78
olishni chuqurlashtiradi, psixikaning hissiy – ijobiy holatini vujudga keltiradi) bola
hatti-harakatini bu sharoitga moslashtiradi.
«Ilq qadam» tayanch dasturi barcha yosh guruhlarda bir yoshdan boshlab
chiniqtirish tadbirlarini qо‘llashni kо‘zda tutadi. Dasturda chiniqtirish turlari,
ularning о‘tkazish vaqti, qancha davom etishi belgilangan, shifokor tavsiyasiga
kо‘ra bolalarga yakka holda yondashish kerakligi kо‘rsatilgan.
Havo vannalari – bolalar harakat faoliyati vaqtida havoni terining
yalang‘och qismiga bevosita ta’sir etishini ta’minlaydi.
Bunda havo vannasining
eng maqsadga muvofiq va tabiiy kо‘rinishi ochiq havoda hamda deraza darchalari
ochiq xonalarda о‘tkaziladigan ertalabki badantarbiyadir.
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va ertalabki gimnastika havo vannasi
sifatida о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularni xonada о‘tkazishda havo harorati
asta-sekin har 2-3 kunda kamaytirib boriladi, bolalar ham shunga qarab yengilroq
kiyintiriladi. Bu ish shifokor kо‘rsatmasiga kо‘ra, bolalar sog‘lig‘ining ahvoli va
ularning har biriga yakka yondashgan holda amalga oshiriladi.
Bola havo vannalarini avval xonada, keyin kо‘chada oladi. Havo vannalari
sovuq (10-2
S
), befarq (23-30
S
) va issiq (30
S
dan yuqori) bо‘ladi. Bola sovuq
havoga asta-sekin о‘rgatiladi. Dastlab bolalar ishtonchada 15-20
daqiqa havo
vannasini xonada qabul qiladilar. Havo vannasi olina boshlangandan 10-15 kun
о‘tgach, bolani kо‘chaga yengil kiyintirib chiqarish mumkin.
Suv tadbirlari: artinish, belidan suv quyish, dush, chо‘milish (basseyn,
daryo, kо‘l, dengizda) kabi muolajalardan iborat. Shifokorning bolalarning о‘ziga
xos xususiyatlari va sog‘lig‘ini hisobga olib bergan tavsiyasi bu muolajalarni
belgilash uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Suv muolajalarida bolaning faol bо‘lishi
maqsadga muvofiq va zururdir.
Oyoq, qо‘l uchlaridan markazga qarab massaj harakatlaridan foydalanib,
bolalar suvi siqilgan hо‘l qо‘lqoplar yordamida о‘zlari harakat qilishga
о‘rganadilar. Doira yoki yarim doira bо‘lib, turgan holda ular bir vaqtda kо‘krak,
yelka va qо‘llarni ishqalab artadilar, shundan sо‘ng о‘girilib qо‘lqoplarini
orqada
turgan bolalarga beradilar va ularning har biri о‘rtog‘ining orqasini ishqalaydi.
Shunday qilib, bola artinish jarayonida harakatda bо‘ladi, sovuq qotmaydi va
tarbiyachi rahbarligida zarur hayotiy kо‘nikmaga о‘rganadi.
Boshdan suv quyish о‘zining organizmga kо‘rsatadigan ta’siriga kо‘ra
oldinga tadbirlardan birmuncha kuchliroqdir. Suv oqimi badanni tozalaydi,
mushaklar tonusini oshiradi, ular ishini faollashtiradi, nerv tizimini qо‘zg‘atadi,
tetiklik holatini yuzaga keltiradi. Bola oqayotgan suvga orqasi, kо‘kragi, biqini,
qorni, qо‘llarini tutib aylanadi. Bundan tashqari, u suv oqimiga kо‘ra harakat qilib,
badaniga suv sochib ishqalashi mumkin.
Muolajadan sо‘ng barcha bolalar badanlarini tarbiyachi kuzatuvida
yaxshilab artadilar.
Tayyorlov guruhlarda ertalabki gimnastikadan sо‘ng belgacha suv quyishdan
foydalanish mumkin.
Bolalar mustaqil yuvinadilar, bunda bо‘yin, kо‘krak, yelka
va qо‘llarini suv bilan chiniqish muolajalari quyidagi turlarga bо‘linadi: sovuq (suv
79
harorati 20
0
S), salqin (20-30
0
S), befarq (34-35
0
S), iliq (36-40
0
S), issiq (40
0
S dan
yuqori).
CHо‘milish har kungi doimiy muolaja sifatida bola organizmini
sog‘lomlashtirish va chiniqtirishning ajoyib vositasidir. Sovuq suv, ultrabinafsha
nurlari, toza havo, bolalar harakati bu vositalar bola organizmiga,
uning nerv
tizimiga yaxshi ta’sir etadi.
Biroq bu muolajaning samaradorligiga qaramay, undan juda ehtiyotkorlik
bilan foydalanish, bolalarni unga asta-sekin о‘rgatish – dushdan oldin artinish va
suvning haroratini asta-sekin pasaytirib borish lozim.
Chiniqtirish maqsadidagi chо‘milish dasturga kо‘ra о‘rta, katta va tayyorlov
guruhlari uchun tavsiya etiladi. Suvga о‘rgatishni 1,5-2 yoshdan boshlash
maqsadga muvofiqdir. Suvi sayoz joyda yurish,
tosh terish, shishirilgan
о‘yinchoqlar bilan о‘ynash, suv sachratish kichkintoylarga о‘zlari uchun yangi
bо‘lgan suv muhitini о‘zlashtirishda yordam beradi, axloqiy hislarni uyg‘otadi,
jasurlikni tarbiyalaydi.
CHо‘milish yozda, kun issiq paytda, havo harorati 20-25
0
S, suv harorati
kamida 20-25
0
S paytida boshlash, ikki haftadan keyin havo harorati 18-20
0
S,
suvning 15-16
0
S bо‘lganda chо‘milish mumkin.
CHо‘milish
joyini sinchiklab tekshirish, 3-4 bolaning kattalarning hushyor
kuzatuvida bir vaqtda chо‘milish, shifokorning barcha kо‘rsatmalariga rioya qilish
– bu muolajalarni о‘tkazishning majburiy shartidir. CHо‘milish muddatini har bir
yosh guruhi uchun bolalar muassasasi shifokori belgilaydi. Bunda meteorologik
sharoit: suv va havo temperaturasi, shamol, quyoshli yoki bulutli havo va barcha
bolalar organizmining chiniqqanlik darajasi hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: