30
5-
yosh
О‘g‘i
l bola
2,3
2,5
95,9
83,0
1502,0
601,3
Qiz
bola
2,3
2,5
93,3
73,9
1146,0
454,0
6-
yosh
О‘g‘i
l bola
2,2
2,3
104,0
88,8
1765,7
680,7
Qiz
bola
2,3
2,5
96,6
79,7
1249,3
659,1
7-
yosh
О‘g‘i
l bola
1,9
2,1
122,5
105,6
2387,2
937,4
Qiz
bola
1,9
2,2
120,9
103,7
1836,0
715,0
Ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi jismoniy rivojlanish, bо‘y, gavda
massasi, bosh aylanasi, kо‘krak qafasi kabi asosiy kо‘rsatkichlarning
tinimsiz
о‘zgarib turishi bilan xarakterlanadi.
Bola hayotining birinchi yilida uning bо‘yi taxminan 25 sm ga о‘sadi. Bola
5 yoshga yetganda uning bо‘yi avvalgidan ikki baravar о‘sadi. Hayotining birinchi
yilida bola gavdasining og‘irligi uch baravar oshadi, bir yildan sо‘ng esa uning
og‘irligi deyarli bir xilda, yiliga 2 – 2,5 kg ga orta boradi, 6 – 7 yoshda esa uning
og‘irligi bir yoshga tо‘lgandagidan ikki baravar ortadi.
Kо‘krak qafasi aylanasi ham notekis rivojlanadi, bu bola hayotining birinchi
yilida ayniqsa tezroq kechib, u 12 – 15 sm ga kengayadi. Maktabgacha bо‘lgan
butun davr ichida kо‘krak qafasi aylanasi taxminan yana shunchaga kengayadi.
Kо‘krak qafasi aylanasining kattaligi
bolaning chiniqqan-ligiga, uning
jismoniy rivojlanganligi va tayyorlanganligiga (mushaklar, nafas olish funksiyasi,
yurak-tomir tizimining rivojlanganligi) bog‘liq.
Bosh aylanasining ilk yoshdagi о‘zgarishi asosan bosh miya massasining
о‘zgarishi bilan belgilanadi (biroq bosh suyagidagi raxitga oid о‘zgarishlar bо‘lishi
mumkinligini ham unutmaslik lozim).
Bolalardagi suyak tizimi kattalarnikiga qaraganda tog‘ay tо‘qimaga boy
bо‘ladi. Shuning uchun ham bola suyagi yumshoq, qayishqoq, uncha mustahkam
bо‘lmaydi, tashqi noqulay omillar ta’sirida tez qiyshayadi va notо‘g‘ri shaklga
kirib qoladi.
31
2 – 3 yoshdan boshlab suyak tо‘qimasi plastinkali tuzilishga ega bо‘la
boshlaydi. Skeletning suyakka aylanishi butun bolalik davri davomida kechadi.
Umurtqaning bо‘yin, kо‘krak va bel qismidagi fiziologik egiklarining shakllanishi
maktabgacha davr mobaynida davom etadi (bola
boshini tuta boshlaganda,
chalqancha yotganda, о‘tirganda, yurganda).
Skeletning yumshoq massasi uning shaklini о‘zgartiradigan quyidagi
ta’sirlarga beriladi: о‘tirgan, turgan, yotganda gavdaning notо‘g‘ri holati, yumshoq
nobop tо‘shak, bola bо‘yi va gavdasi proporsiyasiga nomuvofiq mebelь. Notо‘g‘ri
holat tezda odat bо‘lib qoladi, qad-qomat buziladi, bu qon aylanish, nafas olish
funksiyasiga salbiy ta’sir etadi, suyaklar notо‘g‘ri о‘sa boshlaydi.
Tovon ravoqlarining shakllanishi bola hayotining birinchi yilida boshlanadi,
yura boshlashi
bilan bu jarayon tezlashib, maktabgacha tarbiya yoshida davom
etadi. Shuning uchun mos keladigan poyabzal (poshnali) tanlashga e’tibor berish
lozim.
Maktabgacha kichik yoshdagi bolalarda bukuvchi muskullar yetarlicha
rivojlanmagan va juda zaif bо‘ladi, shuning uchun bolalar kо‘pincha boshini
eggan, yelkalari yig‘ilgan, bukchaygan, kо‘kragi ichkariga botgan kabi notо‘g‘ri
xolatlarda о‘tiradilar. Bola
besh yoshga yetganda mushaklar, oyoq mushaklarini
massasi oshadi, mushaklarning ish qobiliyati ham ortadi.
Mushaklarning statik holatini mushak tonusi deyiladi. Mushak tonusi
markaziy nerv sistemasidan keladigan impulslar hisobiga ta’minlanadi.
Bola hayotining dastlabki oyida oyoqlarning bukuluvchi mushaklari tonusi
yozuvchi mushaklarnikidan ustun bо‘ladi. Qо‘l mushaklarining tonusi odatda 2,5
– 3 oylik, oyoq mushaklari tonusi esa, 3 – 4 oylik bо‘lganda baravarlashadi.
Ilk yoshdagi bolalarda tinch holatdagi mushak tonusi
massaj va gimnastika
ta’sirida kamayadi. Bolaning yoshi osha borishi bilan orqa va qorin mushaklari
tonusi tarangligining ortishi kuzatiladi.
Akseleratsiya – terminini 1935 yilda nemis vrachi R.Kox taklif kilgan, u
lotinchada tezlashuv degan ma’noni anglatadi.
Akseleratsiya tushunchasiga bolalar va ÿsmirlarda ÿsish va rivojlanishning
tezlashuvi, baloatga yetish davrining birmuncha erta boshlanishi,
sensor
mexanizmlar kÿrish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, somatik (mushak)
tizimlarining oldingi avlodlarga nisbatan tezrok rivojlanishi kiradi.
О‘tgan asrda yuz bergan о‘sish va rivojlanish akseleratsiyasi (jadallashish)
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda ham kо‘rindi. Bu yoshdagi bolalar
о‘zlarining о‘tmishdagi tengqurlaridan anatomik va funksional jihatdan kattadirlar.
Agar 50 yil oldin 3 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan bolalar 22,7 sm ga о‘sgan bо‘lsa,
10 yil oldingi shu yoshdagi bolalar 27,1 sm ga о‘sdilar.
Sut tishlarining doimiy tishlarga aylanishi ham ertaroq kechmoqda,
chunonchi bir necha о‘n yilliklar avval doimiy tishlarning chiqishi 6 yoshu 2 oy –
6 yoshu 4 oyga tо‘g‘ri kelsa, hozirgi vaqtda 5 yoshdagi bolalarning 40 % 1 – 4
tadan doimiy tishga egadir. Shuningdek bolaning yurak pulsi chastotasi zarbi ham
о‘zgargan. Biroq akseleratsiyaga qaramasdan maktabgacha
tarbiya yoshidagi
32
bolalarning funksional – ham aqliy, ham jismoniy imkoniyatlari mо‘ljaldagidan
yuqoridir.
Bola hayotining birinchi yilida uning yurak tomir tizimi katta morfologik va
funksional о‘zgarishlarga uchraydi. Yurak massasi 3 –4 yoshli bolalarda 70,8 g
gacha bо‘lsa, 6 – 7 yoshlilarda 92,3 g gacha yetadi, buning natijasida yurakni
qisqarish kuchi va ish qobiliyati kuchayadi.
Arteriya qon tomirlaridagi bosim ham birinchi yilda simob ustunining 80 –
85/ 55 – 60 mm ni tashkil etsa, 3 – 7 yoshda 80 – 110/ 50 – 70
mm atrofida
bо‘ladi. Yurakning ish qobiliyati ortadi, jismoniy yuklamaga moslashish qobiliyati
ham oshadi.
Nafas olish miqdori yosh о‘tishi bilan kamayadi, bola hayotining 1-yili
oxirida u minutiga 30 – 35, uchinchi yil oxirida 25 – 30, 4 – 7 yoshda esa 26 –
22 ga teng bо‘ladi. Yosh о‘tishi bilan nafas olish chuqurligi va о‘pkadagi havo
almashinishi 2 – 25 martaga kislarod bilan oziqlanish 2 martaga kо‘payadi.
Bolalarning ish qobiliyatini о‘sishi ham ta’minlanadi. Tо‘xtovsiz ishlash qobiliyati
10 minutdan 25 –30 minutgacha yetadi.
3 yoshdan 7 yoshgacha bо‘lgan davr ichida hayotning uchinchi, beshinchi va
yettinchi yili farqlanadi, bu paytda faqat miqdoriy о‘sishgina emas, balki
funksiyalarning tubdan qayta qurilishi yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: