7- ma’ruza.
Mavzu: Gidravlik bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarish.
Ma’ruza rejasi.
7.1. Portlandsement to‗g‗risida asosiy tushinchalar. Ishlab chiqarish usullari.
7.2. Xo‗l usulda sement ishlab chiqarish.
7.3. Quruq usulda sement ishlab chiqarish.
7.4. Texnologik sxemadagi asosiy mashinalar.
Gidravlik bog‗lovchilar deb qotish hamda o‗zining mustahkamligini faqat havoda
emas, balki suvda ham uzoq muddat saqlash va oshirish xususiyatiga ega bo‗lgan
modalarga aytiladi.
Gidravlik oxak- tarkibida 6-20 foiz gilli va mayda dispersli qum aralashmalari
bo‗lgan mergelli ohaktoshni mo‗‗tadil kuydirib hosil qilingan maxsulotdir.Bu
oxaktoshlar shaxtali pechlarda 1100-1200
℃
da kuydiriladi. Bunday xaroratda
kalsiy karbonat (Sa So3) parchalanadi va kalsiy oksidning (Sa So) bir qismi gil
tarkibidagi kremniy va alyuminiy oksidlari bilan birikadi. Natijada kalsiy slikatlari
va alyuminatlar hosil bo‗ladi. Buning natijasida gidravlik oxak suvda qotish
xususiyatiga ega bo‗ladi.
Gidravlik oxak sekin qotadi: Boshlanishi 0,5-2 soat, tugashi 8-16 soat.
Ishlatilish joyi -g‗isht terish uchun qorishma -harsang tosh terish uchun qorishma.
PORTLANDSEMENT
Umumiy tushunchalar
Tarkibida (70-80%) ko‗p miqdorda silikat kalsiy bo‗lgan bog‗lovchi material
portlandsement deyiladi.
Sifatli sement olish uchun klinkerni kimyoviy tarkibi aniq bir me‘yorda bo‗lishi
kerak.
SaO -63-66%
SiO2 -21-24%
Al2O3 -4-8%
Fe2O3 -2-4%
PORTLANDSEMENTNI PISHIRISH.
Xom ashyoni pishirishda eng asosiy effektiv yoqilg‗i-tabiiy gazdir. (YA‘ni kul
koldirmaydigan, ko‗p issiqlik chikaradigan, arzon). Mazut va qumir ishlatish
tobora kamayib bormoqda. Sement narxining 26% yoqilg‗i uchun sarflanadi.
SHuning uchun zavodlarda yoqilg‗iga katta e‘tibor beriladi.
Sement ishlab chiqarish murakkab texnologik jarayondir:
a)
xom ashyoni karerdan qazib olish va zavodga keltirish (oxaktosh, tuproq);
b)
xom ashyo aralashmasini tayyorlash;
v)
pishirish - klinker olish;
g)
gips qo‗shib klinkerni tuyish- sement olish ;
d)
tayyor maxsulotni siloslarda saqlash;
Pechning yuqori (sovuq) uchidan solingan xom-ashyo pastki (issiq) uchi tomon
pechning qiyaligi va aylanishi natijasida harakatlanadi, unga qarama-qarshi
kelayotgan gazlar (yonilg‗i enishi natijasida hosil bo‗lgan) o‗zining issiqligini
xom-ashyoga beradi.
Xom–ashyoni qizdirish jarayonida unda quyidagi fizikaviy va kimyoviy
o‗zgarishlar vujudga keladi:
dastlab xom-ashyo tarkibidagi fizik bog‗langan suv 150 oS gacha qizdirilganda
bug‗lanadi.
2) 150 ’ 750
0
S – gacha qizdirilganda xom-ashyo tarkibidagi molekulyar bog‗lik
suv ajralib chiqadi.
750 ’ 1050
0
S – gacha qizdirilganda dekarbonizatsiya reaksiyasi amalga oshadi va
xom-ashyo tarkibida kalsiy oksidi hosil bo‗ladi:
Ca SO
3
→ SaO + SO
2
↑
SHu bilan birga bu erda tuproqlar tarkibida SiO
2
va
Al2O2
sof holda ajrab chiqadi
va quyidagi kimyoviy reaksiyalar bo‗ladi:
CaO + SiO
2
= CaO· SiO
2
CaO + Al2O
3
= CaO · Al2O
3
CaO + Fe2O
3
= CaO · Fe2O
3
Xom-ashyo 1050 ’ 1300
0
S gacha qizdirilganda ketma-ketlikda quyidagi
ekzotermik kimeviy reaksiyalar amalga oshadi:
2CaO + CaO· SiO
2
= 2 CaO· SiO
2
2CaO + CaO · Al
2
O
3
= 3 CaO · Al2O
2
3CaO + CaO · Fe
2
O
3
= 4 CaO · Fe
2
O
3
Xom-ashyo 1300 ’ 1450
0
S gacha qizdirilganda maxsulot qisman eriydi, ya‘ni
pishadi. Portlandsementli klinker tarkibining asosiy qismi – bu uch kalsiyli silikat
2 CaO· SiO
2
hisoblanadi va u klinker tarkibida yaxshi shakllangan o‗rtacha
kristallar ko‗rinishida bo‗lishi zarur, bu esa klinkerni tez kuydirish va tez sovitish
evaziga amalga oshiriladi.Material 1450
0
S dan 1000
0
S gacha sovitilishi natijasida
eritma kristallanadi. Klinkerni 1000
0
S dan past bo‗lgan haroratlargacha sovitilishi
mahsus sovitkichlarda amalga oshiriladi.
SHunday qilib, sement klinkeri hosil bo‗lishi uchun maplum kimeviy tarkibga
ega bo‗lgan aralashmaga issiqlik bilan ishlov berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |