Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ishlab chiqarish va yongʻin oʻchirish avtomatikasi fanidan maʼruza
matnlar toʻplami O.A.Toʻlaganov
2. Oʻzbekiston respublikasi vazirlar mahkamasiningyongʻin xavfsizligi
qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 649-soonli qarori.
3. 2.04.09-2007 Пожарная автоматика зданий и сооруженийю.
* * *
TAʼLIM MUASSASASINING MAJMUAVIY XAVFSIZLIGINI
TAʼMINLASH BORASIDAGI DOLZARB MASALALAR
Mayusupov Yaxyo, Uzoqov Farrux
(O’zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi 5-bosqich kursantlari)
archamizga maʼlumki bugungi kunga kelib respublikamizda taʼlim
tizimiga alohida eʼtibor qaratib kelinmoqda. Shu munosabat bilan
soʻnggi yillarda yangi institut va universitetlar hamda nodavlat
taʼlim muassasalari tashkil etildi. Bunday rivojlanish kelajak
avlodning yangi marralarni zabt etishi uchun zamin boʻlib
hisoblanadi. Shunday ekan, bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri, bu taʼlim
muassasalarining yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻlib hisoblanadi. Quyida
taʼlim muassasalarining yngʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tushunchalarni
koʻrib chiqamiz.
Taʼlim muassasasining majmuaviy xavfsizligini taʼminlash tizimi — qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlar va xodimlarning faoliyati majmui ,
boshqaruv organlari rahbarligida amalga oshiriladigan taʼlim muassasasi va oʻzini
oʻzi boshqarish organlari, huquqni muhofaza qilish organlari, yordamchi xizmatlar
va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda taʼlim muassasalarining xavfsizligini
B
212
taʼminlash shuningdek, xodimlar va talabalarning favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri
va oqilona harakat qilish.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishning maqsadi, taʼlim muassasasining
umumiy xavfsizlini, real hamda prognoz qilinadigan xavflar va tahdidlarga qarshi
himoyalanganlik darajasini aniqlashdan iborat. Taʼlim muassasasining majmuaviy
xavfsizligini taminlashda quyidagi asosiy chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak:
1. Obekt va hududni jismoniy muhofaza qilishni tashkil etish (uning
vazifalari: taʼlim muassasasini nazorat qilish, xavflarni aniqlash va oldini olish
uchun xavfsizlik holatini taʼminlash, xavfli namoyishlar va vaziyatlarni bartaraf
etish, yongʻin nazoratini amalga oshirish, tashkilot obyektga ruxsat etilmagan
kirishlarni oldini olish, fuqarolar va texnikalar, xodimlarni himoya qilish va
oʻquvchilarni zoʻravonlik harakatlaridan himoya) uchun qoʻriqlash otryadlarini
tashkil etish.
2. Muhandislik-texnik mustahkamlikni taʼminlash (toʻsiqlar, metall eshiklar,
panjaralar, toʻsqichlar (antitaran — transport vositalarining ruhsatsiz kirishiga chek
qoʻyish uchun moʻljallangan vosita) va boshqalar).
3. Muhandislik-texnika asbob-uskunalarini tashkil etish (qoʻriqlash
signalizatsiyasi tizimi, xavf-qoʻngʻiroq signalizatsiyasi (mahalliy yoki "01" da
koʻrsatiladi), televizion videokuzatuv, kirishni cheklash va nazorat qilish, yongʻin
signalizatsiyasi, radiatsiya va kimyoviy nazorat).
4. Taʼlim muassasalarida terrorizmga qarshi himoya qilish boʻyicha rejaviy
ishlar tashkillashtirish.
5. Nazorat oʻtish rejimini tashkillashtirish
6. Yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.
7. Mehnatni muhofaza qilish va elektr qurilmalaridan foydalanishda
xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.
8. Fuqoro muhofazasi rejalarini ishlab chiqish.
9. Huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat tashkilotlari va boshqa
yordamchi xizmatlar bilan oʻzaro aloqalar oʻrnatish
10. Huquqiy va xavfsizlik madaniyatini shakllantirish
11. Moliyaviy-iqtisodiy chora tadbirlarni oʻz vaqtida oʻtkazish.
Taʼlim muassasalarida majmuaviy xavfsizlik tizimi real va sodir boʻlishi
mumkin boʻlgan xavflar, tabiy va texnogen xarakterga ega favqulodda
vaziyatlardan toʻliq himoya qilishi maqsadga muvofiq. Shuning uchun taʼlim
muassasasining oʻquv-tarbiya jarayonini davomida talabalar, oʻqituvchilar va
ishchi hodimlarning xavfsizlgi taminlanishi kerek.
Taʼlim muassasalarida yongʻin xavfsizligini taminlash
Taʼlim muassasalarida yongʻin xavfsizligini taʼminlash quyidagilarni oʻz
ichiga oladi:
• normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, yongʻin xavfsizligi qoidalari va
talablariga rioya qilish xavfsizlik, shuningdek, yongʻinga qarshi tadbirlarni
oʻtkazish;
•
Oʻzbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2020-yil
20-oktyabrdagi “Yongʻin xavfsizligi qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qaroriga
213
muvofiq taʼlim muassasalarini birlamchi oʻt oʻchirish vositalar bilan taʼminlanishi
lozim
• Davlat yongʻin nazorati organlarining talablariga toʻliq javob berish lozim
• yongʻin signalizatsiyasi va odamlarni evakuatsiya qilish tizimini
takomillashtirish
• oʻt ochirgichlarni manometr koʻrsatkichlari ruxsat etilgan darajadan past
boʻlganda (pasportga muvofiq vaqt ichida) toʻldirish.
• evakuatsiya chiqish joylarining soni, ularning oʻlchamlari, yoritish va
tutundan himoyalanish taʼminlanganligi sharoitlari, shuningdek, evakuatsiya
yoʻllarining uzunligi shaharsozlik normalari va qoidalaridagi yongʻin xavfsizligi
talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Yongʻinga qarshi muhofaza tizimining yongʻin xavfsizligini taʼminlash
usullariga qoʻyiladigan talablar
Yongʻinga
qarshi
muhofaza,
quyidagi
usullarning
yoki
ular
kombinatsiyalarining biri bilan taʼminlanishi kerak:yongʻin oʻchirish vositalarini
va tegishli turdagi yongʻin texnikasini qoʻllash;avtomatik yongʻin oʻchirish va
signalizatsiya qurilmalarini qoʻllash;yongʻin xavfi koʻrsatkichlari meʼyorlangan
asosiy qurilish konstruksiyalar va materiallarni (shu qatorda konstruksiyalarni
pardozlash uchun ishlatiladiganlarni) qoʻllash;yongʻinning tarqalishini cheklashni
taʼminlovchi qurilmalarni qoʻllash;yongʻin haqida xabar berish va odamlar
evakuatsiyasini boshqarish texnik vositalari yordamida;odamlarni yongʻinning
xavfli omillaridan kollektiv va individual himoya vositalarini qoʻllash;tutunga
qarshi himoya vositalarini qoʻllash.Yongʻinni yonish oʻchogʻi chegarasidan
tashqariga
tarqalishini
cheklash,
quyidagi
usullarning
yoki
ular
kombinatsiyalarining biri bilan taʼminlanishi kerak:yongʻinga qarshi toʻsiqlarni
bajarish;texnik-iqtisodiy hisoblar boʻyicha ruxsat etiladigan, lekin meʼyorlarda
belgilangandagiga zid boʻlmaydigan yongʻinga qarshi otsek va seksiyalarning
maydonlarini hamda bino va inshootlarning qavatlari sonini bajarish;qurilma va
kommunikatsiyalarni avariyaviy oʻchirish qurilmalarini qoʻllash;yongʻin vaqtida
suyuqliklarning toshishi va yoyilib ketishining oldini oluvchi yoki cheklovchi
qurilmalarni qoʻllash;jihozlarda olov toʻsqich qurilmalarini qoʻllash.Har bir
maskan shunday hajmiy-rejaviy va texnik jihatdan bajarilgan boʻlishi kerakki,
unda, yongʻinni xavfli omillarining oxirgi darajagacha yoʻl qoʻyilishi mumkin
boʻlgan koʻrsatkichlari taʼsir etishining boshlanguniga qadar, maskandan
odamlarni evakuatsiya qilish tugatilishi kerak, evakuatsiyaning maqsadga
muvofiqmasligida esa maskanda odamlar himoyasi taʼminlanishi kerak.
evakuatsiyani taʼminlash uchun quyidagilarni bajarish zarur: evakuatsiya yoʻllari
va chiqish joylarining sonini, oʻlchamlari va mos keladigan konstruktiv
bajarilishini oʻrnatish; evakuatsiya yoʻllari orqali odamlarning erkin harakatlanish
imkonini taʼminlash; zarurat tugʻilganda evakuatsiya yoʻllari orqali odamlar
harakatini boshqarishni tashkillashtirish (yorugʻlik koʻrsatkichlari, tovushli va
nutqli xabar berish vositalari va h.k.).Kollektiv va individual himoya vositalari
yongʻinning xavfli omillarini taʼsir etishining boshidan to oxirigacha boʻlgan
davrda odamlar xavfsizligini taʼminlashi kerak.
214
Kollektiv himoyani yongʻindan xavfsiz hududlar va boshqa konstruktiv
yechimlar yordamida taʼminlash lozim. Individual himoya vositalarini yongʻinni
oʻchirishda qatnashayotgan yongʻin oʻchiruvchilar uchun ham qoʻllash lozim.
Maskanlarning tutunga qarshi himoya tizimlari odamlarni evakuatsiya qilish uchun
yetarli boʻlgan vaqt davomida evakuatsiya yoʻllarida tutun toʻlmaslikni, haroratni
pasaytirishni va yonish hamda termik parchalanish mahsulotlarini ketkizishni va
(yoki) 3.6 band talablariga muvofiq odamlarning kollektiv himoyasini va (yoki)
moddiy boyliklarning himoyasini taʼminlashi kerak. Xalq xoʻjaligining har bir
maskanida yongʻinning boshlangʻich bosqichida texnik yoki tashkiliy vositalar
bilan yongʻin haqida odamlarga oʻz vaqtida xabar berish va (yoki) signalizatsiya
taʼminlangan boʻlishi kerak. Maskanlarda yongʻin haqida xabar berish va (yoki)
signalizatsiya vositalarining roʻyxati va ular samaradorligining yetarliligini
asoslash belgilangan tartibda kelishiladi. Bino va inshootlarda yongʻinda
chidamlilikka va odamlarni qutqarish hamda yongʻinni oʻchirish uchun zarur
boʻlgan vaqtdan past boʻlmagan konstruksiyalarning olovga bardoshliligiga ega
boʻlgan texnik vositalarni (zina kataklari, yongʻinga qarshi devorlar, liftlar, tashqi
oʻt oʻchirish narvonlari, avariya lyuklari va h.k.) koʻzda tutish zarur. Yongʻin
oʻchirish texnikasi uchun quyidagilar belgilangan boʻlishi kerak: oʻt oʻchirish
vositalarini berishning jadalligi va tezkorligi; ruxsat etiladigan oʻt oʻchirish
vositalari (shu qatorda yonayotgan modda va materiallar bilan birga boʻla olishlik
va ekologiya talablari nuqtayi nazardan kelib chiqqan holda);yongʻinni oʻchirish
uchun oʻt oʻchirish vositalarini berish vositalari va manbalari; maxsus oʻt oʻchirish
vositalarining (kukunli, gazli, koʻpikli, aralash) normativ (hisobiy) zaxirasi;tezkor
yongʻin oʻchirish xizmatlarining transport vositalari yordamida oʻt oʻchirish
vositalarini berishning zaruriy tezligi; yongʻinning xavfli omillariga va uning
ikkilamchi taʼsirlariga bardoshlilikka qoʻyiladigan talablar xavfsizlik texnikasi
talablari.
Taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari va talabalarini
favqulodda vaziyat sodir boʻlganda harakat qilish va fuqaro muhofazasi sohasida
tayyorlash
Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyalanuvchilari — doimiy ravishda
maktabgacha taʼlimning davlat talablari va oʻquv dasturlariga muvofiq taʼlim-
tarbiya jarayonida muammoli-vaziyatli oʻyinlar va mashgʻulotlar tazida amalga
oshiriladi.
Umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari — oʻquv yili davomida,
umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga muvofiq
oʻqish jarayonida darslarda, sport oʻyinlari va musobaqalarida, shuningdek,
maktabdan tashqari taʼlim muassasalari va hududiy markazlarning favqulodda
vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualaridagi mashgʻulotlarda oʻrgatilib
borilishi lozim.
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari oʻquvchilari va oliy taʼlim
muassasalari talabalari — oʻquv yili davomida, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim va
oliy taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga muvofiq oʻqish
jarayonida darslarda, sport oʻyinlari va musobaqalarida, shuningdek, hududiy
215
markazlarning favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash majmualaridagi
mashgʻulotlarda tayyorgarlikdan oʻtkaziladi.
ADABIYOTLAR
1 O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasiningaholini favqulodda
vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibini
takomillashtirish toʻgʻrisida 754qarori.
2 O’zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasiningyongʻin xavfsizligi
qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida 649-sonli qarori.
3.2.04.09-2007 Пожарная автоматика зданий и сооруженийю.
Do'stlaringiz bilan baham: |