Bolalar jismoniy tarbiyasi



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,17 Mb.
#782111
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100
Bog'liq
fayl 2145 20211113

Quyosh vannalari
. Quyosh bola organizmiga yaxshi ta’sir kо‘rsatib, uning 
umumiy holatini mustahkamlaydi, moddalar almashinishi jarayonlarini 
yaxshilaydi. Ayniqsa, bakteritsid (bakteriyalarning rivojlanishini tо‘xtatadi), 
antiraxit (nerv tizimining faoliyatini yaxshilaydi, modda almashinish jarayonini 
kuchaytiradi, suyak mushak tizimini mustahkamlaydi), shuningdek, quyosh 
nurlaridagi eritem (qon oqimini kо‘chaytiradigan va terini qizartirib, badanning 
qorayishiga olib keladigan) ta’sirga ega bо‘lgan ultrabinafsha nurlari juda 
foydalidir. 
Dastlab, quyoshda kо‘pi bilan 5-6 daqiqa toblanish lozim. Bu muddat har 
kuni 5-6 daqiqadan oshira boriladi va, nihoyat, 1 soatga yetkaziladi. 
Bola oftobda boshiga sochiq yopib yoki panamka kiyib yotishi, har
2-2,5 daqiqada qorindan yon tomonga, sо‘ngra orqasiga, keyin boshqa yon 
tomonga ag‘darilib turishi lozim. Quyosh vannasidan sо‘ng soyada 15-20 daqiqa 
dam olish, ustdan suv quyish, suv havzasida 5-10 daqiqa chо‘milish mumkin. 
Oftobda ertalab soat 8dan 11gacha va kunduzi soat 16dan 18gacha toblanish 
foydalidir. Bu paytda quyoshning ultrabinafsha nurlari kо‘p bо‘lib, bu nur 
raxitning oldini oladi. Infraqizil nurlari esa tanani qizdirib yuborib, zarar keltirishi 
mumkin. 
Quyosh vannasidan meyorida foydalanmaslik tufayli bolalarda salbiy 
holatlar (qо‘zg‘alish va uyquning buzilishi, tomirlarning keskin kengayishi, qon 


80 
tarkibining yomonlashuvi va boshqalar) yuz berishi mumkin. Shuning uchun 
bolalar ta’lim muassasalarida quyosh vannalari faqat shifokor tavsiyasiga kо‘ra, 
bolalarning yakka xususiyatlarini hisobga olgan holda о‘tkazilishi zarur. Bolalarni 
muntazam holda chiniqtirishni ilk yoshdan boshlanish lozim, shundagina bolalarda 
chiniqish kо‘nikmalarini tarbiyalash mumkin bо‘ladi. 
7.5.Sayrda о‘tkaziladigan jismoniy mashqlar va harakatli о‘yinlar 
Harakatli о‘yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy harakat 
faoliyati, shuningdek, jismoniy mashqlar sifatida tarbiyachi tomonidan kunning 
turli vaqtida, har bir yosh guruhi kun tartibiga muvofiq: ertalab tushda va kechki 
sayr paytida rejalashtiriladi. Tarbiyachi о‘yinlarni taqsimlashda harakat 
kо‘nikmalarining takomillashuviga xizmat qiluvchi harakat mazmunining rang-
barangligi, zarur takroriylik, murakkablashuvni kо‘zda tutadi. Bu tashqi muhit 
sharoitini hisobga olish va aniq vaziyatda о‘zini tutishni tarbiyalash uchun 
muhimdir. Tarbiyachi bolalar faoliyati harakterini kuzatib borib, ularga turli 
mazmundagi va harakat darajasidagi о‘yinlarni taklif etadi, shu asnoda ularning 
harakat faolligini boshkaradi: birining harakatini kuchaytiradi, ikkinchisinikini bir 
oz cheklaydi va kerakligicha dam olishini ta’minlaydi. 
Harakatli о‘yinlar va mashqlarni о‘tkazishni rejalashtirishda yil fasli va ob-
havo holati ham hisobga olinadi. Faol harakatli о‘yinlar sovuq havoda о‘rtacha 
harakat harakteridagi faoliyat turlari bilan almashtirib turiladi. Harakat faoliyati 
harakteri va sur’atini almashtirib turish bolalar uchun dam olish imkonini yaratadi 
va sovuq qotishning ham, issiqlab ketishning ham oldini oladi. Bolalarning qish 
faslida ochiq havodagi mazmunli faoliyati chiniqishlarga yordam beradi, 
organizmning sog‘lomlashuviga yaxshi ta’sir etadi. 
Yozda bolalar hayoti, asosan, ochiq havoda kechadigan paytlarda kiyim-
boshlar ham yengillashtiriladi va turli harakatlar bolalar sog‘lig‘ini yaxshilaydi, 
ularda hayotiy zavq uyg‘otadi. 
Yoz paytida harakat kо‘nikmalari va jismoniy sifatlarni takomillashtiruvchi 
qoidali о‘yinlardan keng foydalaniladi. 
Barcha yosh guruhlarining maydonchalari dasturda kо‘rsatilgan yirik 
jismoniy jihozlar bilan ta’minlangan bо‘lishi va ulardan bolalarning tirmashib 
chiqish, oshib о‘tish, emaklab о‘tish, sakrash, uloqtirish harakatlari, muvozanat 
mashqlari, kim о‘zarga yugurish, muayyan masofaga tabiiy tо‘siqlar osha tez 
yugurish va boshqlarni takomillashtirish uchun muntazam foydalanishi lozim. 
Maydonchaga har kuni о‘yinchoqlar, kichikroq jismoniy tarbiya ashyolari 
(tayoqchalar, chambaraklar, tо‘plar va h.k.) olib chiqiladi. Ikki, uch g‘ildirakli 
velosipedlar, motorollerlar, g‘ildirakli konkilar, samokatlar, avtomobillar, 
toychalar bolalar ixtiyoriga beriladi. 
Katta va tayyorlov guruhlarida voleybol, basketbol, badminton, shaharcha, 
lapta kabi sport о‘yinlari о‘tkaziladi. 
Bolalar muassasalaridan tashqaridagi piyoda sayr va ekskursiyalar bolalar 
turizmining eng oddiy kо‘rinishlaridan biridir. 
Muayyan maqsadda uyushtirilgan bu kichik sayrlar bolalar uchun qiziqarli 
va foydalidir. Ular bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlashga, jismoniy rivojlanishiga, 


81 
estetik his-tuyg‘uni tarbiyalashga, tabiat bilan muloqatga kirishishga, harakat 
kо‘nikmalari va jismoniy sifatlarning takomillashuviga xizmat qiladi. 
Sayrlar kichik guruhlardan boshlanishi lozim, bunda guruh bolalarining yosh 
xususiyatlari va imkoniyatlari, sog‘lig‘ining ahvoli, о‘ziga xos kо‘rsatkichlari 
hamda shifokor tavsiyalari hisobga olinishi lozim. Sayrlar maqsadga 
yо‘naltirilgan bо‘lishi uchun tarbiyachi ularni oldindan belgilab oladi va 
о‘tkazishga puxta tayyorgarlik kо‘radi. 
Agar sayrda jismoniy tarbiya mashg‘ulotini о‘tkazish belgilangan bо‘lsa, 
unga tabiiy omillardan foydalanib amalga oshiriladigan mashqlar, tik turgan, 
о‘tirgan, yotgan holatdan buyumlar bilan bajariladigan mashqlar, tо‘siqlar osha 
yugurish, tez yugurish, uzoqqa va nishonni mо‘ljallab uloqtirish kiritiladi. Sayr va 
mashg‘ulot sof havoning bolaning yalang‘och badaniga bevosita ta’sir etishi tufayli 
(bolalar faqat trusi, panamka, oyoq kiyim kiygan bо‘lishlari lozim) harakatda qabul 
qilinadigan tabiiy havo vannasi hisoblanadi. 
Sayrlarni muntazam о‘tkazish bolalar organizmini chiniqtiradi, hayotiy 
taassurotlarni yangilaydi, sayyohatlarga qiziqish uyg‘otadi, zavq-shavq baxsh 
etadi. 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish