Bolalar jismoniy tarbiyasi



Download 2,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/100
Sana12.07.2022
Hajmi2,17 Mb.
#782111
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100
Bog'liq
fayl 2145 20211113

 
Sport mashqlari. 
Sport jismoniy mashqlarning biror turida yuqori muvaffaqiyatga erishishga 
yо‘naltirilgani bilan xarakterlanadi, kishining ma’naviy va jismoniy kuchlariga 
yuksak talablar qо‘yadi. Shuning uchun u faqat muayyan yosh bosqichining 
rivojlanish darajasidagina qо‘llanishi mumkin. Bu esa jismoniy tayyorgarlik va 
sog‘ligiga muvofiq keladigan sharoitni talab qiladi. 
Sport jismonan kamol topishga xizmat qiladi va ma’naviy irodaviy 
fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Shuning uchun sport bilan shug‘ullanish 
ayniqsa, kishi organizmining hamda inson shaxsining shakllanish davrida 
foydalidir. 
Texnika asoslarini shakllantirish va jismoniy tarbiyaning xilma-xil 
vazifalarini hal etish maqsadida maktabgacha yoshidagi bolalar bilan ishlashda 
turli gimnastika mashqlari (saflanish, umumrivojlantiruvchi mashqlar, asosiy 
harakatlar), sport mashqlari (chang‘ida yurish, konkida, chanada uchish, velosiped 
haydash, suzish…) sport о‘yinlari stol tennisi, badminton, gorodki..) dan 
foydalaniladi. Buning natijasida jismoniy mashqlar va keyingi yosh bosqichida 
xilma-xil sport turlari bilan shug‘ullanish uchun asos yaratiladi. 
Oddiy turizm 
Turizm harakat kо‘nikmalarini mustahkamlashga va tabiiy sharoitlarda 
jismoniy fazilatlarni rivojlantirishga imkon beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolalar bilan turli harakat usullaridan foydalangan holda (piyoda yurish, chang‘ida, 
velosipedda yurish) maydonchadan tashqariga, shahar tashqarisiga sayrlar 
uyushtiriladi. Sayr chog‘ida yо‘l-yо‘lakay turli mashqlarni bajarish mumkin 
(tо‘nkalardan sakrash, arqondan sakrash, koptok о‘ynash, harakatli о‘yinlar). 
Jismoniy mashqlarning ochiq havoda bajarilishi ularning sog‘lomlashtirish 
samaradorligini oshiradi. 
 
4.3 Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun asosiy harakatlar 
Inson о‘z turli faoliyatida foydalanadigan yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish
tirmashish kabi hayotiy zarur harakatlarga asosiy harakatlar deyiladi. Bu 
harakatlarning doimiy zarur asosi muvozanati his etishdir. 
Asosiy harakatlar dinamik xarakterga ega. Ular kо‘p miqdordagi 
mushaklarni ishga soladi va barcha funksional jarayonlarni faollashtirib, 
organizmga yaxlit ta’sir etib, bolaning jismoniy rivojlanishi va sog‘lomlashishiga 
yordam berib, butun organizmning hayot faoliyatini oshiradi. 
Nerv tizimining boshqarish faoliyati asosiy harakatlarning takomillashuvini 
belgilaydi. Asosiy harakatlarni rivojlanishi bilish, irodaviy, emotsional, psixik 
tarbiyalash jarayonlari bilan bog‘liqdir. 
Asosiy harakatlar bolada turlicha mо‘ljal olishni tarbiyalashga xizmat qiladi; 
fazoda-harakat bо‘lishini predmetlarning uzoqligini va joylashish о‘rnini, 
predmetlar о‘rtasidagi fazoviy nisbatlarni, kо‘z bilan mо‘ljallashni rivojlantirish; 
harakatlarni belgilangan yoki individual sur’atda bajarish; jamoa bulib harakat 


40 
qilish chog‘ida mо‘ljal olish barcha gruh saflanayotgan va qayta sarflanayotganda
tarqalib harakat qilayotganda о‘z о‘rnini topish; birgalashib harakat qilayotgandagi 
turli vaziyatlarda mо‘ljal ola bilish. 
Asosiy 
harakatlar 
chiroyli, 
tо‘g‘ri 
qad-qomatning 
shakllanishiga, 
xarakatlarning aniq, uyushgan bо‘lishiga yordam beradi. 
Asosiy harakatlar siklik va atsiklik turlarga bо‘lina oladi. Siklik tipdagi 
harakatlar butun gavda va uning alohida qismlari tо‘xtovsiz ravishda dastlabki 
holatga (yurish, yugurish) qaytayotganda bir xil siklning doimiy bajarilishi bilan 
amalga oshadi.
Siklik 
tipdagi 
harakatlar 
tez 
о‘zlashtiriladi va avtomatlashadi.
Harakatlarning almashinishi va ularni takrorlashda tegishli mushak sezgilari bilan 
sikllar takrorlanish izchilligining bog‘liqligi mazkur harakatning ritmliligini hosil 
qiladi. 
Atsiklik tipdagi harakatlar takroriy sikllarga (uloqtirish, sakrashlar) ega 
bо‘lmaydi. 
Har bir shunday harakat о‘zida harakat fazalarining muayyan izchilligini 
saqlaydi, ayrim fazalarni bajarishning muayyan ritmiga ega bо‘ladi. 
Atsiklik xarakatlar siklik harakatlarga qaraganda о‘zlashtirishning juda 
izchil bо‘lishini talab qiladi. Ularni bajarishda harakatlarning birmuncha 
murakkab koordinatsiyasi, diqqatni yig‘ish va irodaviy zо‘r berish zarur bо‘ladi. 

Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish