93
6.
Panel – (guruxlarning belgisiga ko’ra bir-birini taqqoslash va farqlash).
7.
Yaxlit – (jamoatchilik fikrini, aholini ro’yxatga olishni o’rganish).
8. Pilotaj – (informasiya olish).
Ushbu sotsiologik so’rovlarning barchasi maxsus o’z xususiyatlariga ega. O’rganilayotgan
muammoni ular xususiyatlaridan kelib chikib, hal kiladi.
6. Tadqiqotlarni tahlil etish va umumlashtirish.
O’tkazilgan har bir sotsiologik tadqiqot tahlil etilib, umumlashtiriladi. So’rov natijalarini qayta
ishlash va statistik taxlil qilish qulay, ammo bu usulga qarshi kishilarning aytishlaricha, qayta
ishlagan natijalar to’g’ridek tuyuladi, lekin bu javoblarning aksariyati o’ta yuzakilikni hisobga
olganda, natijalar aniqligi shubxa o’ygotadi. Bundan tashqari, javob berishdan bosh tortirsh
holiari ko’p uchraydi, ayniqsa, anketalar pochta orqali yuborilganda. So’rov o’tkazish sharoitlari
va natijalarini izohlashda qo’llaniladigan til ko’pincha javob berayotgan real tirik shaxslardan
juda uzoqdir. Savollar pochta orqali yuborilganda so’raluvchi kishini tasavvur xam etish
mushkul.
Umuman olganda, tadqiqotchilar va respondentlar o’rtasida aloqa qanchalik to’gri va bevosita
bo’lsa, xulosalar shunchalik informativ va asosli bo’ladi. So’rov natijalari imkon qadar
chuqurlashtirilgan materiallar bilan to’ldirilishi kerak.
Yig’ilgan material tahlil qilinib, tadqiqotga to’rtki bo’lgan muammoga muvofiqlashtirilishi
kerak. Olingan ma'lumotni qayta ishlash va tadqiqot mavzusiga moslashtirish oson kechmaydi.
Hatto, barcha savollarga aniq javob olish imkoniyati bo’lganda xam ko’plab tadqiqotlar
to’gallanmay qolib ketadi. Tadqiqot natijalari tahlil qilingandan sung, hisobot tayyorlanishi shart.
Odatda jurnal maqolasi yoki kitob shaklida chop etiladigan hisobot tadqiqot tabiatining izohi va
qilingan xulosalarni asoslashdan iborat bo’ladi. Bu oxirgi bosqich hisoblanadi. Ko’plab
hisobotlardan javobsiz qolgan savollar kelib chiqadi va qo’shimcha tadqiqotlar o’tkazish talab
etiladi. Har qanday indvudial tadqiqot faoliyati ijtimoiy hamjamiyat doirasida amalga
oshirilayotgan tadqiqot jarayonining bir qismi hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasida tadqiqot bilan bog’liq muammolarni o’rganishda vujudga keladigan
eng muhim muammolardan biri – sabab va oqibatlar taxlilidir. Ikki xodisa yoki xolatning sababli
bog’lanishi – bu shunday bog’lanishki, unda bir hodisa yoki xolat boshqa birini keltirib
chiqaradi. Misol uchun tog’ yon bag’rida turgan avtomobilning qo’l tormozi qo’yib yuborilishi
ko’rsatilgan oqibatni keltirib chiqaradi. Xuddi tabiiy fanlar kabi, sotsiologiya ham barcha
hodisalar o’z
sabablariga ega
, degan taxmindan kelib chiqadi. Sotsiologik tadqiqotning asosiy
vazifalaridan biri sabab va oqibatlarni aniklashdan iborat.
Ma'lumotlarni taxlil qilish bu farazni tekshirish, olingan bilimlarni o’rnini aniqlash, axborotni
ishlab chiqish, EHM ga taxlil uchun beriluvchi ma'lumotlarni tayyorlash.
Informasiyalarni ishlab chiqish, guruhlash. Sotsiologiyada taxlil uchun matematik metodlarni
o’rni xam ahamiyatlidir. Bu matematik metodni qo’llashdagi asosiy muammo matematik
apparatni tuzib chiqishdir. Matematik usullar sotsiologik tadqiqotlarda quyidagi vazifalarni hal
etadi:
1.
Taxlil.
2.
Tanlash.
3.
Modellashtirish.
4.O’lchash.
Hulosa qiladigan bo’lsak, sotsiologik tadqiqotlarda matematikani qo’llanishining muxim jixati –
sotsial hodisalarni modellashtirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: