Bolalar jismoniy tarbiyasi



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,17 Mb.
#782111
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   100
Bog'liq
fayl 2145 20211113

va tashkil etish


85 
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini rejalashtirishda, eng avalo, maktabgacha 
ta’lim muassasalari uchun mо‘ljallangan meyoriy xujjatlar “Maktabgacha ta’limga 
qо‘yilgan Davlat talablari” hamda Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch 
dasturiga muvofiq bolalar yoshlari doirasidagi asosiy harakatlarni: yurish, 
yugurish, sakrash, irg‘itish-emaklash, tо‘siqlardan oshib о‘tish, milliy, harakatli
hamda tinch о‘yinlarning nomini bilishi va о‘ynashi zarur deb kо‘rsatilgan. 
Jismoniy tarbiya yо‘riqchisi tomonidan jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini 
rejalashtirishda yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish, tirmashib chiqish, muvozanat 
mashqlari kabi asosiy harakatlarni izchil ravishda mashg‘ulotlarga taqsimlab 
chiqishda kо‘proq qiynaladilar. Ularni rejalashtirish vaqtida faqat mashg‘ulot
о‘tkazish shart-sharoitlarini (xona, asbob-uskuna va boshqalarni), bolalarning 
tayyorligini hisobga olibgina qolmay, shu bilan birga, har bir harakat malakasini 
izchillik bilan shakllantirishga ham e’tibor berish kerak. Bunga murakkabligi 
tobora ortib boradigan mashqlar va о‘yinlarni kо‘proq tanlash orqali erishiladi. 
Mashg‘ulotlar vaqtida asosiy harakatlarning bir-biri bilan maqsadga
muvofiqroq ravishda qо‘shib olib borishni kо‘zda tutish, shuningdek, bolalarning 
yuksak darajadagi faolligini ta’minlovchi uyushtirish usullarining qо‘llanishi ham 
katta ahamiyatga egadir. 
Materialni takrorlash ham muhim rol о‘ynaydi. Ayni bir harakatni taxminan 
oradan3-4 hafta о‘tgandan keyin ba’zan takrorlab turgan ma’qul. Har bir 
о‘rganiladigan harakat turiga bir nechta (ikki-tо‘rt) izchil bajariladigan 
mashg‘ulotlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.
Odatda mashg‘ulotlar uchun bolalarni о‘qitishning har xil bosqichlari 
bilanbog‘liq bо‘lgan mashqlar tanlanadi: topshiriqlarning biri kо‘pincha yangi 
mashqlarni о‘rganish bilan yoki harakat qismlarini takrorlash bilan bog‘liq bо‘ladi, 
boshqalari esa malakani mustahkamlash va takomillashtirishga qaratilgan bо‘ladi. 
Materialni tahminiy taqsimlash rejasida har bir yosh guruhi uchun faqat 
asosiy harakatlar bilan bog‘liq topshiriqlar, shuningdek, harakatli о‘yinlar berilgan. 
Mashg‘ulotlar uchun belgilangan umumiy rivojlanish mashqlarining 
mazmuni mashg‘ulotning asosiy maqsadiga bо‘ysundiriladi, u bolani asosiy 
mashqlarga tayyorlamog‘i lozim. 
Yosh guruhlari uchun tuzilgan rejada haftasiga ikki marta о‘tkaziladigan 
mashg‘ulotdan faqat bittasining mazmuni berilgan. Bu rejalashtirishda birmuncha 
о‘zgartirishlar bо‘lishi uchun kerakli erkinlikni ta’min etadi. Ikkinchi mashg‘ulot 
birinchi mashg‘ulotning mazmunini tо‘la takrorlashi ham mumkin. Bolalar о‘tgan 
mashg‘ulotlarda о‘rgangan harakatlarni takrorlab, faol ravishda mashq qilib 
olishlariga imkon yaratish uchun shunday qilinadi. Ba’zan ikkinchi mashg‘ulotning 
mazmuni qisman о‘zgartiriladi: mashg‘ulotning kirish qismiga boshqa yangi 
mashqlar kiritiladi yoki umumrivojlantiruvchi mashqlar uchun boshqa mashq 
tanlanadi, asosiy harakatlarga о‘rgatish vaqtida bolalar jamoasiini uyushtirish 
uslubi о‘zgartiriladi. Boshqa mashg‘ulotdagi asosiy harakatlar qо‘shimcha 
takrorlash materiali sifatida kiritiladi. 
Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari barcha 
guruhlarda haftasiga 2 marotaba bolaning fiziologik holatiga qarab hafta kunlariga 


86 
bо‘linadi. Maktabgacha ta’lim muassasaslarida jismoniy tarbiya yо‘riqchisi 
mashg‘ulotlarni bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
shakllantiradi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida jismoniy tarbiya tizimida - kun tartibi
an’anaviy mashg‘ulotlar, mujassam mashg‘ulotlar, chiniqtirish (tabiiy va sun’iy), 
jismoniy mashqlar, madaniy gigiyenik kо‘nikmalar, ertalabki va kechki soatlar, 
quvnoq daqiqalar, davolovchi gimnastika, ritmika, sport о‘yinlari tashkil etiladi. 
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam 
о‘rgatishning asosiy shaklidir. Mashg‘ulotlarning ahamiyati harakatlar 
madaniyatining kompleks shakllanishi, sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy 
vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir. Bu vazifalarning bajarilishi 
bolalarning jismoniy kamoloti, organizmning funksional takomillashuvi, ular 
sog‘lig‘ining mustahkamlanishi, tо‘g‘ri harakat kо‘nikmalarining egallanishini, 
jismoniy sifatlar hamda jismoniy tarbiya va sportga nisbatan qiziqishni uyg‘otib, 
shaxsni har tomonlama rivojlantirilishini ta’minlaydi. 
Mashg‘ulotlarda 
sog‘lomlashtirish 
vazifalarini 
amalga 
oshirishga 
bolalarning har tomonlama harakat faoliyati yо‘li bilan erishiladi. Ular 
organizmdagi barcha funksional jarayonni, uning optimal gigiyenik va 
chiniqtiruvchi sharoitlarda hayotiy faoliyatni kuchaytirishga yordam beradi. 
Ta’lim-tarbiyaviy vazifalar mashg‘ulotlar jarayonida bolaning ma’naviy-
axloqiy sifatlarini shakllantirish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ba’zi 
elementlar bilimlar va terminlarni ma’lum qilish, tо‘g‘ri harakat kо‘nikmalari 
hamda jismoniy sifatlarni tarbiyalash yо‘li bilan hal etiladi. 
Mashg‘ulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila 
oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yо‘nalgan 
holda faoliyat kо‘rsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon 
eta oladagan kishilarni tarbiyalashga xizmat qiladi. 
Jismoniy mashg‘ulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq 
havoda о‘tkaziladi. Yoz paytida barcha mashg‘ulotlar (yomg‘irli kunlardan 
tashqari) ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida о‘tkaziladi. Binoda va 
ochiq havodagi mashqlar о‘zaro aloqadadir: ular barcha sog‘lomlashtirish va 
ta’lim-tarbiyaviy vazifalarning kompleks tarzda hal etilishini ta’minlaydilar. 
Mashg‘ulotlarni о‘tkazish sharoiti ularning ba’zi о‘ziga xos xususiyatini belgilaydi. 
Binoda sog‘lomlashtirish-gigiyenik shartlarga rioya qilgan holda о‘tkaziladigan 
(derazalar ochiq holda, yengil kiyim va poyabzalda) mashg‘ulotlar harakatlarning 
tо‘g‘ri, gо‘zal va aniq bо‘lishini ta’minlaydi, umumiy harakat madaniyatini 
tarbiyalaydi. Ular turli buyumlar bilan va musiqa jо‘rligida о‘tkazilishi mumkin. 
Mashg‘ulotlar strukturasi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil 
bajarilishidan iboratdir. U qо‘yilgan vazifalar, nerv tizimning ish qobiliyati va bola 
organizmining har biri alohida yosh bosqichdagi xususiyatlari bilan belgilanadi. 
Mashg‘ulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini 
nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir. Ta’lim va tarbiya 
jarayonining samaradorligi shunga bog‘liq. 


87 
Harakat faoliyati jarayonida yurak qisqarishi chastotasi kо‘rsatkichlarini 
о‘rganish mashg‘ulot boshlanishida uning asta-sekin osha borishi, sо‘ng kuchaya 
borib, mashg‘ulotlarning asosiy qismida yuqori darajaga yetishini va mashg‘ulot 
sо‘ngida asta-sekin pasayishini kо‘rsatdi. Bunday izchillik bir tomondan, qon 
aylanish tizimining faoliyati va organizm ish qobiliyati bilan; ikkinchi tomondan 
diqqat e’tiborni qaratish, reaksiya tezligi kabi psixik jarayonlarning kechishi va shu 
bilan bog‘liq ravishda harakatlarning juda aniqligi bilan belgilanadi. 
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari о‘zaro bog‘liq uch qismdan: kirish yoki 
tashkiliy, asosiy va yakunlovchi qismdan iborat. Ta’limiy, tarbiyaviy va 
sog‘lomlashtirish vazifalari mashg‘ulotning har bir qismi uchun baravar muhim 
ahamiyatga ega. Mazkur vazifalarni bajarish bolalarga har tomonlama ta’sir etishni 
ta’minlaydi. 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish