Namangan davlat universiteti madaniyatshunoslik


Mavzu: Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil



Download 2,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/142
Sana12.07.2022
Hajmi2,08 Mb.
#783891
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   142
Bog'liq
Мажмуа таргибот 3-курс

Mavzu: Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil 
etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusni targ‘ib etish metodlari 
Reja: 
1. Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish
2. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish
3. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha beshta muhim tashabbusni targ‘ib 
etish metodlari. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019 yil 19 mart kuni 
yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb 
etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida 
kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan 
videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot 
xizmati 
xabar berdi

Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. 
Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, 
yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. 
Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham 
shunchalik kuchli boʻladi. 
Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim 
asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. 
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga 
qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. 
Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari 
uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan. 


97 
Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali 
foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 
Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib 
qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan. 
Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi. 
Ana shu ezgu gʻoya Prezidentimizning Sirdaryo viloyatiga tashrifi chogʻida boshlanib, qisqa 
vaqtda ulkan ishlar amalga oshirildi. Sirdaryo viloyatidagi tuman va shaharlar kutubxonalariga 
300 ming nusxada badiiy adabiyotlar yetkazib berildi. Musiqa va sanʼat maktablari cholgʻu 
asboblari, sport obyektlari jihozlar bilan taʼminlandi. 
Bu ishlar Namangan viloyatida ham davom ettirilib, “Maʼrifat karvoni” tashkil etildi. Yoshlar 
uchun 25 ming dona kitob, 80 turdagi sport jihozlari va musiqa asboblari yetkazib berildi. 
Bir soʻz bilan aytganda, ushbu 5 ta tashabbus xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan katta 
qiziqish bilan kutib olindi. 
Musiqa va sanʼat sohasida oliy maʼlumotli kadrlarni koʻpaytirish masalasiga ham eʼtibor 
qaratildi. 
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim hamda Xalq taʼlimi vazirliklariga muayyan mavzular boʻyicha tarix 
darslarining muzeylar, tarixiy obidalar, qadamjo va teatrlarda sayyor oʻtkazilishini tashkil qilish 
topshirildi. 
Ikkinchi tashabbusga doir masalalar muhokama qilinar ekan, mamlakatimizda 12 mingdan ziyod 
sport inshootlari borligi, lekin yoshlarni jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish 
darajasi yetarli emasligi qayd etildi. Umumtaʼlim maktablarining sport anjomlari bilan 
jihozlanish koʻrsatkichi respublika boʻyicha 56 foizni, jumladan, Surxondaryo viloyatida 12 
foizni, Xorazmda 14 foizni, Qoraqalpogʻistonda 15 foizni tashkil etadi, xolos. 
Yigʻilishda yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish borasidagi chora-tadbirlar 
belgilab berildi. 
Tuman va shaharlar hokimlarining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosarlariga mutaxassislar 
bilan birgalikda yoshlarning sport turlariga qiziqishi hamda sport inshootlarining jihozlanish 
darajasini oʻrganib, shu asosda takliflar berish, Vazirlar Mahkamasiga ularni amalga oshirish 
uchun zarur mablagʻlar manbasini aniqlash vazifasi qoʻyildi. 
Olis va chekka qishloqlarda yengil konstruksiyali sendvich-panellardan kichik sport zallari va 
sunʼiy qoplamali maydonlar qurish, tashabbuskor tadbirkorlarga sport inshootlari tashkil etish 
uchun yer ajratish zarurligi taʼkidlandi. Bunday tadbirkorlarga “Oʻzmilliybank” tomonidan 
“Yoshlar — kelajagimiz” dasturi doirasida imtiyozli kreditlar ajratiladi. 
Joylardagi sport maktablariga xalqaro musobaqalarda gʻolib boʻlgan taniqli sportchilarni rahbar 
etib tayinlash, shuningdek, sportchilarni oliy oʻquv yurtlarining maxsus sirtqi boʻlimlarida 
maqsadli oʻqitish yaxshi natija berishi qayd etildi. Bolalar-oʻsmirlar sport maktablari sonini 
koʻpaytirish yuzasidan topshiriqlar berildi. 
Videoselektorda 
yoshlarni 
internetdagi 
zararli 
xurujlardan 
asrash, 
ularni 
axborot 
texnologiyalaridan unumli foydalanishga oʻrgatish masalalariga ham alohida ahamiyat qaratildi. 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ilgʻor xalqaro 
tajribalar asosida barcha shahar va tumanlar markazlarida Raqamli texnologiyalar oʻquv 
markazlarini tashkil etish boʻyicha topshiriq berildi. Bu markazlarda elektron tijorat va 
dasturlash bepul oʻrgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik bilan shugʻullanish 
boʻyicha innovatsion koʻnikmalar beriladi, “startap” loyihalarga yordam koʻrsatiladi. 
Bugungi kunda barcha maktablarda kompyuter texnikalari boʻlishiga qaramasdan, internet 
xizmatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2021 yilgacha barcha 
maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet 
tarmogʻi bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi. 
Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda, kompyuter oʻyinlari markazlarini tashkil etish, 
ularda yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina, 
rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar boʻlishi zarurligi taʼkidlandi. 


98 
Yoshlarda bolalik chogʻidan kitobga mehr uygʻotish, mustaqil fikr va keng dunyoqarashni 
shakllantirish ularning hayot yoʻllarida mustahkam zamin boʻladi. 
Lekin koʻplab qishloq va mahallalarda buning uchun zarur sharoit mavjud emas. Ilgarigi 
kutubxonalar oʻrnida tashkil etilgan “Axborot-resurs markazlari” oʻzlariga yuklatilgan 
vazifalarni bajara olmadi. 
Shu holatlarni hisobga olib, yangi tashabbus doirasida yoshlar sonidan kelib chiqqan holda 
joylarga qoʻshimcha kitoblar yetkazib berish rejalashtirilgan. 
Davlatimiz rahbari mutasaddi vazirlik va uyushmalarga “Kitob karvoni” loyihasi doirasida 
badiiy, maʼrifiy, ijtimoiy mavzularda kitoblar chop etish hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam boʻlmagan miqdorda yetkazib berish boʻyicha 
topshiriq berdi. 
Yigʻilishda mahalliy hokimliklar har bir shahar va tuman markazida bittadan namunali kitob 
doʻkoni tashkil etishi kerakligi taʼkidlandi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga 
barcha shahar va tumanlarda koʻchma kitob pavilyonlarini joylashtirish, Qoraqalpogʻiston 
Respublikasi va barcha viloyatlarda “Bibliobus”larni yoʻlga qoʻyish orqali qishloq va ovullar 
aholisiga kutubxona xizmati koʻrsatish vazifasi qoʻyildi. 
Yigʻilishda xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalari ham muhokama qilindi. 
Shu maqsadda 2019-2020 yillarda barcha tumanlarda sendvich-panellardan 195 ta tikuv-trikotaj 
korxonalarini qurish belgilangan. Ularni qurish uchun aholi zich yashaydigan, mehnat resurslari 
koʻp joylar tanlab olingan. Bu korxonalarni tashkil etish natijasida xotin-qizlar uchun 24 
mingdan ortiq doimiy ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan. 
Prezidentimiz mehnat qilish istagidagi ayollar ish oʻrinlari sonidan ancha koʻpligini hisobga olib, 
korxonalarda ishni 2 smenada tashkil etish, ularda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarish 
zarurligini taʼkidladi. 
Yigʻilishda qayd etilgan 5 ta tashabbusni keng joriy qilish maqsadida barcha hududlarga 
mutasaddi rahbarlar masʼul qilib biriktirildi. Shuningdek, bu vazifalarga Qoraqalpogʻiston 
Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Toshkent shahri, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimlari, 
“Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Yoshlar ittifoqi rahbarlari shaxsan 
masʼul va javobgar etib belgilandi. 

Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish