Namangan davlat universiteti madaniyatshunoslik



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/142
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#783891
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142
Bog'liq
Мажмуа таргибот 3-курс

Nazorat savollari. 
1.
O`zbekiston Respublikasida targ’ibot-tashviqot ishlarini rivojlantirishga oid qanday 
islohotlar amalga oshirilmoqda? 
2.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan jamiyat ijtimoiy-siyosiy 
hayotini rivojlantirishga oid olib borilayotgan islohotlar xaqida nimalarni bilasiz? 
3.
O`zbekiston Respublikasida targ`ibot-tashviqot ishlarining yanada rivojlanishi xaqida 
nimalarni bilasiz? 
4.
Harakatlar strategiyasining mazmun-mohiyati xaqida nimalarni bilasiz? 
5.
Yangi O‘zbekiston g`oyasi xaqida nimalarni bilasiz? 
Mavzu: O‘zbekistonda milliy madaniyatni rivojlantirish Konsepsiyasi. 
Reja: 
1.
Konsepsiya tushunchasi. 
2.
O‘zbekistonda milliy madaniyatni rivojlantirish Konsepsiyasini qabul qilinishi. 
3.
Konsepsiyaning shakllanish evolyusiyasi. Konsepsiyaning mazmun-mohiyati va tarkibiy 
qismlari. 
Tayanch iboralar. 
Konsepsiya tushunchasi. O‘zbekistonda milliy madaniyatni rivojlantirish Konsepsiyasini 
qabul qilinishi. Konsepsiyaning shakllanish evolyusiyasi. Konsepsiyaning mazmun-mohiyati va 
tarkibiy qismlari. 
Konsepsiya (lot. conceptio - majmua, tizim) - 1) biror sohaga oid qarashlar, tamoyillar tizimi, 
fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtai nazar; 
2)adabiyotda - biror asarning asosiy gʻoyasi. Konsepsiya badiiy asar mohiyatini, ijodkorning 
"meni"ni ifoda etadi. Biroq badiiy asar konsepsiyasi ayrim holatlarda muallifning subʼyektiv 
qarashlaridan keng qamrovli bulishi mumkin. Baʼzan muallif moʻljaliga zid holat yuz bersa ham, 
mohiyat eʼtibori bilan asar oʻz konsepsiyasiga koʻra muallifning badiiy-estetik olamiga tegishli 
boʻladi. Oʻquvchining maʼnaviy-ruhiy saviyasi, tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda 
badiiy asar konsepsiyasi alohida taʼkidlanib, ochiq-oydin ifoda etiladi. Inson va borliq 
mohiyatiga koʻra, konsepsiya bir butunlikni tashkil etadi. Masalani muayyan ijodkorning oʻz 
konsepsiyasi yoki alohida olingan haqiqiy sanʼat asarining konsepsiyasi tarzida qoʻyish ham 
mumkin. Boshqa jihatdan, badiiy asar konsepsiyasi unda tasvirlangan badiiy-estetik, obrazli 
dunyo orqali hayotni anglash mexanizmi — usuli boʻlib ham maydonga chiqadi. Umuman, 


107 
konsepsiya badiiy asarning sanʼat, adabiyot va madaniyat tarixidagi oʻrnini hamda oʻquvchilar 
ommasiga taʼsir etish darajasini belgilaydi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 
milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi” PQ-4038-son qarori bilan O‘zbekistonda 
Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini 
yuksaltirish, madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha 
vakillarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Xususan, O‘zbekiston ijodkorlarini qo‘llab-quvvatlash “Ilhom” jamoat fondi, 
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san’atni rivojlantirish 
jamg‘armasi, O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi, O‘zbekiston davlat 
filarmoniyasi, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali 
tashkil etildi. 
O‘zbek mumtoz va folklor san’atining noyob namunalarini, o‘ziga xos ijro maktablari 
va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirish tizimi yaratildi. O‘zbek milliy maqom san’ati 
markazi va muzeyi tashkil etildi. Har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom san’ati anjumani 
hamda Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining o‘tkazilishi noyob merosimizning nufuzini 
jahon miqyosida oshirish yo‘lida muhim amaliy qadam bo‘ldi. 
Ayni paytda, milliy madaniyatni yanada rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan bir qator 
tizimli kamchiliklar mavjud. Jumladan: 
birinchidan, madaniyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, madaniyat va san’at 
muassasalari, ijodiy uyushma va birlashmalarning huquqiy maqomi, ijodkorlarni ijtimoiy himoya 
qilishga qaratilgan yagona huquqiy baza yaratilmagan; 
ikkinchidan, yosh ijodkorlarga ta’lim-tarbiya berish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash 
va ularning malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona 
davlat siyosatini samarali olib borish, aholining o‘sib borayotgan madaniy ehtiyojlarini qondirish 
va madaniy xizmatlar sifatini keskin oshirish imkonini bermayapti; 
uchinchidan, aksariyat madaniyat va san’at muassasalarining moddiy-texnik bazasi 
zamon talablari va xalqaro standartlarga mos kelmaydi, bu esa ularning to‘laqonli faoliyat 
ko‘rsatishi uchun imkon bermayapti; 
to‘rtinchidan, zamonaviy media makonda milliy madaniyatimiz munosib o‘rin 
egallamagani, sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari to‘liq joriy etilmagani sohani 
keng tadqiq va targ‘ib etish, xalqaro madaniy jarayonlarga talab darajasida integratsiya qilishga 
yo‘l bermayapti; 
beshinchidan, madaniyat va san’at sohasidagi nufuzli xalqaro festival va tanlovlarda 
ijodkorlarimizning ishtirokini izchil ta’minlash va ularning sara asarlarini namoyish etish, milliy 
ijodiy mahsulotlarni eksport qilishning samarali tizimi yaratilmagani, xorijiy tashkilotlar bilan 
hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmagani ham soha rivojiga to‘sqinlik qilmoqda. 
Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviy qadriyatlari va ma’naviy merosini 
asrab-avaylash hamda jahon madaniyati bilan uyg‘un holda rivojlantirish, milliy madaniyatni 
keng targ‘ib etish, uning xalqaro madaniy makonda tutgan o‘rni va mavqeyini yanada 
mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish 
konsepsiyasi qabul qilindi. 
Konsepsiyaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: 
madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy bazani, ushbu sohadagi institutsional tizimni 
va madaniyat muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish; 
tarixiy va madaniy merosimizni saqlash hamda uni yosh avlod tarbiyasida keng 
qo‘llash; 
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni yoshlarimiz ongiga singdirish, etnik madaniy 
an’analarni asrab-avaylash va shu asosda xalq ijodiyotini qo‘llab-quvvatlash; 
aholi, jumladan, yoshlarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish va kengaytirish; 


108 
madaniyat sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy 
etish, madaniyatni yanada keng tadqiq va targ‘ib etishda innovatsion g‘oyalar va 
texnologiyalardan samarali foydalanish; 
fuqarolarning, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarning madaniy hayotda faol 
ishtirok etishi va madaniy xizmatlardan foydalanishda ijtimoiy tengligini ta’minlash; 
madaniy sohada o‘zaro samarali xalqaro munosabatlarni tashkil etish va rivojlantirish, 
milliy madaniyatga jahon madaniyatining ajralmas qismi sifatida qarash, bu borada teng 
huquqlilik va inson huquqlarini hurmat qilishga alohida e’tibor qaratish; 
qabul qilinayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniyat sohasiga oid qarorlarning ushbu 
sohadagi yagona davlat siyosatiga mosligini ta’minlash; 
madaniyat va san’at muassasalarining to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, 
ularning moddiy resurs bazasini yanada mustahkamlash, obyektlarni saqlash hamda muhofaza 
qilishda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2022-yillarda milliy madaniyatni yanada 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi hamda “Moddiy madaniy meros 
obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi qarorlari shu bilan birga Madaniyat vazirining yil davomida sohada amalga 
oshirilgan ishlar va 2019-yilda koʻzlangan rejalar yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. 
Keyingi yillarda oʼzbek xalqining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yuksaltirish, madaniyat va sanʼat 
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, soha vakillarini qoʻllab-quvvatlash 
boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 28-noyabr kuni prezident 
Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish 
konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” PQ-4038-sonli qarori qabul qilingan edi. Mazkur 
Konsepsiyada milliy madaniyatni yanada rivojlantirishda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning uzviy va ajralmas qismi sifatida qaraladi. 
Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasi 9 ta asosiy yoʻnalishni oʻz ichiga 
qamrab olgan. 
1. Moddiy, nomoddiy madaniy meros, muzeylar;
2. Teatr, kino va sirk;
3. Milliy musiqa sanʼati;
4. Milliy estrada sanʼati;
5. Milliy raqs sanʼati;
6. Tasviriy va amaliy sanʼat;
7. Madaniyat va istirohat bogʻlari hamda madaniyat markazlari;
8. Ilm-fan, taʼlim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish;
9. Madaniyat turizmi. 
Milliy madaniyatni yanada rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha 2019-2020-
yillarga moʻljallangan “yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, unga asosan A.Navoiy nomidagi 
Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida “Opera va balet sanʼati” xalqaro festivalini oʻtkazish 
(2 yilda bir marta, dastlab 2019-yilda), internet tarmogʻida respublikadagi mavjud barcha 
muzeylarning yagona portalini tashkil etish, tarixiy, ilmiy, “Sahrodagi qasrlar”, “Sarmishsoy 
qoyatosh rasmlari”, “Xonbandi”, “Zarautsoy qoyatosh rasmlari”, “Qadimiy Termiz” obyektlarini 
YUNЕSKOning Umumjahon merosi roʻyxatiga kiritish choralarini koʻrish respublikada hamda 
Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga oid xorijiy davlatlardagi nomoddiy madaniy meros 
elementlarini yozib olish, ular asosida “Oʻzbekiston nomoddiy madaniy merosi” toʻplamini 
nashr etish, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan milliy musiqa asarlari orasidan madaniy 
qimmatga egalarini saralab, milliy musiqiy asarlar fonotekasini yaratish rejalashtirilgan. 
Oʻzbekiston xalqining umummilliy boyligi hisoblanadigan madaniy merosini muhofaza qilish, 
ilmiy oʻrganish va undan foydalanish borasida mamlakatda qator ishlar amalga oshirilmoqda. 
Xususan, Buxoro, Samarqand, Xiva va Shahrisabz shaharlarining tarixiy markazlari 
YUNЕSKOning Umumjahon madaniy merosi roʻyxatiga, “Boysun madaniy muhiti”, 
“Shashmaqom musiqasi”, “Navroʻz”, “Katta ashula”, “Askiya”, “Palov madaniyati va 


109 
anʼanalari” nomzodlari Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatiga, Usmon 
Qurʼoni, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar toʻplami, 
Xiva xonligi devonxonasi hujjatlari Jahon xotirasi roʻyxatiga kiritilgani yurtimiz madaniy 
merosining dunyo miqyosida eʼtirof etilganiga yorqin misol boʻla oladi. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish