107
konsepsiya badiiy asarning sanʼat, adabiyot va madaniyat tarixidagi oʻrnini hamda oʻquvchilar
ommasiga taʼsir etish darajasini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida
milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi” PQ-4038-son qarori bilan O‘zbekistonda
Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini
yuksaltirish, madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha
vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi,
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni
rivojlantirish
jamg‘armasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston davlat
filarmoniyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali
tashkil etildi.
O‘zbek mumtoz va folklor san’atining noyob namunalarini, o‘ziga xos ijro maktablari
va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish tizimi yaratildi. O‘zbek milliy maqom san’ati
markazi va muzeyi tashkil etildi. Har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati anjumani
hamda Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining o‘tkazilishi noyob merosimizning nufuzini
jahon miqyosida oshirish yo‘lida muhim amaliy qadam bo‘ldi.
Ayni paytda, milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator
tizimli kamchiliklar mavjud. Jumladan:
birinchidan, madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, madaniyat va san’at
muassasalari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, ijodkorlarni ijtimoiy himoya
qilishga qaratilgan yagona huquqiy baza yaratilmagan;
ikkinchidan, yosh ijodkorlarga ta’lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash
va ularning malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona
davlat siyosatini samarali olib borish, aholining o‘sib borayotgan madaniy ehtiyojlarini qondirish
va madaniy xizmatlar sifatini keskin
oshirish imkonini bermayapti;
uchinchidan, aksariyat madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasi
zamon talablari va xalqaro standartlarga mos kelmaydi, bu esa ularning to‘laqonli faoliyat
ko‘rsatishi uchun imkon bermayapti;
to‘rtinchidan, zamonaviy media makonda milliy madaniyatimiz munosib o‘rin
egallamagani, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘liq joriy etilmagani sohani
keng tadqiq va targ‘ib etish, xalqaro madaniy jarayonlarga talab darajasida integratsiya qilishga
yo‘l bermayapti;
beshinchidan, madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli xalqaro festival va tanlovlarda
ijodkorlarimizning ishtirokini izchil ta’minlash va ularning sara asarlarini namoyish etish, milliy
ijodiy mahsulotlarni eksport qilishning samarali tizimi yaratilmagani,
xorijiy tashkilotlar bilan
hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagani ham soha rivojiga to‘sqinlik qilmoqda.
Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviy qadriyatlari va ma’naviy merosini
asrab-avaylash hamda jahon madaniyati bilan uyg‘un holda rivojlantirish, milliy madaniyatni
keng targ‘ib etish, uning xalqaro madaniy makonda tutgan o‘rni va mavqeyini yanada
mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish
konsepsiyasi qabul qilindi.
Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy bazani, ushbu sohadagi institutsional tizimni
va madaniyat muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish;
tarixiy va madaniy merosimizni saqlash hamda uni yosh avlod tarbiyasida keng
qo‘llash;
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish, etnik madaniy
an’analarni asrab-avaylash va shu asosda xalq ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash;
aholi, jumladan, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish
va kengaytirish;
108
madaniyat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy
etish, madaniyatni yanada keng tadqiq va targ‘ib etishda innovatsion g‘oyalar va
texnologiyalardan samarali foydalanish;
fuqarolarning, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning madaniy hayotda faol
ishtirok etishi va madaniy xizmatlardan foydalanishda ijtimoiy tengligini ta’minlash;
madaniy sohada o‘zaro samarali xalqaro munosabatlarni tashkil etish va rivojlantirish,
milliy madaniyatga jahon madaniyatining ajralmas qismi sifatida qarash, bu borada teng
huquqlilik va inson huquqlarini hurmat qilishga alohida e’tibor qaratish;
qabul qilinayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniyat sohasiga
oid qarorlarning ushbu
sohadagi yagona davlat siyosatiga mosligini ta’minlash;
madaniyat va san’at muassasalarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash,
ularning moddiy resurs bazasini yanada mustahkamlash, obyektlarni saqlash hamda muhofaza
qilishda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2022-yillarda milliy madaniyatni yanada
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda “Moddiy madaniy meros
obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi qarorlari shu bilan birga Madaniyat vazirining yil davomida sohada amalga
oshirilgan ishlar va 2019-yilda koʻzlangan rejalar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Keyingi yillarda oʼzbek xalqining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yuksaltirish, madaniyat va sanʼat
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash
boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 28-noyabr kuni prezident
Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ-4038-sonli qarori qabul qilingan edi. Mazkur
Konsepsiyada milliy madaniyatni yanada rivojlantirishda mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning uzviy va ajralmas qismi sifatida qaraladi.
Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi 9 ta asosiy yoʻnalishni oʻz ichiga
qamrab olgan.
1. Moddiy, nomoddiy madaniy meros, muzeylar;
2. Teatr, kino va sirk;
3. Milliy musiqa sanʼati;
4. Milliy estrada sanʼati;
5. Milliy raqs sanʼati;
6. Tasviriy va amaliy sanʼat;
7. Madaniyat va istirohat bogʻlari hamda madaniyat markazlari;
8. Ilm-fan, taʼlim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish;
9. Madaniyat turizmi.
Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2019-2020-
yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, unga asosan A.Navoiy nomidagi
Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida “Opera va balet sanʼati” xalqaro festivalini oʻtkazish
(2
yilda bir marta, dastlab 2019-yilda), internet tarmogʻida respublikadagi mavjud barcha
muzeylarning yagona portalini tashkil etish, tarixiy, ilmiy, “Sahrodagi qasrlar”, “Sarmishsoy
qoyatosh rasmlari”, “Xonbandi”, “Zarautsoy qoyatosh rasmlari”, “Qadimiy Termiz” obyektlarini
YUNЕSKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish choralarini koʻrish respublikada hamda
Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga oid xorijiy davlatlardagi nomoddiy madaniy meros
elementlarini yozib olish, ular asosida “Oʻzbekiston nomoddiy madaniy merosi” toʻplamini
nashr etish, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan milliy musiqa asarlari orasidan madaniy
qimmatga egalarini saralab, milliy musiqiy asarlar fonotekasini yaratish rejalashtirilgan.
Oʻzbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan madaniy merosini muhofaza qilish,
ilmiy oʻrganish va undan foydalanish borasida mamlakatda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari
YUNЕSKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga, “Boysun madaniy muhiti”,
“Shashmaqom musiqasi”, “Navroʻz”, “Katta ashula”, “Askiya”, “Palov
madaniyati va
109
anʼanalari” nomzodlari Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga, Usmon
Qurʼoni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar toʻplami,
Xiva xonligi devonxonasi hujjatlari Jahon xotirasi roʻyxatiga kiritilgani yurtimiz madaniy
merosining dunyo miqyosida eʼtirof etilganiga yorqin misol boʻla oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: