80
tarkibining yomonlashuvi va boshqalar) yuz berishi mumkin. Shuning uchun
bolalar ta’lim muassasalarida quyosh vannalari faqat shifokor tavsiyasiga kо‘ra,
bolalarning yakka xususiyatlarini hisobga olgan holda о‘tkazilishi zarur. Bolalarni
muntazam holda chiniqtirishni ilk yoshdan boshlanish lozim, shundagina bolalarda
chiniqish kо‘nikmalarini tarbiyalash mumkin bо‘ladi.
7.5.Sayrda о‘tkaziladigan jismoniy mashqlar va harakatli о‘yinlar
Harakatli о‘yinlar maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy harakat
faoliyati, shuningdek, jismoniy mashqlar sifatida tarbiyachi tomonidan kunning
turli vaqtida, har bir yosh guruhi kun tartibiga muvofiq: ertalab tushda va kechki
sayr paytida rejalashtiriladi. Tarbiyachi о‘yinlarni taqsimlashda harakat
kо‘nikmalarining takomillashuviga xizmat qiluvchi
harakat mazmunining rang-
barangligi, zarur takroriylik, murakkablashuvni kо‘zda tutadi. Bu tashqi muhit
sharoitini hisobga olish va aniq vaziyatda о‘zini tutishni tarbiyalash uchun
muhimdir. Tarbiyachi bolalar faoliyati harakterini kuzatib borib, ularga turli
mazmundagi va harakat darajasidagi о‘yinlarni taklif etadi, shu asnoda ularning
harakat faolligini boshkaradi: birining harakatini kuchaytiradi, ikkinchisinikini bir
oz cheklaydi va kerakligicha dam olishini ta’minlaydi.
Harakatli о‘yinlar va mashqlarni о‘tkazishni rejalashtirishda yil fasli va ob-
havo holati ham hisobga olinadi. Faol harakatli о‘yinlar sovuq havoda о‘rtacha
harakat harakteridagi faoliyat turlari bilan almashtirib turiladi.
Harakat faoliyati
harakteri va sur’atini almashtirib turish bolalar uchun dam olish imkonini yaratadi
va sovuq qotishning ham, issiqlab ketishning ham oldini oladi. Bolalarning qish
faslida ochiq havodagi mazmunli faoliyati chiniqishlarga yordam beradi,
organizmning sog‘lomlashuviga yaxshi ta’sir etadi.
Yozda bolalar hayoti, asosan, ochiq havoda kechadigan paytlarda kiyim-
boshlar ham yengillashtiriladi va turli harakatlar bolalar sog‘lig‘ini yaxshilaydi,
ularda hayotiy zavq uyg‘otadi.
Yoz paytida harakat kо‘nikmalari va jismoniy sifatlarni takomillashtiruvchi
qoidali о‘yinlardan keng foydalaniladi.
Barcha yosh guruhlarining maydonchalari dasturda kо‘rsatilgan yirik
jismoniy jihozlar bilan ta’minlangan bо‘lishi va ulardan
bolalarning tirmashib
chiqish, oshib о‘tish, emaklab о‘tish, sakrash, uloqtirish harakatlari, muvozanat
mashqlari, kim о‘zarga yugurish, muayyan masofaga tabiiy tо‘siqlar osha tez
yugurish va boshqlarni takomillashtirish uchun muntazam foydalanishi lozim.
Maydonchaga har kuni о‘yinchoqlar, kichikroq jismoniy tarbiya ashyolari
(tayoqchalar, chambaraklar, tо‘plar va h.k.) olib chiqiladi. Ikki, uch g‘ildirakli
velosipedlar, motorollerlar, g‘ildirakli konkilar, samokatlar,
avtomobillar,
toychalar bolalar ixtiyoriga beriladi.
Katta va tayyorlov guruhlarida voleybol, basketbol, badminton, shaharcha,
lapta kabi sport о‘yinlari о‘tkaziladi.
Bolalar muassasalaridan tashqaridagi piyoda sayr va ekskursiyalar bolalar
turizmining eng oddiy kо‘rinishlaridan biridir.
Muayyan maqsadda uyushtirilgan bu kichik sayrlar bolalar uchun qiziqarli
va foydalidir. Ular bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlashga,
jismoniy rivojlanishiga,
81
estetik his-tuyg‘uni tarbiyalashga, tabiat bilan muloqatga kirishishga, harakat
kо‘nikmalari va jismoniy sifatlarning takomillashuviga xizmat qiladi.
Sayrlar kichik guruhlardan boshlanishi lozim, bunda guruh bolalarining yosh
xususiyatlari va imkoniyatlari, sog‘lig‘ining ahvoli, о‘ziga xos kо‘rsatkichlari
hamda shifokor tavsiyalari hisobga olinishi lozim. Sayrlar maqsadga
yо‘naltirilgan bо‘lishi uchun tarbiyachi ularni oldindan belgilab oladi va
о‘tkazishga puxta tayyorgarlik kо‘radi.
Agar sayrda jismoniy tarbiya mashg‘ulotini о‘tkazish belgilangan bо‘lsa,
unga tabiiy omillardan foydalanib amalga oshiriladigan mashqlar,
tik turgan,
о‘tirgan, yotgan holatdan buyumlar bilan bajariladigan mashqlar, tо‘siqlar osha
yugurish, tez yugurish, uzoqqa va nishonni mо‘ljallab uloqtirish kiritiladi. Sayr va
mashg‘ulot sof havoning bolaning yalang‘och badaniga bevosita ta’sir etishi tufayli
(bolalar faqat trusi, panamka, oyoq kiyim kiygan bо‘lishlari lozim) harakatda qabul
qilinadigan tabiiy havo vannasi hisoblanadi.
Sayrlarni muntazam о‘tkazish bolalar organizmini chiniqtiradi, hayotiy
taassurotlarni yangilaydi, sayyohatlarga qiziqish uyg‘otadi, zavq-shavq baxsh
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: