Nazorat savollari.
1.
Konsepsiya deganda nimani tushunasiz?
2.
O‘zbekistonda milliy madaniyatni rivojlantirish Konsepsiyasini qachon qabul qilindi?
3.
Konsepsiyaning mazmun-mohiyati va tarkibiy qismlari xaqida nimalarni bilasiz?
Mavzu:
Madaniyat va san'at muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni
tashkil etish.
Reja:
1.
Madaniyat va san'at muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish.
2.
”Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4307 qaror mazmun–mohiyati (2019.03.05).
3.
Faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish.
4.
“Mahalla-tuman-viloyat-respublika” prinsipi. Jamiyat taraqqiyotining asosi- ma'rifatdir.
Tayanch iboralar.
Madaniyat va san'at muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish.”Ma'naviy-
ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
4307 qaror mazmun–mohiyati (2019.03.05). Faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish.
“Mahalla-tuman-viloyat-respublika” prinsipi. Jamiyat taraqqiyotining asosi- ma'rifatdir.”
Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish, aholi, ayniqsa, yoshlarning
intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, mafkuraviy immunitetini
mustahkamlash, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan
barkamol avlodni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, jahonda g‘oyaviy-
mafkuraviy kurashlar keskin davom etayotgan, ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan hozirgi
davrda yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarga bepisandlik, zararli yot g‘oyalar ta’siriga berilish,
jinoyatchilik va ekstremizm harakatlariga adashib qo‘shilib qolish holatlari hamon uchramoqda.
2019 yil 3 may “Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4307 sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
qabul qilindi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki
va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy
immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan
ko‘maklashish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi faoliyatining asosiy
yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, jamiyatda milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish;
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy
islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka
samarali yetkazish;
- oila, mahalla, ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish
va sog‘lomlashtirishga qaratilgan faoliyatda ishtirok etish,“mahalla–tuman–viloyat–respublika”
prinsipi asosida hududlar kesimidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit xaritasini shakllantirish, bu
jarayonga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
110
- “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va
targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etishning strategik yo‘nalishlari, ta’sirchan, kreativ va
innovatsion uslublarini ishlab chiqish;
- tinchlik va osoyishtalikka, mamlakatimizning barqaror taraqqiyotiga, qadriyat va urf-odatlarga
hamda insonparvarlik g‘oyalariga xavf soluvchi turli ichki va tashqi tahdidlarga qarshi samarali
targ‘ibot ishlarini olib borish;
-
aholining
ijtimoiy-ma’naviy
hayotida bunyodkorlik g‘oyalarini kuchaytirish,diniy
bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik muhitini yanada mustahkamlash.
O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish,
aholining intellektual salohiyati va dunyoqarashini yuksaltirishga, mafkuraviy immunitetini
mustahkamlashga doir chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Chora-tadbirlar dasturiga binoan:
- Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun
hujjatlarining mazmun va mohiyatini aholining keng qatlamlariga yetkazishga qaratilgan
targ‘ibot tadbirlari belgilandi.
- chora-tadbirlar dasturi dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy
jarayonlarning mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritish, terrorizm, diniy ekstremizm,
aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat” va boshqa tahdidlarga qarshi
samarali g‘oyaviy kurash olib borishga oid tadbirlar, jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga
to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar — korrupsiya, mahalliychilik, loqaydlik va ota-onalarning
yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizligi kabi holatlarga barham berishga qaratilgan tadbirlar,
- Yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish va ularda
axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar,
mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy
faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlar,
- Xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, keng
aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro
mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga doir tadbirlar;
- Mamlakatimizda keng nishonlanadigan bayramlar va boshqa sanalarda keng aholi orasida
amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar belgilandi.
2021 yil 26 mart kuni “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari
natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat,
fuqarolik jamiyatini barpo etishda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan hayotbaxsh
g‘oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda. Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga
qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-
ma’rifiy islohotlarning samaradorligiga to‘siq bo‘layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib
qolmoqda. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarni tashkil etishda yaxlit tizim mavjud emas,
xalqimiz, ayniqsa, yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish borasida yetarli darajada
tashkiliy-amaliy va ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmayapti, ushbu yo‘nalishda davlat
tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy
sektorning ijtimoiy hamkorligi samarali yo‘lga qo‘yilmagan.
Mavjud muammolarni hal etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini
oshirish, ko‘lami va miqyosini yanada kengaytirish, mamlakat aholisi, avvalo, yoshlar qalbida
amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish, sohadagi ishlarni
muvofiqlashtirishning yagona tizimini yaratish maqsadida ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini
tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
- ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”
g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni
umummilliy harakatga aylantirish;
- oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash;
111
- targ‘ibot-tashviqot va tarbiya yo‘nalishidagi ishlarni ilmiy asosda tashkil etish, soha bo‘yicha
ilmiy va uslubiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini
mustahkamlashga qaratilgan doimiy monitoring tizimini joriy qilish;
- el-yurt taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga
bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berishga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- aholining Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va
axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirish;
- madaniyat, adabiyot, kino, teatr, musiqa va san’atning barcha turlari, noshirlik-matbaa
mahsulotlari, ommaviy axborot vositalarida ma’naviy-axloqiy mezonlar, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarning ustuvorligiga erishish;
- geosiyosiy va mafkuraviy jarayonlarni muntazam o‘rganish, terrorizm, ekstremizm,
aqidaparastlik, odam savdosi, narkobiznes va boshqa xatarli tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy
kurash olib borish hamda bu borada xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining qo‘shimcha vazifalari etib quyidagilar
belgilandi:
a) davlat organlari va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘nalishida:
mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha davlat organlari,
nodavlat tashkilotlar va ishchi (ekspert) guruhlarining bu boradagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan zararli g‘oyalar va ma’naviy tahdidlarning
mohiyatini va aholining turli qatlamlariga ta’sirini o‘rganib borish;
yoshlarimiz ongiga salbiy ta’sir etuvchi, ularni g‘oyaviy jihatdan qaram etishga yo‘naltirilgan
harakatlarga qarshi samarali kurash olib borish hamda irodali, fidoyi, vatanparvar va o‘z
mustaqil fikriga ega avlodni tarbiyalash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturlarini ishlab
chiqish;
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, keng ko‘lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan
qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha
davlat va jamoat tashkilotlari uchun tegishli tavsiya va takliflar tayyorlash;
b) ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida:
ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishning samarali va ta’sirchan targ‘ibot texnologiyalari
hamda usullarini ishlab chiqish;
ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga doir xorijiy tajribani o‘rganish,
shuningdek, bugungi mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va
baholash;
maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimi, mahalla va boshqa
tuzilmalar kesimida ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning monitoringini olib borish,
aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha ilmiy asoslangan tarbiya texnologiyalari, taklif va
tavsiyalar ishlab chiqish;
ma’naviy tarbiya va ijtimoiy-gumanitar fanlar bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion
tadqiqotlarni tashkil etish, ularning natijalari amaliyotga tatbiq qilinishini muvofiqlashtirish;
v) targ‘ibot-tashviqot yo‘nalishida:
ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan milliy g‘oya targ‘iboti, ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
sohalar va hududlarning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, aniq maqsadga
yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
aholi, ayniqsa, yoshlarni islom dini va falsafasiga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-
ehtirom va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash, millatlararo totuvlik va o‘zaro mehr-oqibat muhitini
yanada mustahkamlash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish.
O‘zbekiston fuqarolari millati, irqi, jinsi, kasb-kori, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼiy
nazar fuqaro sifatida qonun oldida huquqan teng va birdek masʼuliyatlidirlar. Shuning uchun
ham mavjud muammolarni bartaraf etishda fuqarolarning o‘z fuqarolik huquqlarini bilib olishlari
va ular himoya qilishlari hamda burchlarini chuqur anglab etishlari uchun ularni huquqiy
112
jihatdan tarbiyalab borish dolzarb vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. Bu jarayon fuqarolar
uchun maʼnaviy kamolot manbai bo‘lishi bilan birga, ularning bu boradagi masʼuliyatini yana-da
oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shuning uchun ham, O‘zbekistonda demokratik
jamiyat qurish kuchli davlatdan, kuchli fuqarolik jamiyatga o‘tish konsepsiyasi zamirida inson
erkinliklarini fuqaro, halq manfaatlariga mos holda bosqichma-bosqich yuzaga chiqarish asosiy
vazifa sifatida belgilangan. Maʼlumki, qonunlarning har bir moddasida insonning muayyan
yo‘nalishdagi erkinliklari beriladi. Lekin yodda tutmoq kerak-ki, bunday tartib, yo‘l-yo‘riq yoki
imkoniyat faqat bitta fuqaroning erkinligini yuzaga chiqarish uchungina joriy etilgan emas. Balki
bu huquqiy meʼyor barcha uchun teng asosga ega. Hamonki shunday ekan, barcha yaʼni butun
jamiyat aʼzolari ana shu meʼyor asosida o‘z erkinliklarini bir xil darajada amalga oshirishi shart.
“Fuqarolik pozitsiyasi” deganda nima tushuniladi? Fuqarolik pozitsiyasi - bu shaxsning
jamiyat hayotidagi ongli ishtiroki, uning atrof-muhitga nisbatan ongli real harakatlari, shaxsiy va
jamoat manfaatlarining oqilona muvozanati bilan ijtimoiy qadriyatlarni amalga oshirishga
qaratilgan.
Faol fuqarolik pozitsiyasining tarkibiy qismlari: ijtimoiy faollik, fuqarolik ong va fuqarolik
fazilatlari. Fuqarolik pozitsiyamni aniqlash uchun quyidagi komponentlarga murojaat qilish
maqsadga muvofiq.
Birinchi komponent ijtimoiy faollikdir. U mehnat va ijtimoiy faoliyatga ongli, ijodiy
munosabat sifatida belgilanishi mumkin, buning natijasida shaxsning o'zini o'zi anglashi
ta'minlanadi. O'z-o'zini anglash sinfda, maktabda, tumanda, viloyatda ijtimoiy hayot orqali
amalga oshiriladi. Bu turli darajadagi va yo'nalishdagi aksiyalar, tanlovlar, tadbirlarda ishtirok
etishdir.
Ikkinchi komponent fuqarolik ongidir, u hayotiy pozitsiya, xabardorlik, shaxs tomonidan
o'zining axloqiy qiyofasi va manfaatlarini baholash, ya'ni o'zini ijtimoiy ahamiyatga ega
pozitsiya tashuvchisi sifatida yaxlit baholash asosida rivojlanadi. Hozirda ijtimoiy ahamiyatga
ega pozitsiya maktabda ta'lim olishda namoyon bo'ladi. Maktabda o'qish sizga nafaqat maktab
o'quv dasturi doirasida bilim olishga imkon beradi. Sizning sevimli mashg'ulotlaringiz doirasini
aniqlash va ularni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni beradi.
Uchinchi komponent - fuqarolik fazilatlari. Bu, eng avvalo, Vatanga muhabbat tuyg‘usi, o‘z
harakati va harakati uchun mas’uliyat hissi, tashabbuskorlik, mustaqillikdir. Ishonch va g‘urur
bilan biz tashabbuskor, ijodkor, mas’uliyatli, mustaqil insonga aylanamiz.
Fuqarolik so‘zda emas, aniq amalda bo‘lishi kerak. Inson odamlarga, jamiyatga munosabatini
ko'rsatish, atrofdagi dunyo bilan o'zaro munosabatda o'zini amaliy amalga oshirish yo'llarini
topish imkoniyatiga ega bo'ladi.
Mustaqillik yillarida xalqimizning ma’naviy olamini shakllantirishda, milliy-madaniy
merosimizni tiklashda misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishdik. Ma’naviyat-ma’rifat davlat
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Mamlakatimizda yuksak ma’naviyatli, o‘z
mustaqil fikriga ega bo‘lgan, ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar yutuqlarini puxta egallagan,
har tomonlama barkamol yoshlarni tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu borada
hukumatimiz olib borayotgan yoshlar siyosatida ular faolligini oshirish va dunyoqarashlarini
yanada yuksaltirish, shu jumladan, voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik va
jinoyatchilikning oldini olish maqsadida talay ishlar amalga oshirilmoqda.
Qisqa davr mobaynida mamlakatni jadal ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy
rivojlantirish, birinchi navbatda, qishloq joylarida aholi uchun munosib hayot sharoitlarini
yaratish, shuningdek, islohotlarni amalga oshirishda fuqarolarning bunyodkorlik salohiyatini
ro‘yobga chiqarishga qaratilgan qator muhim davlat va hududiy dasturlar, qonun hujjatlari qabul
qilindi. Senatorlar va deputatlar korpusi, fuqarolar yig‘inlari, ommaviy axborot vositalari va
fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini keng jalb etgan holda, joylarda ishlarning
haqiqiy ahvolini har tomonlama va chuqur o‘rganish, xalq bilan bevosita muloqotning sifat
jihatdan yangi va samarali shakllarini joriy etish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-
tadbirlarning natijalari mazkur dasturlar hamda hujjatlarning qabul qilinishiga asos bo‘ldi.
113
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amaliy ro‘yobga chiqarish doirasida qabul qilingan
20 dan ortiq qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 180 dan ortiq farmonlari va 450
dan ortiq qarorlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning so‘zsiz, o‘z vaqtida va sifatli ijro
etilishini ta’minlash hozirgi bosqichda ko‘zlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti
hisoblanadi. Shu bilan birga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, mahalliy ijro
etuvchi hokimiyat organlari ishini tashkil etish va faoliyatini baholashning amaldagi tizimi
oldimizga qo‘yilgan vazifalarni samarali hal qilishga imkon bermayapti. Xususan,
birinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati markaziy organlarining mahalliy davlat
hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligining darajasi hududlarda yechimini kutayotgan
muammolarni hal qilish bo‘yicha uyg‘un faoliyatni ta’minlamaydi. Aksariyat hollarda ularning
faoliyati bir martalik xususiyatga ega, alohida topshiriqlarni bajarishdan iborat bo‘lib qolgan.
Buning ustiga, joylarda yig‘ilib qolgan muammolarni hal qilish bo‘yicha lozim darajada
tashabbus ko‘rsatilmayapti;
ikkinchidan, ijro etuvchi va vakillik hokimiyati organlari mansabdor shaxslarining
hududlarga xizmat safarlarini samarali muvofiqlashtirishning mavjud emasligi amalga
oshirilayotgan chora-tadbirlarning takrorlanishiga olib kelmoqda, oqibatda, mahalliy davlat
hokimiyati organlarini asosiy funksional majburiyatlarini bajarishdan chalg‘itmoqda;
uchinchidan, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonini baholash amaliyoti joylarda
ishlarning haqiqiy ahvolini tanqidiy tahlil qilishga asoslanmagan, eng asosiysi, erishilgan
iqtisodiy ko‘rsatkichlar aholining hayot sifatiga qay darajada ijobiy ta’sir etayotganligiga qat’iy
baho berilmayapti. Respublika davlat organlarining hududlardan ajralib qolganligi hududlarning
o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanish darajasi va talab-ehtiyojini inobatga olgan holda,
asoslantirilgan va har tomonlama puxta o‘ylangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini
ishlab chiqish imkonini bermayapti;
to‘rtinchidan, respublika va mahalliy budjet mablag‘larini shakllantirish va taqsimlash,
investitsiya dasturlarini ishlab chiqish hamda bajarishning amaldagi mexanizmlari, birinchi
navbatda, eng ustuvor loyihalarni manzilli, o‘z vaqtida va mutanosib moliyalashtirishni
ta’minlamayapti;
beshinchidan, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim dasturlarini amalga
oshirish bo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etish o‘rniga aksariyat hollarda
ko‘plab yig‘ilishlar o‘tkazilmoqda va ularning yakuni bo‘yicha chuqur o‘ylanmagan qarorlar
qabul qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan,
aholini arzon uy-joy va ish bilan ta’minlash, sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, sog‘liqni
saqlash, ta’lim va boshqa sohalardagi hayotiy muhim masalalar ko‘tarilgan bir milliondan ortiq
murojaatlar yuqoridagilardan dalolat bermoqda.
Mamlakatimizda “Mahalla - tuman (shahar) - viloyat - respublika” tamoyiliga ko‘ra amaliy
ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, uyma-uy yurish va aholi bilan uchrashuvlar asosida eng
quyi bo‘g‘inda – mahallada dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish
yuzasidan aniq choralar ko‘rish, tuman (shahar)ni rivojlantirish bo‘yicha dasturlarga kiritish
uchun takliflar tayyorlash va kiritish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 martdagi ««Mahallabay»
ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo‘llab-
quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 152-sonli Qaroriga binoan quyidagilar «Mahallabay»
ishlash tizimining asosiy yo‘nalishlari hisoblandi:
1.
a) mahallalarning «o‘sish nuqtalari» va «drayver» loyihalarni aniqlash yo‘nalishida:
mahallalardagi xonadonlar, oilalar, aholi soni, yosh va gender tarkibi, band bo‘lganlar va
ishsizlar soni, ularning mutaxassisliklari va kasb malakasi, mahalla faollari, maktabgacha ta’lim,
o‘rta va o‘rta maxsus professional muassasalari, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar,
o‘quv markazlari, yer maydoni, tomorqa yerlar, bo‘sh bino va inshootlar, infratuzilma ob’ektlari
(gaz, elektr energiyasi, ichimlik va oqova suv tizimlari, yo‘l), tadbirkorlar soni va ularning
114
faoliyat turi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab olgan mahallaning pasportini ishlab
chiqish;
mahallalardagi mavjud imkoniyatlar, xom ashyo resurslari, infratuzilma holati, ishchi
kuchining ixtisoslashuvi va sifatidan kelib chiqqan holda har bir mahallani rivojlantirish
yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
mahallalarni rivojlantirish yo‘nalishlaridan kelib chiqib, ularning ixtisoslashuvini
aniqlash va «drayver» loyihalar ro‘yxatini shakllantirish;
mahallalarda ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilash;
asbob-uskunalar, mehnat qurollari xarid qilish bo‘yicha ta’minotchi korxonalar ro‘yxatini,
joylarda tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsizlar
ro‘yxatini tuzish;
1.
b) aholini tadbirkorlikka jalb etish va bandligini ta’minlash yo‘nalishida:
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagini bildirgan aholiga oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga
qo‘yishda har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatish;
oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida mahalla aholisiga ajratilgan
kreditlarning natijadorligi monitoringini olib borish;
tadbirkorlik sub’ektlarining mavjud muammolarini joyiga chiqqan holda aniqlash va
tezkorlik bilan hal etish choralarini ko‘rish, ularning faoliyatini kengaytirish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish;
bo‘sh bino va yer uchastkalarini aniqlash, ulardan samarali foydalanish va tadbirkorlik
sub’ektlariga berish maqsadida auksion savdolariga chiqarish choralarini ko‘rish;
mahallalardagi band bo‘lmagan aholini kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘rgatishni
tashkil etish orqali ularning bandligiga ko‘maklashish;
band bo‘lmagan aholini tadbirkorlikka va o‘zini o‘zi band qilib ishlash faoliyatiga jalb
qilish;
yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari va startap g‘oyalarini yanada quvvatlashga
qaratilgan kreditlar ajratish;
ustoz-shogird an’anasi asosida band bo‘lmagan aholini ular yashayotgan tuman (shahar) va
mahallada faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar hamda hunarmandlarga biriktirish;
1.
v) mahalladagi muammolarni hal etish yo‘nalishida:
«Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarning
muammolarini o‘rganib, ularga aniq yo‘nalishlar (kasb-hunarga o‘qitish, ish bilan ta’minlash,
tadbirkorlikka jalb etish, moddiy yordam berish) bo‘yicha manzilli ko‘maklashish;
aholini kambag‘allikdan chiqarish dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini tashkil etish;
ijtimoiy muhofazaga muhtoj aholi qatlamlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga
munosib turmush sharoitlari yaratish, moddiy, psixologik, huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha
aniq amaliy choralarni amalga oshirish;
«Besh muhim tashabbus» doirasida yoshlar va ayollarning bandligini ta’minlash hamda
bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish choralarini ko‘rish;
mahallalarda infratuzilma holatini yaxshilash hamda ijtimoiy soha ob’ektlaridan samarali
foydalanish yuzasidan takliflar tayyorlash;
mahalla pasportidagi mezonlar asosida «qizil», «sariq» hamda «yashil» hududlarga
ajratgan holda barcha mahallalarni «yashil» hududga o‘tkazish choralarini ko‘rish.
Do'stlaringiz bilan baham: |