar haqida tezkor (operativ) jurnalga yozish amalga oshiriladi.
Nazorat qilish, boshqarish, signalizatsiya va avariyaga qarshi himoya tizimlari nosoz yoki o‘chirilgan texnologik jarayonlarni olib borish va uskunalarni ishlatish ruxsat etilmaydi.
Istisno hollarda, uzluksiz jarayonlar uchun tashkilot texnik rahbarining yozma ruxsatnomasi bilan ayrim parametr bo‘yicha himoyani faqat kunduzgi smenada qisqa muddatda o‘chirib qo‘yish ruxsat etiladi. Bunda texnologik jarayon va ishlarni bajarish xavfsizligini ta’minlovchi tashkiliy-texnik tadbirlar va ishlarni tashkil etish loyihasi ishlab chiqiladi. Uzib qo‘yish davomiyligi ishlarni tashkil etish loyihasida belgilanadi.
Bunday hollarda avariyaoldi signalizatsiyasini uzib qo‘yish ruxsat etilmaydi.
Texnologik jarayonlarni avtomatik boshqarish tizimlarida qo‘lda deblokirovka qilish ruxsat etilmaydi.
58. Kislota va ishqorlar saqlanadigan idishlar chegaraviy sath qiymatlari signalizatsiyasiga ega suyuqliklarning sathini o‘lchash, nazorat qilish va tartibga solish vositalari va belgilangan chegaraviy sathga etganda ularni idishga uzatilishini avtomatik tarzda uzib qo‘yadigan vositalar yoki suyuqlikning ortiqcha quyilishiga yo‘l qo‘ymaydigan boshqa vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
59. Kislota va ishqorlar ishlatiladigan ishlar olib boriladigan xonalarda havoning holatini muntazam nazorat qilish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Foydalanish sharoitlariga ko‘ra kuchli ta’sir ko‘rsatadigan kislota va ishqor bug‘lari ajralib chiqadigan xonalarda yo‘l qo‘yiladigan chegaraviy konsentratsiya (ChYQK) me’yordan oshganligini bildiruvchi signalizatsiya bilan birga ularning havodagi miqdorini avtomatik nazorat qilish ta’minlangan bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilgan xonalarda ChYQK me’yordan oshib ketganda quyidagilar ishga tushishi kerak:
a) boshqaruv xonasida va joyda yorug‘lik va tovush signallari;
b) zarur hollarda atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni yutuvchi avariyaviy tizim bilan blokirovka qilingan avariya ventilatsiyasi.
60. Foydalanish sharoitlariga ko‘ra ishchi hudud havosiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan kislota va ishqor bug‘lari ajralib chiqishi mumkin bo‘lgan ochiq maydonchalarda joylashgan omborxonalarda, quyish-tushirish punktlarida ChYQK me’yordan oshganligini bildiruvchi signalizatsiyali avtomatik nazorat ko‘zda tutilishi lozim. Ko‘rsatilgan joylarda ChYQK me’yordan oshib ketganda boshqaruv xonasida va joyda yorug‘lik va tovush signallari ishga tushishi kerak. Bunda barcha gazlanganlik holatlari asboblar yordamida qayd etilishi kerak. Datchiklarning sezuvchanlik chegarasi, ularning soni va joylashishi loyihada belgilanadi va asoslanadi.
61. Ishlab chiqarish xonalari, kislota va ishqorlar ishlatiladigan joylar ikki taraflama baland ovozli va (yoki) telefon aloqasi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
IV bob. Kislota va ishqorlarni saqlash
62. Belgilangan maqsadiga ko‘ra kislota va ishqor omborlari quyidagi turlarga ajratiladi:
a) kislota va ishqorlarni vagon-sisternalarda oladigan iste’molchi tashkilotlarda kislota va ishqorlarning rezervuarlardagi sarf omborlari;
b) tashkilotning kislota va ishqorlar yetkazib beriladigan vaqtlar oralig‘idagi joriy ehtiyojlari uchun zarur miqdorlarda saqlash uchun mo‘ljallangan kislota va ishqorlarning taralardagi sarf omborlari.
63. Korxona yoki tashkilot hududida bir vaqtda saqlanadigan suyuq kislota va ishqorlarning miqdori minimal bo‘lishi va loyihada asoslanishi kerak. Korxona yoki iste’molchi tashkilot uchun suyuq kislota va ishqorlarning yo‘l qo‘yiladigan miqdori har qaysi iste’molchining 30 sutkalik ehtiyoji miqdoridan oshmasligi kerak.
Respublikaning uzoq tumanlarida joylashgan korxonalar, shuningdek kislota va ishqorlar vagonlarda yetkazib beriladigan iste’molchilar uchun saqlanadigan zaxira miqdorlarining “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan holda loyihada asoslangan oshirilishi ruxsat etiladi.
64. To‘kilgan kislotaning bir qismi qisqa muddat (1 — 3 minut) da atmosferaga o‘tishi natijasida bulut (birlamchi bulut) yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan konsentratsiyalangan kislotalar saqlanadigan omborlar uchun o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan kimyoviy xavfli obyektlar va transportda sodir bo‘lgan avariya (buzilish)lar chog‘ida kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli moddalar bilan zararlanish ko‘lamini bashoratlash uslubiyoti bo‘yicha xavfli hudud radiusi hisoblab chiqiladi. Birlamchi kislota buluti hosil bo‘lishi ehtimoli ishlab chiqarishda ishlatiladigan kislotalarning xossalari asosida ombor loyihachisi tomonidan belgilanadi, ishlab turgan omborlar uchun esa buni loyihani ishlab chiqqan tashkilot yoki tegishli ixtisosdagi ekspertiza tashkiloti bilan kelishilgan holda korxonalarning o‘zi belgilaydi.
Hisobiy xavfli hudud radiusi chegarasida turar joylar, madaniy-maishiy maqsadlardagi obyektlarni joylashtirish ruxsat etilmaydi.
65. Birlamchi bulut hosil qilishi mumkin bo‘lgan kislota omborlari hududida uning har qanday nuqtasidan ko‘rinib turadigan shamol yo‘nalishini ko‘rsatkich o‘rnatilgan, gazlanganlik ustidan avtomatik nazorat va avariyaviy suyuqlik chiqishi to‘g‘risida bildiruvchi signalizatsiya bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
66. Kislota va ishqorlar ombori hududida omborning ishlab chiqarish faoliyatiga bevosita aloqasi bo‘lmagan obyektlarni joylashtirish, begona shaxslarning bo‘lishi ruxsat etilmaydi.
67. Kislota va ishqorlar omboridan korxonaning suyuq kislota va ishqorlar iste’moli bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish va yordamchi obyektlarigacha minimal masofa qurilish me’yorlari va qoidalarining sanoat korxonalari bosh rejalariga qo‘yiladigan talablariga muvofiq va xavfli hudud radiusini hisobga olgan holda belgilanadi. Hisobiy xavfli hudud radiusida joylashgan ishlab chiqarish obyektlari xavfli vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida xabar beruvchi tizim bilan jihozlangan bo‘lishi, xodimlar esa tegishli yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
68. Birlamchi kislota buluti yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan yangi loyihalanayotgan kislota omborlari boshqa bino va inshootlarga nisbatan pastroq joylarda va eng yaqin joylashgan aholi punktlariga nisbatan asosiy shamol yo‘nalishlarining shamol esadigan tomonidan joylashtirilishi kerak.
69. Kislotalarni saqlash uchun mo‘ljallangan po‘lat ombor sarf idishlari ularga nam havo va namlik tushishiga yo‘l qo‘ymaydigan vositalar (qurilmalar) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
70. Poydevorlarda yoki tomyopmalarda o‘rnatiladigan kislota va ishqorlar ishlatiladigan texnologik apparatlar sig‘imi avariya sodir bo‘lganda maksimal idishli bitta apparatdagi suyuqlik uchun yetarli bo‘lgan suyuqlikni o‘tkazmaydigan va korroziyaga chidamli poddonlarda yoki bortli maydonchalarda joylashtirilishi kerak. Har qaysi rezervuarlar guruhining himoya to‘sig‘i balandligi to‘kilgan suyuqlikning hisobiy hajmi sathidan 0,2 m baland bo‘lishi kerak.
Poddonlar va bortli maydonchalar avariya oqibatida to‘kilgan suyuqlikni chetga chiqarish va keyinchalik neytrallash uchun statsionar yoki ko‘chma qurilmalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Tashkilotning maxsus kanalizatsiyasiga tushirish qurilmasi bo‘lmagan ochiq ombor poddonlari qo‘shimcha tarzda yog‘in-sochinlardan himoyalangan bo‘lishi kerak.
71. Kislota va ishqorlar rezervuarlarda saqlanadigan omborlar uchun suyuqliklarni har bir rezervuardan boshqa rezervuarlarga, maxsus avariya tizimlariga yoki materiali evakuatsiya qilinadigan mahsulotga nisbatan korroziyaga chidamli texnologik qurilma uskunalariga bo‘shatish imkoniyati ta’minlanishi kerak. Barcha holatlar uchun avariyaviy evakuatsiya tartibi va shartlari avariyaviy vaziyatlarni lokallashtirish va bartaraf etish rejasi (AVLBR)da belgilangan bo‘lishi kerak.
72. Kislota va ishqorlarni ishlatish va saqlash uchun mo‘ljallangan ishlab chiqarish xonalari QMQ 2.04.05 “Isitish, ventilatsiya va kondensatsiyalash” ga muvofiq umumiy havo almashinuv ventilatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Kislota va ishqorlar taralarda saqlanadigan (doimiy ish joylarisiz) xonalarga kirish joylarida xonada gazlanganlik darajasining oshganligini bildiruvchi yorug‘lik signalizatsiyasi va avariyaviy ventilatsiyasi qo‘shish qurilmasi ko‘zda tutilishi lozim.
V bob. Texnologik uskunalar, quvurlar va armaturalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash
73. Ulardan foydalanishning konkret sharoitlarini hisobga olgan holda texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi “Uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash tizimi” va “Ta’mirlash ishlarini bexatar olib borish tartibi to‘g‘risida namunaviy yo‘riqnoma” talablariga muvofiq belgilanadi.
74. Uskunalarni ta’mirlashga tayyorlash va ta’mirlash ishlarini o‘tkazish bilan bog‘liq ochiq olov yordamida bajariladigan ta’mirlash ishlari “Portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan obyektlarda olov bilan olib boriladigan ishlarni bajarish xavfsizligi bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
75. Idishlar, quduqlarning ichida bajariladigan ishlar gaz xavfi bo‘lgan ishlar hisoblanadi va “Gaz xavfi bo‘lgan ishlarni xavfsiz bajarishni tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” talablariga rioya qilgan holda harbiylashtirilgan gaz-qutqaruv xizmati nazorati ostida bajarilishi kerak.
76. Texnologik uskunalar, quvur va armaturalar ta’mirlashga texnik xodimlar tomonidan tayyorlanadi va o‘rnatilgan tartibda ta’mirlash ishlari rahbariga topshiriladi.
77. Yuk ko‘tarish kranlari va yukni ushlash moslamalari ishlatiladigan ta’mirlash qurilish-montaj ishlari “Yuk ko‘tarish kranlarining tuzilishi va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalari” talablariga muvofiq bajarilishi kerak.
78. Ta’mirlash ishlarini bajarish paytida xavf yuzaga keladigan joylarda ogohlantiruvchi plakatlar osib qo‘yilishi, xona ichidagi ta’mirlash hududiga uskuna va materiallarni uzatish uchun mo‘ljallangan tuynuklar to‘silishi kerak.
79. Kislota va ishqorlar muhitida ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilangan me’yoriy muddatdan ortiq ishlagan texnik qurilmalardan foydalanishga ular o‘rnatilgan tartibda texnik diagnostikadan o‘tkazilgandan va qoldik resurs aniqlangandan keyingina ruxsat etiladi.
80. Quvur devorlarining qalinligi buzmaydigan nazorat usuli yordamida aniqlanishi lozim. Buzmaydigan nazorat usulini qo‘llash qiyin yoki imkoni bo‘lmagan joylarda quvur devorlarining qalinligini boshqa usullar yordamida aniqlash ruxsat etiladi.
81. Quvurlarni taftish qilish hajmlari va davriyligi me’yoriy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq belgilanadi va texnik hujjatlarda ko‘rsatiladi.
82. Agar ta’mirlash jarayonida me’yoriy-texnik hujjatlarning barcha talablariga rioya qilingan bo‘lsa; texnik parametr ko‘rsatkichlari, ishonchlilik ko‘rsatkichlari pasport ma’lumotlariga to‘g‘ri kelsa; ushbu uskuna uchun belgilangan ish rejimi ta’minlansa, ta’mirlangan uskunadan uni qabul qilib olish dalolatnomasi ikki tomonlama imzolanib, uskuna va kommunikatsiyalarni ishga tushirish uchun topshiriq olingandan keyin foydalanishga ruxsat etiladi.
VI bob. Yakka tartibda himoyalanish vositalari
83. Anorganik suyuq kislota va ishqorlar bilan bog‘liq ishlar tashkilot xodimlariga o‘rnatilgan tartibda beriladigan yakka tartibda himoyalanish vositalari qo‘llagan holda bajarilishi kerak.
84. Ishchilarga yakka tartibda foydalanish uchun beriladigan yakka tartibda himoyalanish vositalari ish vaqtida ularning ish joylarida bo‘lishi kerak. Ish paytida qo‘llaniladigan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalari ro‘yxati bajariladigan ishlarning konkret sharoitlari va o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda har qaysi ish joyi bo‘yicha mehnatni muhofaza qilishga doir yo‘riqnomalarda keltirilgan bo‘lishi kerak.
Maxsus kiyim va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini korxonadan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.
85. Nafas organlarining yakka tartibda himoyalanish vositalari (NOYaTHV) xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ishlovchilarga ta’sirini oldini olish yoki kamaytirish uchun qo‘llaniladi. Ular GOST 12.4.01 talablariga javob berishi va yuqori darajadagi himoya samaradorligini va qulaylikni ta’minlashi, mehnat faoliyati uchun eng optimal sharoitlarni yaratib berishi kerak.
86. Qo‘llarni kislota va ishqorlarning ta’siridan himoyalash uchun himoya-profilaktika surgilari, pastalar, kremlar, FS 42-1411 bo‘yicha IER-2 pastasi ishlatilishi kerak.
87. Yakka tartibda himoyalanish vositalaridan uzoq vaqt soz holatda foydalanishni ta’minlash uchun ular puxta saqlanishi — yuvilishi, kimyoviy tozalanishi, degazatsiyalanishi, changsizlantirishi va ta’mirlanishi, bu ishlar maxsus ajratilgan kirxonalarda korxona hisobidan bajarilishi kerak.
88. Ish kuni tugagandan keyin ishlovchilar yakka tartibda himoyalanish vositalarini tozalashlari va garderob xonasidagi shkaflarda qoldirishlari shart.
Maxsus poyabzal ish kunining oxirida tozalanishi va yaxshilab artilishi kerak. Garderob xonasiga kirish joyida poyabzalni tozalash qurilmasi bo‘lishi kerak.
Ko‘zoynaklarning oynasi, gardishi va korpusi vaqti-vaqti bilan iliq suvda sovunlab yuvilishi va yumshoq salfetka bilan quriguncha artilishi kerak.
Nafas organlarining yakka tartibda himoyalanish vositalariga NOYaTHMdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomada ko‘rsatilgan tartibda qaraladi.
Foydalanishda bo‘lgan protivogazlar har o‘n kunda bir marta dezinfeksiya qilinishi lozim. Boshqa shaxslarga beriladigan protivogazlar ham dezinfeksiya qilinishi kerak. Dezinfeksiya shlem-maskani formalin suvdagi 1 — 3%-li eritmasi, marganets-kislotali kaliyning 1 — 3%-li eritmasi yoki etil spirti bilan artish orqali bajariladi. Dezinfeksiya qilingandan keyin hidni yo‘qotish uchun shlem-maskani quritish kerak.
89. Ishlab chiqarish xonalarida, kislota va ishqor omborlarida, kislota va ishqorlar bilan ishlanadigan joylarda yakka tartibda himoyalanish vositalarining avariyaviy to‘plami, shuningdek avariya vaziyatini lokallashtirish va avariya vaziyatlarida jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish vositalari (o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish dushi yoki vanna, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish rakovinasi va h.) bo‘lishi kerak
VII bob. Shaxsiy gigiyena qoidalari. Sanitariya-maishiy xonalarga qo‘yiladigan talablar
90. Anorganik kislota va ishqorlar ishlatiladigan ishlab chiqarishlarda quyidagilar taqiqlanadi:
maxsus kiyimsiz va yakka tartibda himoyalanish vositalarisiz ishlash;
kasal holda va charchoq holatida kislota va ishqorlar bilan ishlash;
ishchi xonalarda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, ovqat tayyorlash yoki ovqatlanish;
ish joylarida chekish;
spirtli ichimliklar iste’mol qilish.
91. Barcha ishchi xonalarda ko‘rinadigan joylarda baxtsiz hodisalar sodir bo‘lganda zarur materiallar to‘plamiga va birinchi yordam ko‘rsatish uchun dori-darmonlarga ega aptechkalar, shuningdek neytrallovchi moddalar bo‘lishi kerak.
92. Ishlab chiqarish xonalarining ishchi hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi, shovqin va vibratsiyaning yo‘l qo‘yiladigan me’yorlari o‘rtacha og‘ir (P-a, P-b) toifaga mansub ishlar uchun:
|
II-a
|
II-b
|
Sovuq davrdagi harorat, °S
|
18-20
|
17-19
|
issiq davrdagi harorat, °S
|
23-25
|
22-24
|
nisbiy namlik, %
|
40-60
|
40-60
|
havoning harakatlanish tezligi sovuq davrda, m/s
|
0,2
|
0,2
|
havoning harakatlanish tezligi issiq davrda, m/s
|
0,3
|
0,3
|
shovqin darajasi, dB
|
70
|
80
|
vibratsiya darajasi, dB, ko‘pi bilan
|
92
|
92
|
93. Ko‘rib bajariladigan ishlarning xususiyatlariga qarab kislota va ishqorlar ishlatiladigan va saqlanadigan korxonalarning ishlab chiqarish va yordamchi binolarini tabiiy va sun’iy yoritishga qo‘yiladigan talablar (tabiiy yoritilganlik koeffitsiyenti, me’yorlangan yoritilganlik, ko‘zni qamashtirish ko‘rsatkichlarining yo‘l qo‘yiladigan birikmalari, pulsatsiya koeffitsiyentlari), shuningdek korxonalar hududini sun’iy yoritishga qo‘yiladigan talablar QMQ 2.01.05 “Tabiiy va sun’iy yoritish” bo‘yicha qabul qilinishi lozim.
94. Ovqatlanish uchun maxsus xonalar ajratiladi. Suvni faqat ichimlik suvi favvorachalaridan yoki gazlangan suv avtomatidan iste’mol qilish ruxsat etiladi.
95. Maishiy xonalarning tarkibi, maydoni, soni QMQ 2.09.04 “Korxonalarning ma’muriy va maishiy binolari” ga muvofiq loyihada belgilanadi.
96. Ishlab chiqarish binolarida ish joylaridan hojatxonalar, chekish joylari, isinish xonalari, dushlar, ichimlik suv qurilmalarigacha masofa ko‘pi bilan 75 m, ishlab chiqarish maydonchasidagi ish joylaridan esa ko‘pi bilan 150 m qabul qilinishi lozim.
97. Garderob, dush va dusholdi, yuvinish xonalari, hojatxonalar, maxsus kiyimni quritish, changsizlantirish xonalarining devorlari va pardevorlarining balandligi kamida 2 m bo‘lishi, yuvish vositalari yordamida qaynoq suv bilan yuvish mumkin bo‘lgan materiallardan qurilishi kerak.
Ko‘rsatilgan xonalar devor va pardevorlarining 2 m dan baland qismi, shuningdek shiplari suvga chidamli qoplama bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
98. Har smenadan keyin ishchilar dush qabul qilishadi.
VIII bob. Yong‘in xavfsizligi
99. Anorganik kislota va ishqorlar ishlatiladigan barcha ishlab chiqarish xonalari, omborlar va boshqa yordamchi xonalar amaldagi tarmoq “Yong‘in xavfsizligi qoidalari”ga muvofiq birlamchi o‘t o‘chirish vositalari va o‘t o‘chirish jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
100. Yong‘inga qarshi uskunalar soz holatda saqlanishi va qulay joylarda joylashgan bo‘lishi kerak. Yong‘inga qarshi jihozlar va uskunalardan o‘t o‘chirish bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarda foydalanish taqiqlanadi.
101. Tuzilmaviy bo‘linmalarning rahbarlari quyidagilarni bajarishlari shart:
barcha ishchilar va muhandis-texnik xodimlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini o‘rganilishi va bajarilishini tashkil etish;
yong‘in va portlash xavfi bo‘lgan ishlab chiqarishlarni kamaytirishga qaratilgan qarorlarni ishlab chiqilishi va tadbiq etilishini ta’minlash;
barcha bo‘linmalarda yong‘inga qarshi qat’iy rejim o‘rnatish (chekish joylarini belgilash va jihozlash, kislota va ishqorlarni saqlash joylari va ularning yo‘l qo‘yiladigan bir vaqtda saqlash miqdorini belgilash, olov bilan bajariladigan ishlarni olib borishning aniq tartibini belgilash, ish tugagandan keyin xonalarni ko‘zdan kechirish va bekitish tartibini belgilash) va uning bajarilishini muntazam nazorat qilish;
yong‘in xavfsizligini ta’minlash uchun mas’ul shaxslarni tayinlash;
yong‘inga qarshi instruktaj o‘tkazish va yong‘in-texnik minimumi bo‘yicha mashg‘ulotlarni tashkil etish.
102. Xodimlar:
yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilishlari va bajarishlari, ishlatiladigan muhitlarning yong‘in-portlash xavfi va zaharli xususiyatlarini bilishlari;
o‘t o‘chirish vositalari joylashgan joylarni bilishlari, ularning mavjudligi va sozligini nazorat qilishlari, ulardan foydalanishni bilishlari;
yong‘in chiqishiga olib keladigan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.
103. Chekish ruxsat etilgan joylarda tegishli plakatlar osib qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Chekish joylari “Yong‘in xavfsizligi qoidalari” ga muvofiq jihozlanishi kerak.
104. Ishlab chiqarish xonalarida yong‘in o‘chog‘i yuzaga kelganda zudlik bilan ventilatsiya o‘chirilishi, harbiylashtirilgan o‘t o‘chirish qismiga xabar berilishi va yong‘in o‘chog‘ini bartaraf etishga kirishilishi lozim.
105. Barcha yong‘in chiqish holatlari to‘g‘risida korxona rahbariga zudlik bilan xabar berilishi kerak.
106. Maishiy xonalarda yong‘inni o‘chirish uchun stvollar va shlanglar bilan jihozlangan o‘t o‘chirish kranlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
107. O‘t o‘chirish komandasini favqulodda chaqirish uchun avtomatik yong‘in bildirgichlari o‘rnatilishi lozim.
Telefon aloqasining holati, avtomatik yong‘in bildirgichlarining holati smenani qabul qilish paytida tekshirilishi kerak.
108. O‘t o‘chirish uskunalariga, o‘t o‘chirish gidrantlariga, suv havzalariga borish yo‘llari doim ochiq bo‘lishi, tunda yoritilishi, qishda qor va muzdan tozalanishi kerak.
109. Hududda o‘tish yo‘llarining qisqargan joylarida va operativ o‘t o‘chirish rejasi bo‘yicha o‘t o‘chirish texnikasi joylashtirilgan joylarda avtotransport vositalari va boshqa mexanizmlarning turishiga yo‘l qo‘ymaydigan tegishli yo‘l belgilari va tushuntirish yozuvlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
110. Hududda axlat va chiqindilarni yoqish maxsus joylarda, qurilmalarda amalga oshirilishi lozim. Bu maqsadlarda olov yoqish taqiqlanadi.
IX bob. Atrof-muhit muhofazasi
111. Tabiiy resurslarni muhofaza qilishning asosiy vazifalaridan biri atmosfera havosini sanoat korxonalari chiqindilaridan ifloslanishidan muhofaza qilish hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo‘lib, u umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Korxonalarni o‘rab turadigan yoki ularning yaqinida joylashgan aholi punktlarining atmosfera havosidagi ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi amaldagi sanitariya me’yorlari, qoidalari va gigiyena normativlarida belgilangan miqdorlardan oshmasligi kerak.
112. Atmosfera havosini sanoat korxonalari chiqindilaridan ifloslanishini oldini olishning asosiy chora-tadbirlariga chiqindisiz ishlab chiqarish texnologiyalarini tadbiq etish, ishlab chiqarishda texnologik jarayonlarni germetiklash, zararli chiqindilarni yo‘q qilish va h. kiradi.
113. Katta miqdordagi zararli ishlab chiqarish chiqindilarini ajratib chiqarish va hosil qilish manbalari bo‘lgan va bunday zararli chiqindilarni me’yorlarda ko‘zda tutilgan darajalargacha kamaytirishga doir qo‘shimcha tadbirlar (shu jumladan maxsus himoya qurilmalari, sanitariya-texnik qurilmalar, texnologik va ventilatsion chiqindilarni tozalash darajasini oshirish, sanitariya-himoya hududlarini kengaytirish) talab etiladigan texnologik jarayonlar va uskunalardan foydalanish zaruriyati texnik-iqtisodiy asoslangan bo‘lishi kerak.
114. Atmosfera va suv havzalarining texnologik chiqindilar tarkibidagi zararli moddalar bilan ifloslanish ehtimolini hisoblash va akustik hisob-kitoblar anorganik kislota va ishqorlar ishlatiladigan korxonaning texnologik loyihasi tarkibiga kirishi kerak.
Bunda loyihada foydalanish davrida hisob-kitoblarda qabul qilingan zararli moddalarning chiqishi sharoitlari ta’minlanadigan tadbirlar majmui ko‘zda tutilishi lozim. Atmosferaga va suv havzalariga to‘kayotgan zararli moddalarning miqdorini o‘lchash va doimiy qayd etish qurilmalaridan va chiqindilar miqdorini ularni tozalashni jadallashtirish, ishlab chiqarishning texnologik rejimini o‘zgartirish yoki boshqa tadbirlar yo‘li bilan tartibga solish qurilmalaridan foydalanish zaruriyati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining maxsus ko‘rsatmalari bilan belgilanadi.
115. Ishlab chiqarish xonalaridan umumiy almashinuv ventilatsiyasi yordamida to‘playdigan qurilmalar (quvurlar, shaxtalar, defletorlar) yoki tarqatib yuboradigan qurilmalar (ochiladigan chiroq tuynuklari, deraza framugalari va boshqa tuynuklar) orqali tarkibida zararli va noxush hidli moddalar bo‘lgan havoni atmosferaga chiqarish va bu moddalarni tarqatib yuborish hisob-kitoblari ularning havodagi konsentratsiyalari aholi punktlarida zararli moddalarning ChYQK uchun sanitariya me’yorlarida ko‘rsatilgan maksimal bir martalik miqdordan oshmasligi kerak.
116. Ifloslanish darajasi belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan hududlarda atmosferani ifloslantirish manbai bo‘lgan korxonalardan foydalanish taqiqlanadi. Bunday hududlarda ishlab turgan obyektlarni rekonstruksiya qilish, kengaytirish va texnik qayta jihozlash ularda atmosferaga chiqarilayotgan chiqindilar, rivojlanish istiqbolini hisobga olgan holda, chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan chiqindilar (ChYQCh) miqdorigacha kamaytirilganda ruxsat etiladi.
117. Faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar, ishlab chiqarishlarning rahbarlari O‘zbekiston Respublikasining “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda ifloslantiruvchi moddalar chiqarishni kamaytirish, chiqindilarni tozalash inshootlari, uskunalari va apparatlarining uzluksiz samarali ishlashini ta’minlash, ularni soz holatda saqlash va ularning ustidan nazorat qilishga qaratilgan tashkiliy-texnik va boshqa tadbirlar rejalarini ishlab chiqish;
atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar miqdori va tarkibini hisobga olish va muntazam nazorat qilish;
atmosferani ifloslantiruvchi moddalarning chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan chiqindilari (ChYQCh)ni ishlab chiqish va ularni o‘z vaqtida o‘rnatilgan tartibda kelishishni ta’minlash;
seliteb hududlar atmosfera havosining ifloslanishi ustidan nazoratni ta’minlash. Ifloslantiruvchi moddalar ro‘yxati, namuna olish davriyligi va nuqtalari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari va sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan kelishilishi kerak; atmosfera havosi va boshqa atrof-muhit obyektlarining holati ustidan kuzatuvlar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, faoliyati atmosfera havosining holatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar tomonidan amalga oshiriladi;
texnologik jarayon yoki uskunalardagi barcha o‘zgartirishlar (ishlab chiqarish quvvatini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini jadallashtirish va boshqa tasdiqlangan loyihadan chetga chiqishlar)ni Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari va sanitariya-epidemiologiya xizmati bilan kelishish;
atmosfera havosiga zararli aralashmalarning birvarakayiga chiqishi holatlari to‘g‘risida Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va sanitariya nazorati organlariga xabar berish, shunga o‘xshash vaziyatlarning oldini olishga doir tadbirlar ishlab chiqish.
118. Bir vaqtning o‘zida gaz-chang tutib qoluvchi qurilmalarni rekonstruksiya qilmasdan turib, chiqadigan gazlar yoki ularning tarkibidagi zararli moddalar konsentratsiyalari hajmining oshishi bilan bog‘liq texnologik agregatlar unumdorligini oshirish taqiqlanadi.
119. Zamonaviy vositalar yordamida chiqindilarning chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan miqdorlariga erishish imkoniyati bo‘lmagan hollarda texnologik jarayonni o‘zgartirish yoki ishlab chiqarish quvvatini qisqartirish yo‘li bilan bunday chiqindilarni kamaytirish yoki batamom yo‘q qilish chora-tadbirlari va ularni bajarishning aniq muddatlari ko‘zda tutilishi kerak.
120. Atmosfera havosini ifloslanishi xavfi bo‘lgan barcha manbalardan chiqayotgan sanoat chiqindilari ustidan doimiy nazorat, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va sanitariya nazorati organlaridan tashqari, korxonalarning o‘z kuchi va mablag‘lari bilan ham amalga oshiriladi. Shu maqsadda korxonada zamonaviy kimyoviy va fizik-kimyoviy tahlil vositalari bilan jihozlangan maxsus laboratoriyalar bo‘lishi kerak.
Namuna olish nuqtalari va davriyligi xavfsizlik texnikasi bo‘limi tomonidan rejalashtirilishi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari bilan kelishilishi va korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
121. Suv havzalarining qo‘riqlanishi va suv manbalaridan foydalanish. O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish haqida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
122. Sanoat oqova suvlarini zararsizlantirish barcha korxonalar uchun majburiy hisoblanadi. Sanitariya-maishiy maqsadlarda foydalanish uchun mo‘ljallangan suv havzalari suvlaridagi zararli moddalar konsentratsiyasi amaldagi sanitariya me’yorlari va qoidalarida ko‘rsatilgan miqdorlardan oshmasligi kerak.
123. Suv obyektlari va joy relyefiga quyidagilarni chiqarish taqiqlanadi:
tarkibida chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalari (ChYQK) yoki taxminiy yo‘l qo‘yiladigan darajasi (TYQS) belgilanmagan moddalar yoki moddalarning suvda transformatsiyalanishi mahsulotlari, shuningdek analitik nazorat usullari mavjud bo‘lmagan moddalar bo‘lgan oqova suvlar;
suv chiqarmaydigan ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ratsional texnologiyalarni tadbiq qilish, aylanma va takroriy suv ta’minoti tizimlarida maksimal ishlatish, tegishli tarzda tozalangandan va zararsizlantirilgandan keyin sanoatda, shahar xo‘jaligida foydalanish yo‘li bilan bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan oqova suvlar;
tozalanmagan va yetarlicha tozalanmagan ishlab chiqarish, xo‘jalik-maishiy oqova suvlari, sanoat maydonchalari va aholi yashaydigan joylardan chiqadigan yuza suv oqimlari.
124. Oqova suvlarni suv obyektlari va joy relyefiga chiqarish suvdan maxsus foydalanish uchun belgilangan tartibda beriladigan va tasdiqlanadigan ruxsatnoma va Chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan oqizish (ChYQO) asosida amalga oshiriladi.
125. Suvdan foydalanuvchilar:
tozalash inshootlarining uzluksiz ishlashini ta’minlovchi texnologik, sanitariya-texnik va tashkiliy-xo‘jalik tadbirlarini o‘tkazishlari;
texnologik jarayon yoki uskunalardagi barcha o‘zgartirishlarni, ishlab chiqarish quvvatining oshirilishini, jarayonlarning jadallashishini Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari bilan kelishishlari shart.
126. Bir vaqtning o‘zida mavjud oqova suvlarni tozalash inshootlari quvvatini oshirmasdan turib, oqova suvlar yoki ularning tarkibidagi chiqindilar konsentratsiyalari hajmining oshishi bilan bog‘liq texnologik agregatlar unumdorligini oshirish taqiqlanadi.
127. Suvdan foydalanuvchilar oqova suvlarning muntazam hisobga olinishini va tozalash inshoatlarining ishlashi, suv havzasidagi suvning yoki oqova suvlar tushadigan joydan yuqoriroqda va eng yaqin aholi suvdan foydalanish punktlarida suv oqimining sifati ustidan laboratoriya nazoratini ta’minlashi shart.
128. Suvdan foydalanuvchilar tomonidan o‘tkaziladigan monitoring tartibi (kuzatuv punktlarini tanlash), tahlil qilinadigan ko‘rsatkichlar ro‘yxati, tekshiruvlarni qaytarish tezligi va h. lar suv obyektidagi mahalliy sharoitlar va suvdan foydalanish turiga qarab Tabiatni muhofaza qilish organlari bilan kelishiladi.
129. Tuproqning sanitariya muhofazasiga doir tadbirlarda chiqindilarni nafaqat atmosferada yo‘q qilish, balki zararli moddalarning oqib, toshib chiqishini kamaytirish va hududning ifloslanishiga olib keladigan boshqa omillarning oldini olish maqsadida ishlab chiqarish madaniyatini oshirish ham ko‘zda tutilishi kerak.
Tarkibida zararli moddalar bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilarini to‘plash va saqlash joylarida tuproq, yer osti suvlari va atmosfera havosining ifloslanishiga to‘liq yo‘l qo‘ymaydigan qurilmalar bo‘lishi kerak. Bunday joylar begonalarning kirishidan izolatsiyalangan bo‘lishi kerak.
130. Sanoat chiqindilarini ko‘mib tashlash 10 — 12 m gacha chuqurlikdagi kotlovanlarda maxsus taralarga va temirbeton rezervuarlarga (o‘ta xavfli chiqindilar) solib amalga oshiriladi. Ko‘mib tashlash joylari o‘rnatilgan tartibda tanlanadi.
Qattiq sanoat chiqindilarining ba’zi turlari ularning zaharliligi tufayli maxsus inshootlarda zararsizlantirilishi lozim. Bunday inshootlar zaharli chiqindilar chiqaradigan korxona tarkibida va uning hududida joylashgan bo‘lishi mumkin. Zaharli sanoat chiqindilari, shuningdek, markazlashtirilgan holda poligonlarda va qayta ishlash va neytrallash stansiyalarida joylashtirilishi, qayta ishlanishi va neytrallanishi mumkin. Maxsus poligonlar ikki turda bo‘ladi: bir turdagi chiqindilarni faqat ko‘mib tashlash yoki kimyoviy usul yordamida zararsizlantirish uchun, shuningdek kompleks poligonlar.
X bob. Javobgarlik
131. Ushbu Qoidalar anorganik kislota va ishqorlar ishlatiladigan obyektlardan foydalanish bilan bog‘liq barcha ishlovchilar tomonidan bajarilishi shart.
Mehnat xavfsizligi talablarini buzgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgardir.
XI bob. Yakuniy qoidalar
Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmalarining Markaziy kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi va “O‘zkimyosanoat” Davlat aksionerlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v. b. A.A. XAITOV
O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Markaziy Kengashining raisi A.X.GULYAMOV
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash Vaziri F.G. NAZIROV
Arxitektura va qurilish bo‘yicha O‘zR Davlat qo‘mitasining Raisi N.M. XANOV
O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatini muhofaza qilish qo‘mitasi raisi B.B.ALIXANOV
O‘zbekiston Respublikasi IIV yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi Boshlig‘i A.I. ISLAMOV
“O‘zkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi G.I. IBRAGIMOV
Anorganik suyuq kislota va ishqorlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga
1-ILOVA
ANORGANIK KISLOTA VA IShQORLARDAN FOYDALANIShDA RIOYa QILINADIGAN QARORLAR, QOIDA VA ME’YoRLAR, KO‘RSATMALAR, STANDARTLAR, TEXNIK ShARTLAR VA YO‘RIQNOMALAR RO‘YXATI
1.
|
O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 28-sentabrdagi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni
|
2.
|
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-maydagi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni
|
3.
|
O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni
|
4.
|
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrdagi “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni
|
5.
|
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-maydagi “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni
|
6.
|
O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni
|
7.
|
O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-maydagi “Ekologiya ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonuni
|
8.
|
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-apreldagi Yer kodeksi
|
9.
|
2001-yil 31-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida davlat ekologiya ekspertizasi to‘g‘risida nizom”
|
10.
|
O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrdagi Mehnat kodeksi
|
11.
|
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2000-yil 6-iyundagi 300-sonli “Xodimlarni ishga kirishdan oldin dastlabki va davriy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” gi buyrug‘i
|
12.
|
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida Nizom”
|
13.
|
“Bosim ostida ishlaydigan idishlarning tuzilishi va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalari”
|
14.
|
“Portlash-yong‘in xavfi bo‘lgan kimyo, neft-kimyo va neftni qayta ishlash ishlab chiqarishlari uchun umumiy portlash xavfsizligi qoidalari”
|
15.
|
“Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari (EQTQ)”, 2004-yil 14-fevral
|
16.
|
“Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (TFQ)”, 2004-yil 21 may
|
17.
|
Iste’molchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari (XTQ)”, 2004-yil 2-avgust
|
18.
|
“Bino va inshootlarni yashindan himoyalash bo‘yicha yo‘riqnoma”. RH 34.21.122-87
|
19.
|
“Kimyo sanoati korxonalari uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari”, 1995-yil
|
20.
|
“Korxonalarning xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning tarmoq namunaviy me’yorlari”, 1999-yil 30-oktabr
|
21.
|
RH-002-06
|
“O‘zkimyosanoat” DAK korxona va tashkilotlaridagi yo‘riqnomalar to‘g‘risida nizom”
|
22.
|
RH-003-06
|
“O‘zkimyosanoat” DAK korxona va tashkilotlarida ishlovchilar uchun xavfsizlik texnikasi bo‘yicha instruktajlar, o‘quvlar va bilimlarni tekshirishni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”
|
23.
|
RH 06-24-27-96
|
“Statsionar kompressor qurilmalari, havo yo‘llari va gaz quvurlarining tuzilishi va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalari”
|
24.
|
ONTP 24-86
|
“Xona va binolarning portlash-yong‘in va yong‘in xavfi bo‘yicha toifalarini aniqlash”, 1986-yil 27-fevral
|
25.
|
GQTQ -69
|
“Yonuvchan, zaharli va siqilgan gazlar uchun mo‘ljallangan quvurlarning tuzilishi va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalari”
|
26.
|
NY-RR-94
|
“Korxonalarda ta’mirlash ishlarini bexatar olib borish tartibi to‘g‘risida namunaviy yo‘riqn�ma”, 1994-yil 30-sentabr
|
27.
|
NY -GR-94
|
“Korxonalarda gaz xavfi bo‘lgan ishlarni bexatar olib borish tartibi to‘g‘risida namunaviy yo‘riqnoma” 1994-yil 30-sentabr
|
28.
|
NY -OR-94
|
“Korxonalarda olov bilan bajariladigan ishlarni bexatar tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” 1994-yil 30-sentabr
|
29.
|
NY SV -94
|
“Korxonalarda ventilatsiya tizimlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” 1994-yil 30-sentabr
|
30.
|
PHVTMFXQ-94
|
Portlashdan himoyalangan ventilyatorlarning tuzilishi, ularni montaj qilish va foydalanish xavfsizligi qoidalari” 1994-yil 30-sentabr
|
31.
|
QMQ 2.01.01-94
|
“Loyihalash uchun iqlim va fizik-geologik ma’lumotlar”
|
32.
|
QMQ 2.01.05-98
|
“Tabiiy va sun’iy yoritish”
|
33.
|
QMQ 2.03.11-96
|
“Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoyalash”.
|
34.
|
QMQ 2.03.13-97
|
“Pollar”
|
35.
|
QMQ 2.04.01-98
|
“Binolarning ichki vodoprovodi va kanalizatsiyasi”
|
36.
|
QMQ 2.04.02-97
|
“Suv ta’minoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”
|
37.
|
QMQ 2.04.03-97
|
“Kanalizatsiya. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”
|
38.
|
QMQ 2.04.05-97
|
“Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash tizimlari”
|
39.
|
QMQ 2.04.10-97
|
“Pv 10 MPa bosimli texnologik po‘lat quvurlarni loyihalash bo‘yicha yo‘riqnoma”
|
40.
|
QMQ 2.04.13-99
|
“Qozon qurilmalari”
|
41.
|
QMQ 2.09.03-02
|
“Sanoat korxonalari inshootlari”
|
42.
|
QMQ 2.09.04-98
|
“Korxonalarning ma’muriy va maishiy binolari”
|
43.
|
QMQ 2.09.12-98
|
“Ombor binolari”
|
44.
|
QMQ 3.01.05-99
|
“Ishlarni bajarish va qabul qilish qoidalari. Hududni obodonlashtirish”
|
45.
|
QMQ 3.05.05-98
|
“Texnologik uskunalar va texnologik quvurlar”
|
46.
|
QMQ 3.05.07-97
|
“Avtomatlashtirish tizimlari”
|
47.
|
ShNQ 2.01.02-04
|
“Bino va inshoatlarning yong‘in xavfsizligi”
|
48.
|
ShNQ 2.04.09-07
|
“Bino va inshoatlarning yong‘in avtomatikasi”
|
49.
|
ShNQ 3.01.04-01
|
“Qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish. Asosiy qoidalar”
|
50.
|
SNiP II-89-80
|
“Sanoat korxonalarining bosh rejalari”
|
51.
|
SNiP 2.05.07-91
|
“Sanoat transporti”
|
52.
|
SNiP 2.09.02-85
|
“Ishlab chiqarish binolari”
|
53.
|
O'z DSt 950- 2000
|
“Ichimlik suvi”
|
54.
|
GOST 12.1.005-88
|
“Ish hududi havosiga qo‘yiladigan umumiy sanitariya va gigiyena talablari”
|
55.
|
GOST 12.1.007-76
|
“Zararli moddalar. Tasnif va umumiy xavfsizlik talablari”
|
56.
|
GOST 12.2.003-91
|
“Ishlab chiqarish uskunalari. Umumiy xavfsizlik talablari”
|
57.
|
GOST 12.2.062-81
|
“Ishlab chiqarish uskunalari. Himoya to‘siqlari”
|
58.
|
GOST 12.2.063-81
|
“Sanoat quvur armaturasi. Umumiy xavfsizlik talablari”
|
59.
|
GOST 12.2.085-2002
|
“Bosim ostida ishlaydigan idishlar. Saqlovchi klapanlar. Xavfsizlik talablari”
|
60.
|
GOST 12.3.002-75
|
“Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”
|
61.
|
GOST 12.3.006-75
|
“Vodoprovod va kanalizatsiya inshootlari va tarmoqlaridan foydalanish”
|
62.
|
GOST 12.4.001-80
|
“Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Himoya ko‘zoynaklari. Atamalar va ta’riflar”
|
63.
|
GOST 12.4.026-76
|
“Signal ranglar va xavfsizlik belgilari”
|
64.
|
GOST 12.4.068-79
|
“Dermotologik yakka tartibda himoyalanish vositalari. Tasnif va umumiy talablar”
|
65.
|
GOST 14202-69
|
“Sanoat korxonalari quvurlari. Tanitish rangi, ogohlantiruvchi belgilar va tamg‘alash shitlari”
|
66.
|
GOST 30852.0-20-2002
|
“Portlashdan himoyalangan elektr uskunalari”
|
67.
|
SanPiN 0120-01
|
“Ish joylarida yo‘l qo‘yiladigan shovqin darajalarining sanitariya me’yorlari”
|
68.
|
SanPin 0122-01
|
“Ish joylarida umumiy va lokal vibratsiyaning sanitariya me’yorlari”
|
69.
|
SanPiN 0141-03
|
“Mehnat sharoitlarining ishlab chiqarish muhiti omillarining zararlilik va xavflilik, mehnat jarayonining og‘irlik va keskinlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha gigiyenik tasnifi”
|
70.
|
SanPiN 0172-04
|
“O‘zbekiston Respublikasi hududida yuza suvlarni muhofaza qilishga qo‘yiladigan gigiyena talablari”
|
71.
|
SanPiN 0179-04
|
“Gigiyena normativlari. O‘zbekiston Respublikasi hududida aholi yashash joylari havosidagi ifloslantiruvchi moddalarning chegaraviy yo‘l qo‘yiladigan konsentratsiyalari ro‘yxati”
|
72.
|
SanPiN 0203-06
|
“Ishlab chiqarish xonalari mikroiqlimining sanitariya me’yorlari”
|
73.
|
FS 42-1411-80
|
“Pasta IER-2”
|
Anorganik suyuq kislota va ishqorlardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga
2-ILOVA
Ko‘p ishlatiladigan kislota va ishqorlarning asosiy fizik-mexanik xossalari