Bolalar jismoniy tarbiyasi


-Bо‘lim.Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi metodikasi



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,17 Mb.
#782111
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100
Bog'liq
fayl 2145 20211113

4-Bо‘lim.Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiyasi metodikasi 
4.1. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun gimnastika
Gimnastika kishi organizmiga har tomonlama ta’sir etadigan, uning asosiy 
fiziologik jarayonlarini kuchaytiradigan, garmonik rivojlanishiga yordam 
beradigan maxsus tanlangan mashqlar tizimidir. Gimnastika mashqlari tufayli 
hayotiy zarur harakat kо‘nikmalari, harakatlarning gо‘zalligi va aniqligi 
shakllanadi, asosiy jismoniy sifatlar – chaqqonlik, tezkorlik, kuch, chidamlilik, 
egiluvchanlik rivojlanadi. Gimnastika ilk bolalik chog‘idan qо‘llaniladi va kishi 
hayotining barcha yosh davrida davom ettiriladi. 
Gimnastikaning vazifasi kishi sog‘lig‘ini mustahkamlash jismoniy 
kamolotini takomillashtirish va uning rang-barang faoliyati uchun har tomonlama 
jismoniy tayyorgarlik kо‘rishni ta’minlashdir. Bundan tashqari gimnastika tо‘g‘ri 
qad-qomatni shakllantirish, gavdadagi turli nuqsonlarni tо‘g‘rilash va oldini olish, 
jarohatlardan sо‘ng harakat apparatining ish qobiliyatini tiklash, о‘z xarakatlarini 
boshqara olish malakasini tarbiyalashni ham nazarda tutadi. 
Oddiy va murakkab mashqlarning g‘oyat xilma-xilligi, tabiiy va sun’iy 
harakatlarning qо‘shilib ketishi buyumlarsiz, buyumlar bilan bajariladigan, 
asboblarda 
(snaryadlarda) 
bajarilidigan 
mashqlarning 
mushtarakligi; 
shug‘ullanayotgan organizmga umumiy, har tomonlama ta’sir о‘tkazish bilan u
yoki bu mushak gruhlarining ayrim joylariga kо‘proq ta’sir kо‘rsata olish
imkoniyati; fiziologik yuklamani shug‘ullanuvchilar organizmiga nisbatan aniq
muvofiqlashtirish imkoniyatining mavjudligi gimnastikaning boshqa jismoniy 
mashqlardan farq qiladigan xususiyatlaridir. 


33 
Gimnastikada har tomonlama jismoniy tarbiyalash vazifalarini hal etishga 
yordam beradigan xilma-xil jismoniy mashqlardan foydalanish mumkin. Unda 
pedagogik vazifalar va organizmning psixologik xususiyatlariga mos keluvchi 
istalgan harakat va harakat faoliyati qо‘llanilishi mumkin. Gimnastikaga xos 
metodik usullar jismoniy mashqlar yordamida ayrim organlar va ayrim mushak 
gruhlariga, shuningdek turli jismoniy sifatlarning rivojlanishiga katta ta’sir 
kо‘rsatish imkonini beradi.
Gimnastikada jismoniy yuklamani nisbatan aniq dozalash mumkin: xilma-xil 
mashqlar shug‘ullanuvchilarning tayyorgarligi va bu mashqlarning organizmga 
ta’sirini qat’iy hisobga olgan holda belgilanadi va foydalaniladi. 
Mashg‘ulotlarning emotsionalligini oshirish, estetik hisni tarbiyalash
harakatlarni ritmliligini, aniqligi va ifodaliligiga erishish maqsadida gimnastika 
vaqtida musiqadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim jarayonida о‘z 
harakat imkoniyatlarini baholash, harakat faoliyatining umumiy qonuniyatlarini 
tushuna olish malakasi tarbiyalanadi. 
Gimnastika tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishning maxsus vositalariga 
ega: u harakatlarni oldindan shartlashilgancha aniq bajarilishini talab kiladi; 
mashg‘ulotlarning kun tartibiga, harakatlarning ongliligi va mustaqilligini, ijodiy 
tashabbusni kо‘zda tutadigan ta’lim jarayonini tashkil etishning о‘ziga xos 
uslubiga ega. Bularning hammasi intizomni, diqqatni tarbiyalashga xizmat qiladi, 
iroda va xarakterni mustahkamlashga yordam beradi. 
Gimnastika umumiy jismoniy tayyorgarlik vazifalarini hal etishga, jismoniy 
mashqlarni shug‘ullanuvchilarning yoshi va tayyorgarligiga muvofiq qо‘llashga 
hamda jismoniy tarbiyaning sog‘lomlashtirish va ta’lim-tarbiyaviy vazifalarni 
muvafaqqiyatli amalga oshirishga imkon beradi. 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish