91
namoyon bo’ladi. So’rash usullarining bugungi kunda keng tarqalganligi, aloxida e'tibor va
obro’ga ekanligi ko’pgina sabablarga bog’liqdir. So’rash usullari orqali shunday ma'lumotlarga
ega bo’lishi
mumkinki
, bunday ma'lumotlarni hamisha xam hujjatli manbalardan olish mumkin
emas. Lekin shunga qaramay 1930 yillar boshlarida bu usul Sobiq Ittifoqda inqirozga yuz tutdi.
Genetika singari fanlar qatorida sotsiologik so’rovlar ham man etilgan edi. O’tkazilganda ham
yuzaki ravishda o’tkazilar edi. Anketa usuli va uni qo’llanilishi.
Anketa so’zi fransuzcha atama
bo’lib, tadqiq etish, o’rganish, so’rash degan ma'nolarda qo’llaniladi
. Anketa usuli ommaviy
faktlar (voqea-hodisalar) kelib chiqish sabablarini aniqlash, mazkur faktlarning turli qirralari,
umumiy
tendensiyalarini, jamoatchilik fikrining bu hodisalariga nisbatan munosabati
masalalarini o’rganadi. Odatda, anketa deganda, muayyan mavzu tevaragidagi savollar to’plami
tushunilib, bu savollarga tadqiq etiluvchi kishilar guruhi javob berishi nazarda tutiladi.
Anketa o’tkazishdan maqsad sotsiologik tadqiqotlar nuqtai nazaridan dastlabki, aksariyat
hollarda muayyan mo’ljal olinuvchi ma'lumotlar to’plashdan iboratdir. Anketa ba'zi
xususiyatlariga ko’ra intervyu janriga yaqin turadi, ammo beriladigan
savollar alohida olingan
respondentga emas, balki ko’pgina kishilar gurhxiga qaratilgan bo’ladi. Ayni vaqtda tuzilgan
savollar og’zaki tarzda emas, balki yozma shaklda beriladi. Anketa jamoatchilik fikrini atroflicha
o’rganish omili sifatida sotsiologik tadqiqot usullari orasida alohida o’rin tutadi. Anketa ayni
vaqtda shunday janrki, bu usulni qo’llagan tadqiqotchi odatda so’roq qog’ozlari yoki anketani
respondentlarga tarqatgandan boshlab tadqiqot ma'lumotlarini to’plash jarayoni
ustidan nazorat
qilish imkoniyatidan mahrum bo’ladi.
Anketa so’rovi shaklining
asosiy komponentlari sotsiolog
, respondent va anketadan iboratdir.
Anketa savollari respondent tomonidan to’ldiriladi. Shu boisdan ham anketa bilan ishlash usulida
savollar respondent uchun juda ravshan va aniq bo’lishi zarur. Yuqorida qayd etganimizdek,
anketa bir necha qismdan iborat bo’lib, tadqiq etilayotgan ilmiy-ijtimoiy muammo uchun zarur
bo’lgan, tegishli ma'lumotni olishga
imkon beruvchi turli-tuman, ammo mantiqiy-yakuniy
savollar majmuasidan iboratdir.
Shu o’rinda yana bir karra qayd etish lozimki, anketa shunchaki tuzilmaydi, balki muayyan
tadqiqot natijalariga erishish vositasi sifatidagina tuziladi va amalga oshiriladi.
Demak, anketa vosita, muayyan maqsadga erishish omilidir. Anketaning kirish qismida sotsiolog
tadqiqot o’tkazayotgan ilmiy tashkilot yoki
tadqiqot guruhi manzilgoxi, tadkikotning nomi va
maqsadi, anketani tuzuvchining ismi- sharifi, ilmiy unvoni va darajasi, anketa tuzilgan vaqt va
respondentga berilgan savollarga qay tarzda
javob qilish usuli va nihoyat, to’ldirilgan anketani
kimga va qaerga topshirish yo’llari qisqa va lo’nda bayon etiladi. Bu muqaddimaning ahamiyati
shundan iboratki, respondentdan kirish qismidan dastlabki ma'lumotlarni oladi va tayyorgarlik
ruhiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: